|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#121 | ||
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Bugun bir qiziq voqea bo'ldi. Universitetga bordim. Birinchi navbatda marketingga, 2-qavatga chiqishim kerak edi. Bordim, u yerda men ilgari taniydigan tanishim qabul qilayotgan ekan. Begona emas, bilmaganlarimni so'rab olaman deya unga murojaat qildim. Har doimgidan sovuq va qo'pol muomala qildi. Ahamiyat bermadim. Balki ishi ko'pdir, vaqtini olmay deya telefon raqamini so'rab oldim, yo'l-yo'lakay ketib telefonda so'rab olarman deb o'ylagandim. Fakultetga chiqarkanman, telefon qilsam, endi boshqacha, samimiy ko'rinib, xuddi qadrdonlardek so'rashdi. Keyin shartnoma haqidagi muammo haqida maslahat so'raganimda, negadir telefon o'chib qoldi. Qaytib chiqibman, uzilib qoldi deb o'ylagandim. O'zim tushlikdan so'ng qaytib chiqaman dedi-yu, yana o'chdi telefon. Ertalabki sovuq muomala, keyin bu holat kayfiyatimni tushirib bo'lgandi.. Men kecha yoki kelishimda yo'lda birovni xafa qilib qo'ydimmi deya o'ylanib qoldim. Unda nega bugun kutilmaganda odamni ranjituvchi qo'pollikka yo'liqdim. Forumdagi postlarimni o'yladim, (shu o'rinda kecha yo umuman hamma vaqt kimnidir bilib yo bilmay ranjitgan bo'lsam, o'z o'rnida kechirim so'rayman) kimnidir dilini og'ritdimikan? E'tibor qilmabman, uyga qaytayotganimda esimga tushdi, tanishim bugun kresloda, yangi lavozimda ishlayotgan edi. Oldin oddiy yordamchi edi. Uni amal shunchalik o'zgartirdimi, lekin u hali yosh go'dak-ku, biz qatori-ku... Nahot shu yoshda ham o'zgarib ketsa? Hayronman, ayb kimda? O'zimda ham bor, kimgadir men ham shunday qo'polroq javob bergan bo'lsam kerak deb o'yladim. Lekin bugun shuni angladimki, dilozorlik eng yomon illat ekan..
Lekin hozir tanishimdan xafa emasman, uni kechirdim. Faqat shu ahvolga tushib qolganiga achinyapman. Axir biz insonmiz, insonday yashashimiz kerak. Insof bersin hammamizga ham..
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#123 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Gap telefonning o'chib qolishidamas. Bu yerda to'liq keltirmadim.
Bir vaqtning o'zida ikki xil muomala qilganida. Bu bitta odamning bir paytni o'zida 2 xil bir-biriga teskari gap aytganiga o'xshaydi. Lekin muhimi bu ham emas, shundan so'ng, men qayerda xato qildim deb o'ylaganim. Shuni topa olmayapman. Inson hamisha o'z aybini ko'ra olmaydi. Xuddi shunday bu qaytar dunyo deydilar. Men ham kimnidir xafa qilgandirmanki, bugun shunday bo'ldimi deb o'ylanib qoldim.. ( Qiziq.. Odam zum o'tmay har bir harakati uchun javob olib ketadi-ya.. Shunga hayronman-da.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
![]() |
#124 | |
![]() ![]() ![]() програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743
5,086/2,116
– 69
99/68
![]() |
Оффтоп: Цитата:
ПС: Офтоп учун узр.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер. |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#125 | |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Цитата:
Оффтоп: Hali u xulosaga kelganim yo'g'u, lekin tanish dugonammi agar shu bo'lim boshlig'i bo'lgani o'zgartirgan bo'lsa, bundan afsusdaman. Nima bo'lganda ham odam hammaga bir xil nazar bilan qarash kerak. Hech bo'lmasa muomalani to'g'ri qilish kerak. Inson sifatida hech kimni birovdan ustun tomoni yo'q. U ham tuproqdan yaratilgan, biz ham..
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
|
Ответить |
![]() |
#128 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Sizga ishi tushganida sizga nisbatan "samimiy" bo'lishi mumkin. Оффтоп: Munofiq bo'lishdan har bir bandasini O'zi asrasin. |
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#129 |
![]() ![]() |
Ba'zi hollarda ba'zi insonlar o'zini alami borligi uchun shu ishlarni qiladi, mana masalan qaerdadir oddiy asisstent bo'lib ishlasangiz sizni ustingiz qattiq nazoratda bo'lishsa yoki kesa-kelmasa bo'lar-bo'lmasga bahona topib avraverishsa odamga juda alam qiladi va ohiri o'zi ham ko'tarilishi bilan bu narsalarni amalda qo'llashni boshlaydi, oddiygina misol harbiy hizmatda aksariyat leytenant yoki kapitanlar boshqacha bo'lishadi, sababi harbiy intizom deb o'ylashadi aslida esa boshqa narsa...
Оффтоп: Eshak semirsa egasini tepadi, odamga amal tegsa bosar-tusarini bilmay qoladi...(bir qariya bildirgan fikr)Последний раз редактировалось Kahramon Jalilov; 19.10.2010 в 20:02. |
|
Ответить |
![]() |
#130 |
net
net
Сообщений: 497
+ 612
393/230
– 41
22/22
![]() |
Yarim umrim yo'lda kechgan...shu sababli yo'lda judayam ko'p va xo'p, ajoyib va g'aroyib voqealar sodir bo'lgan men bilan...:-) eslasam kulgilarim keladi doim...o'sha damlar endi men uchun beg'ubor yoshligimdan qolgan yorqin xotiralardan boshqa hech narsa emas....
2004 yilning issiq, jazirama kunlarining birida, shoshilinch ravishda, Toshkentdan Buxoroga ketishim kerak bo'lib qoldi..vaqt esa allamahal bo'lgan, kech tushib, ko'chalar qop-qorong'ulashgan...mening esa hayolimda faqat va faqat bitta narsa, qanday bo'lsa ham yo'lga otlanish, kechasi Buxoroga nima bo'lgan taqdirda ham yetib borish bo'lgan....o'sha paytlari kechga qarab avtobuslar ham qatnar edi...men bu imkoniyatdan foydalanib, joy topib, bir amallab avtobusga chiqdim...yonimda bir betob ayol o'tirar edi..kechasi bilan bezovta bo'lib, nolir edi....kuni bo'yi issiqda yurganimda, chanqoq bosmagan bo'lsa-da,ammo soat 01 larga qarab, judayam qattiq suv ichgim keldi....yonimda, baxtga qarshi, suvim yo'q edi...suvsizlikdan o'lib qolsam kerak deb o'yladim...birovdan so'ray desam, hamma shirin uyquda edi, haydovchidan so'ray desam, yonimda betob yotgan ayolni uyg'otgim kelmadi....nima qilishni bilmadim, suvsizlik, tashnalik meni bedor qilib, madorimni quritib yuboray dedi...suv-hayot manbai ekaniga va suvsizlik qanchalik yomon ekanini,suv- Allohning ne'mati ekaniga iqrorlarim bo'lsin dedim...Shu tobda:" Ey, bor Xudoyo",- deb esladim...oradan bir oz vaqt o'tgcha oyogi'imni to'pig'ini bir narsa kelib urdi...e'tiborsiz o'tirganim sari, uraverdi...egilib, nima ekan u meni to'pig'imni urib turgan deb, qarasam, bir bakalajka suv ekan..:-) Yo Rabbi, deganman, xursandchiligimdan olib ichganman..ichdimu, qolgani qoldi..og'zini berkitib, kelgan joyiga qarab, dumalatib yubordim, egasini haqqiga duo qilib...:-) Allohning va'dasi haq..."Sen meni eslasang, Men seni eslayman",- degani shu ekan-da deb, behad, behudud shukrlarimni aytganman.... |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
|