Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 18.09.2011 18:39   #1401  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Цитата:
Сообщение от Abror Qodirov Посмотреть сообщение
O’zing
Or qilmay so`ragan so`rog`imga, rasvoligimdan o`tib nazar sol, nazar sol...
Shohruxning "O‘zing" qo‘shig‘i so‘zlari...
Nima bu? Qanaqa adabiy janr ekan ? Adabiyotimizda yana yangi yo'nalish paydo bo'limdimi? Biroz tushinish qiyin ekan...
Ответить 
Старый 20.09.2011 11:39   #1402  
Real ID Group
Аватар для Behzod Ostonov
Оффлайн
Отделение ZiyoNET при МВССО
Ведущий специалист
Сообщений: 12
+ 22  22/8
– 0  0/0

Uzbekistan
ЙИГИТЛАР

Қиз боланинг нозлари бўй еткунча,
Эркалиги, кўз ёшлари тўй ўткунча,
Ишонади рости ёлғонга еткунча,
Севгисини савдо қилманг мард йигитлар.

У биргина ширин сўзга гадо бўлур,
Савлатгамас, меҳрингизга шайдо бўлур,
Кулфат солманг ёш бошига ғавғо бўлур,
Меҳрингизни дариғ тутманг мард йигитлар.

Қизи бор уй файзи бўлак кошонадур,
Ориятли, ризқи улуғ остонадур,
Ранжитсангиз гар дилини вайронадур,
Бутун қалбин ярим қилманг мард йигитлар.

Ҳар ошиқнинг бахтини Худо берсин,
Чин севгининг ишончи вафо бўлсин,
Бешиклар Фарходу, Ширинларга тўлсин,
Йигит Пирим сизга ҳамроҳ мард йигитлар.

Эр йигитлар унутмас ўз аёлини,
Сақлар доим, ор-номусу, хаёлини,
Олмас меҳр-муҳаббатнинг уволини,
Ўз ёрига садоқатли мард йигитлар

Мансур Юнус
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 20.09.2011 в 11:59.
Ответить 
Старый 20.09.2011 16:02   #1403  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
IBRAT

Dunyoning ajoyib ibratlari bor,
O‘sha boshqaradi umr kemasin.
Do‘stiga mehrini etganda izhor,
Hech kim ko‘kragidan tepki yemasin.

Qanchalik balandga chiqmasin odam,
Aslo unutmasin Halloq — egasin.
Mayli gunohiga iqror bo‘lsa ham,
Savob ishin esa qildim demasin

A.Oripov.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 20.09.2011 16:11   #1404  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
ONA DUOSI

Biring ikki bo‘lsin nima ushlasang,
Yo‘llaring oq bo‘lsin tog‘lar qoricha.
Sen yorug‘ dunyoda tinch yurar bo‘lsang,
Men duo qilarman umrim boricha.

Ko‘zingda ko‘rmasam alam ranjini,
Boshingda ko‘rmasam tumonot savdo.
Olib bermasang ham olam ganjini,
Sendan onaginang rizodur, rizo!

Hayoting bema’no tuyulsa, bolam,
Qorong‘u ko‘rinsa bu ko‘hna dunyo.
Ketsin deb qalbingdan yer yutkur alam,
Yorishsin dunyo deb aylarman duo.

Yuraging qisilsa takroru takror,
Kenglikka chiqqin-da, aytgin sho‘x o‘lan,
Bu ham hasratingta kelmasa bakor,
Ko‘nglingni bo‘shatgin she’r yozmoq bilan.

Qadim ertaklarni tinglash sozdir xo‘p,
Oltin umrlarni unda ko‘rarsan.
Sehrli hayotga mahliyo bo‘lib,
Bevosh o‘ylaringni aldab yurarsan.

Yetishsang, to‘y bersang yurtga mabodo,
Jamshid havas qilsin sening bazmingta.
Noming doston bo‘lib yursang el aro,
Murod-maqsadingta yetsang, bas, menga.

Yomonlar yo‘lini tutmagil minba’d,
Fisqu fasodlardan yiroq bo‘l, to‘xlim.
Olginu oldirma, unib-o‘s, faqat
Yuzimni yerlarga qaratma, o‘g‘lim

Muhammad Ali
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 20.09.2011 20:18   #1405  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Цитата:
Сообщение от albatros Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Abror Qodirov Посмотреть сообщение
O’zing
Or qilmay so`ragan so`rog`imga, rasvoligimdan o`tib nazar sol, nazar sol...
Shohruxning "O‘zing" qo‘shig‘i so‘zlari...
Nima bu? Qanaqa adabiy janr ekan ? Adabiyotimizda yana yangi yo'nalish paydo bo'limdimi? Biroz tushinish qiyin ekan...
Nima ekanligini yozdim. Bu qo'shiq so'zlari. Rep uslubida aytilgan qo'shiqning matni. Sizga qandaydir adabiy janrga mansub ekanligini bilish shu qadar muhimmi? Asosiysi mazmun emasmi? To'g'ri, ma'nosini tushunib yetish biroz o'ylashni, biroz mulohaza yuritishni talab etadigan uslubda berilgan. Oson tilda emas. Oson bo'lishi shart ham emas, menimcha.

So'zlar tanlovi noodatiy, jumlalar antiqa. Har doimgi odatiy qo'shiqlardagidek emas. Boshqacha. Darrov hazm bo'lib ketmaydi va aynan shu jihatlari bilan menga bu qo'shiq juda ham yoqadi.

"Har vaqti sahar ko`zdan oqqan tomchilarimni sanab kaftimga tavbalarimni chorlab
Oqaman suv kabi behol"...

"Azali yo`q hamda ohiri ko`rinmas yo`l, lim zulmu zavol…
Istak sari hayotimning tarkibidagi, dardu g`am bilan
Arang qo`zg`alaman manzillaringa..."

"Hayotim dunyoning orzu havaslaridan holi bo`lgan bir g`amgin asar..."

"Undan ortig`i emas, mayli gardanimga ilinsin olamlar og`irligi
Man ahir roziman jamoling bo`sin evaz..."

"Yarim qalb o`ksigan ko`ngil bilan intilaman visolinga"...

"Harakatim soddai rasvo bo`lish davogarligida"


Tan oling, mulohaza qilishga arziydigan so'zlar, jumlalar, fikrlar!

Aytgancha, bu - rep. Yangi janr emas. Bizning mumtoz adabiyotimizdan janrning muqobilini izlamang.
__________________
http://futbol-klub.uz
Ответить 
Старый 21.09.2011 14:17   #1406  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
ONA ALLASI

Yaproqlar tebranar bir orzuga mast,
Ne uchun ochadi daraxt qulochin?
Oir chayqalgancha tebranib bir pas,
Xayolchan daraxtni bosadi ajin?

Mo‘ysafid cho‘qqilar saqlaydi sukut,
Dengizning mavjida bir intiq ohang.
Hayol surib qo‘yar bir parcha bulut,
Tutib tomchi yoshni kiftida arang.

Borliqqa taralar Ona allasi,
Allaga bosh qo‘yib uxlaydi olam.
Nurlarga urilar Ona nafasi,
Zulumat vahmadan qaltirar biram.

Bir quchoq nur bo‘lib, dunyo nur bo‘lib,
Suvday singib ketar buloq suviga.
Ona nafasining sehriga to‘lib,
Yulduzlar mudrashib ketar uyquga.

To'ra Mirzo
Ответить 
"+" от:
Старый 23.09.2011 12:27   #1407  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
***

Сен яшар кўчадан мастона юрдим,
Толига суяниб энтикдим-турдим.
Мен кўрган маконни кўнглимга солиб,
Энг ёруғ, энг тоза бир дунё кўрдим.

Сен яшар кўчанинг тошлари кўпдир,
Тошига тўкилган ёшлари кўпдир.
Ҳар битта тошидан сени сўрасам,
Бекинган дардингнинг фошлари кўпдир.

Сен яшар кўчада бир йил кун бўлди,
Сўнгра асрлардан узун тун бўлди.
Соғинчнинг ҳолидан бир бор ҳабар ол
Тун ичра ўксиниб, бағри хун бўлди.

Сен яшар кўчанинг бир эшиги берк,
Эшикни очолмас на гадо, на бек.
Кимга очилади, ўзи билади
Қулфини очиб қўй – эшикка бер эрк.

Сен яшар бу кўча энг севимли байт,
Ёдаки ўқийман – юрагимда қайд.
“мен билан юр” десам – сенсиз юрмайди,
Бу сенсиз кўчани нима қилай, айт?

Сен яшар кўчага бўлмайди тўйиб,
Уни олиб кетдим, елкамга қўйиб.
“Оҳ” урсам, эсимга тушган чоғларинг,
Йиғлай… Деворига бошимни қўйиб...

Усмон Азим
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео

Последний раз редактировалось Gulchehra Ibragimova; 23.09.2011 в 12:29.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 23.09.2011 15:11   #1408  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
QARZ

Ota-ona orttirsa yemas,
Farzandiga tutar barini.
Farzand esa o‘zidan ortmas,
U ham o‘ylar bolalarini.

Bu – zanjirga aylangan mehr,
Undan olib buni siylashlik.
Qonun ekan farzandlik qarzi
Va bu qarzni hech uzolmaslik.

Iroda Umarova
Ответить 
2 "+" от:
Старый 23.09.2011 19:07   #1409  
Аватар для gofurov
Оффлайн
SQBNMF
Сообщений: 212
+ 3,689  244/106
– 89  1/1

Uzbekistan
ЎЗБЕГИМ
Сўлқилдаб келасан, ўзбегим,
Маърифат отига отланиб,
Бир мири топган боладай —
Оғзингни иржайтиб.... суюниб
Дунёда ҳамма халқ қизиққан —
Гавҳардек бебаҳо от эди.
Ҳуррият бўлганда сен келдинг,
Минайин семирган отга деб,
Оғзингга «маллалар» бир тепди,
«Маърифат ҳаромдур сартга», деб
Оғзингдан қон келди, йиғладинг,
Кўзингдан заҳарли ёш келди.
Кўраман, охирда минибсан,
Чарчаган бўлса-да, отингга.
Тангрига шукр қил, юра бер,
Кўз солиб, ўнгингга, чапингга!
Тез тузат, оҳ... мана бир хатонг:
Отингни чопасан шаҳарда.
Қишлоқда фақирлар кутадур —
Кечада, кундузда, саҳарда!
Билгилким, ҳаётинг, томиринг,
Ўзбегим, камбағал қишлоқда.
Қишлоқда чопасан отингни,
Чопишинг беҳуда тошлоқда.

Чўлпон 1919 йил
Ответить 
Старый 24.09.2011 10:12   #1410  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
QUYOSH IZLAGAN NUR

Azizam ayollar,
Jonim ayollar,
Axtardim sizdagi nafosat sirin.
Nechun sochingizga oshiq shamollar,
Quyosh izlagan nur sizda yashirin?

Nozik qo‘llaringiz birida dunyo,
Birida g‘irchillab tebranar beshik.
Poyingizda Arklar bo‘lsa ham paydo,
O‘zingizning kulba tuyuladi ko‘shk.

Ro‘zg‘orning g‘orida o‘tkazasiz kun,
Gohida chidolmay qolasiz nolib.
Baribir, bo‘shasa sal olaxurjun,
Yugurasiz yana yelkaga olib.

Vaqtingiz o‘g‘irlab turfa tashvishlar,
Goho ko‘zguga ham boqmaysiz to‘yib.
Bu ham bir g‘alvaga bahona ishlar –
Eringiz boqadi qovog‘in uyib…

Shunda turmush mushti toshga evirgan
Yuragingiz yorib o‘sgan ko‘nglingiz –
Og‘rinar to‘liqib mungli shivirga,
Solsam deysiz ota uyga yo‘lingiz.

Lek u yerda sizga kimning ko‘zi och,
U yerga mehmonsiz, kesgan etaksiz.
Bundadir ayollik baxtingizga toj,
O‘g‘il-qizlaringiz, yorga keraksiz!

Birgina chorangiz: arazni kanda
Qilmaslik,
Besh-o‘n kun yurmoq xafahol.
Shunda ham kirlarin yuvib panada,
Ko‘zini chalg‘itib bosasiz dazmol...

Qay ayol xohlamas tilloyu durni,
Kiygisi kelmaydi yaltiroq ko‘ylak?
Lekin uchratsangiz Hazrat Xizrni,
Tilingizga kelar shaksiz shul tilak:

«Odamlarga tursin iymon yarashib,
Dunyoning bag‘ridan o‘chir yarimni.
Xo‘jam bilan yuray qo‘sha qarishib,
Kamolin ko‘rayin bolalarimning...»

Shu qadar injiqsiz,
Shu qadar fido,
Qalbingizda jami tuyg‘u mujassam.
Ajab fe’lingizdan go‘zallik paydo,
Onam, opam, singlim, do‘stim,
Azizam...


Iroda Umarova
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх