Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 16.11.2011 14:31   #1601  
Заблокирован(а)
Аватар для Maryam
Оффлайн
Сообщений: 116
+ 121  118/71
– 1  2/2

Uzbekistan
Demak, L harifga ekan...

Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila.

Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko'ngul,
Telba yanglig'kim, qochar el g'ofil o'lg'ach band ila.

Odam ul soatki jannat ichra avlodin ko'rar,
Ne quvong'ay dam-badam sen nozanin farzand ila.

Qo'y nasihat, zohido, o'tlug' damimdin vahm qil,
Telba it imkoni yo'qturkim, sog'alg'ay pand ila.

Hojatingni elga arz etmakka hojat bo'lmasun,
Xush chiqishsang lahzani bu zori hojatmand ila.

Lablaring hajrinda yur parkandkim bo'lmish ko'ngul,
La'l erur mahlul qon o'rnig'a har parkand ila.

Chun Navoiy ko'ngli sindi, emdi lutfing ne asig'?
Kim ushatsa shishani bitmas yana payvand ila.

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 16.11.2011 в 15:33.
Ответить 
"+" от:
Старый 16.11.2011 17:02   #1602  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Maryam Посмотреть сообщение
...Kim ushatsa shishani bitmas yana payvand ila.
Ahd qildim, ishq lafzin tilga mazkur etmayin,
Til nekim, xomam tilidin dog'i mastur etmayin.
Barcha elga fitna bo'lgan ko'zga maftun bo'lmayin,
Har kishi nazzora aylar yuzni manzur etmayin.
Ishq kufri birla taqvo xonaqohin buzmayin,
But xayolidin ko'ngul dayrini ma'mur etmayin...
Gar chiday olmay, ko'ngul bersam birovga nogahon,
Bori el ichra chiday olg'ancha mashhur etmayin.
Ishqu may anjomi chun hajr o'ldi, qo'y, ey shayxkim,
O'zni bu iqboldin kuch birla mahjur etmayin.
Zulm ila el desa jonini o't yoqma, eykim, shohsen,
Gar desang do'zax o'tig'a jonni mahrur etmayin.
Garchi ma'zur o'ldi ma'mur, ey Navoiy, o'zni men
Do'st ma'mur aylagan xidmatda ma'zur etmayin.
Ответить 
Старый 16.11.2011 17:18   #1603  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
... Нигоҳингиз маъюс, қарашлар маҳзун,
Кўзингиз афсусдан ҳеч кўрмасин нам.
Бахтни чиндан туйиб яшашингиз чун,
Қалбим керак бўлса, олинг, фариштам.

Ғам нима, қайғу-ю, дарднинг барчасин,
Унутиб шодликка сингиб кетар дам,
Ҳис қилиб қовурғам битта парчасин,
Ёнимда тоабад бўлинг, фариштам.

Ҳаёт хаёлотдан ўзга тушунча;
Баъзида тотли ҳам, баъзан аччиқтаъм.
Қанча умр берса, тинмай ўшанча
Ойдек, осмонимда тўлинг, фариштам.

Оҳим кўкларгами бормоқда етиб?
Ёки ниятларим тоза, саришта...
Зулматларни кундек чароғон этиб,
Тунимда қуёшдек кулинг, фариштам.

Соғдек кўринсам-да, шу дилим хаста,
Фақат ташрифингиз жонимга малҳам.
Саҳарги шабнам ё ёмғирдек аста,
Келинг, кипригимга қўнинг, фариштам.

(с)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 16.11.2011 17:29   #1604  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
...Келинг, кипригимга қўнинг, фариштам.

(с)
...Man' etib, ey muhtasib, har dam boshimg'a kelmagil,
Bo'lsa, naylay, mast bo'lmay, maskanim mayxonada.
G'ofilo, fikr aylag'il, uqboni rohat istasang,
Shodlig' ko'z tutmakim, bo'lmaydi mehnatxonada.
Manzilimni so'rma, ey mag'ruri mulki dastgoh,
Dahri sahroyi junun uy bo'lmag'ay devonada.
Bulbul aylar nolalar yolg'iz, dema, ey gul'uzor,
Chug'zdek qilg'ay Muqimiy ham navo vayronada
Ответить 
"+" от:
Старый 16.11.2011 17:34   #1605  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Alvon-alvon yuzlaringda holing yo’qdir,
So’zlamaysan tilingda ham boling yo’qdir,
Bu dunyoda seni mendek zoring yo’qdir,
Armonlarga to’lib-toshgan lolaginam,
Har bahorda yo’qlab turgin lolaginam.

Seni qo’msab necha oylab kutar ko’nglim
Saratonning olovidek yonar ko’nglim.
Keng dunyoga sig’may qonlar yutar ko’nglim
Ko’nglimga o’t sololgan bir donaginam,
Har bahorda yo’qlab turgin lolaginam.

Sho’r peshonam sho’r ekan-da, netay endi,
Qandoq qilib senga qo’lim tutay endi?
Ruxsat bergin men uyimga ketay endi,
Meni kutib ko’zi tolsa onaginam,
Men uchun ham yo’qlab turgin lolaginam.

Ko’rmoq bo’lsang ko’kragimda dilzorim bor,
O’zga uyni obod qilgan gulzorim bor,
Yuragimni tirnab yotgan ozorim bor,
Har bahorda yo’qlab turgin lolaginam
Unutmagin meni oltin lolaginam

(с) Шавкат Раҳмон
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 16.11.2011 17:50   #1606  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
...Unutmagin meni oltin lolaginam

(с) Шавкат Раҳмон
...Muddate bo'ldi-bu yo'lda istirohat yo'q,
Kashfdin xoliduram-nuri karomat menda yo'q,
Loladek qalbimda dog'im bor- farog'at menda yo'q,
Rozi dil izhor qilurg'a ahli suhbat menda yo'q,
Rangi zardi qahrabo bo'lgan kishidin dard so'rang.

Mashrabo, zulmatga g'arq bo'ldi meni obu gilim,
Bu sababdin tang keldi boraturg'on manzilim,
Har zamon, har lahzada, har soat parishondur dilim,
Izlasam, yonimda yo'q bir g'amgusori qobilim,
O'rtanib qolg'an, ado bo'lgan kishidan dard so'rang.
Ответить 
"+" от:
Старый 16.11.2011 17:53   #1607  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Gulim, shukr borligingiz chun,
Yaxshiyamki tanishmiz bizlar.
Ko’rgim keldi judayam bugun,
Shundan yurak bahona izlar.
On sanaydi yuragim zarbi,
Xayollarga g’arq bo’lar boshim.
Sog’inchlardan dilim sarg’ardi,
Egilmoqda metin bardoshim.
Ketmoqdaman ko’nglingiz tomon,
O’zgalar-u, o’zimdan kechib
Taskin izlab qolar ekan jon,
Xijron, degan sharobdan ichib.
Manzilgacha qancha bor – bilmam,
Bilganim shu – sabrim bitmaydi.
Atrofimda ko’plar jamuljam,
Faqat… sizga qo’lim yetmaydi...
Tushga o’xshab bormoqda hayot:
Yugursam-da, uzayar yo’llar.
Hamrohimga aylangan sabot,
Har kunimda o’tmoqda yillar...
Vaslingizni xudodan so’rab,
Duolardan topgum panohim.
“Ikkimizni baxtlarga o’rab,
Suyganlardan qilgin, ilohim...”

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
Старый 16.11.2011 18:13   #1608  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
...Suyganlardan qilgin, ilohim...”

(c)
...Men bo'lay ovvora to ishqimdin aylab guftugo'y,
Oti oning har kishi og'zima mazkur o'lmasun.
Jonima bedodu zulmin, yo rab, ul miqdor qil,
Kim, aning oshiqlig'i har kimga maqdur o'lmasun.
Men xud o'ldum, lek har oshiqki, bordur pokboz,
Navha tortib, motamim tutmoqda ma'zur o'lmasun.
Pand ila ko'nglum uyin qilma imorat, ey rafiq,
Bizni buzdi, hargiz ul, yo rabki, ma'mur o'lmasun.
Kechalar ul gul chekar ermish qadah, ey tong yeli,
Voqif o'l, holimni aytur chog'da maxmur o'lmasun.
Yor vaslig'a quvondim- qovdi ko'yidin meni,
Ey Navoiy, hech kishi davlatqa mag'rur o'lmasun
Ответить 
"+" от:
Старый 16.11.2011 20:36   #1609  
Заблокирован(а)
Аватар для Maryam
Оффлайн
Сообщений: 116
+ 121  118/71
– 1  2/2

Uzbekistan
N harfiga davom etamiz..

Ne ajabkim, mast bo`libman
Ko`zlaringga termilib,
Yetti iqlimda bu yanglig`
May yo`gu mayxona yo`q.

Ishq g`amin aytsam qalamga
Ich-etin kuydirdi ul,
Sevgidek o`t yo`q jahonda,
Men kabi so`zona yo`q.

Oq qog`ozim, senga Erkin
Ochdi pinhon ishqini,
Sen boru men bor, qalam bor
O`rtada begona yo`q


E. Vohidov

p.s...Alisher aka, davom etamiz...
Ответить 
Старый 16.11.2011 21:22   #1610  
Аватар для мафтун
Оффлайн
ТВ
редактор
Сообщений: 522
+ 551  680/326
– 38  11/10

UzbekistanМой мир
Qaro tunning bag’rida,
Yorug‘ xayol qanday xush:
Bu dunyoda bir qiz bor –
Yostig’ining yarmi bo’sh.

Qaro sochi – jamalak,
Qaro zulfi qayrilgan.
Uning guldek xayoli,
Shabnamlarga chayilgan.

Seni suyib xayolda,
Ko’cha kezar qiynalib.
Suratlarga tushar u,
Sening uchun jilmayib.

Yostiqlar ham ko’p ekan –
Baxmaldan qurog’i bor:
O’zga soch bo’yog’idan,
Qolgan hidi, dog’i bor.

Odamlar ham ko’p ekan –
Tun zulmati cho’kkan payt.
Yostig’ining yarmini
Band etadi xiyonat.

Bir momo bor qaydadir,
Yostiq unga dil ranji –
Ochilmagan tunlardan,
Meros qolgan paranji...

Lekin, bag’rim, o’ksima,
Sen kuylayver xushnavo.
Bu dunyoda bir qiz bor –
Xayollari musaffo.

Paxta emas, par emas,
Mehrdandir bolishi.
Sen kechalar tinglagin,
Uning nafas olishin.

Bo’sh o’rningda pok yostiq,
Go’yo, kelgin, qani, deb.
Chorlar safarga tayyor,
Kemaning yelkanidek.

Mana, bo’sh uy, bo’sh stol,
Oppoq qog’oz, men yakka.
Sen shubhangni qo’y, aqlim,
Izn bergin yurakka.

Yurak, tovushga aylan,
Yurak, ishon, chorla, jo’sh.
Bu dunyoda bir qiz bor –
Yostig’ining yarmi bo’sh.

Mirzo Kenchabek
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх