Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 26.09.2011 12:47   #1411  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
XAYR DЕMA, SЕVGILIM

Bu dunyoning armonlari ko’p ekan,
Kеtar bo’lsang, tomonlari ko’p ekan,
Chеchagidan somonlari ko’p ekan,
Xayr dеma, xayr dеma, sеvgilim.

Yarmi qora, yarmi oqdir dunyoning,
Yarmi sahro, yarmi bog’dir dunyoning,
Yarmi visol, yarmi dog’dir dunyoning,
Xayr dеma, xayr dеma,sеvgilim.

Sеn istasang gullar ro`yi jahonim,
Yana bo`yin taratadi rayhonim,
Chamanlarga aylanadi sayxonim,
Xayr dеma, xayr dеma, sеvgilim.

Xayr dеsang, bu dunyoda nеtaman,
Sеn bo`lmasang, bu ro`yoda nеtaman.
Sеni izlab bo`zlab-bo`zlab o`taman,
Xayr dеma, xayr dеma, sеvgilim.

Adashmasam bu she'rni muallifi Xurshid Davron (Yana bilmadim).
Ushbu she'r Sarvara ijrosida qo'shiq qilib kuylangan

Последний раз редактировалось albatros; 26.09.2011 в 12:51.
Ответить 
Старый 26.09.2011 13:02   #1412  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Do‘stlarim bor, yo‘qmas dushmanim;
Har kimning ham bordir bir yovi.
Yaxshi ko‘rsa bittasi mani,
Yoqtirmaydi boshqa birovi.

Odam bo‘lmoq emasdir oson,
Bu yo‘lda bor, balki kam-ko‘stim.
Fe’l-atvorim yoqmay nogahon –
Tashlab ketar ba’zi bir do‘stim.

Tosh tarafga og‘sa tarozi,
"Jon do‘stlar" ham seni der "yomon!"
Demay: "Bu gap yolg‘onmi, rostmi",
Nafratlarin sochar beomon.

Mayli, gapim, fe’l-atvorim goh
Kimlargadir yoqsin-yoqmasin,
Xalqim!
Nafrat-qahringdan, biroq,
Yo‘q, Xudoning o‘zi saqlasin!

Ibraim Yusupov
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 26.09.2011 13:06   #1413  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
UMR MAZMUNI

Beshikdan to qabrga qadar
Odam umri ajabdir, ajab.
Bog‘cha fasli tugalsa agar,
Quchog‘iga olgaydir maktab.

Bir entikish, ma’yus bir lahza
Go‘dak qalbin imtihon etar.
Bu ayriliq - ilk og‘ir larza –
Huvillatib bog‘chani... ketar.

So‘ng maktabda o‘n yillik hayot,
Yoshlik kechar soyday guvillab.
Bir kun kelib «xayr», der, hayhot,
Maktab qolar ortda huvillab.

So‘ngra esa oliy ilmgoh,
Bunda umr sabog‘in olar.
Bul qasr ham bir kun qolur, oh,
Oltin davr huvillab qolar.

So‘ng... hayotda ming sinov kechib,
Ko‘rajakdir uzoq-yovuqni.
Goho shirin, goh achchiq ichib,
Ko‘p ko‘rajak issiq-sovuqni.

Har bir odam o‘zi bir olam,
Yo‘q o‘xshashi, takrori aslo.
Dunyo ichra dunyodir odam,
Bir-biridan farkli, mustasno.

Ko‘z oldida evrilar zamon,
Farq etadi baxtni, ro‘yoni.
Avj nuqtaga yetganda inson
Huvillatib ketar dunyoni.

Jumaniyoz Jabborov
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 01.10.2011 20:24   #1414  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
"1 oktabr -Ustoz murabbiylar kuni" bayrami bilan barcha Ustoz murabbiylarni tabriklayman. Biz yoshlarni ulg'aytirib katta hayotga yo'l ko'rsatib mehribonlik qilganliklari uchun ularga ming bora tashakkur.

MUALLIMLARIM

Hayot – maktab, lahzalar – saboq,
Yurak – daftar, tafakkur – kitob,
Hislar – qalam, yaxshimi-notob
Har insonim – muallimlarim.

Shul maktabga qo‘ygan poydevor,
O‘n yilimda butun umri bor,
Odamiylik quruvchi me’mor,
Nurafshonim muallimlarim.

Ke-e-eng hayotga tashladim qadam,
Mana, bo‘ldim kattakon Odam,
Duogo‘yim, ma’naviy onam,
Otajonim muallimlarim.

Sog‘inib goh boraman shosha,
Men o‘zgardim, siz o‘sha-o‘sha –
Yozuvtaxta... sershovqin go‘sha...
Qadrdonim muallimlarim.

Siz o‘rgatgan harflar bilan,
She’rlar yozdim ta’riflar bilan,
Sizniki bu lutflar bilan
Sharaf-shonim,
muallimlarim!

Iroda Umarova
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 02.10.2011 11:53   #1415  
Аватар для bekww
Оффлайн
Сообщений: 568
+ 1,307  476/245
– 9  11/6

UzbekistanLiveJournalМой мир
***

Эй тафаккур оламида фикри дарё дўстлар,
Бу саволимга жавоб бергайму доно дўстлар,
Билгали бу сир иложин борму асло дўстлар,
Ғайратимни орттирар ҳар дам бу дунё дўстлар,
Телба этмасму мени охир бу савдо дўстлар.

Билмадимким қанча умрим, қайда туфроғим қолур,
Билмадим мендан кейинроқ қайси ўртоғим қолур,
Тўну дўппим кимга қолгай, кимга белбоғим қолур,
Боғу-роғим кимга қолгай, ким учун доғим қолур,
Бу муаммо, бу муаммо, бу муаммо дўстлар.

Чустий
Ответить 
2 "+" от:
Старый 04.10.2011 11:41   #1416  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Armon nima? Ayriliq, hijron,
Yoki tushga aylangan sevgi
Seng ketdingu yuragim vayron
Qaytmas qushga aylangan sevgi
Bilolmadim taqdirmikan bu
Muhabbatim tush bo'ldi ro'yo
Sen ketdingu yuragim vayron
Qaro tunga aylangan sevgi
Armon bo'lgan ishq ketar bo'ldi
Ushladigu tutib qolmadik,
Bu dunyoni takr etar bo'ldi
Bizlar baxtga yeta olmadik...

"Yomg'ir simfoniyasi" serialidan
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 05.10.2011 в 10:04.
Ответить 
"+" от:
Старый 04.10.2011 12:19   #1417  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
SIZ O`SHAMU?

Yulduzim dеb, izlaganim,
Armonlarda bo`zlaganim,
Kеcha-kunduz so`zlaganim -
Siz o`shamu, siz o`shamu?

Olislardan topmaganim,
Ammo aslo tonmaganim,
O`ylab-o`ylab qonmaganim -
Siz o`shamu, siz o`shamu?

Tushlarimga kirib yurgan,
Yulduzlarday yonib turgan,
Mеni o`ylab xayol surgan
Siz o`shamu, siz o`shamu?

Qolmang dеyman zavolimga,
Jamolingiz xayolimda,
Dilim dardi savolimda,
Siz o`shamu, siz o`shamu?

Pеshonamga taqdir bitgan,
Yuragimni abgor etgan,
Otabеgim dеya kutgan
Siz o`shamu, siz o`shamu?

Bir bor ko`rib, o`lay dеyman,
Kulgichiga to`yay dеyman,
Ko`ksiga bosh qo`yay dеyman,
Siz o`shamu, siz o`shamu?

X. Davron she'ri.
Sh.Qayumov ijosidagi qo'shiq.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
"+" от:
Старый 07.10.2011 13:50   #1418  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
DONISHMAND TABIB

Alqissa juda qadim,
Jaholatli zamonda,
Bir donishmand, ulug' hakim,
O'tgan ekan jahonda.

U kun bo'yi giyoh terib,
Kezib bog'u biyobon,
Odamlarga shifo berib,
Yashar ekan shodumon.

Unga ming bir mushkul dardning,
Ayon bo'lib shifosi,
Odamlarning bora-bora
Ortaverdi ixlosi.

Tabobatga qalban, ruhan,
Fido qilib o'zini,
Oxir bir kun nashtar bilan
Ochdi ko'rning ko'zini.

Rivoj topmish sohib xislat,
Donishmandga madadkor,
Lekin qayda bo'lsa shuhrat,
Yonboshida hasad bor.

Davoxonlar, parixonlar,
O'quvchilar chilyosin,
Xullas yurtda bor nodonlar,
Boshladilar ig'vosin.

"Bandasiga bermoq doru,
Yaratganga isyondir
Demak tabib ishi makr-u,
O'zi esa shaytondir".

Bu so'zlarni chin deb bildi
Nodon, johil olomon,
Donishmandni sazo qildi,
Kaltakladi beomon.

Cho'g‘ temirda ko'ksin dog'lab,
Dorga osmoq bo'ldilar,
So'ng bo'yniga xarsang bog'lab,
Suvga bosmoq bo'ldilar.

So'ng suvni ham, xarsangni ham
Xayf bilib "shayton" ga,
"Yoqing" - dedi eng bosh hakam,
-"Olib chiqib maydonga"

Keng maydonga ustun ko'mib,
Bog'ladilar hakimni.
So'ng temirni o'tga qo'yib,
Dog'ladilar hakimni.

Buyurdilar: "Yoqing shitob,
Azroilning oshnasin"
Dedi : "kimga kerak savob,
Cho'p keltirib tashlasin"

"Savob" uchun kimdir o'tin,
Kimdir tashlar dona xas.
Hakim boshin mag'rur tutib,
Johil elga qaramas.

Shu payt tabib sari bir chol,
Asta kela boshladi,
Quchog'ida bir bog' poxol,
G'aram uzra tashladi.

Dedi: "Asl tug'ilganda,
Basir edim men o'zi,
Sen duoning kuchi birla
Ochib qo'yding ko'r ko'zim.

Tangri bilib yaratgan ko'r,
Davo qilding ne uchun?
So'roqda men manglayi sho'r,
Nima deyman Mahshar kun.

Haq yo'lidan ozgan odam,
Davo qilib ne berding,
Meni bir yo'la u dunyo ham,
Bu dunyomdan ayirding.

Ko'rligimda bu dunyoni
Tasavvurda ko'rardim.
Dunyodagi bor odamni
Mushfiq bilib yurardim.

Shafqat ila kim nonu, kim
Chaqa tashlab ketardi,
Men ham shunga to'ygan edim,
Shu ham menga yetardi.

Qornim to'ysa saodatim,
Yo'q tuman xil tilaklar,
Ham ulfatim, hamsuhbatim,
Jajji shirin go'daklar.

O'ylar edim dunyoda bor
Musaffolik, soddalik,
Ko'zim ochib ilk bor ko'rdim,
Berahmlik, soxtalik.

O'g'irligu, fahshni ko`rib,
Jim yurarkan odamlar.
O'z do'stiga kulib turib,
Tig' urarkan odamlar.

Bir yonga boq: Ayshu-ishrat.
Bir yonga boq: Ohu-voh,
Bu kun mening ko'nglimda g'ash,
Imonimda ishtiboh.

Derdim, yurtni bir bor ko'rsam,
Ko'rdim: ko'nglim to'q endi,
Yo'lda yotgan ko'rchalik ham,
E'tiborim yo'q endi.

Ado bo'ldim, to'yib ketdim,
Ado bo'lsam mayliga,
Yo qaytadan o`sha g'arib,
Gado bo'lsam mayliga.
Ko'r bo'lsam ham mayliga...

Bu so'zlarni eshitdi-yu,
Faryod urdi donishmand,
"Yoqing"- deya so'radi u,
"Olov bo'lsin sarbaland.

To'yib ketdim bu dunyodan,
Hech toqatim qolmadi,
Mendan shifo oldi olam,
Odam shifo olmadi.

Jaholatning zahri tekkan
Nodon, johil, gumrohlar,
Davosiga ojiz ekan,
Men kashf etgan giyohlar.

Ko'r ko'zlarga nur bahsh etdi,
Men kashf etgan giyohlar,
Qalb ko`zini ochmoqqa lek
Kamlik qildi hunarim.

Odamlarga men yaxshilik,
Qilmoq bo'ldim, netayin?
Manglayda shu ekan bitik,
Yoqing kuyib ketayin."

O't yoqdilar yondi gulxan,
Qaro bo'ldi samovot,
Jaholatning hukmi bilan
Ado bo'ldi buyuk zot.

Gulhan yondi ko'kka o'ralib,
Cho'gi har yon sochildi,
Shu olovdan elning, ajab,
Aql ko'zi ochildi.

Yigladilar aza tutib,
O'kindilar, kuydilar,
Yillar o'tib donishmandga
Oltin haykal qo'ydilar.

E, voh, hakim ko'zi bilan
Ko'rsaydi bu hurmatni,
Lekin olim o'zi bilan
Olib ketdi hikmatni...

Qo'y, ey, ko'nglim, sen bu qadar
Dahshatni kam o'ylagin,
Senga nasib bo'lgan davron,
Sozin chalib kuylagin.

Shukronalik, mayni ichib,
Yayrab qolgin har nafas,
Bu dunyodan bir kun kechib,
Ketguvchi bir biz emas.

Qo'y, ey, ko'nglim, Haq muhabbat,
She'r zavqiga qo'naylik.
O'tda yonish bo'lsa mayli,
She'r o'tida yonaylik.

Faqat bizga g'am u qadar,
Qayg'u hasrat yot bo'lsin,
To biz uchun jon berganlar,
Ruhi doim shod bo'lsin!

Erkin Vohidov


p.s...qanchalik to'gri shu narsa, odamlarda johillik kuchli, vaqt o'tib haqni tushunishsa ham mayli...ammo, hech bir narsa,hech bir kimsa bu dunoyoda beqadr bo'lmaydi, albatta, bir kun kelib qadrini topadi...shunisiga shukr....


R
Ответить 
Старый 07.10.2011 14:25   #1419  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
DONISHMAND TABIB

Alqissa juda qadim,
Jaholatli zamonda,
Bir donishmand, ulug' hakim,
O'tgan ekan jahonda.
Juda ham chiroyli yozilgan bu she'r. Ushbu she'rni hurmatli shoirimiz Erkin Vohidov ning sahifasiga joylashtirsangiz yanada yaxshi bo'lardi.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 09.10.2011 13:45   #1420  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от albatros Посмотреть сообщение
Juda ham chiroyli yozilgan bu she'r.
Oydin kecha ham yaxshi yozilgan...mana

Ойдин кеча ,
Ёғар кўкдан зар ,
Ўйга чўмиб дединг гул юзим:
«Осмон тўла сонсиз юлдузлар,
Қайси экан менинг юлдузим?
У бир кичик заррадир, холос,
Йирокдадир, илинмас кўзга...»
Ажаб дейман, Ким этмиш қиёс
Одамзодни сўник юлдузга?!
Қалб кўксимда ёниб ўрганган,
Эътиқодим шу эрур азал :
Минг йил хира юлдуз бўлгандан ,
Бир дам ёниқ шам бўлган афзал .
Асрий ҳаёт керакмас менга ,
Ишқ завқига қониб яшасам ,
Парвонанинг умри бас менга —
Фақат ёниб , Ёниб яшасам .
Шу ўй мени банд этар кўпдан,
Шу сабабли дейман: гул юзим,
Юлдуз излаб нетасан кўкдан,
Ўзингсан-ку менинг юлдузим.
Ўзингсан-ку менинг юлдузим,
Сурайёдан, Зуҳродан ортиқ.
Кўк токидан олмадек узиб,
Бирин сенга қилайми тортиқ ?
Кел , истасанг ой ҳалкасини
Қулоғингга такай , дилбарим .
Хушнуд этса юлдузлар сени ,
Этагингга тўкайин барин.
Фақат, жоним, ўзингни зинҳор
Юлдузларга этмагил киёс.
Ёниб яша то танда жон бор,
Қуёш бўлгин , азизим , қуёш !

E. Vohidov
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх