Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 07.12.2011 14:10   #1511  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Ilhom

Yangi bir she'rni tugatgan edim,
Ikkinchisi kelib eshikni qoqdi.
Ilhom deganlari shu bo'lsa kerak,
Misralar qalbimga sel bo'lib oqdi.

She'r boshlab kelar sonsiz she'rni,
Turnalar uchganday bahor paytida.
Ilhom uchib kelar bol arisidek,
Xuddi bol yotgandek, shoir baytida.

Menga quvvat berar, hayot bag'ishlar,
Bu jo'shqin she'riyat, bu tug'yon, bu sel.
Baxtiyor bo'lardim she'rimdan agar,
Ozgina bo'lsa ham bahra olsa el!

Uyg'un.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)

Последний раз редактировалось albatros; 07.12.2011 в 14:14.
Ответить 
Старый 07.12.2011 18:06   #1512  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
XABAR BERING OSHIQLARA...

Xabar bering oshiqlara,
ishqqa ko‘ngil bergan o‘zim,
Ishq g‘avvosi yangilig‘ tubsiz
ummonlara kirgan o‘zim.


Yer-ko‘k to‘lgan ishq erur,
ishqdin ulug‘roq yo‘q erur,
Ishqning bahosin kim bilur,
ma’dani kon bo‘lgan o‘zim.


Dengiz yuzidin suv olib,
suvni samoga yetkarib,
Bulutlarda sayron etib,
Arshga yaqin borgan o‘zim.


Ko‘rdim degan emas ko‘rgan,
bildim degan emas bilgan,
Bilgan Udir, ko‘rsatgan U,
ishqqa asir bo‘lgan o‘zim.


Qalam ne yozganin ko‘rgil,
xabar qanday erur, bilgil,
Qolu Balo eshigidan
bunda xabar bergan o‘zim.


Devonaman, otim Yunus,
ishq bo‘ldi menga qilovuz,
Haqqa yetay men yorug‘ yuz,
ostoniga borgan o‘zim.

YUNUS EMRO
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео

Последний раз редактировалось Gulchehra Ibragimova; 07.12.2011 в 18:15.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 09.12.2011 10:43   #1513  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Кимнинг дилида бир ғами пинҳон бўлмас,
У мисли тирик мурдадир, инсон бўлмас.
Бор, дард сўра, бедардлик иллатдир,
Бир дардки, унга сира дармон бўлмас...

Оффтоп:
(Муаллифини билмайман)
Ответить 
Старый 09.12.2011 11:43   #1514  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Ko'zni qamashtirib, chaqnaydi atlas,
Naqadar dilrabo, naqadar ko'rkam!
Go'yoki atlasga butun husnini,
Butun jilvasini berganday ko'klam.

Nazarimda: barcha rangni kamalak,
Undan olgan chog'i: unga bir qarang.
San'atning kuchini namoyish qilmish.
Atlasni to'qigan "ustasi farang"...

Unda chamanlarning chiroyi mavjud,
U tovus patiday ming tovlanadi.
Go'zallik, mana, men! deganday bo'lib,
Ko'zni qamashtirib gul-gul yonadi.

Quyosh sarig'ligi, osmon ko'kligi,
Lola qizilligi aks etar unda.
Atlasda olamning husni jam bo'lmish,
Yuksak mahorat ham, san'at ham shunda!

Olovday lovillar, to'qigan usta,
Qalb haroratini unga berganday.
Ayniqsa atlasni ko'z-ko'z qilishib,
Go'zallar kiyganda ko'rsangiz, bay-bay!

Ming chiroy qo'shadi bir chiroyiga,
Butun hunarini ko'rsatib atlas.
Meni sehrlaydi atlas kiyganlar,
San'at parisiday qo'zg'atib havas.

Uyg'un.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 09.12.2011 в 12:32.
Ответить 
Старый 09.12.2011 13:59   #1515  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
MUBTALO BO'LDIM SANGA
Ko'rgali husnungni zoru mubtalo bo'ldum sanga,
Ne balolig' kun edikim, oshno bo'ldum sanga.
Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko'ngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo'ldum sanga.
Men qachon dedim: "Vafo qilg'il manga" zulm aylading,
Sen qachon deding: "Fido bo'lg'il manga" bo'ldim sanga.
Qay pari paykarga dersen telba bo'ldung bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo'ldum sanga.
Ey ko'ngul, tarki nasihat aylading ovora bo'l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo'ldum sanga.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo'ldum sanga.
G'ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo'ldum sanga.
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
"+" от:
Старый 09.12.2011 18:24   #1516  
Аватар для Alouddin
Оффлайн
"Megabyte" jurnali
редактор
Сообщений: 99
+ 48  129/44
– 1  3/2

UzbekistanОтправить сообщение для Alouddin с помощью Skype™Мой КругМой мирFacebook
Орзу
Орзу ўхшар капалакка –
Уни тутиб бўлмайди…
Қўл билан ушлаб бўлмас,
Уни ўпиб бўлмайди…

Ушладингми – бас, унинг –
Оҳори тўкилгайдир.
Хаёлингда тўқиган орзунг
Чок-чокидан сўкилгайдир.

Қўй, интилма орзуга,
Турсин шундай, узоқда.
Қўлда сўнар орзуинг-
Тушгандайин тузоққа.

Эришдингми, демак у –
Орзу эмас, мақсаддир.
Орзу – бу руҳ, бу – хаёл,
Мақсад – ҳақир жасаддир.

Орзу ўхшар капалакка –
Уни тутиб бўлмайди…
Туттингми, энди уни
Орзу деб ҳам бўлмайди…
Нафсий

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 10.12.2011 в 12:44.
Ответить 
Старый 12.12.2011 10:14   #1517  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
Jonim chiqadur dard ila, jononima ayting,
Men xasta gado holini sultonima ayting.
O'rtanmagu ko'z yoshiyu o'lmakturur ishim,
Bu qissani ul sham'i shabistonima ayting.
Qat-qat yuragim bog'ladi qon g'uncha meng'izlik,
Bu dardi dilimni guli xandonima ayting.
Qon yoshim erur yux uza yulduz kabi sonsiz,
Ul ko'zlari cho'lpon,mahi tobonima ayting.
Lutfiyi dilafkor tilar hajr eliding dod,
Ahvolini ul begimau xonima ayting.
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
Старый 12.12.2011 10:16   #1518  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
Arzimni aydim bodi sabog'a,
Yetkursa holim ul dilrabog'a.
Qilsa xudoyim ko'nglin muloyim,
Rahm aylag'aymu man mubtalog'a?!
Qilg'aymu xayrin o'z qo'li birla,
Borsam ko'yiga miskin gadog'a?
Dеdi raqiblar yorg'a yomonlab,
Soldi judoliq naylay arog'a,
Ko'nglumda yo'qtur zarra gumonim,
Kimki yomondur soldim xudog'a.
Holimni aytsam yorim inonmas,
Emdi qo'yubman yavmuljazog'a.
Yorsiz kishini firdavsi yo'qtur,
Suydim sanamni qoldim balog'a.
Dushmanlarining nozu, niamda
Parvarish aylab soldi g'inog'a.
Do'stini yorim ranju alamda
Qo'ydi el ichra javru jafog'a.
Miskin Huvaydo sabru tahammul
Aylab,hamisha yig'lar xudog'a.
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
Старый 12.12.2011 10:18   #1519  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
Sabo yеtkur salomimni qaddi sarvi ravonimg'a,
Qaro ko'zluk, qaro kokul o'shal shirin zabonimg'a.
Yotibdir bir g'aribi zor o'lib og'ishtai tufroq,
Bu holimni borib aytg'il mani oromijonimg'a.
Mani boshim ani yo'li arog'a har balo kеlsa,
Boqarman, ey birodarlar, qachon sudu ziyonimg'a?
Falak charxi uzildi-yu, yiroq soldi mani andin,
Qachon qo'shg'ay xudovandim aningdеk mеhribonimg'a?
Ani dardu firoqi o'lgucha mandin judo bo'lmas,
Taralmish jismima jondеk tamomi ustixonimg'a.
Huvaydoni firoqiga oni hеch kеlmadi rahmi,
Qaro toshlar su bo'ldi rahm etib oxu fig'onimg'a
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 12.12.2011 10:23   #1520  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
***
Ona qandoq o‘yin boshlab qo‘ydim men,
Qandoq savdolarga boshimni berdim.
Qandoq sahrolarda yurgandim ona,
Qirq yil tovonimdan tikanlar terdim.
Hayot egib borar mag‘rur boshimni,
Boqsam yuragimda mislsiz dog‘lar.
Lekin havasimni keltirar mudom,
Birovga suyanmay yuksalgan tog‘lar.

Men axir tuproqdan kuch olgan qizman,
Tuproqning ichida qotgan suyagim.
Onajon, bu o‘xshash qismatni qara,
Otamning qo‘lidek qadoq yuragim.

Hamon bolaligim chorlaydi meni,
Hamon turnalarga kelar havasim.
Men mudom go‘dakka o‘xshayman ona,
Oyning yog‘dusiga o‘xshar nafasim.

Hanuz maysalarning boshini silab,
Shivirlab aytaman: Nurdek tozaman.
Mudom kapalakka egizdir ruhim,
Hamon yaproqlarga she’rlar yozaman.

Biroq qandoq o‘yin boshlab qo‘ydim men.
Bu qandoq janggohdir yeyar ruhimni.
Har tongki ortimga qarab aytaman,
Men bu olovlardan omon chiqdimmi?

Tobora ruhimni ezar bir azob,
Har lahza ruhimda chaqmoqda chaqin.
Bo‘g‘zimga qadalib kelmoqda bir oh.
Tobora boshimga qilichlar yaqin,

Onajon, men bir kun osmon bo‘laman,
Sen ishon ruhimda gullaydi bog‘lar.
Axir, havasimni keltirar mudom,
Hech kimga suyanmay yuksalgan tog‘lar.



Guljamol Asqarova
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх