Televizormi? Dilbuzarmi? Tilbuzarmi?
|
|
Hisob - kitoblarga qaraganda bir bola kuniga o`rtacha 3 soatdan televizor ko`rsa, bu ko`rsatkich bir yilda 1100 soat bo`ladi. Demak, 70 yoshga to`lgan insonning 7-10 yil umri televizor oldida o`tib ketadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining katta qismi zo`ravonlik, kuch ishlatish kabi sahnalar tasvirlargan kino va seriallarni sevib tomosha qilishlarini, juda ozchilik bolalarga mo`ljallangan ko`rsatuvlarni ko`rishar ekan. Bizning go`daklik olamidan ilk hayotga boshlagan, dadil qadamlar qo`yishimizga o`z hissasini, katta miqdorda qo`shgan, ammo hozirgi kunimizda ukajon-u, singillarimizga va bizga ikkinchi yoki uchinchi darajada turib qolgan o`zbek xalq ertaklarining hamiyati kamayib ular o`z o`rnini jahon multipikatlarining zamonaviy va noo`rin qo`yilayotgan yuqori msaviyali seriallarga bo`shatib bera olmayaptimikan. Siz bu savolga ijobiy yoki salbiy fikr berishdan avval o`z aqlingiz yordamida bolajonlarga, kichik yoshdagi o`quvchilar va talabalarning kundalik hayotiga aylanib ulgurgan serial va chet el multfilimlarini tahlil qilsak. Undan so`ng esa sizning fikringizni tinglaymiz. Balki siz “nima bolalarga taqiqlash shartmi, axir bugungi kun talabi shu-ku” deyotgandirsiz. Ha albatta zamonaviy bo`lish kun talabi, ammo zamonaviylikni o`zga xalq seriallari qahramonlarini o`zlashtirishlikbilan emas, balki milliylikni saqlab qolgan, an’analarimizdan chetga chiqmagan holda ulrni ozgina zamonaviy ruhda olib borsak ayni muddao bo`lar edi. hech ahamiyat berganmisiz nega singillarimizda “Barchinoy”, “To`maris”, “Kumush” obrazlariga havas qilib, ulardagi yaxshi hislatlarni emas, jonajon kelgindi seriallardagi qandaydir “Kamila”larning xislatini o`zlarida taqlid qilish yo`li bilan o`rganishyapti. (Ha-ya shu o`rinda bir yaqin kishimdan eshitgan voqeani so`zlab bersam. Ularni aytishlariga qaraganda, bir yoshi kichik qizdan isming nima deb so`raganlarida, u qizaloq “Kamila” deya javob beribdi, so`ng u kishi: shoira Komilaxon ismiga havas qilib qo`yishgan ekanda ota-onang”- deb so`zlasalar, qizaloq”yo`q anavi kinodagi Migelning qizi Kamila borku, o`shaning ismiga havas qilib qo`yishgan ekan. Siz ham taniysiz-mi?” deya savolimga, savol bilan javobni hayratomus ravishda qaytardi.)Ukajonlarimiz-chi, “Alpomish”, “Amir Temur”, “Shiroq”lardek emas, koreys qahramonlari, “Jumong”, “Jangbobo”larning hayratra soluvchi harakatlarining, taqlidchisiga aylanib qolishyapti, nega-ki biz ularning murg`ak qalblariga sezilarsiz soya soluvchi bu seriallarni taqiqlolmaymiz. Chunki biz ham shu seriallarning doimiy tomoshabinlariga allaqachon aylanib ulgurganmiz. Nega ukajonlarimiz hayollari “qilich o`ynatish” san’ati, seriallardagi o`sha qahramonlardan olingan ta’surotlar bilan to`lib-toshmoqda, axir shu seriallardan bir necha yuz ming marotaba yuksak saviyali, tarixiy “Alpomish”, “Mirzo Ulug`bek” kabi filmlarimiz ham juda ko`p-ku, lekin, nega ularni xorijiy serialardan ustun qo`yib ko`rayapmiz, yokibizning e’tiborimiz shunchalik alaqnday film-u, “multik”lar bilan to`lib yotibdimikan?! Bu filmlarimiz zarilmi?! Aslida telekanallarda namoyish etilayotgan filmlar, katta yoshdagi bekajonlar-u, opajonlarimiz uchun mo`ljallangan emas-mi?!Ushbu maqolamizga Xulosani aytmadik. Yaxshisi, o`zingiz aniq bir to`xtamga kelganingiz ma’qul. Qolaversa, har bir narsaninmg yaxshi yomon tomoni bo`lganidek, televizordan ham xayrli maqsadlarda foydalanish mumkin.
Последний раз редактировалось Umida Shodiyeva; 14.01.2009 в 10:59.
|