|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#131 |
Iqror.
Bizni birovlardan ne kamimiz bor, Ey jufti halolim, ne g'amimiz bor. Garchi bog'lar kezib yurmadik birga, Eslasak arzirli xush damimiz bor. Garchi men bilan hech yo'qdek ishlaring, Men haqdadir hatto, ko'rgan tushlaring. Sevdim demasang ham sevging izhori - Ko'zing to'la mehr jilmayishlaring. Mehri sadoqati siymu zar sanam, Munglig'im, munisim, mushtiparginam. Parvonam sensanu boshimda mudom, Qadringga yetmayin kelganim alam. Bir bor qosh uymagan qalam qoshligim. Sochingdagi oqlar bag'ritoshligim. Bir shirin so'z aytmay, bitta gul tutmay, Sen gulni so'ldirdi mening yoshligim. Darding olay yorim, aytgil dardingni, Tog'lar ko'tarolmas sening dardingni. Sevdim demasam ham sevgim izhori - Umr o'rtasida bildim qadringni. Bizni boshqalardan ne kamimiz bor, Ey jufti halolim, ne g'amimiz bor. Garchi bog'lar kezib yurmadik birga, Eslasak arzirli xush damimiz bor Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:50. Причина: offtop |
|
|
Ответить |
![]() |
#132 |
Suvpari.
Seni hech kim sevolmaydi meningdek: Vaslingga zor bu oshiqlar ehtimol, Poyingga tiz cho'kib yig'lar ehtimol, Lekin sodiq bo'lolmaydi meningdek!.. Aldanma yor, aldamchilar makriga, Malak bo'lma bevafo ishq shahriga. Ular seni bir bossa bas bag'riga, Seni hech ki sevolmaydi meningdek. Yo'ling kesib o'tsam - o'zim hijolat, Uzoqdan bir seni ko'rsam kifoyat. Bir nigoning o'zi menga inoyat, Seni hech kim sevolmaydi meningdek. Joningga jon bo'layman-u sevaman, Yoningga bir kelmayman-u sevaman. Ismingni ham bilmayman-u sevaman, Seni hech kim sevolmaydi meningdek. Sen ko'kdagi harir ko'ylak, hur - pari, Ko'k ko'ldagi tinib qolgan suvpari. Muhammadning ko'nglidagi dilbari, Seni hech kim sevolmaydi meningdek. Muhammad Yusuf.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:50. Причина: offtop |
|
|
Ответить |
![]() |
#133 |
Beshinchi o'g'il
Yetmish yulduz yog'ilib, Yarim oycha to'lolmas, Yeti yanga yig'ilib, Bitta ona bo'lolmas, Ona tirik eshikka G'urbat yaqin yo'lolmas, Mening esa, bag'rim qon, Vayronaman onajon. Garchi biz yosh, g'o'r edik, Siz bor - biz ham zo'r edik, Bir mayizni besh o'g'il Teng bo'lishib yer edik, Goh talashsak, haq so'zni Onam aytsin der edik, Tushmi endi u zamon, Hayronaman, onajon. Tirik yursa volidang Toqqa kuching yetarkan, Onang o'lsa, boshingdan Oftob o'tib ketarkan, Jindekkina alam ham Tog'dek botib ketarkan, Ko'ksim to'la ming armon, To'lg'onaman, onajon. Onasiz uy - oysiz tun Ekan endi o'ylasam, Qalbni o'rtar dardlarim, Qay birini so'ylasam? Sizsiz ko'cham befayz, Halovat yo'q uyda ham, Farishtasi tark etgan Ostonaman, onajon O'zing uchun o'l yetim! O'rda ham men, qirda ham. Ko'ylagimda tugma yo'q, Tugma bo'lsa, kir -yoqam. To'rt yangamga qo'shilib Turtkilaydi to'rt og'am, O'z uyimda jonajon, Begonaman, onajon. Ko'ngil o'zin tutingan Bir mehribon qo'msaydi, Dunyoda bir odamga Siring aytib bo'lsaydi, Onasizni do'sti ham, Dushmani ham aldaydi, Ayting axir, men kimga Ishonaman, onajon?. Yo'qligingiz qadamda Turar shunday bilinib, Non yopmaysiz tonglari Menga kulcha ilinib, Sarg'ayarman sarg'aygan Rasmingizga termulib, Ziyo istab zor qaqshar Parvonaman, onajon. Uy to'rida tolbeshik - Akam yotgan, men yotgan, Sherdek-sherdek kelbatli Besh o'g'ilga asqotgan, Qaytib kirib bo'lsaydi Bo'lardim jon deb qaytgan! Men bu joyni hammadan Qizg'onaman, onajon. Yashayapman sharpadek Sezilmay goh, sezilib. Gohi ko'kka intilib, Gohi yerga egilib, Sog'inganda she'r yozib Yuraklarim ezilib - El ichra bir shoiri Devonaman, onajon Muhammad Yusuf Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:51. Причина: offtop |
|
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#134 |
Bir qiz yig'lar.
Bir qiz yig'lar buloq boshida, Ma'yus majnuntollar qoshida Ko'ngil ohi ko'zin yoshida: Bevafo ko'p ekan dunyoda... Nigohida oftoblari bor, Nolishlarin javoblari bor. So'ngan sevgi azoblari bor, Bevafo ko'p ekan dunyoda... Tovoniga tushgan kokillar, Qizginaga qo'shilib yig'lar. Bir so'z dilga sanchadi tig'lar - Bevafo ko'p ekan dunyoda... Dildan ko'chib ketsa xayollar, Yomonga yo'q ekan jazolar. Yolg'on dunyo ekan dunyolar, Bevafo ko'p ekan dunyoda... Ermak ekan endi Laylolar, Majnun g'arib kezgan sahrolar. Ertak ekan Tohir-Zuhrolar, Bevafo ko'p ekan dunyoda... Bir qiz yig'lar buloq boshida, Ma'yus majnuntollar qoshida Ko'ngil zori ko'zin yoshida: Bevafo ko'p ekan dunyoda... Qo'y yig'lama mening jon singlim, Men ham sendek bag'ri qon, singlim. Menga ham yo'q mehribon, singlim, Bevafo ko'p ekan dunyoda, Muhabbat yo'q ekan dunyoda!... Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:51. Причина: offtop |
|
|
Ответить |
![]() |
#135 |
Yur, muhabbat.
Oy yuzidan nur yog'di sim-sim, Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan. Shirin tushlar ko'rsin sevgilim, Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan... Biz ketsak yer kengayib qolar, Osmonlar ham enkayib qolar. Bir qora ko'z jilmayib qolar, Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan... Na qildim, ey yuzlari zebo, Aybim na deb so'rama aslo. Bu dunyo shundayin bevafo, Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan... Sevgi dilda yashnagan chechak, U biz bilan qayda yashasak. Ne qipdi bir qizga yoqmasak?.. Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan! Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:51. Причина: offtop |
|
|
Ответить |
![]() |
#136 | ||
Оффтоп: Gazetalarning biridan, aniqrog'i "7×7" gazetasidan "Muhammadning izlari" nomli bir maqolani o'qib qoldim.Sotvoldi Rajabov muallifligi ostida yozilgan bu maqolada el sevgan shoir Muhammad Yusufning ukasi Mirodil bilan bo'lgan suhbat jarayoni bayon etilgan edi. Qiziqarli va ta'sirli yozilgan shoir M.Yusuf haqidagi ushbu suhbat jarayonini sizlarga ham havola etishi lozim topdim. Marhamat o'qib ko'ring. Bu xush onlar Bir tushdayin, O’tdiyu ketdi… Muhammad Yusuf Oromgoh yo’lkasidan istiqbolimizga peshvoz chiqqan- Mirodil emas, aynan Muhammadning o’zi edi nazarimda. Kulimsirashi, odamning yuziga tik boqmay xiyol engashib mahzun tikilishi, qovoq milklarining xiyol bo’rtib turishi , gapirganda biroz sukut saqlab, lab chetlarining ohista tishlashlari – bularning hammasi Muhammadjonning aynan o’zi edi. Mana shu his tuyg’u og’ushida u bilan quchoqlashib ko’risharkanman, uning ovozini xiyol titrashidan, o’sha men ko’rganim-ko’z milklarida shishinqirab turgan narsa tiniq va armon yoshlari ekanini his qildim. Bu holatdan mening ham ko’zlarimga yosh keldi. U tirsagimdan qo’yib yubormay, chorpoya tomon boshlarkan, hali-hanuz kipriklari pirpirab turardi. Mirodil Muhammadjonga nisbatan tikroq, gavdaliroq, ammo sochlari, yuzining qora to’riligi, ma’yusligi, odamga tashnaligi, qoyil gap qilgandan keyin buning rohatini samimiy qo’l tashlash bilan nishonlaydigan odatlari- aynan Muhammadjonning o’zi edi. Biz tashrif buyurgan bu bolalar oromgohi shoir bilan ko’p uchrashuvlarga guvoh bo’lgan ekan. Shoir bu yerga kutilmagan paytlarga kirib kelib ancha payt bolalar bilan, ularning ota-onalari bilan dilkashlik qilarkan. Kezi kelganda, ularga yangi yozgan she’rlaridan namunalar ham o’qib berarkan. -Shoir bilan bir-ikkida uchrashmagan odamga sizni ko’rsatishsa hayratga tushsa kerak-a, Mirodiljon? – deymanuni oq oralay boshlagan sochlariga ilkis qarab. - O’xshatish mumkin, chunki bir ona qornidan tushganmiz,- dedi xiyol kulimsirab u. –Ammo ikkovimizning o’rtamizda yer bilan osmoncha farq bor. Akam butunlay boshqacha odam edi. Tamoman fe’l-atvorimiz teskari edi. Agar kimdir cho’milayotgan bo’lsa, akam cho’milmasdi, boshqalar cho’milishga erinib turganda aksincha, el-burutdan oldin oldin o’zini suvga otardi. Manavi narsani qilma desa, qilardi, qil desa also qilmasdi. O’jar edi-da! Ko’pchilik o’rtasida bo’lsa akamni sizlardim. Boshqa hollarda xuddi do’st-birodarlardek u bilan sensirashib gaplashardik. Ammo akamni gapini hech qachon ikki qilmaganman. Iloji bo’lmagan ishni aytsa ham “xo’p” derdim, qilmasam ham uning shashtini qaytarmasdim. Biz oilada ikki o’g’il, uch qizmiz. Katta opam, akam, men va ikki singlim. Ularning hammasi uyli-joyli bo’lib ketishgan.Faqat men ota uyida qolganman.Onam mening qo’limda! Erta-yu kech onam oldida odam bo’ladi. Men ham ishdan qaytiboq eng avval onamning odida kiraman.Onam ham to men ishdan qaytmagunimcha ko’chaga qarab o’tiradi.Nazarimda suyukli o’g’lini bevaqt yo’qotib qo’ygan ona xavotirga tushib qolarkan, shekilli-da!Ayniqsa akamning o’g’li Boburjon kelganida onamning quvonchi biro lam bo’ladi.”Qara Murodjon, Ollohim chevarda, shu kampir kuyib kul bo’lmasin, bolasining kuyiga deb, bir ovunchoqni tashlab ketibdi-ya, shunisigayam shukur. Bo’lmasa Muhammadning dog’ida bir kun umr ko’ra olmasam kerak?”deydi. Darhaqiqat, Xudoning chevarligiga tan bermay iloj yo’q-da, akam bevaqt olamdan o’tdi-yu, uning pusht kamaridan bo’lgan bola bizlarga ovunchoq bo’lib qoldi. Uni yergayam, ko’kkayam ishonmaymiz, ardoqlaymiz. Uning ko’zida g’am ko’rmaylik, deymiz. Yaqinda o’ylab qo’ydik. Qoraqo’rg’on bilan Andijon o’rtasida qiynalmasin deb, shahardan uy olib shu yerga ko’chiribolib borib qo’ydik. Har hafta yetib keladi, kela solib onamning quchog’iga singib ketadi. Xuddi akamning o’zginasi. Yurish-turishi, qiliqlari, bag’ri kengligi…Umuman , Ollohning chevarligiga tan bermay iloj yo’q… Shunaqa qilib, onam ham, men ham, opa-singillarim ham ovunib o’tiribmiz. Tug’ilgan kunlarida akamning yaqinlari, birodarlari kelib turishadi. Ular kela solib onamning duosini olishga intilishadi. Unga o’z o’gillariday mehribonlik ko’rsatishadi. Onam sho’rlik, bu mehribonchiliklardan boshi tog’ barobar ko’tariladi , keluvchilarga ta’zim qilib, ularni olqaydi. Qani endi mana shu shukrona kunlarni o’g’lim ko’rsa edi, deydi, ko’zlari namlanib… Akam juda boshqacha odam edi. Men adabiyotchi emasman, uni kelishtirib ta’riflay olmayman. Lekin menga shunisi ayonki, akam fe’l-atvorda topilmas odam edi. Odamning dilidagini topib gapirardi,gapiruvchining so’zini ham bo’lmay tinglardi. Ko’pincha Toshkentdan charchab kelsa, meni chaqirib: -Murod yur, Hizrariqqa bir kalla tashlab chiqamiz, - derdi.Borardik. Cho’milardik. Shunda akam allaqanday horg’in kayfiyatda biroz sukut saqlardi-da:-Ukov, senlarga mazza. Suvni rohatijonligini qara, omochga qo’shilgan odam Hizrariqqa bir sho’ng’ib chiqsa, onadan qayta tug’ilgandek bo’lib qoladi-ya, -derdi. Akam nafaqat onamu menga, balki opa-singillarimgayam juda mehribon edi.Qishloqqa kelib qolsa, ularning holidan birrov xabar olishga ulgurardi.Ayniqsa, kenja singlimiz Muhabbatga akamning mehri bo’lakcha edi. Hech esimdan chiqmaydi, 1987 - yilning oxirlari edi. Shu singlimning to’ng’ich o’g’li qattiq betoblanib qoldi. Shifokorlar sariq kasali deb tashxis qo’yishgan ekan. Muhabbat bolasini olib kasalxonada bir necha kun yotdi. Go’dak kundan kunga sog’ayish o’rniga so’lib borardi. Yetarli dori-darmon topib, uni salomatligini muhofaza qilishga negadir shoshilmasdi. Shunday kunlarning birida akam Toshkentdan kelib qoldi. Biz unga “Muhabbat kasalxonada go’dagini olib yotibdi”, degan edik, og’ziga bir piyola choy ham olmay shifoxonaga chopdi. Ikkovimiz yetib borganimizda Muhabbat bizlarni ko’zi jiqqa yoshga to’lgan holda qarshi oldi. Ikki yoshli jiyanimiz Ilyosbek o’yinchoqlarni qo’liga mahkam qisganicha bu dunyoni tark etgan ekan. Shunda akamning qay ahvolda tushganini tasavvur qilish dahshat. Nazarimda, u bir nafasda rang-ro’yi qop-qorayib ketdi, ko’zlari qizardi. Shifokorlar qo’l qovushtirishib, bo’lgan voqeadan uni xabardor qilishdi. Ammo, akam miq etib og’iz ochmadi. Boshini quyi egganicha shifoxonadan uyga qaytdi. Jiyanni yig’lab-siqtab qabrga qo’ydik. Kaftdekkina qabr tuprog’I uyuldi. Akam Muhabbatni mahkam bag’riga bosib, uni yupatdi. Malham kutib menga jovdirab qolgan Ilyos, ko’zlaringdan aylanay sening. Shifokor opaning so’zlari yolg’on Ilyos, ko’zlaringdan aylanay sening! Yig’lab-yig’lab yumuldimi qarog’ing Kaftimni kuydirar qolgan munchog’ing Ko’ksingga ketdimi yolg’iz so’rog’ing Ilyos, ko’zlaringdan aylanay sening!... Akam jiyanga bo’lgan mehrini, armonini mana shu she’rda ifodalagan ekan.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) Последний раз редактировалось albatros; 05.12.2011 в 12:01. |
|||
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#137 | ||
Qiziq bir holat esimga tushib ketdi. Akam O’zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo’libdi-yu, men bundan bexabar ekanman. Bir kuni Toshkentdan kelib qoldi. Kirasolib, menga yolg’ondakam tahdid qildi:
-Murod, senda mehr yoq!- dedi. -Gaplaringni tushunmadim, aka, nega bunaqa deyapsan?- dedim hayron bo’lib. -Akang xalq shoiri bo’ldi-yu, til uchida bo’lsayam tabriklamading-a, mehring yo’qligi shundan-da! -Ey, qo’ysang-chi, aka, -dedim uning gaplariga ishonqiramay, chunki men akamni “O’zbekiston xalq shoiri” unvonini lishiga ancha vaqt bor deb o’ylardim. Qirq ikki, qirq uch yoshdagi xalq shoirini tasavvur qilolmasdim-da, ishonmaganimning boisi shundan. Akam bo’lsa menga araz bilan qarab turardi. Hech qachon yolg’on gapirmagani uchun men uning gaplari rostligiga amin bo’ldim. Uni samimiy quchoqladim. Ko’p o’tmay Prezident farmoni chiqqan gazetani topib kelib, yana takror tabrikladim. Akam alaqashlarimdan yayrab ketdi. - Aka, meniyam bir shartim bor, shunga ko’nmasang bo’lmaydi?- dedim. -Nima shart ekan? -Qani tur o’rningdan, bir yerga boramiz. Akam itoatkorlik bilan menga ergashdi. Hizrariqqa bordik. Uni yechintirdim. Yangi sovun va mochalka bilan ishqalab uni yuvintirdim. Keyin yangi ust-boshni kiyintirdim. -Bu nima qilganing jinni?-dedi hamon akam hayron bo’lib. -Bu unvoningni yuvganimni nishonasi. -Ikkovimiz ham qah-qah otib kulishdik. Akamning ayrim fe’l atvoriga hayron bo’lardim. Avval bunaqa emasdi. Ichida nimaiki siri bo’lsa hammasini menga to’kib solardi. Endi esa negadir mendan nimanidir yashirayotgandek bo’lardi.Qishloqqa kelib soya-salqin joylarga borsak nima ko’rinsa: daraxtmi, suvmi, qushmi, u bilan pichirlashib gaplashardi. Bu holatdan men cho’chirdim. “Akam she’r yozaman deb odamovi bo’lib qolmadimikin?” deb. Yo’q, men yanglish o’ylagan ekanman. Akam qishlog’iga kelganda sog’inganki hamma narsasi bilan g’oyibona suhbat qurarkan. Bir kuni shunday “sayr”dan so’ng ko’krak cho’ntagiga “tap-tap” urib: -Ko’rayapsanmi?-dedi jilmayib. Ko’krak cho’ntagi qappayib turganidan, ular pul bo’lsa kerak-da, deb o’yladim. -Boy ekansan-da, aka? -Ha, bularning hammasi boylik. Shu qishlog’imga kelib topdim shuncha boylikni. Keyin balsam, bu turli fikrlar, o’xshatishlar, iboralar yozilgan yirtiq varaqlar ekan. Akam fikriga kelgan narsani tun qorong’usi bo’ladimi, tong pallasimi, erinmay yozib olardi. Shu yozilgan ikki qator fikr katta she’rga asos bo’lardi. -Ana endi Do’rmonga borib, bir o’tirsam bir quchoq she’r paydo bo’ladi-da, Murodboy! -Qaraqalpog’istonning Ellikqal’a tumaniga she’riyat bayramiga ketishidan oldin qishloqqa kelgan ekan, shunda shoirning kayfiyati qanday edi?- so’rayman Murodildan. -Safarga ketishdan ikki kun oldin kelin ayam, jiyanlarimni olib qishloqqa keldi, - hikoyasini davom ettirdi Murodil, -Kelib onam bilan quchqlashib ko’rishib, bir nafas hol-ahvol so’ragandan keyin meni chaqirdi. -Murodjon, ukov, mana ayang, jiyanlaringni olginda, oromgohga jo’nanglar. Men onam bilan yolg’iz qolmoqchiman, -dedi. Kuni bilan bolalar oromgohida jiyanlarim, kelin ayam va mening oilam, farzandlarim yayrashdi. Kun allamahal bo’lganida horib-charchab karavotlarga cho’zilishdi. Men hammayoq osoyishta bo’lganidan keyin birrov uyga o’tib akam va onamdan xabardor bo’lmoqni niyat qildim. Borsam akam boshini onamning tizzasiga qo’ygancha yotgan ekan. Meni ko’rdiyu, ko’rsatgich barmog’ini labiga bosib, “jim” ishorasini qildi. -Endigina uxladi, bezovta qilma, biroz orom olsin! -Tizzangiz og’riydi-ku, joy qilib beray, bemalol yotsin, - dedim onamga. -Hech bunaqa mazza qilib yotmagan bo’lsa kerak bolam sho’rlik, mayli, dam olsin, tek qo’y, -dedi onam unga, uning oqarib ketgan sochlarini ohista silab. – Tek qo’y, orom olsin! Baribir akamni sog’ingandim, shu bois ham onamning hay-hayiga ham qaramasdan uni uyg’otmoqchi bo’ldim. Ovozimni eshitdi shekilli, akam ko’zini ochdi. -Tur , onamga to’ygandirsan?-dedim unga tegajoqlik qilib. -Ey, ukov, onaga to’yib bo’larkanmi?- dedi akam ma’yus holatda. Onajon, Onajon, Yuragim og’rir. Bilmadim nimaga qiynaydi meni. Men dehqon bolasi edim-ku axir, Nahot shuncha nozik bo’lsa bu jonim? Endi-ku uxlamay o’ylar surmayman, Sog’insam, dunyoda sog’inganim siz. Og’rir, Og’riyverar yurak, bilmayman Nega og’rishini aytmas ham iblis. Onajon, Onajon, Yuragim og’rir. Go’yo kimdir uni tig’ bilan tilar Kechalar yelkamga temirdik og’ir Qo’llarin qo’yar, ko’zimga tikilar Kim u? Men tanimayman. Otamning arvohi o’sha zot balki: Uyimni chirog’in yoqmay bolam sen Qayerda, Qayerda yurarsan sanqib… -Akamning ko’zi duv yoshga to’ldi. Ovozi hirqirab qoldi. Men uni yupatmoqqa chog’langan edim, u qo’l ishorasi bilan “Tek tur!” degan bo’ldi va davom etdi: Qishloqqa ketaman Tong otsa bo’ldi. Quyosh, uyg’otib qo’y meni ertalab. Yuragim, Yuragim og’rimay qo’ydi Ey, qalbni bir o’pib bo’lmas erkalab?...
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#138 | ||
Ertasi ertalab akam Toshkentga jo’namoqchi bo’ldi.Lagerdan so’ng qizlari singlim Muhabbatnikiga ketishgan edi.”Shu qizlarimni bir ko’rib, keyin ketaman” dedi akam. Yo’lga tushdik. Ketayotib bolalik do’sti Madaminnikiga fotiha o’qish uchun kirmoqchi bo’ldik. Uni Madamin hoji deb chaqirardi akam. Juda yaxshi ko’rardi. Afsuski, bu do’sti to’satdan olamdan o’tdi. Shunikiga kirib, fotiha o’qigach, oila a’zolaridan hol-ahvol so’ramoqchi bo’ldi.
Akamning boshidan qanaqanki achchiq-sovuq o’tgan bo’lsa hamuning yig’laganini hech ko’rmagan edim. Madamin akaning uyiga qadam bosib Qur’on tilovat qilingandan so’ng xonadonni o’kirgan ovoz tutib ketdi. Akam ovozini baralla qo’yib, o’kirib yig’lardi. Kelin ayam o’rtaga tushib, uni yupatmoqchi bo’ldi. -Shunday, burgutday yigitlar o’lib ketaveradimi, bu qanday bedodlik axir?- derdi akam rahmatli, ko’zidan duvillatib yosh oqizib. Bu azador xonadondan chiqqanimizdan keyin meni G’ishtmozor qabristoni tomonga yetakladi. -Yur, kirib bira to’la enam va otamning qabrlarini ziyorat qilib chiqaylik, -dedi. Qabristonga kirib do’ppayib turgan qabrlarning har biriga ko’z tashlab chiqdi, boshini sarak-sarak qildiyu, indamay ortiga qaytdi. Qizlari singlimnikiga yayrab o’ynashayotgan ekan. Ular bilan go’yo judayam olis safarga ketayotgan odamday uzoq xayrlashishdi.Keyin haydovchisi kelishi bilan mashinaga o’tirdi. Kelin ayam, akamning do’sdi Rahmonali va men to’rtov ketayotgan edik, oshxona ro’prasiga kelganda akam mashinani to’xtatdi. Pastga tushdik. Oshxona juda shinam, chiroyli edi. -Murodjon, lag’mon olib bermaysanmi, -dedi akam. -Mayli-yu, safar oldidan tuzukroq ovqat buyurmaysizmi axir?- dedim hayron bo’lib, -lag’mon oshqozonda turadigan ovqat emas-da! -Negadir lag’mon ichgim kelayapti-da, - dedi u ma’yus. Nazarimda akamni Toshkentga oyog’i tortmayotganday, iloji bo’lsa yana uyga qaytib, onam tizzasida orom olishni afzal ko’rayotganday edi. Shuning uchun ham imillab o’tayotgan vaqtga qarama-qarshi bamaylixotir o’tirardi. - Temurning to’yini qachonga rejalashtirayapsan? - deb qoldi akam to’satdan. Temur mening o’glim, unga to’y qilish taraddudini boshlagan, to’y kuni akamning fursatiga qarab belgilanishi kerak edi. - Siz qachon desangiz shu kuni-da. - Iloji bo’lsa 15-16 avgust kunlari to’y bo’ladi. Nima yordam kerak bo’lsa aytasan, bu yog’iga men kafil. Men tashakkur bildirib, ikkala qo’limnim ko’ksimga bosdim. Akam bilan so’ngi xayrlashuvimiz shu bo’ldi… U ketar ekan, men uning ma’yus ko’zlaridan shularni angladim… Tosh ko’changga sochdim, ey yorug’ olam Mana, chegarasiz muhabbatimni Tun bo’yi o’zimga yig’ladi onam, Ne qilib qo’yding deb – Muhammadimni. U yuzimdam o’pdi Ko’zimga boqdi. O, bu qarashlarga chidamoq azob. Ona, men jannatda olmalar qoqdim Ona, men do’zaxda simirdim sharob. Yolg’iz qushdek goho ko’kka uchdim man Otdilar, tegmadi, kamon ham, tosh ham. Ona, oyning yuzi tirnalgan ekan. Ona, yig’lar ekan hatto, quyosh ham. O’ylamag, o’glingiz o’sha-o’sha sho’x Yuzim to’la so’qmoq o’ttiz yoshimda. Otamning sochida bitta oqi yo’q, O’riklar gulladi mening boshimda. Ko’rishmadik xolos, bizlar ming asr Keldim poyingizga cho’kdim mana tiz. Uy orzu qilsangiz – quramiz qasr, To’y orzu qilsangiz – izim to’la qiz. Faqat maydan sarxush bu o’rik boshim Tuvakdan tuproqqa tushgan guldayman! Manov bulbulchasi ochiq bola kim? Ukamning o’glimi? Ismin bilmayman. Toshko’changga sochdim, ey yorug’ olam Mana nihoyasiz muhabbatimni. Tun bo’yi o’zimga yig’ladi onam Ne qilib qo’yding, deb … Muhammadimni …
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|||
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#139 | ||
Qoraqalpog’istondan noxush xabar kelganda o’zingizni qanday his qildingiz?
-Negadir odamning yuragi oldindan hamma narsani sezarkan, shekilli, - Mirodilning ovozi titrab ketdi, ko’z milklari titrab, qovog’i qimirladi va mana shu qimirlash asnosida burni chekkalaridan shaffof yosh oqa boshladi. Hirqiroq ovozda davom etdi: -Men ham akamni kuzatib qo’ygan damdan boshlab ko’nglim hijil, ichimga chiroq yoqsa yorishmasdi. Nega bunday bo’layapti, deb birovdan so’ray olmayman. Yotsam ham, tursam ham akamning ma’yus chehrasi ko’z oldimga kelaveradi. Goho shartta ishni ham tashlab Toshkentga, undan Ellikqal’aga jo’navoray ham deyman. Ammo salkam 400 nafar bolaning taqdiri mening qo’limda. Ularni tashlab keta olmayman. Bu shumxabarni onamga ayta olmasdim, aytishga menda kuch ham, iroda ham yo’q edi. O’zimni qo’lga oldim-da, onamga bola bo’lib birinchi marta yolg’on gapirdim: -Akamni ijodiy kechasi bo’larkan, meniyam taklif etibdi, shu yerga ketayapman, - dedim. Onam ko’zlarimga uzoq tikildi. Boyaqish onamning qalbi ham nimanidir sezgan bo’lishi kerak-da. U menga ishonqiramay qaradi-da: - Akang seni hech qachon uchrashuvlarga chaqirmasdi-ku! – deb qo’ydi. Toshkentdan Xorazmga borishi bilan hamma meni oldindan ko’rgan-bilganday yengil mashinaga solishib, yeldek uchirib Ellikqal’a tumaniga olib borishdi… … Akam… gapsiz, so’zsiz, allanima haqida chuqur o’yga tolganday, o’ng qoshi xiyol chimirilgancha yotar edi… Hech narsani sezmay, hech kimga e’tibor bermay, bu dunyo ishlariga beparvo, sokin yotardi… O’zimni uning ustiga otib, dunyoni boshimga ko’tarib dod soldim. Shunda aqalli biro marta bo’lsin: -Ukov, ko’pchilik o’rtasida baqirib yig’lama, uyat bo’ladi – degan yupantiruvchi ovoz eshitilmadi. Akamning bu holatda uxlab yotganini ko’p marta ko’rganman, aynan mana shunday sokin orom olayotgan damlarida unga hazil qilgim kelar, unga erkalik qilib, ukalik mehrim qonar edi. Endi… Endi uni uyg’otib bo’lmasdi… Bu uyqu juda qattiq, mangu uyqu edi… Bu yerga yig’ilgan har biro dam men bilan bolalikdan birga o’sgan akalarim, inilarimdek, yelkamdan quchishib, meni yupatishga urinishardi. Nihoyat, Toshkentga uchish uchun maxsus samolyot tayyor ekani ma’lum bo’ldi. Mamlakatimiz rahbarining topshirig’iga binoan Toshkentdagi mashur Chig’atoy qabristoniga joy tayyorlatib qo’yilgan ekan.Toshkentga dafn qilishar ekan-da, u holda onamning ahvoli nima kechadi? Meni mana shu o’y-xayollar qiynar edi. -Onam bu musibatni ko’tara olmaydi. Buning ustiga akamni Toshkentga dafn qilishsa, buyam unga yomon ta’sir qiladi, - dedim bu yerdagi mas’ul odamga jovdirab qarab. Shunda Prezidentning davlat maslahatchisi Ahmadjon Meyliboyev jonimga oro kirdi. U mamlakat rahbari bilan bu haqda gaplashdi shekilli, samolyot avval Toshkentga, keyin Andijonga uchadigan bo’ldi… Akamning jasadini otamning qabri yoniga qo’ydik. Aka-uka yolg’iz qolganlaringda ko’proq nimalar haqida gaplashardinglar? -Akam har bir oddiy narsaning ham mazmun mohiyatiga alohida e’tibor berardi. Bir kuni shunday degani yodimda: U xorijga borib bilim olishga ketayotgan yoshlar bilan savol-javob qilish guruhida ham ishtirok etarkan-da. -Qara, juda qiziq-da, ajoyib yigit qizlarimiz bor. Go’zallikda, aql – farosatda ularga teng kelib bo’lmaydi. Rus tilini suvday ichadi, ingliz tilini ham xorijliklardan yaxshi so’zlaydi, ammo o’z ona tili- o’zbek tilini chala-chulpa biladi. Xo’sh, bular xorijga bordi, deylik. Qaysi mamlakatdan keldinglar desa, O’zbekistondan deyishadi-yu, nega endi o’z ona tilini mukammal bilishmaydi. Amerikalik, afrikalik o’zbek tilini jon-dili bilan o’rganayotgan damda bunaqangi e’tiborsizlikni qanday tushunsa bo’ladi? – deb kuyunganiga ko’p guvoh bo’lganman. – Tilni qo’yaturaylik, mumtoz adabiyotimizni bilishmaydi-ya. Akamni qishloqdagi yosh-u qari birdek hurmat qilardi. Akam ham qishloqdagi har biro dam bilan tezda til topishib ketaverardi. Qishlog’imizda Ashurali aka degan biro dam bo’lardi. Bu odamning yoshi nechaligini ko’pchilik bilmasdi. O’sha bolaligimizda soqol qo’ygan kishi – Ashurali aka bo’lsa mana yoshimiz ellikka chiqqanida ham Ashurali aka o’shanday, sira o’zgarmagan. U akamni haddan tashqari hurmat qilardi. Shoirning jasadi qabrga qo’yilgan kundan to qirqi o’tgunicha uyimizdan bir qadam nariga chiqmadi. Uyda qanaqangi yumush bo’lsa barchasini o’z jigarimizday baqamti bajardi. Akamning qirqi o’tib, ertasi ya’ni qirq birinchi kuni Ashurali aka olamdan o’tdi. Hech bir yeri o’g’rimay, boshi yostiqqa tegmay jon taslim qildi…Nima, buyam Ollohning sevgan quliga ko’rsatgan bir muruvvatimi? Nega endi akam bu odamni o’ziga yaqin olardi? Shuning uchunki Ashurali aka mahalladagi qanqangi to’y marosim-u, ma’raka bo’lmasin, hech xizmatdan bo’yin tovlamasdi. To’y marosimlarda akam unga mamnun tikilib qaraganliklarini guvohi bo’lganman. Bir kuni Toshkentdan kelib biroz dam olgach, kechga tomon xotinimga: -Kelin, yaxshilab osh qiling, mehmon keladi, - deb tayinladi. Men akamning yaqinlaridan birortasi kelsa kerak-da deb o’yladim. Ammo osh pishay deganida meni yoniga chaqirib: -Murod, ukov, borib Ashurali akani chaqirib kel, - dedi. -Mehmon keladi, devdingizku? -O’sha odam-da, mehmon, tez chaqirib kel! Ashurali aka bilan birgalashib palov yedik. U ketgach akam menga biroz tikilib turdi-da: -Hammamiz ham dunyoga mehmon. Bo’lib ham bu odam misoli podsho. G’am-tashvishi yo’q.Qilgan xizmatiga yarasha berilgan yegulikni uyiga olib borib bolalari bilan baham ko’radi. Yana ertasi kuni bu holat takrorlanadi. U yegan, ichgani uchun hech kimning oldida javob ham bermaydi. Xo’sh, aytchi, u qaysi podshodan kam? -Ha, shu odam, akamning qirqigacha biznikida sidqitildan mehnat qildi-yu, qirq birinchi kuni qadrdoni – akamning huzuriga sayohat qildi… Gulday kulib yurmasmidi o’glim deb, Ko’rib ko’nglim to’lmasmidi o’g’lim deb. Onang o’lsa bo’lmasmidi o’g’lim deb, Onam yig’lar, onam yig’lar, onam u … Tonar bo’lsa qo’limdagi tor, dunyo Uch kun o’tmay unutgay do’st-yor dunyo Yer-u ko’kni titratib zor-zor dunyo Onam yig’lar, onam yig’lar, onam u …
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#140 |
Zaynab qo’shig’i
Tengim boshqa, dedi yor, Topdim desam tengimni. Marg’ilonlik bir dildor Tortib oldi begimni. Kulgu ketmay ko’zimdan Yog’ar bo’ldi ko’zyoshim. Ko’z-ko’z qilib baxtini Yoqar bo’ldi ko’zyoshim. Nima bo’ldi, bek yigit, Bekangizga qarash yo’q? Kumushdan ming o’rgilib, Zaynabdan hol so’rash yo’q. Taqdir derdim, shum taqdir, Ko’nglim ko’nsa- kuymasdim. Begim, sizni men axir, Kumushdan kam suymasdim... Qolsam – dardim bir dunyo, Ketsam – bir uy ko’chim bor. Kumushoyni keltirgan Aravada o’chim bor! Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
|