|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#1342 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
***
Кўнглим қолди, Кўнглим берганда, Бошига тош қилсин энди у, У сарқитни олмайман қайтиб!! Кўнглим қолди Дунёсидан ҳам, Чўпчакларинг ўзинга сийлов, Юр, кетамиз, шеърият - Ёрим! *** Сени Севиб, Севиб, Севиб, Яшаяпман сендан йироқда. Мени Севиб, Севиб, Севиб, Яшаяпти ёнгинамда - фироқда. *** - Мени севасизми, дея сўрадинг. - Йўқ, йўқ, асло, дедим сесканиб. - Соғинарсиз, балким ҳар замон? -Йўқ, йўқ, асло, дедим уялиб. Аслида-чи, Боряпман, кундан кун, ичикиб! *** Сени соғинмоқ - дорга илинмоқ. оҳ, нега соғиндим, шунчалар ёмон. Сени севмоқ - тиғ узра юрмоқ. оҳ, нега севдим?! Чархи дун гирён, Охири қандоқ?! Фарида Афрўз
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#1344 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
***
Umrimni bir olis ishqqa almashdim, Qochdim hushyorlikdan, tushga almashdim, Beqanot qalbimni qushga almashdim – Sizsiz o’tgan umrim bekor, yorijon! Ne baxtkim, yuragim bemor, yorijon! Ul ko’zda qay kuni porladi ziyo, Dunyodan kechgulik topdim bir dunyo. Bu dunyo nimadur? Bu dunyo – ro’yo – Faqat pok ishqingiz haqdir, yorijon, Qalbimga eng yuksak taxtdir, yorijon. Garchi o’rtamizda sog’inchu hijron, Garchi visol yo’li vayrondir, vayron, Ammo azobingiz ko’ksimda har on – Muqaddas olovday qoldi, yorijon, Shukurkim, siz bilan yondim, yorijon. Yashardim o’zimga muz kabi boqib, Ishq keldi, jo’nadim, daryoday oqib, Menga habib bo’ldi hatto shum raqib – Ko’rib – to’lqin-to’lqin qonim, yorijon, Siz mening jonimsiz, jonim, yorijon. Hech qachon demasman boshni yo’qotdim, Eridim, vujuddan toshni yo’qotdim. Yillarni yo’qotdim – yoshni yo’qotdim, Mendan ayro tushdi yolg’on, yorijon, Shundanmi tillarim ravon, yorijon. Nodon der „Sen borni yo’qqa almashding, Quyoshni bir g’arib cho’qqa almashding...“ Kulaman: “Xalqobni ko’kka almashdim...“ Endi yurar yo’lim falak, yorijon, Qanotga aylandi yurak, yorijon! Usmon Azim
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
Ответить |
| Реклама и уведомления | |
|
|
#1345 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
SENI SEVMAY QO'YDIM
Seni sevmay qo'ydim, rosti gap, Eslamay ham qo'ydim, ko'p bo'ldi. Garchi quvonchlardan mahrumdir dilim, Garchi hijron uni boshpana qildi. Garchi eslamadim seni bir lahza, Garchi jilovladim tuyg'ularimni. Faqat yuragimda mening ismimsiz, Yashayverding boqib qayg'ularimni. Garchi men hammadan seni yashirdim, Yengib yashayoldim o'zimni-o'zim. Faqat... Men barini inkor etaman. Faqat... Fosh etadi sevgimni ko'zim. Garchi takrorlayman, "Sevmayman seni, Yodlamay ham qo'ydim, gapning rosti shu." Faqat... Kulgularim sen bilan ketdi. Faqat... Qoldi menda muzlagan tuyg'u. Islom Hamro
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
Ответить |
|
|
#1346 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
SEVGIMIZ O'LDIMI?!
Sevgimiz o’ldimi? - libosingiz ko’k, Ko’nglingiz – begulxan, ko’zingiz – becho’g‘. Bizdan borish yo’qdir, sizdan – kelish yo’q – Kelishsiz dunyoda beg’am, azizim, Nega ko’zlaringiz benam, azizim. O’t yetdi – qaqshatdi band-bandlarimni, Tuproqqa sochdingiz balandlarimni, Aqlimni, dilimni – bebaxtlarimni – Borishsiz dunyoga otgan, azizim, Olisda oy kabi botgan, azizim. Chunki tunga aytar rost „oh“ingiz yo’q, Falakda kezgani sha’n rohingiz yo’q, Nechun kelmaysiz, gar gunohingiz yo’q – Boqaman: nigohim – gumon, azizim, Yo’llaring tumandir, tuman, azizim. Qarang, ming bir bargda kuzak uchadir, Qizil-sarig’ida – yurak uchadir, So’ngaklar uchadir, suyak uchadir – Bu to’fon – xazonlig‘ menman, azizim, Sizsiz ming kuzakka tengman, azizim. Ammo siz sarg’aymang – gulli bog‘ bo’ling, Yam-yashil ko’karing, mudom sog‘ bo’ling, Bahornng bagrida beadog‘ bo’ling – Axir, qarg‘aganim sizmas, azizim, Ikki kuz dunyoga sig’mas, azizim... Usmon Azim
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
Ответить |
|
|
#1347 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
Meni kutgil
Meni kutgil va men qaytarman, Faqat kutgil juda intizor, Kutgil, yomg’ir zeriktirganda. Meni kutgil, yoqqanida qor. Atrofingni harorat qoplab, Yeru ko’kni chang tutganda, kut, Boshqalarni uzatgan do’stlar Kechagina unutganda, kut. Xat kelmasdan uzoq yerlardan, Yuragingni qilganida qon, Kutgil sen-la birga kutganlar Zerikkandan chekkanda fig’on. Meni kutgil va men qaytarman, Bo’lsa hamki, ranging za’faron, Yoring qaytmas, umidingni uz, Deganlarga tilaman omon. Mayli, o’g’lim, singlim, volidam, Aza ochsin men yoq tufayli. Kuta berib sabri tugagan Yeru do’stlar, oshnalar, mayli, Ayriliqqa berolmasdan tob, Achchiq-achchiq ichsinlar sharob Ko’zlaringa to’lsa hamki yosh, Faqat sen kut va ayla bardosh… Meni kutgil va men qaytarman, O’limlarni qoldirib dog’da. Ishi o’ngdan kepti desinlar Kutmaganlar meni u chog’da. Yot tuyilar kutmaganlarga Bunday ajib toleing saning. Kuta-kuta meni ofatdan Omon saqlab qola olganing. Qanday omon qolganligimni Yolg’iz senga aytarman sirdosh – Kuta olding meni sen faqat, - Buyuk edi sendagi bardosh Hamid Olimjon
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
Ответить |
|
|
#1348 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
Keragidan ortiq yig‘laysiz —
Keragidan ortiq qiynayman. Xayolimga arqon bog‘laysiz — Keragidan ortiq o‘ylayman. Azoblarim mening bari — sir, Siz uxlaysiz, Siz bedaraksiz. Jonim, hozir menga, baribir, Keragidan ortiq keraksiz. Behzod Fazliddin
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
Ответить |
|
|
#1349 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Man yururman yona-yona, Ishq bo`yadi mani qona, Na oqilman, na devona, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Goh esarman yellar kabi, Goh to`zarman yerlar kabi, Goh oqarman sellar kabi, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Oqar suvlardek oqarman, Dardli yuragim yoqarman. Yorimni o`ylab yig`larman, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Yo qo`lim ol qoldir mani Yo vaslingga qondir mani Ko`p yig`latding, kuldir mani Kel, ko`r mani ishq nayladi. Man yururman eldan elga, Do`st so`rarman tildan tilga. G`urbatda holim kim bilar, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Majnun bo`lubon yururman, U yorni tushda ko`rurman. Uyg`onib malul bo`lurman, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Rangim sariq, ko`zlarim yosh, Bag`rim pora, jigarim tosh. Holim bilgan dardli qardosh, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ishqing mani mast ayladi, Oldi ko`nglum, xast ayladi. O`ldirmakka qasd ayladi, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Miskin Yunus bechoraman, Boshdin oyog`i yoraman, Do`st ko`yida ovoraman, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Yunus Emro
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 08.08.2011 в 10:12. |
|
|
Ответить |
|
|
#1350 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
***
Bulbullar ichinda tinmas zabonman, Hamon yoningdaman, tanangda jonman. Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa Bilgilki alarning sardori menman. Qo‘llarim istagi tutmoqlik qo‘ldan, Istagim totmoqlik labdagi boldan, Oshiqlaring kelsa gar mingta yo‘ldan Bilgilki eng avval kelgani menman. Sevgiga sodiqlik shartini qo‘ysang, Shartni bajarmas deb, yoningdan quvsang, Agar o‘n mingtadan yuzta qoldirsang Bilgilki yuztadan bittasi menman. Keksalik degan so‘z joy olsa dildan, Yigitlik quvvati ketsa ham beldan, Har kun gul olsang sen gar o‘nta qo‘ldan Bilgilki eng avval gul tutgan menman. Falak falakligin qilsa nogahon, Sendan yuz o‘girsa hatto keng jahon, Oshiqlardan qolsa bir nafar, inon Qolgan shu oshig‘ing bilgilki menman. Ko‘zlaring bemahal yoshlarga to‘lsa, Agar dushmanlaring ustingdan kulsa, Oshiqlaring agar hech kelmas bo‘lsa Marhum ul Rasul Hamzat bilgilki menman. Bulbullar ichinda tinmas zabonman, Hamon yoningdaman, tanangda jonman. Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa Bilgilki alarning sardori menman. Rasul Hamzatov
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
Ответить |
|