|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Закрыто |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#131 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Ilmu ijodi umrining mazmuniga aylanib borgan ustoz 1966 yilda filologiya fanlari nomzodi, 2002 yilda esa fan doktori bo`ldi. Adabiyot bo`stonida – adabiy tanqidchilik borasida o`z ovoziga ega bo`lgan ijodkor sifatida 1979 yilda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi. Ustozning aql tarozusi bir pallasida mudom badiiy asarlar tursa, ikkinchi pallasida adabiy mezonlar turishi adabiy jamoatchilikka yaxshi ma’lum.
Fikrdan fikr unadi, deganlaridek, aziz ustoz haqida atoqli adib va olimlarning ham dil so`zlari qog`ozga tushurdik. O`zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov shunday deydi: – Nozikta’b munaqqid Abdug`afur Rasulovning eng ajoyib fazilatlaridan biri – yuksaklikka qarab intilishidir. Ba’zi kishilar "falonchilar mendan pastroq-ku" deb o`zini o`zi ovutib yuradi, bu bilan o`zicha taskin topadi. Pastga qarab to`n bichgan odam hech qachon yuksaklikka erisha olmaydi. Abdug`afur Matyoqub Qo`shjonov, Ozod Sharafiddinov kabi etuk adabiyotshunoslarning izidan borib, o`z maktabini yaratganini e’tirof etsa arziydi. Men uning doktorlik dissertastiyasi avtoreferatiga taqriz yozgan edim. Shunda adabiyotshunosligimizda qanchalik ulkan ish qilinganidan quvonganman. Aytish mumkinki, ushbu dissertastiya asosida salmoqli darslik yaratsa bo`ladi. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
|
|
|
#132 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
O`zMU jurnalistika fakulteti dekani, tarix fanlari doktori Qudrat Ernazarovning dil so`zlari sizni ham hayajonga soladi:
– Adabiyot ilmi va ijod jurnalistikaning juft qanoti, degim keladi. So`z san’atidan yiroq kishidan jurnalist chiqishi juda mushkul. Necha o`n yildirki, Abdug`afur Rasulov bo`lg`usi jurnalistlarga saboq berar ekan, jurnalistikamiz poydevori ham, metindek qanoti ham so`z san’ati bilan bog`liqligini ular qalbiga singdiradi. Zero, fakultetimizdan taniqli adiblar, shoirlar, olimlar ham etishib chiqishida zahmatkash olimning xizmatlari juda katta, deyishga haqlimiz. Ustozning ko`ksini bezagan "O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi" unvonida aynan jurnalistika fakultetida qilgan fidokorona mehnatlari ifodasi ham aks etib turganga o`xshaydi. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
|
|
|
#133 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Mirzo Ulug`bek nomli O`zbekiston Milliy universiteti huzuridagi D.067.02.16 raqamli doktorlik ilmiy darajasini olish uchun dissertastiyalar himoyasi bo`yicha Ixtisoslashgan kengash a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor Fayzulla Mo`minov shunday deydi:
– Abdag`afur aka filologiya va jurnalistika sohalarining bir-biriga payvasta ekanini amalda ko`rsatib yurgan fidoyi olim va ijodkor. U jurnalistika sirlarini ham yaxshi biladi. Ixtisoslashgan kengashimizda faoliyat ko`rsatgan kezlarda aynan jurnalistika ixtisosligi bo`yicha ilmiy ishlar mavzusini tasdiqlashdan tortib, himoyasigacha faollik ko`rsatardi. Ilmning g`oyat mashaqqatli yo`llarida tajribali olim bo`lg`usi filologiya fanlari nomzodlari va doktorlariga qimmatli maslahatlarini ayamasdi... Bugun oltmishdan oshib etmishga etayotgan, saksondan sakrab to`qson bilan to`qnashayotgan barcha ustozlarimizning ayni kuchga to`lgan, vujudi ilmu ijod ishtiyoqi bilan yongan davri, afsuski, sobiq mustabid tuzum yillariga to`g`ri kelgan edi. Ular yoshlik g`ururi, jo`shqin g`ayrati, betimsol shijoat bilan ishlaydigan, eng sara asarlarini yaratishi mumkin bo`lgan davrida yurtimizda mustabid tuzum hukm surardi. Shunga qaramasdan ular murosai madora qilish bilan qatorda o`nlab asl asarlarini ham yaratishga ham muvaffaq bo`lganlari baayni haqiqat. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
|
| Реклама и уведомления | |
|
|
#134 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
O`sha kezlarda iste’dodli yosh qalamkashlarga beriladigan mukofot ham "dohiy" nomi bilan atalardi. Mukofot nima deb atalishidan qat’i nazar u shoir yo yozuvchi mehnatini e’tirof etishning o`ziga xos ifodasi bo`lgan. Biz uchun muhimi, o`sha mukofot sohibi bo`lgan ijodkorlar haqida yozilgan adabiy maqolalar zamirdagi durdek fikrlardir. Zero, 1977 yilda 10000 nusxada chop etilgan "O`zbekiston Lenin komsomoli mukofoti laureatlari" to`plamidan Abdug`afur Rasulovning 9 ta maqolasi o`rin olgan. Bu davrda filologiya fanlari nomzodi bo`lib, ayni kuchga to`lgan, adabiy fikrlari yanada sayqallashayotgan ustoz teran nigoh ila Sulton Jo`ra, Xudoyberdi To`xtaboev, Gulchehra Jo`raeva, Ibrohim G`afurov, Yayra Sa’dullaeva, Oydin Hojieva, O`tkir Hoshimov singari zamondosh (ta’bir joiz bo`lsa, ko`pchiligi bilan qariyb tengdosh) ijodkorlar haqida yozgan maqolalarida ham adabiy xazinamizni yanada boyitishga xizmat qiladigan durdek fikrlarini bayon etgan.
Ustozning 1985 yilda chiqqan "Tanqidchilik ufqlari", "Olim va tarjimon" kitoblari o`sha davr o`zbek adabiy tanqidchiligida o`ziga xos voqea bo`lgan bo`lsa, 1998 yilda "Ma’naviyat" nashriyotida chop etilgan "Ilmi g`aribani qo`msab...", "Sharq" nashriyot-matbaa akstiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati tomonidan 2000 yilda nashr etilgan "Iste’dod va e’tiqod", 2001 yilda chop etilgan "Ardoqli adib", 2006 yilda "Fan" nashriyotida chiqqan "Tanqid, talqin, baholash" singari qator kitoblari o`zbek adabiyotshunosligimiz ilmiy-ma’naviy xazinasini yanada yuksak pag`onalarga ko`tardi. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
|
|
|
#135 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Ko`pni ko`rgan ko`p biladi, deganlaridek, ustoz talabalarga o`tgan darslarida, adabiy davralarda, turli uchrashuvlarda aytgan va kitoblarida bayon etgan durdona fikrlarini yon daftarimga yozib yurardim. Bu quyma fikr-u hikmatlar yillar sinovidan o`tib, bugungi kitobxonlar, munaqqidlikka qiziqqan filologlar, pedagoglar va jurnalistlar uchun ham o`ziga xos ibrat maktabiga aylandi, degim keladi. Aql-u tafakkur xazinasi abadul-abad ajdodlardan avlodlarga qoladigan eng buyuk ma’naviy merosdir! Asl ma’naviy xazina qaysi davrda yaratilmasin, asal aynimas, olting zanglamas, deganlaridek, asrlar osha uning qadri oshib borarar ekan.
Ustozdan eshitib, kitoblaridan o`qib saralagan o`gitlarimni "Domlaning dil daftari" deb nomladim. Uni o`qir ekansiz, o`sha durdona fikrlarni domlaning o`zlari so`ylab berayotgandek ajib taassurot qoldiradi. Bebaho ma’naviy xazina qalbingizni naqsh aylaganidan huzur qilasiz. Marhamat, bu durdonalardan Sizga ham ilindik. * * * Shoir umrining mazmuni yashalgan yillar soni-yu, yozilgan asarlar hajmi bilan belgilanmaydi. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
|
|
|
#136 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
* * *
Shoir asrlar qa’riga dadil kirib boradi. Bunday mushkul yumushga shoirni tafakkur mash’ali undaydi. * * * Shoir asarlarida asrlar harakatda beriladi. * * * Samimiylik, soddalik, murakkab munosabatlarni oddiy tasvirlab berish bolalar asarlarining xususiyatlaridandir. * * * U bolalar adabiyotiga qonuniy bir yo`nalishni – xayolot dunyosi samaralarini olib kirdi. * * * O`qimasdan,chuqur bilim olmasdan zamonning haqiqiy kishisi bo`lish mumkin emas degan fikr juda ko`p misollar – voqealar, sarguzashtlar orqali isbotlaniladi. * * * Qahramondagi tabiiy tomonlar kulgiga, samimiylikka, ajoyib-g`aroyib hodisalarga yo`l ochib beradi. * * * Xarakter tasvirida undagi mana shu ikki qutb birlikda ko`rsatiladi. * * * Oddiylik – tabiiylikning aniq belgisi. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
|
|
|
#137 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
* * *
Murakkab hayotni, har xil kishilarni oddiy qilib ko`rsatish faqat yozuvchining sehrli dunyosiga bog`liq. * * * Tanqidchi so`zning sehrli dunyosiga kirar ekan, o`ta ehtiyotkorlik, nazokat bilan harakat qiladi, so`zning zaha, so`z san’atining ozor topishiga zinhor yo`l qo`ymaydi. * * * U so`zlarni "bosib-yanchib", oyoqosti qilib, pala-partish ish ko`radigan, so`zning "jonli", "asabi" borligini tushunmaydigan tavakkalchilarga qarshi kurash boshlaydi. * * * Tanqidchi uchun iste’dod, did qanchalik zarur bo`lsa, teran bilim, sermushohadalilik, adabiy jarayonni chuqur, keng qamrab olish shunchalik farzdir. * * * Har bir o`rinda tanqidchining "o`zligi" bilinib, ko`rinib turmog`i lozim. Qiyofasizlik – tanqidiy asar kushandasi. * * * Yozuvchilar asarning birinchi satri, ilk sahifasidayoq kitobxon diqqati ustidan "hokimlik" qilishga intiladilar. * * * Tanqidchi o`rni-o`rni bilan hayotiy voqealarni boplab hikoya qilib beradi, ohori to`kilmagan hikmat, xalq donishmandliklarini qistirib ketadi. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
|
|
|
#138 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
* * *
Adabiy tanqidning parvozi malakali tanqidchilarga bog`liq. * * * Bilish, dunyoni anglash jarayonida bosib o`tilgan umr masofasining ahamiyati muhim. * * * Umrning har bir pallasida inson ma’lum muammolar bilan qiziqadi. * * * Qiziqish, anglash, kashf etish kabilarning yosh bilan bog`liqligi tabiiy holga aylangan. * * * Hayotning bebaholigi-yu, umrni boshqarish san’ati naqadar mukammalligini his etgan, qalbi yoniq kishilar dunyoning bezagidirlar. * * * Lirik qahramon ota-onasi erishmagan baxtga erishdi, ularga nasib etmagan ezguliklarni ko`rdi. O`z navbatida lirik qahramon hayotga endi qadam qo`yayotgan go`dakning yana ham baxtli bo`lishini orzu qiladi. * * * Kelin bo`lgan bilar kelin ahvolini... (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
|
|
|
#139 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
* * *
Oila qanchalik mustahkam, asosli bo`lsa, jamiyatning kuchiga kuch, qudratiga qudrat qo`shilaveradi. * * * Donishmand kishilar bilar-bilmas oila masalalariga aralashavermaydilar. * * * Shunday damlar bo`ladiki, oila tashqi ta’sirga muhtojlik sezadi. Shunday damdlarda hakamlik vazifasini elkasiga olgan kishilar jarrohday jiddiy, zargarday nozik ish olib borishlari kerak. * * * Oila muammolarini samimiy, qalb so`zlari bilan hal qilmoq, uning dardiga yurak harorati, xolis niyatdan malham tayyorlamoq kerak. * * * Onalik – ayollikning nurli cho`qqisi, ta’rifga sig`maydigan baxti. * * * Onalik tuyg`usi qarshisida barcha xususiyatlar chekinadi. * * * Qahramon qalbiga orzu, ishonch hokimlik qiladi. * * * Inson kulgusi keksa zamonni ming yillarga yashartirib yuborishini, tabiatning soqov toshlariga til ato qilishini, so`ngsiz samovotni asriy uyqudan uyg`otishini istaydi shoira. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
|
|
|
#140 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
* * *
Inson mehri tugasa quyosh haroratsiz, dunyo muhabbatsiz bo`lib qoladi. * * * Yulduz emas, inson ulug`: yulduz nom-nishonsiz so`nishi haq, lekin inson insonlar qalbida ezguliklari, hech bo`lmaganda, armon qoldirishi bilan yashaydi. * * * Inson erkini bo`g`gan zamonlar kam bo`lganmi yoki tuzumlar kammi?! * * * Onasidan ayrilgan qiz o`zini qo`yarga joy topolmaydi. Unga hayot ham g`arib, motamsaro bo`lib ko`rinadi. * * * Ko`z ilg`amas kenglikda tabiat, inson, koinot birligi aniq seziladi. * * * Orzu – insonning baxti, quvvati, kelajagi. (Давоми навбатдаги саҳифада) |
|
|
| Реклама и уведомления | |
|