|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
|
|
#1 |
|
TUSHLIK TANAFFUS Sokingina yashar edi u – na shodligi ayon, na dardi.Tongda to’g’ri ishga borar u, oqshom to’g’ri uyga qaytardi. Ulfati yo’q, ko’cha kezmagan, maishat ne - bilmagan odam. Birov sezib, birov sezmagan – borligi-yu yo’qligini ham. Bir mo’minga doim bir qotil esh bo’lganday yorug’ dunyoda, Manglayiga bitgandi xotin – azozildan ming bor ziyoda. Cho’ntagiga erning to’rxalta, qulog’iga solib olam gap, Ro’yxat qog’oz bilan albatta, kuzatardi har kun ertalab. Sodda, oriq, noshud, kichkina, har kun uyda o’tirib oqshom, Gazetdan ko’z olmay, tinchgina, eshitardi xotindan dashnom. Tiriklikning tashvishi, g’ami hammani ham qilgandek ado, O’chdi bir kun umrning shami, bu olamdan ketdi benavo. Xotin ko’zni ochib g’aflatdan, bildi – tayanch to’gi yo’qoldi. Shaddod xotin shunda daf’atan – mushtiparga aylandi, qoldi. Ko’rgilikning bari daf’atan, qazo boqmas nolayu zorga, Mana, u ham bir kun odatan, sham ko’tarib keldi mozorga. Qudrat tilang uning sabriga, uni kutar bunda turfa hol: Qotib qoldi – eri qabriga sham yoqardi o’zga bir ayol. Qotib qoldi. To’plab, nihoyat, bor makri-yu irodasini, Yashiroldi ko’zdagi hayrat va hayajon ifodasini. Ayol sari yurdi beparvo. Salom berdi, so’rab kechirim. Dedi ko’ngil olgandek go’yo: “Kim bo’ladi bu odam?” -“Erim”... “Erim” – bu so’z xotin qalbiga – olovli o’q bo’lib sanchildi, Endi bildi, er uni nega – xush ko’rmasdi, ha, endi bildi. Nahot shunday beozor odam, nahot bo’lsa boshqa xotini, Qani endi shundan keyin ham, oqlab ko’ring erkak zotini. Qani endi go’rni ochsa-yu, bevafoni tutsa so’roqqa, So’ng eriga qo’shib mana bu – megajinni ko’msa tuproqqa. E voh, ayol g’azabidan ham, makridan ham asra xudoyim, Yondirsa-da ichini alam, savol so’rar yana muloyim: ”Bolalar-chi?” -”Qolmadi yodgor. Menga uning yodi kifoya. G’ayriodat ishq bu betakror, eshitsangiz qilay hikoya. Men u bilan tushlik chog’ida, oshxonada dastlab ko’rishdim. Men stolning nari yog’ida, u – bu yoqda o’tirgancha jim. Ovqatlandik ertasiga ham, indini ham shu bo’ldi takror. Yettinchi kun deganda ilk bor, ”Yaxshimisiz”,- dedi bu odam. Tanishuv kyn bo’ldi bu bizga, salomlashib yurdik necha kun. Kechirasiz, ne bo’ldi sizga? Titrayapsiz, singiljon, nechun?” ”Hechqisi yo’q, sovqotdim bir oz. Davom eting...” –”Xullasi kalom, Bir-birovga o’rgandik oz-oz, bir-birovga bog’landik tamom. Shunday ekan qismat xohishi. Men ham edim dunyoda tanho. U kamtarin, beozor kishi, dardlarimga bo’ldi oshino. Men-ku yolg’iz edim – na otam, na onam bor, na oilam bor. Yolg’iz ekan dunyoda u ham: farzandlar – g’o’r, xotin – dilozor. Sodda, noshud, ko’rimsiz, ammo – uning qalbi bir olam edi. Teran fikrat, hislar – musaffo, fidoyilik jamul-jam edi. E voh, qadrin bilmadi dunyo. Loyda yotgan dur edi bu zot. Mening zulmat hayotim aro “yarq” etgan bir nur edi bu zot. Dardlashardik bechora bilan, ikkimizda nadomat, afsus. G’am-anduhlar izhori bilan – o’tar edi tushlik tanaffus. U so’zlardi – men tinglar edim. Men so’zlardim – kuyardi u ham. Gohi uzoq o’tirardik jim, ko’zimizga cho’kib tubsiz g’am. Mening ko’zim derdi: Ey aziz, qayda eding o’ttiz yil avval? Uning ko’zi derdi: Foydasiz. Bu dunyoda baxt yo’q mukammal. Mening ko’zim derdi: Men muhtoj. Qidirgandim seni bir umr. Uning ko’zi derdi: Na iloj. Kech bo’lsa ham ko’rishdik, shukr. So’rsalarki, qay vaqt saodat bo’lgan sening umringga oshno? Derdim: besh yil, har kun bir soat, faqat tushlik tanaffus aro. O’zga makon, o’zga zamonda, paydo bo’lgan olis yulduzlar - El ko’zidan pinhon osmonda ko’rishgandek faqat kunduzlar. Bu ham turmush... mana, nihoyat, judo bo’ldik. Bor gap shu, singil. Tamom bo’ldi dardli hikoyat...” Oqshom cho’kar, tushar qorong’u, xazonlarni supurar shamol. Yarimta oy surgancha xayol, sokingina taratar yog’du. Qabristonda qolmagan odam. Huvillagan sukunat aro – Bir qabr uzra yonar ikki sham... Ikki ayol yig’lar besado… Erkin Vohidov
Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 15.12.2011 в 11:36. |
|
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
#2 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
FIRUZA
Kelmading. Qushlar ko'chib ketdi qoshimdan, Tushlar cho'chib ketdi yoshimdan, Hushlar uchib ketdi boshimdan, Kelmading. Xazonlar to'p bo'ldi yillab men uchun, Osonlar yo'q bo'ldi yillab men uchun, Armonlar ko'p bo'ldi yillab men uchun, Kelmading. G'amlarning bariga to'zdim - chidadim, Namlarning bahrida suzdim - chidadim, Damlarning shahdidan o'zdim - chidadim, Kelmading. Kunlarim hijronga o'qdek yoqqanda, Ruhim oti qonga cho'g'dek botganda, So'nggi o'qni jonga o'zim otganda, Sen kelding uzr so'rab: Sen kelding nechun?! Omon Matjon
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#3 |
|
Uchliklar
"Och qoldimi begim" Erini o'ylaydi ayol Ketmonga suyanib... * * * Kimdir seni g'iybat qilmoqda Yana kimdir maqtaydi chunon Demak sira yolg'iz emassan. Farida Afruz.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#4 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
ESHIGINGDAN O'TAMAN...
Kuz yoysa ham yo'llarga xazon, Qor ko'msa ham borliqni butun, Ko'klam kelib,ursa ham xandon, Eshigingdan o'taman bir kun. Sochlaringga tushsa hamki oq, Peshanangni bossa ham ajin, Kirganda ham gavdangga titroq, Eshigingdan o'taman bir kun. Mayli,shunda tanimasang ham, Yoki desang ko'rmayin turqin, Yoshim yutib,boshim qilib xam, Eshigingdan o'taman bir kun. Meni demay yumsang ham ko'zing, Xonang qolsa zulmatga tutqun, Xotirangga sham bo'lib o'zim, Eshigingdan o'taman bir kun. Vaqtim etib chiqsa bu jonim, Dardlarimga yasalsa yakun, Bu dunyoni tark etar onim Eshigingdan o'taman bir kun. Omon Matjon
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
Ответить |
|
|
#5 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
TUYG'ULAR
1 Bo'ron do'stim nechun jimsan Nechun jimsan Chaqmoq ukam Singlim sukunatning boshida 2 Men sening ko'zlaringga qarayman Sen o'zgalarga Kimning ko'zlaridan izlaysan meni 3 Tovushlarga ko'milib qoldim Zalvor qorli tovushlarga Junjiktirar oyning nolasi 4 Ostonamda yotar do'stimning iti Yulduzlarga qarar Eh o'lmagur do'stim-ey Marhum do'stimning iti 5 Seni topgunga qadar Qanday yashadim men Nahotki yashadim 6 kunduz chiq-chiq-chiq kecha chiq-chiq-chiq O'lmagan sening joning 7 Ko'zimga nechun to'r tashladingiz Nechun arqon tashladingiz Kiprikmi shular 8 Bir yoqlarga ketmaysanmi uchib-uchib Yurasanmi is bosib qorayib Sho'rlik shaharlik chumchuq 9 Nima desam ekan senga Shamol Nima desam ekan Boychechak Bir oz jim turish mumkinmi 10 Buncha yugurasan yelasan qo'shnimning kuchugi Ko'zlaringga shodlik to'lib qolgan Baxtlimisan shuncha 11 Bir aqlli-ey mana bu qurmagur Bir chiroylikki mana bu Bular ham tug'ilganmikin 12 Chars-chars yonaver nimjon olov Qo'llarimni qalayman Begona emasmiz har qalay 13 Men seni sevamanmi Bilmayman Sen mangulik nafassan - 'Bilmayman' degan 14 Og'zimga eng xushbo'y havolarni to'ldirib Yiqilib turib chapayapman Sen tomon jonim 15 Har kun huzuringga kelaman O'ltiraman soatlab Sen meni tushunishing kerak Chinor 16 Daf'atan yomg'ir yog'ar Tinar daf'atan Daf'atan yer yiqilib tushsa Nahotki shu qadar dushman - daf'atan so'zi 17 Tovushlarning rangiga qarang Qarang tez ranglarning tovushiga Bu sho'rlik oy ham shoirmi deyman Rauf Parfi
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#6 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
XATO QILDIM
Xato qildim, sevgilim, Xato qildim beomon. Yo'q endi borar yo'lim, Bog'imda so'ldi gulim, Bag'rimga to'ldi xazon. Xato qildim, sevgilim, Xato qildim bilmasdan, Qani yutilsa tilim, Qaltirab turar qo'lim. Jigarimni yulmasdan. Xato qildim, sevgilim, Xato qildim bilmasdan. Men suyib xato qildim, Men kuyib xato qildim. O'lib xato qilmasman... SATRLAR Men sening ko'zlaringga qarayman, Sen o'zgalarga. Kimning ko'zlaridan izlaysan meni? Rauf Parfi
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#7 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
БЕГИМ, СИЗНИ ХУДОЙИМ...
Бегим, Сизни худойим расо қилиб яратган, Кимларнидир ўйчану сизни кулиб яратган. Ногаҳон бериб қўйиб бу ақлни, камолни, Ўзи ҳам рашк, ҳасадда тўлиб-тўлиб яратган. Қия тушган нигоҳни армонга йўймагайсиз, Қиз қалбига севмоқни осонга йўймагайсиз, Қийнамангиз, у ўзи ўртангувчи бир бағир, Бу бағирни кенгликда осмонга йўймагайсиз. Сиз худдики Фарҳодсиз, Ширин қайдадир, бегим, Орзуларим дилда-ю нолам найдадир, бегим. Сиз десам бар тутқазмай сочилган ўйларимдай, Бу тонг қаро сочларим майда-майдадир, бегим. Сизни мен ўзимга ҳам лойиқ кўрмам, рости гап, Ўзгага бермоқ эса тушимга кирмас ухлаб. Ўзга билан кетсангиз, равон йўллар қолмасин, Бегим, иккиланмасдан ер юзин ташланг михлаб. Михнинг, тиғнинг заҳрини сезмай ёниб бораман. Ишқ зардобли шаробдир, қониб-қониб бораман. Ҳеч ким билан сирлашмай, ҳеч кимсага тутмай май, Ўз қоним билан ўзим алвонланиб бораман. Ҳайратларда қотгайсиз мени кўрганда ул дам, Ёнингиздаги совуқ сулувдан совурсиз ҳам, Сизни обдон музлатгач, ўзим қайтарман, чунки Бунгача йўқ садоқат, бундан сўнг ҳам бўлур кам. Ўзга тортмам, чексам ҳам шунча жабру жафони, Ўзгага ҳам бермасман, сиздек бир бевафони! Бегим, Сизни худойим расо қилиб яратган... 1973 йил 17 февраль Халима Худойбердиева
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
Ответить |
|
4 "+" от:
|
| Реклама и уведомления | |
|
|
#8 |
|
КУЛОГИГА
ГИЛОС ТАККАН КИЗ. Олисларда яшармиш кувнаб, Юрагимга бехад ёккан киз, Олтин балдок тухфа этойин, Кулогига гилос таккан киз. Хар кун уйлаб жоним кийнайман, Бу не туйгу узим билмайман, Бу уйлардан сира жилмайман, Кулогига гилос таккан киз. Бормокчийдим олис булса хам, Мухаббатим тошиб тулса хам, Мажнун дебон хатто кулса хам, Кулогига гилос таккан киз. Кейин билсам,ёри бор экан, Уз хожаси,ори бор экан, Олтин эмас,гилос зур экан, Кулогига гилос таккан киз. Майли кувнаб яшагин гузал, Бахтинг булсин хамиша тугал, Каминани эслаб тур хар гал, Кулогига гилос таккан киз. Баходир. |
|
|
|
Ответить |
|
|
#9 |
|
ХИЖРОН.
Юракни уртайди хижрон азоби, Багримни киздирар мехринг офтоби, Васлингла учмагай калбимнинг тоби, Жонгинам,Аёлим,сени согиндим. Кеч келсам ухламай сарсона эдинг, Огрисам бошимда парвона эдинг, Тунлари ёнимда хамхона эдинг, Жонгинам,Аёлим,сени согиндим. Болларни устириб,улгайтирдинг сен, Яхшию ёмонни илгаттирдинг сен, Борлигим узингга чулгаттирдинг сен, Жонгинам,Аёлим,сени согиндим. Фарзандлар бахтига булгин сен омон, Юрагим талпинар хар дам сен томон, Борлигим,юрагим сен билан хамон, Жонгинам,Аёлим,сени согиндим. БАХОДИР.Украина. |
|
|
|
Ответить |
|
|
#10 |
|
ҚУТЛОВ
Офтобрўйда ўлтирсанг, ёзилади ғуборинг, Сайр этмоққа гоҳ етар, гоҳ етмайди мадоринг, Ғадир-будур тутларда барг ёзибдир баҳоринг, Бобожон, бу ғанимат еллар муборак сенга! Онажон, бу йилларнинг оқимлари ўтрикдир, Бизлар оқиб боряпмиз – фурсат фақат кўприкдир. Бу оқлик ҳам сочларнинг тўлқинида кўпикдир, Она, янги тўлқинлар, селлар муборак сенга! Эй, саҳройи амаким, не чаман, не боғ кўрдинг, Лекин ўша даштларда юрагингни соғ кўрдинг, Аёлингнинг юзида мана бу йил доғ кўрдинг, Туғилажак қизлари уллар“ муборак сенга! Ёш ошиққа булбулдир куйлаётган ғурраклар, Севармикан? – Билмайсан. Ошиқади юраклар. Кўчасида қўшиқ айт, чалайвергин ҳуштаклар, Ошиқ, бу сарсонликлар, йўллар муборак сенга! Кимдир илк бор сочингни қиёс этди сунбулга, Кимдир узоқ термилди аввал сенга, сўнг гулга. Бу баҳор беихтиёр кирдинг неча кўнгилга, Ей, ўн олти ёшли қиз, диллар муборак сенга! Қиқир-қиқир куласан сочиб чечак исини, Чулдурайсан, айтасан, ҳаётнинг илк сўзини, Ҳозир фақат дунёда онанг тушунар сени, Ей, бахтиёр гўдак-ей, тиллар муборак сенга!.. У ёқларда чечаклар очди менинг Сурҳоним, Бу ёқларда чечакдай сочилмоқда имконим. Ҳаётга гуллар берсин энди умр бўстоним, Қутлуғ Ўзбекистоним, гуллар муборак сенга!.. М.Кенжабек
__________________
Ўзингга ёқмаган ишнинг бир хайри бор... |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|