|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#131 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
muhtaram Shuhrat aka Rizayev
Chiroyli maqola uchun rahmat Mumkin bo'lsa, mustaqillik davrida yaratilgan, o'zbek xalqi faxrlana oladigan o'nta badiiy asar (masalan qissa yoki roman) sanab bera olasizmi? Oldindan tashakkur |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
![]() |
#132 | |||
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
|
|||
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#133 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
yuqoridagi maqolada keltirilgan "shoir"larning "ijod namunalari"dan ko'rib chiqdim... Adabiyot muxlisi sifatida maqola muallifining gaplariga to'liq qoshilaman... "She'r"lar she'r ekanidan "yig'lashayapti"... Afsus, adabiyotniyam masxarabozlikka chiqarib tashlashmoqda...
![]() |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#135 | |
net
net
Сообщений: 497
+ 612
393/230
– 41
22/22
![]() |
Цитата:
|
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#136 | |
![]() "Жаҳон адабиёти" журнали
бош муҳаррир
Сообщений: 60
+ 44
113/50
– 0
0/0
![]() |
Цитата:
Масъуд Мақсудов! Мустақиллик йилларида яратилган ўнта эмас, ўндан ортиқ асарларни мисол қилиб келтиришим мумкин: 1. Одил Ёқубов. "Қайдасан Марико" қиссаси. 2. Зулфия. "Хотирам синиқлари" достони. 3. Асқад Мухтор. "Тундаликлар"и. 4. Эркин Аъзамнинг киноқиссалари ва ҳикоялари. 5. Эркин Воҳидовнинг шеърлари. 6. Усмон Азимнинг шеърлари. 7. Ҳалима Аҳмедованинг шеърлари. 8. Хуршид Дўстмуҳаммаднинг ҳикоялари. 9. Иқбол Мирзонинг шеърлари. 10. Тиловолди Жўраевнинг "Бозор дунё" романи. 11. Зулфия Қуролбой қизининг "Армон асираси" романи. 12. Нурилло Аббосхоннинг "Ўзбекча рақс" драмаси, "Шўрқишлоқ" романи Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 25.11.2010 в 12:30. |
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#137 | |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Цитата:
Yuqoridagi maqolani o'qigach o'ylanib qoldimki, to'g'ri, garchi hammaning g'ashini keltirayotgan biznes-shou yo'nalishidagi ijodkorlar muammodek ko'rinyapti. Lekin adabiyotshunoslarimiz har bir ijodkorga "Sen qofiyani o'rgangin. Sen esa radif nimaligini tushunib olgin" deya nazariyadan dars bera olmaydi. Ular aytadigan gaplarini adabiyotshunoslik kitoblarida aytib, adabiyot mezonlarini, nazariy qoidalarini ko'rsatib qo'yishibdi.. O'zini ijod qilishga haqliman deya da'vo qilayotgan ijodkor esa mustaqil bu nazariyani o'rganishi, undan xabardor bo'lishi kerak. Shunda bunday muammolarga duch kelmaydi. Endi, she'rlarning (jumladan, nasr namunasi ham) ma'nolariga keladigan bo'lsak, buni har bir ijodkor o'z tabiati va dunyoqarashidan kelib chiqib qog'ozga to'kadi. Ka'batulloh inson tomonidan qo'riqlanishga muhtoj emas. Sababi - uning o'z qo'riqchisi (Tangri taolo) bordir. Shu boisdan Ka'baga zinhor hech kim ziyon etolmaydi.. Misol bejizga emas, adabiyot olami ham shunga o'xshashdir. Ya'ni adabiyotni ham yuqorida Azizbek Anvar keltirgan maqoladagi holatlardan asrayman desangiz uning adog'iga yeta olmaysiz.. Chunki bu uzluksiz narsa. Har bir insonda esa xohish, istak kuchli. Qaysi bir ijodkorni yo'lini berkitib qo'ya olasiz?.. Hech qaysisini.. Bu kabi asarlarni adabiyotda yashab qolish yoki yashab qolmasligini esa adabiyotning o'zi hal qilib oladi. Mayli, balki hozirgi ba'zi loqayd yoshlar shu yo'nalishga, shu saviyaga ergashayotgandir. Ammo, kelajak avlod buni rad etishi mumkin. Adabiyotimizda esa tanqidchi olimlarimiz bor. Ular asosan jiddiy asarlar ustida bosh qotirishadi. Ammo ba'zan shu olim ustozlarimizga ham qiyin. Sababi, ba'zida o'zlari xohlamagan asarlarni o'qishlariga to'g'ri keladi. Aslida shu asar o'qishga yaramaydi. Ammo ularni saragini sarakka, puchagini puchakka chiqarib ajratib berish uchun ularni o'qib, baholash kerak.. (Lekin bu bilan to'g'ri kelgan ijod namunasini tekshirib ketaverishni emas, jiddiy adabiyotimizga kirgan asarlarni tahlil qilish nazarda tutilmoqda. Chunki adabiyotchilarimiz kechagina chiqqan qaysidir xonandaning havasga yozgan she'rini o'qib, unga vaqtini isrof qilishmaydi.) Bu borada ustoz olimlarimizga nihoyatda mas'uliyatli topshiriq yuklangan. Ammo, aksar holatda tanqidchilarimiz nimaga ko'proq ahamiyat berishmoqda, meni shu qiziqtiradi. Adabiy asarlarning tahlilida qaysidir tomonga og'ishlar seziladi menda...
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy Последний раз редактировалось Kavsar; 31.10.2010 в 00:19. |
|
|
Ответить |
![]() |
#138 | |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Цитата:
Barcha adabiyotshunos olimlarimizga savol bilan murojaat qilmoqchi edim: Biz adabiyotimizni xronologik ya'ni tarixiy voqealarning sanasiga ko'ra davrlashtirsak to'g'rimi yoki adabiy o'zgarishlar jarayoniga qarab davrlarga bo'lsak to'g'ri bo'ladimi? Nega ba'zi adabiyotlarda "Mustaqillikkacha bo'lgan adabiyot", "Milliy uyg'onish davri", "Sho'ro davri adabiyoti" kabi ajratmoqdamiz? Oldingi sahifalarda kursdoshim Ilhombey ham shunga ishora qiluvchi bir savolni bergan edilar adashmasam. Meni ham bu savol qiziqtiradi, shu bois javoblaringizni kutib qolaman.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#139 |
Hurmatli ustoz, Odil Yoqubovning ushbu qissasini siz tavsiya etganingizdan so'ng o'qib chiqdim.
Lekin bu kichik qissa menda zo'r taassurot qoldirmadi. Qissada sovet askari va zobitining Port-Artur shahrida ikki yapon opa-singillarini qanday "xushnud" qilishganidan boshqa narsa tasvirlanmagan. Bu oddiy "sevgi" qissasi, xolos. To'g'ri, o'sha davr holati, askarlarning tashlandiq hayoti, boy berilgan vatan, martaba iztiroblari ham tasvirlangan, lekin u ham qissaning asosini tashkil qilmaydi. Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 25.11.2010 в 12:31. |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#140 |
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123
44/21
– 10
9/8
![]() |
To'g'ri, to'g'ri. Men bu qissani maktabda o'qib yurgan paytlarim o'qiganman. Erotik momentlari bor. O'sha erotik momentlarini hisobga olmaganda, qissadagi boshqa hech narsa menda qiziqish uyg'otmagandi. O'qib bo'lgandan keyin hayron bo'luvdim "Bizdayam shunaqa narsalarni yozisharkanda" deb.
|
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
|