Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 08.11.2010 20:44   #151  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Barcha javoblaringiz va jonli fikrlaringiz uchun tashakkur, ustoz.

Цитата:
Сообщение от Naim Karimov Посмотреть сообщение
Агар биз ҳам ё сизга, ё бошқа бир кишига ёқмаган асарлар ёзишни тақиқласак, адабиёт оламида эркин фикр айтиш, рангба-ранг услубларда ижод қилиш имконияти қоладими?
To'g'ri, bu dunyoda barcha o'zi bilgan kuyni chalib ketadi, Sen yaxshi chalolmading deb birovni ta'qiqlab qo'ya olmas ekanmiz, agar kuy yaxshi bo'lsa, uning tinglovchisi ham ko'payadi. Afsuski, siz aytgandek, insonlar ham turlicha. Hamma birdek Hofizning shaydosi bo'la olmaydi.
Цитата:
Сообщение от Naim Karimov Посмотреть сообщение
Қовун сайли бошқа, китоб сайли бошқа. Китоб сайил учун, кўнгил очиш учун яратилмайди.
Filolog sifatida qo'pol o'xshatish qilgan bo'lsam uzr so'rayman albatta. Agar kitoblar bir yerda yig'ilib yuzma-yuz ko'rishishsa, nashriyotlarimiz uchun ham raqobatdek bir holat yuzaga kelib, kitoblarimizdagi sifatlar ham ancha ortarmidi, kitobxonlar safini ham kengaytirgan bo'larmidik deb o'ylagandim. Albatta, hamma narsaga nisbatan bu bizning qo'limizda emas deb qarab turganimizdan ko'ra, har bir sohada ham qo'ldan kelguncha harakat qilganimiz, jamiyatdan yordamimizni ayamasligimiz yaxshi bo'lar deb o'ylagandim.

"Афсуски, Навоий билан бизнинг орамизда катта тўсиқ турибди. Бу тўсиқ Навоий асарлари тилининг биз учун қийинлиги. Шу тўсиқ туфайли ҳар биримизнинг Навоий бадиий оламини кашф этишимиз оғир кечмоқда. Халқаро конференциялар ё фестиваллар ташкил этишдан аввал биз Навоийни тушунадиган миллат даражасига кўтарилишимиз зарур. "


Nahot, turklar Rumiy asarlarini fors tilidan tarjima qilib, uni keng miqyosda ommaga yoyib, tadqiq etayotgan bir paytda (Aslida Rumiy ham o'zimizniki), biz adabiyotshunoslar Navoiyning turkiyda yozgan asarlarini hali o'rganib bo'lmadik, tushunishimiz kerak deb tursak... Nahot bizda Navoiy haqida shu qadar kam izlanilgan bo'lsa, anjumanlarga olib chiqishga, fikr almashishga yetarli bo'lmasa... Anjumandan maqsad esa, boshqa xalqlarning bir mavzu doirasida qilayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish, shu sohani rivojlantirish-ku.. Agar Navoiy asarlari sharhlarga ehtiyoj sezsa, mana endi yozilishi mumkin Xudo xohlasa... Faqat buning uchun har bir adabiyotchining qalbida xohish, istak kerak deb o'ylayman.

Adabiyot haqidagi samimiy va jonli fikrlaringiz uchun tashakkur aytib qolaman,
Chuqur ehtirom bilan Kavsar.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy

Последний раз редактировалось Kavsar; 08.11.2010 в 20:46.
Ответить 
Старый 10.11.2010 00:08   #152  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Naim Karimov Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Muhtaram ustoz, adabiyotimiz haqidagi real fikrlaringizning barchasiga qo'shilaman. Mumkin bo'lsa yana bir necha savollar bilan murojaat qilsam:

Цитата:
Сообщение от Naim Karimov Посмотреть сообщение
Бундан кейин ҳақиқий адабиёт шинавандалари сони камайиб боради. Ҳозир ҳам, кейин ҳам асосан катта ёшдаги кишиларгина китоб ўқийдилар.
1. Bu fikringizga asos keltirsangiz. Nahot adabiyotni keljakda o'qiydiganlar kamayib ketadi demoqchi bo'lsangiz, agar to'g'ri tushungan bo'lsam? (Kitobga tashnalik, uni o'qiydigan payt endi kelmayaptimi? Chunki yaqinda odamlar texnika va gibrit hayot, yana shunga o'xshash sun'iylik, qadrsizliklardan bezib toza va hur fikrga, ruhga tashnalik sezmaydimi? Yosh bola ham bir umr o'yinchoq o'ynab yurmaydi deb o'ylayman. Hozir kitobxonni chalg'itayotgan narsalar mana shu o'tkinchi o'yinchoq, dunyo hoyu-havasi, matohlari. Lekin ruh hamisha ma'naviyatga tashna bo'lib yashaydi)
Шунинг учун ҳам китоб ўқимаган ёки ўқимайдиган ота-оналардан туғилган фарзандларнинг китобхон бўлиб улғайишларига кўзим етмайди.

Assalomu alaykum hurmatli, domla.

Fiklaringiz uchun katta rahmat.

Ko'zim yetmaydi degan fikringiz meni diqqatimni o'ziga jalb qildi, shu tobda Qur'oni Karimda o'qigan oyatlarim yodimga tushdi.

Alloh s.v.t Qur'oni Karimda: " Biz, yaxshidan yomonni, yomondan esa yaxshini yarataveramiz, u Bizning ixtiyorimizda",-deb aytgan.

Ba'zida o'zimiz guvohi bo'lamiz, bir durust o'qimishli oilaning farzandi noqolib bo'lib chiqadi, ba'zida esa aroqxo'r oilaning farzandi aqlli, o'qimishli bo'lib chiqadi. Dunyo paradox degan narsalarga boy ekanini azaldan Alloh s.v.t Qur'oni Karimda keltirib qo'ygan, aniqrog'i dunyo va tashvishi rang-barang yaratilganiga sha'madir...


Hurmat ila

Ra'no
Ответить 
2 "+" от:
Старый 10.11.2010 10:51   #153  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Naim Karimov Посмотреть сообщение
Шунинг учун ҳам китоб ўқимаган ёки ўқимайдиган ота-оналардан туғилган фарзандларнинг китобхон бўлиб улғайишларига кўзим етмайди.
Ba'zida o'zimiz guvohi bo'lamiz, bir durust o'qimishli oilaning farzandi noqolib bo'lib chiqadi, ba'zida esa aroqxo'r oilaning farzandi aqlli, o'qimishli bo'lib chiqadi. Dunyo paradox degan narsalarga boy ekanini azaldan Alloh s.v.t Qur'oni Karimda keltirib qo'ygan, aniqrog'i dunyo va tashvishi rang-barang yaratilganiga sha'madir...
Ra'noxon!
Xalqimizda "Olmaning tagiga olma tushadi" yoki bo'lmasam "Arpa ekib bug'doy kutma" degan dono gaplar bor. Ota-ona oilada kitobxonlk muhitini yaratar ekan, farzand ham kitobsevar bo'lib kamolga yetadi.
O'qimishli oilaning farzandini nobop bo'lib chiqishiga yoki aroqxo'r oilaning farzandi aqlli bo'lib yetishishiga atrof-muhit-bolaning do'stu yorlari asosiy sababchi bo'ladi. Bola atrof-muhitni kuzatib nazari ibrat oladi va o'zida shu xususiyatlarni shakllantiradi.
Ответить 
Старый 10.11.2010 11:16   #154  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Naim Karimov Посмотреть сообщение
"Афсуски, Навоий билан бизнинг орамизда катта тўсиқ турибди. Бу тўсиқ Навоий асарлари тилининг биз учун қийинлиги. Шу тўсиқ туфайли ҳар биримизнинг Навоий бадиий оламини кашф этишимиз оғир кечмоқда. Халқаро конференциялар ё фестиваллар ташкил этишдан аввал биз Навоийни тушунадиган миллат даражасига кўтарилишимиз зарур. "
Nahot, turklar Rumiy asarlarini fors tilidan tarjima qilib, uni keng miqyosda ommaga yoyib, tadqiq etayotgan bir paytda (Aslida Rumiy ham o'zimizniki), biz adabiyotshunoslar Navoiyning turkiyda yozgan asarlarini hali o'rganib bo'lmadik, tushunishimiz kerak deb tursak... Nahot bizda Navoiy haqida shu qadar kam izlanilgan bo'lsa, anjumanlarga olib chiqishga, fikr almashishga yetarli bo'lmasa... Anjumandan maqsad esa, boshqa xalqlarning bir mavzu doirasida qilayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish, shu sohani rivojlantirish-ku.. Agar Navoiy asarlari sharhlarga ehtiyoj sezsa, mana endi yozilishi mumkin Xudo xohlasa... Faqat buning uchun har bir adabiyotchining qalbida xohish, istak kerak deb o'ylayman.

Adabiyot haqidagi samimiy va jonli fikrlaringiz uchun tashakkur aytib qolaman,
Chuqur ehtirom bilan Kavsar.
Domlaning gaplarida jon bor. Navoiyni tushunish uchun Navoiy darajasida fikrlay olishimiz, so'z va ish mutanosibligi hzrat darajasida bo'lmog'i darkor. Til ijtimoiy hodisa ekan, Navoiy davrining tili-chig'atoy aholisi tilini bilish va tushunish bir qadar qiyinchiliklar tug'diradi.
Navoiyni tusunish uchun avvalambor Navoiy asarlari har bir o'zbek oilasida o'qilishi kerak.
Hozir qaysi oilada Navoiy asarlari o'qilib, oila a'zolari o'rtasida muhokama qilinyapti?!..
Anjuman o'tkazishdan maqsad o'z-o'zimizni ko'z-ko'z qilishmi?!..
Hazrat Nizomiddin mir Alisher Navoiy asarlariga sharhlar bizda ko'p yozilgan. Biroq bu asarlarni shu yo'nalishdagi insonlardan tashqari oddiy xalq o'qimoqdami?
Adabiyotchi ko'nglidagi xohish asosida ilmiy izlanish olib borsa-yu, oddiy xalq undan bexabar bo'lsa, bu izlanish kimga nisbartan qilingan bo'ladi?
Adabiyotchi faqat Navoiyni o'zi o'rganishi uchun qilgan bo'ladimi?
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 10.11.2010 12:19   #155  
uParty Member
Аватар для Gulnora Voisova
Оффлайн
Сообщений: 589
+ 1,042  486/242
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Naim Karimov Посмотреть сообщение
Ўзимизнинг мамлакатимизда, қайсидир чекка қишлоқларнинг бирида қандай кишилар яшаётганикин? Улар ҳаёти сокнн бир ўзанда оқаётган бўлса-ку майли-я, аммо улар турли-туман фожиаларни бошларидан кечираётган бўлсалар-чи? Уларнинг руҳий олами, ташвишлари, ҳаётий муаммоларини ким тасвир этади? Улар ҳам катта ҳаётнинг бир қисми-ку!
Қарияларнинг айтишларича қишлоғимизга Саид Аҳмад, Ҳалима Носирова, Мукаррама Турғунбоева каби санъат аҳллари тез-тез келиб туришган экан. Нега ҳозир келишмайди? Давлат бунга маблағ ажратмайдими ёки бошқа сабаблари борми? Наим ака, нега ўзингиз келмайсиз? Пойтахтдан минглаб километр нарида, мамлакат сарҳадларида ҳаёт қандай кечяпти, миллатнинг аҳволи қандай? Наҳот ҳеч ким қизиқмаса? Орол фожеасини кучлироқ ёритиб, омманинг эътиборини жалб қиладиган бадиий асарлар нега ёзилмайди? Менга қолса Маркесга "Ошкора қотиллик" қиссаси учун яна бир бор "Нобел" берган бўлардим. Бу қисса оролбўйидагилар ҳақида ёзилгандек...
Ответить 
Старый 10.11.2010 12:50   #156  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Gulnora Voisova Посмотреть сообщение
Қарияларнинг айтишларича қишлоғимизга Саид Аҳмад, Ҳалима Носирова, Мукаррама Турғунбоева каби санъат аҳллари тез-тез келиб туришган экан. Нега ҳозир келишмайди? Давлат бунга маблағ ажратмайдими ёки бошқа сабаблари борми?
Қишлоқ фуқаролар йиғини ижодкорларни тfклиф қилишса улар албатта ташриф буюришади. Ахир ўз-ўзлигидан ташриф буюришмайди-ю?
Коммуна Исмоилова ёхуд бошқа ижодкорлар билан бирга бўлган суҳбатларда бу нарса ҳақида сўраганимда улар шундай жавоб беришган.
Бирор қалам соҳибини вилоятингиз ёки туманингизга ташриф буюришини хоҳласангиз Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасига мурожаат қилинг.

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 10.11.2010 в 16:36.
Ответить 
"+" от:
Старый 10.11.2010 12:55   #157  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Domlaning gaplarida jon bor. Navoiyni tushunish uchun Navoiy darajasida fikrlay olishimiz, so'z va ish mutanosibligi hzrat darajasida bo'lmog'i darkor. Til ijtimoiy hodisa ekan, Navoiy davrining tili-chig'atoy aholisi tilini bilish va tushunish bir qadar qiyinchiliklar tug'diradi.
Navoiyni tusunish uchun avvalambor Navoiy asarlari har bir o'zbek oilasida o'qilishi kerak.
Hozir qaysi oilada Navoiy asarlari o'qilib, oila a'zolari o'rtasida muhokama qilinyapti?!..
Anjuman o'tkazishdan maqsad o'z-o'zimizni ko'z-ko'z qilishmi?!..
Hazrat Nizomiddin mir Alisher Navoiy asarlariga sharhlar bizda ko'p yozilgan. Biroq bu asarlarni shu yo'nalishdagi insonlardan tashqari oddiy xalq o'qimoqdami?
Adabiyotchi ko'nglidagi xohish asosida ilmiy izlanish olib borsa-yu, oddiy xalq undan bexabar bo'lsa, bu izlanish kimga nisbartan qilingan bo'ladi?
Adabiyotchi faqat Navoiyni o'zi o'rganishi uchun qilgan bo'ladimi?
Qadrli Nigora opa, albatta sizni to'g'ri tushunyapman, jumladan domlamizni ham. Men aslo domlamizni tanqid qilmadim, bu shunchaki idea edi xolos, balki xatodir. Agar yo'lga qo'yilsa balki to'g'ri bo'lar, bilmadim. Lekin savollaringizdan savol kelib chiqadi yana:
Unda xalqaro miqyosida bo'layotgan "Naqshband" konferensiyasi o'zimizni ko'z-ko'z qilish uchun ochilibdimi? Axir turizm nega yo'lga qo'yilgan unda? Bu ham o'zimizni maqtashga kirib qoladi-ku, bunday olsak. Yoki xalqimiz Naqshbandni anglash darajasiga ko'tarilganmi? Navoiyni o'qimagan kitobxon Naqshbandiy hazratlari yo'li va ta'limotini o'rganishda yetilib qolgan ekan degan xulosa chiqmaydimi. "Amallar niyatlarga ko'ra bo'ladi" degan hadis yodimda qolgan ekan. Agar biz ham nimani niyat qilib ish boshlasak shunga erishamiz deb o'ylayman. (IMXO) So'zlarim samimiy, aslo bir yangilik qilish, da'vo bilan chiqishga qaratilmagan. Shunchaki bir kitobshinavandasi sifatida shunday qilish mumkinmi o'zi yo'qmi, shuni bilmoqchi edim xolos. Agar hali u deye, hali bu deya o'z-o'zimizga har tomondan to'siqlar qo'yaversak, unda kam muvaffaqiyatga erishamiz deb o'ylabman men qurg'ur. Lekin o'zimizni ko'z-ko'z etish, kibrlanish va yana boshqa-boshqa o'ylar meni na yuragimda na xayolimda bor edi.. uzr..
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 10.11.2010 в 13:00.
Ответить 
Старый 10.11.2010 13:12   #158  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Unda xalqaro miqyosida bo'layotgan "Naqshband" konferensiyasi o'zimizni ko'z-ko'z qilish uchun ochilibdimi? Axir turizm nega yo'lga qo'yilgan unda? Bu ham o'zimizni maqtashga kirib qoladi-ku, bunday olsak. Yoki xalqimiz Naqshbandni anglash darajasiga ko'tarilganmi? Navoiyni o'qimagan kitobxon Naqshbandiy hazratlari yo'li va ta'limotini o'rganishda yetilib qolgan ekan degan xulosa chiqmaydimi. "Amallar niyatlarga ko'ra bo'ladi" degan hadis yodimda qolgan ekan. Agar biz ham nimani niyat qilib ish boshlasak shunga erishamiz deb o'ylayman. (IMXO) So'zlarim samimiy, aslo bir yangilik qilish, da'vo bilan chiqishga qaratilmagan. Shunchaki bir kitobshinavandasi sifatida shunday qilish mumkinmi o'zi yo'qmi, shuni bilmoqchi edim xolos. Agar hali u deye, hali bu deya o'z-o'zimizga har tomondan to'siqlar qo'yaversak, unda kam muvaffaqiyatga erishamiz deb o'ylabman men qurg'ur. Lekin o'zimizni ko'z-ko'z etish, kibrlanish va yana boshqa-boshqa o'ylar meni na yuragimda na xayolimda bor edi.. uzr..
Muhtarama Kavsaroy!

Xalqaro "Naqshband konferensiyasi" qachon bo'lib o'tdi? Bu narsadan bexabar qolibman.
Fikri ojizimcha, hazrat Bahoviddin tariqati bizda hali yetarli darajada yaxshi o'rganilmagan. Hazratning qabrlari yurtimizda joylashgan. Tadbir ishtirokchilari hazratning qabrlarini ziyorat qilib ketishlari va o'zlarida mavjud bo'lgan ma'lumotlarni biz bilan baham ko'rishlari uchun ham ushbu xalqaro anjuman o'tkazilgan deb hisoblayman.
"Turizm nega yo'lga qo'yilgan?"-degan savolingizga maylimi savol bilan javob bersam?
Bizlar nega o'zga mamlakatlardagi tarixiy inshoatlarni ziyorat qilgani yoki tomosha qilgani boramiz?

Albatta, insonning niyati yo'ldoshi bo'ladi. Hammaning niyatiga yarasha o'z yo'lini ochadi. Biroq niyatni ham mkoniyat darajasida qilish kerak.
Оффтоп:
To'siqlar insonnng o'zi tarafidan emas, chetdan qo'yiladi.
Qani edi ular bo'lmasa-yu, hamma o'z niyatiga erishsa.
Biz faqat to'siqlarni bartaraf eta olamiz.
Har qanday to'siq ham o'z-o'zidan qo'yilmaydi.

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 10.11.2010 в 13:39.
Ответить 
"+" от:
Старый 10.11.2010 13:59   #159  
Аватар для starter
Оффлайн
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123  44/21
– 10  9/8

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Fikri ojizimcha, hazrat Bahoviddin tariqati bizda hali yetarli darajada yaxshi o'rganilmagan.
Оффтоп:
Bizda deganda nimani nazarda tutganingizni bilmadimu (balki adabiyotni nazarda tutgandirsiz), lekin amaliy jihatdan Naqshbandiya tariqatidan yaxshi o'rganilgan tariqat dunyoda yo'q.
Xalqaro (!) miqyosdagi har xil konferensiyalar haqida gapiradigan bo'lsam, bu konferensiyalar sal-pal ko'zbo'yamachilikka o'xshab ketadi. Balki yanglishayotirganman. Menimcha bunday konferensiyalarda tariqatga amaliy aloqasi bo'lgan odamni topish qiyin bo'lsa kerak.


Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Yoki xalqimiz Naqshbandni anglash darajasiga ko'tarilganmi? Navoiyni o'qimagan kitobxon Naqshbandiy hazratlari yo'li va ta'limotini o'rganishda yetilib qolgan ekan degan xulosa chiqmaydimi.
Оффтоп:
Juda ko'pchilik odamlar Navoiy asarlarini o'qimaydi, Navoiy asarlariga qiziqishi yo'q (shu jumladan men ham). Lekin Naqshbandiya tariqatiga juda qiziqadi, uni qiyinchiliksiz tushunishadi, garchi Navoiy bilan qiziqmasalarda. Deylik kimdir Naqshbandiya tariqatiga amaliy jihatdan qiziqsa, filologlar va sharqshunoslar boshqacha yondoshadi. Masalan, umumiy gaplarga to'la tushunarsiz kitoblar yozishadi Najmiddin Komilovga o'xshab.
Ответить 
Старый 10.11.2010 14:09   #160  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Fikri ojizimcha, hazrat Bahoviddin tariqati bizda hali yetarli darajada yaxshi o'rganilmagan.
Оффтоп:
Bizda deganda nimani nazarda tutganingizni bilmadimu (balki adabiyotni nazarda tutgandirsiz), lekin amaliy jihatdan Naqshbandiya tariqatidan yaxshi o'rganilgan tariqat dunyoda yo'q.
O'zingiz qaysi tariqatga amal qilasiz?
Tariqatning qonun-qoidalrini bajarasizmi?

Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Оффтоп:
Juda ko'pchilik odamlar Navoiy asarlarini o'qimaydi, Navoiy asarlariga qiziqishi yo'q (shu jumladan men ham). Lekin Naqshbandiya tariqatiga juda qiziqadi, uni qiyinchiliksiz tushunishadi, garchi Navoiy bilan qiziqmasalarda. Deylik kimdir Naqshbandiya tariqatiga amaliy jihatdan qiziqsa, filologlar va sharqshunoslar boshqacha yondoshadi. Masalan, umumiy gaplarga to'la tushunarsiz kitoblar yozishadi Najmiddin Komilovga o'xshab.
Afsuslanarli tarafi ham Navoiy asarlarini ko'pchilik o'qimaganligida.
Оффтоп:
To'g'ri-de, zerikarli asarlarni o'qish kimga ham kerak? Odamlarni kitob o'qishdan boshqa qiladigan ishi yo'qmi, tem bolee Navoiy asarlarini...

Hazrat Navoiy ham naqshbandiya tariqatiga amal qilganlar va piri komil deb Abdurahmon Jomiyning etagini tutganlar.
Najmiddin Komilovning aynan qaysi asarini tushunarsiz deb bilasiz?
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх