Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 10.10.2011 12:14   #1421  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Yurak

Ilk bora suyangan qutlug' ostona,
Bolaligim isi ufurgan xona,
Otamning, onamning mehriga qona -
Faqat muhabbatdan tikilgan yo'rgak,
Vatan! - deb,
Vatan! - deb urgil, ey, yurak!

Tolengdan fol ochgan yulduzing shu yurt,
Sen gulsan, chechaksan - ildizing shu yurt.
Sadoqat islarin hovuchingda tut,
G'uruni simirib ochilgan kurtak,
Vatan! - deb,
Vatan! - deb urgil, ey, yurak!

U shunday javharki, bebaho nodir,
Ayrilsang, alami o'limga qodir.
Sarhadlari mushtday bag'ringga jodir,
Behisht bog'laridan suylangan ertak,
Vatan! - deb,
Vatan! - deb urgil, ey, yurak!

Bir tong otgaydir-ki, farahbaxsh, feruz,
Farzandlik burchingdan ochiladi so'z.
U uchun shart bo'lsa, jon tomiring uz.
Men uchun, sen uchun eng ulug' beshak,
Vatan! - deb,
Vatan! - deb urgil, ey, yurak!

Iroda Umarova
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 10.10.2011 15:45   #1422  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Борлиқ узра ёйилганда тун,
Янграр маъюс қадим тарона.
Ҳаёт ишқи топмасдан якун.
Уйғонади қадим афсона.

Балки бунда уйғоқ орзулар,
Ишқ юртидан келтирар хабар.
Хиёнатда ўлган туйғулар-
Яна қалбда бошлайди сафар.

Шовуллайди уйғоқ дарахтлар,
Тўлқинларда асов бир қаҳр.
Тун юзига ёғдулар пуркаб.
Ой титрайди-кўзида сеҳр,

Икки қалбга битта йўл излаб,
Тентирайди қисмат нафаси.
Жонга яна тўр ташлай бошлар.
О, фалакнинг сўнгсиз фитнаси.

Ҳалима Аҳмедова
Ответить 
2 "+" от:
Старый 11.10.2011 08:34   #1423  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Qora tosh sira ham bo'lmas lojuvard,
Toza qalbga yuqmas aslo changu gard.
Quloq solgin Puryoyvaliy so'ziga,
Qo'rqoqlardan birob chiqqanmidi mard!

***
Uch yuz Qo'hi Qofni kelida tuymoq,
Dil qonidan bermoq falakka bo'yoq,
Yoinki bir asr zindonda yotmoq,
Nodon suhbatidan ko'ra yaxshiroq.

***
Davronda ko'p ko'zni men giryon ko'rdim,
Neki balo bo'lsa, beomon ko'rdim,
Nuh-ku ming yil yashab ko'rdi bir to'fon,
Men Nuh no'lmasam ham ming to'fon ko'rdim.

***
Oqil aqli hisga giriftor bo'lmas,
Hasad qilgan bilan tillo xor bo'lmas.
Homard it kabidir, mard-buyuk daryo,
Daryo it damidin hech murdor bo'lmas.

Pahlavon Mahmud
Ответить 
Старый 11.10.2011 13:12   #1424  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
GO'ZAL

Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib,
Eng yorug' yulduzdan seni so'raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir:"Men uni tushda ko'ramen.
Tushimda ko'ramen, shunchalar go'zal,
Bizdan-da go'zaldir, oydan-da go'zal!.."

Ko'zimni olamen oy chiqqan yoqqa,
Boshlayman oydan-da seni so'rmoqqa,
Ul-da aytadirki:"Qizil yong'oqqa
Uchradim tushimda, ko'milgan oqqa.
Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal,
Mendan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."

Erta tong shamoli sochlarin yozib,
Yonimdan o'tganda so'rab ko'ramen.
Aytadir:"Bir ko'rib, yo'limdan ozib,
Tog'u toshlar ichra istab yuramen!
Bir ko'rdim men uni - shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."

Ul ketgach kun chiqar yorug'liq sochib,
Undan-da so'raymaen sening to'g'ringda.
Ul-da uyatidan berkinib, qochib,
Aytadir:"Bir ko'rdim, tushdamas o'ngda.
Men o'ngda ko'rganda shunchlar go'zal,
Oydan-da go'zaldir… mendan-da go'zal!.."

Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?!
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen,
Men suyub…men suyub…kimni suyubmen?
Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"

A.Cho'lpon
Ответить 
"+" от:
Старый 11.10.2011 13:16   #1425  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
SIRLARDAN...

I

Bir tutam sochlaring mening qo'limda,
G'ijimlab o'paymi,yo tarab ochay?
'Sir' deb saqlaganing mening qo'ynimda,
'Sir' deb saqlayinmi,yo elga sochay?

Sochilgan sochingday sochilsa siring,
Anor yuzlaringni kimga tutasan?
O'zing-ku: 'Alarda vafo yo'q!' - deding,
Nimaga ularni tag'in kutasan?

II

Ochilgan qo'ynimda to'lg'ongan taning,
Ko'nglingdan qilcha ham hid etkazmasa, -
Menga yaqinlashma,ay tirik bo'sa! -
'Sevdim' deganlaring yolg'ondir sening!..


A.Cho'lpon

p.s jadid adabiyotini o'qib turaman...aaanchadan beri Cho'lponni qayta o'qiyman deb turgan edim...
Ответить 
"+" от:
Старый 12.10.2011 13:31   #1426  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
O’sha lahzalar.

Shirin suhbat munis lahzalar
Sevgim qo’shiq bo’lib taralar.
Eslasam gar yurak xastalar
O’sha sinf, o’sha partalar…

Derazadan sakrab pinhona
Uchrashardik ikki devona
Bizga guvoh bo’lgan mayxona
O’sha sinf, o’sha partalar…

Afsus shirin damlar qaytmaydi,
Qo’l uzatsam borib yetmaydi,
Xayolimdan bir zum ketmaydi,
O’sha sinf, o’sha partalar…

Zilola.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)

Последний раз редактировалось albatros; 12.10.2011 в 13:44.
Ответить 
Старый 12.10.2011 13:43   #1427  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Muhabbat eng oliy tuyg’u.

Muhabbat – bu eng go’zal tuyg’u,
Uning og’ishida sarmast ko’ngillar.
Muhabbat yurakdan taralgan yog’du,
Uning yorishadi qorong’u dillar.

Muhabbat sevgingdan to’kilgan ko’z yosh,
Go’yo tosh ustiga ochilgan lola.
Muhabbat quyoshdek so’nmas bir otash,
Bahorga sochilgan misli shalola.

Muhabbat qalbdagi armon iztirob,
Otabek sevgisin yerlarga ko’mgan.
Laylini ko’zidan shosh qator oqib,
Cho’l-u biyobonga bosh olib ketgan.

O, muhabbat gar shunday bo’lsang,
Qayta tilga olmam yetar,bo’ldi bas.
Shunday deyman lekin o’zim qalbimda,
Menga quloq tutmay shivirlar bir sas –

Muhabbat – bu eng go’zal tuyg’u!

Xumoyun Mirzo.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 15.10.2011 19:18   #1428  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
YANA SHE’RIMGA
(Sonet)

She’rim! Yana o‘zing yaxshisan,
Boqqa kirsang, gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot naqshsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.

Yuragimning dardi - naqshisan,
Qilolmayman seni hech kanda!
O’t bo‘lurmi ishqi yo‘q tanda?
Dardimsanki, she’rim yaxshisan.

Sen orada ko‘prik bo‘lding-da,
Geyne bilan o‘rtoq tutindim.
Lermontovdan ko‘mak o‘tindim.
Butun umrim sening bo‘yningda.

Saharda qon tupursam, mayli.
Men - Majnunman, she’rim, sen –
Layli!


Usmon Nosir
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 18.10.2011 15:36   #1429  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
AGAR...

Tuhmatdan yiqilsa
birorta do`stim,
men-chi xilvatlarda berkinib yotsam.
Bu ham yetmaganday ancha vaqt o`tib,
poklikdan so`ylasam,
xotira sotsam.
Yo`q, bo`lmas,
yashardim boshimni egib,
kezardim umrbod yurtma-yurt oshib.
Odamzot ko`ziga qarolmasam tik,
ko`ksimga osilgan bo`lardi boshim.
Yo`q, yo`q, yo`q...
Albatta birga bo`lardim
tamug` malaylari ishga tushgan choq.
Do`stimla yonma-yon turib o`lardim,
ehtimol, o`lardim undan oldinroq.

Shavkat Rahmon.
Ответить 
Старый 19.10.2011 11:09   #1430  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
E'tikof

Men-Bibi Oyisha emasman,
Hazrati Xadicha ham emas, ammo
yuragimda bitta Odam bor,
Rasulday sevimli,
Xudoday tanho!
Xudoyo, men Oyisha emasman, nega?
Nechun yuragimda sevgi bu qadar?
Kimning qayg'usi bu-
Bir ishq beega,
Qorong'u umrimga soladi xatar?
Tanlamadim, bir oliy sharaf,
Yoki mahrami xos buyuk zot uchun,
Ammo suyagimni o'tlarga qalab,
Jannatiy bir sevgi yonadi nechun?
Oydin tushlarimda olma tishladim,
Boshlarim aylanar sevgi isidan!
Xudoyim, Xudoyim,
jismimni qadim
Yaratding, ayt, kimning qobirg'asidan?
Shu qadar mahrumman, ki yetmas kuchim,
Nur istab ruhimning isyoni tinmas,
Gunohlarin Rasul so'rab berguvchi,
Men, axir, Hazrati Oyisha emas!
Qalbni barbod etgan ishq bilan, nega,
Arshingga gunohkor qo'yaman qadam?
Bu olov umrimga bo'lgani ega,
Nahot topilmadi bir yorug' Odam?!
Oydin tushlarimda olma tishladim,
Boshlarim aylanar sevgi isidan!
Xudoyim, Xudoyim, jismimni qadim
Yaratding, ayt, kimning qobirg'asidan?!..

Zebo Mirzo

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 19.10.2011 в 11:53.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх