Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 12.09.2011 13:16   #1391  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Цитата:
Сообщение от Gulchehra Ibragimova Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от albatros Посмотреть сообщение
SIZ MENING...

Sog‘indingiz,
Lekin ko‘rsatmadim ro‘y,
Onajon, siz mening sabrgulimsiz...
Mehringiz to‘kilgan maktublar xushbo‘y,
Onajon, siz mening atirgulimsiz...
Комилжон, ажойиб шеърни топиб жойлаштирибсиз, раҳмат! Оналар ҳақидаги ёзилган ушбу сатрларда ҳақиқатдан ҳам атиргулнинг ифори, хушбўй ҳиди уфуриб турибди..ахир унда мунису мукаррама, энг азиз хилқат- оналар ҳақида ёзилган..
To'g'ri aytasiz Gulchehra opa. Onalarni ta'riflashda dunyodagi eng sara so'zlarni topib qiyoslasakda , bu so'zlar kam. Axir Ona -yaratuvchi, ONa -Mehr - bulog'i, Ona matonat - sabrda tengsiz, eng ulug' va mo'tabar zotdir.
Yosh shoiramiz Iroda Umarovaning yuqoridagi she'rida ham ana shunday tuyg'ular ifoda etiladi.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
2 "+" от:
Старый 12.09.2011 13:24   #1392  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Execute

Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Oldi-qochdi, hech qanday mazmunga ega bo'lmagan va texnik jihatdan xatoga yo'l qo'yilgan she'rlar o'chiriladi!
Оффтоп:
Shu she'rlarni bizlar ham bikorchilikdan yozmasak kerak!



Оффтоп:
o'qiganizdan keyin o'chirib tashlang
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 12.09.2011 13:26   #1393  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
O'zbekiston
Dilga jo bulgandir vatan tuyg'usi,
Kelajagi buyuk davlat bulg`usi.
Ozod,xur, vatandir chaman gul bog`lar,
Daryolar, cho`llar-u osmondek tog`lar. Vatan dur usimlik,xatto jonivor,
Vatan tuygusidir g`uzal, ulugvor.
Unga ta'zim kilib, yashamok k?rak,
Vatan deb uradi, doimo yurak,
Vatan tuygusidir bokira ona,
Tog'larga ko'rk berib ochilgan lola.
Mening vatanimsan,go'zal bo'stonim,
Xamisha sodiqman,O'zbekistonim.




F
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 12.09.2011 13:30   #1394  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
O’ZBEKISTON BAYROG‘I
Har qanday lashkarning ham
O’z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.
Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tug‘dor yurtim,
Muhtasham Respublikam.
O’ylayman, ha, olamda
Nisbiy erur ko‘p holat,
Zamona g‘alviridan
Har narsa o‘taverar.
Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yo‘lchi:
Kelaru ketaberar.
Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir san’at yaratibdi,
Maqsadi - bir burda non.
Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni ko‘klarga
Ko‘tarar butkul jahon.
Ko‘zni kattaroq ochib
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,
Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har kas nomin
Faqat xalqning hayoti.
Sanasang hodisot mo‘l
O’zbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.
Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arig‘ida,
Har biri bitta xalqning
G‘ururiga yetgulik.
Barchaga ayon erur
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezg‘ilar bu shum o‘tmish.
Moziyga o‘qtin-o‘qtin
Sochsak hamki g‘azablar,
Lekin ayting, o‘zbekning
Qo‘lidan kim ham tutmish?
Bir kuni yovqur shoir
Ya’ni Turdi Farg‘oniy,
Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa
Birlash deb qildi xitob.
Bejavob qolaberdi
Uning dardli so‘rog‘i,
O’sha-o‘sha zamin kar,
O’sha-o‘sha gung oftob.
Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.
Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda o‘zbekni.


Abdulla Oripov
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 12.09.2011 13:40   #1395  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Vatan



Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga,
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.
Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni,
Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga.
Sendan ayru dam uzundir, lahzalar ham yilga teng,
Bir umrga lek barobardir kerak onim senga.
Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o‘zing,
To hayotdirman, charog‘im, shu’layi shonim senga.
Yoru do‘stlar jam bo‘libdir, to‘y qilur o‘zbek elim,
Men degayman xush kelibsan, do‘stu mehmonim, senga.
Xizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o‘zim,
Baxtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga.
Dilda borim sen uchundir, qo‘lda torim sen uchun,
Qayda bo‘lsam talpinurman, O’zbekistonim, senga.


F
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 12.09.2011 13:41   #1396  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Vatan

Yuragimga ishq solmadi hilqatlaring,
Aqli hushim lol qilmadi hislatlaring,
Allohimdek yor bo'lmadi Xazratlaring,
Ey Hindiston, men sog'indim O'zbegimni. Tog'laring bor, bas kelolmas tog'larimga,
Bog'laring bor, o'hshamaydi bo'glarimga,
Bulbullaring alishmasman zog'larimga,
Ey Hindiston, Men sog'indim o'zligimni.
Oshkoriga yetolmaydi pinhon siring,
Bir kuniga arzimaydi minglab asring,
Kulbasiday bo'lolmaydi Oltin qasring,
O'zbegimning. Men sog'indim tuprog'ini.
Toj mahalga alishmasman sevgan yorim,
Har faslingdan topolmasman bir Bahorim,
Bor hulqingdan ustun turar bitta orim,
Ey Hindiston, men sog'indim sog'inchlarim.


F
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 12.09.2011 13:42   #1397  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
O'zbekiston

Assalomu alaykum! Ey moviy osmon,
Sen mening muqaddas beshigim Vatan.
Meni porloq kunlar chorlagan zamon,
Dunyoga ochilgan eshigim — Vatan.
Sen menga azizsan ona sutidek,
Go‘daklik yig‘imga guvoh bo‘lganim.
Ilk bor qadamimni qutlab, quvonib,
Sevgim sirlaridan ogoh bo‘lganim.
Yurt kezib sog‘insam tuproq gardini,
Sog‘inchimdan ko‘zi yoshlangan Vatan.
Mening yuragimga tutashib yo‘li,
Mening ostonamdan boshlangan Vatan.
Ilk bor aytgan so‘zim dunyoga kelib,
Yo‘llarga kuzatgan O‘zbekistonim.
Quyoshdek nur sochib, jilmayib, kulib,
Qo‘llarin uzatgan O‘zbekistonim.
Onamsan, otamsan, neki ulug‘ bor,
Sening noming bilan aytilar Vatan...
Bu dunyoga kelib Senga kelinar
Va bir kuni Senga qaytilar Vatan.
Mening ilk salomim alik olganim,
Ilk bor qadamimni qutlagan makon.
Sevgi izhorimdan entikkan yurak,
Mening muqaddasim, ey O‘zbekiston

F
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 13.09.2011 10:12   #1398  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
U shoir emas!

Nazmidan kelmasa gulning mazasi,
Yonmasa, kul sochib tursa har nafas.
She'rim deb ko'rsatgan mingta misrasi -
U arzon matohdir,
U shoir emas!

She'rlar aytsinki u, ruhni elitsin,
She'rlar aytsinki u, muzni ilitsin.
Ohangi bulutni paxtaday titsin -
Yo'qsa u gumrohdir,
U shoir emas!

Qarang, sodda shumtol qushga dil yozar,
Gul hidlab kapalak aqldan ozar.
Tuyg'g'u ko'zi bilan solmasa nazar -
Shunchaki guvohdir,
U shoir emas!

Ko'ngliga o'zgalar dardin yuqtirib,
Yurmasa hammaga baxtni uqtirib.
Qo'yadi so'z qadrin faqat cho'ktirib -
U aqli gustohdir,
U shoir emas!

Rab bermasa, suyak surmasa nazm,
Chiranib umrini o'tkazsa abas.
Qo'liga qalammas, aso tutqazing -
U oddiy maddohdir,
U shoir emas!

Iroda Umarova.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 15.09.2011 14:55   #1399  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
***
Келсанг,
келгин ёки хайр - хўш.
Томоғимда йиғлайди бир куш.
Чақмоқ бўлсанг осмонингдан туш,
Соғинмоққа
ҳолим
қолмади.

Яёв
десанг дунё кезаман,
Даштларингни гулгун безарман..
Қоқи гулдай сенсиз тўзарман,
Соғинмоққа
ҳолим қолмади..

Етар
ҳаддим тоққа, ирмоққа,
Ўғлон бўлиб жангга кирмоққа,
Фироқ инди сочдин тирноққа,
Соғинмоққа
ҳолим қолмади..

Кеч
кузакнинг шамоли - фотиҳ
Камолидан заволи ортиқ.
Осмон йироқ, ер эса қаттиқ,
Соғинмоққа
ҳолим
қолмади..

Куйдирмажон -
куйдирма, қирқим,
Умидлари уйдирма, қирқим.
На қилсанг ҳам суйдирма, қирқим!!
СОҒИНМОҚҚА
ҲОЛИМ ҚОЛМАДИ..

Фарида Афрўз
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
"+" от:
Старый 18.09.2011 12:40   #1400  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
O’zing

Olamda o`zgarish bor, lekin qalbimda bir hol,
Yurakda bir fasl qish, har bir ishda malol.
Azali yo`q hamda ohiri ko`rinmas yo`l, lim zulmu zavol…
Istak sari hayotimning tarkibidagi, dardu g`am bilan
Arang qo`zg`alaman manzillaringa,
Yarim qalb o`ksigan ko`ngil bilan intilaman visolinga.
Ko`zlarimning teranligida o`zga sayyora,
Unutdim qay zamon, qaysi vaqt…
Harakatim soddai rasvo bo`lish davogarligida,
Bilamanki, na bir taxt na bir baxt bor maning uchun o`zingsiz,
Yozdim man kuydim ham yuz parchaga bo`lindim
Butun umr izlaganim uchun ham, nimani ko`rsam ham uni o`zing deb bildim.

Har vaqti sahar uchrashgani tayyor turaman,
Beor bedor va beozor so`zlagin aniq muntazirman.
Man o`zim deb emas, o`zingni deb yashayman.
Har vaqti sahar ko`zdan oqqan tomchilarimni sanab kaftimga tavbalarimni chorlab
Oqaman suv kabi behol, bir qarab kuydiradigan zar nazaringni tilab,
Hayollarimdan o`tadi ming hil sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hodisa.
Qalam yozar kunduz, oqshomimdagi nolalarimni, maning misoli qalandar…
Hayotim dunyoning orzu havaslaridan holi bo`lgan bir g`amgin asar.
Negadir eshtilmaysan, bemor holimni so`ragani keldi hamma
Faqat o`zing kelmading holimni so`rab, nega?

Vaqt o`tar ketar, ko`zlarim bedorligi bo`yi tonglarim otar
So`zimda bugunda faqat g`amginlik, bo`sini borida borida negizi cheksiz mamnunlik
Talpinaman, yorib ko`pdan ko`pi kamida jami son sanog`i yo`q to`siqlarni,
Topaman deb surdim qo`llarim bilan bulutlarni, topdim faqat yulduzlarni,
Undan ortig`i emas, mayli gardanimga ilinsin olamlar og`irligi
Man ahir roziman jamoling bo`sin evaz, esim pas emas,
Faqat yolg`izlikdan ba`zi tomim ketar, nari borsa holim battar.
Iltimos qilaman, qo`lim tinmay yozgan xatlarimga to`htamay chorlaganimga,
Or qilmay so`ragan so`rog`imga, rasvoligimdan o`tib nazar sol, nazar sol...

Shohruxning "O‘zing" qo‘shig‘i so‘zlari...
__________________
http://futbol-klub.uz
Ответить 
Реклама и уведомления
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх