Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 17.11.2009 18:00   #121  
Known ID Group uParty Member
Аватар для Husen
Оффлайн
Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559  2,642/911
– 20  13/12

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Расмдаги Ҳусен Тангриев бўладилар
Оффтоп:
Ўроқда ҳам мен, машоқда ҳам мен, сигир соғишга ҳам мен... нима бўлса мен-ми?
Ответить 
Старый 17.11.2009 18:45   #122  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Kahramon Jalilov
Оффлайн
Аналитик
админ ДСИ
AKA:designer
Сообщений: 1,104
+ 781  680/330
– 24  11/7

UzbekistanОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью YahooОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мир
Цитата:
Сообщение от JasurBek Urinboev Посмотреть сообщение
Ёнидаги оқ қуш қизғиш қушни кўриб, кечаги байрамдан бўлса керак деб, расмни роса Қаҳрамонга ўхшатгим келди, ўхшардиямда.
Rasmdagi odam deng, kserokopiya, menga o'hsharkan rahmat Omon aka!!!
Ответить 
Старый 18.11.2009 12:29   #123  
Known ID Group
Аватар для JUS
Оффлайн
Сообщений: 1,829
+ 814  1,598/765
– 60  19/16

Saudi Arabia
Цитата:
Сообщение от Kahramon Jalilov Посмотреть сообщение
Rasmdagi odam deng, kserokopiya, menga o'hsharkan rahmat Omon aka!!!
Узр расмдаги
Ответить 
Старый 02.12.2009 19:07   #124  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Kursdoshim ijodidan:

Цитата:
Kino

Jahl shayton hiylasidan ham yomon.

Shodmonning uy ishlariga hafsalasi oshib ketdi: bo‘shagan qo‘yxonani buzdi, go‘ngini hovliga sochib, ikki qayta chopiqdan chiqardi, ariqlar ochdi; xushbo‘y, manzarali gullardan ekdi, da- raxtlarni taroshlab qo‘ydi. Shu ishlardan so‘ng uyga ancha fayz kirdi. Buning sababi bor, al- batta. Shodmon ko‘zlab yurgan qiziga sovchi qo‘ygan, ikki xolasi ketgan. Ona-bola o‘rtasida birozgina kelishmovchilik bo‘lib turgani uchun oyisi bormay qo‘ya qoldi. Lekin kelasi gal albatta borishini, o‘g‘lining ishlaridan mamnunligini, bu mayda arazlar tezda o‘tib ketishini opalariga ta’kidladi. Uy haqiqatan go‘zal bo‘ldi. Axir, kelindan oldin uning fayz-barakasi ke- ladi-da. Mana, hozir Shodmon oshxona yo‘liga plitachalar t eryapti. Ikki ukasi esa yog‘och tayoqchalarda qilichbozlik qilyapti. Onasi ularga yuzlandi:
-Rustam, uydan tag‘orachani olib chiqib ber.
Bolalar “urush”da davom etdi. Onaning murojaatini Shodmon davom ettirdi:
-Opam senga gapirdilar.
-Xalaqit berilmasin.
“Bola-da hali “,- deb qo‘ydi o‘ziga.
-Rustam dedim,- onasi yana chaqirdi.
-Hozir, yengib olay, boraman.
-O‘yining boshingda qolgur, men poylab turibman.
-Hozir, hozir.
Endi Shodmon chidolmadi: -Kaltagingni o‘choqqa tashlagin-da, opamga bor.
-Anavining tili chiqib qolibdimi, bir ta’zirini ber, Mari.
-Xo‘p bo‘ladi, hojam,- gapirayotib bir ta’zim qilib qo‘ydi.
Shodmon tutab ketdi. Oldiga bordi-da, kaltagini tizzasiga urib sindirib, qo‘liga tutqazdi.
-Olib borib o‘tinga qo‘shasan, keyin opamga qarashasan.
-Nega sindirding?
-Sindirgim keldi.
-Mana buniyam sindir.
-Bu tirgovich, daraxtga kerak.
-Sindiraver, kuching ko‘p ekan-u.
Yuziga bir urdi.
-Xo‘p, xo’p, bo‘ldi, aka. Aytganingizni qilaman.
-Urma bolani,- bolaning gapi tugamasdan onasi baqirdi.
-Nega urmay, taltayib ketganini qarang, meniyam sensirayapti.
Ona-bolaning asablari tilga aylandi:
-Sen tegma, adang bor, men borman, hali o‘lganimiz yo‘q.
-Shumi eplab qaraganinglar, “Jumong” ko‘raverib jinni bo‘lib qolibdi bular.
-Ishing bo‘lmasin, Rustam, bu yoqqa kel.
-Mana shuni o‘choqqa tashlaydi, keyin boradi.
-Yo‘q, hozir keladi.
-Men aralashmagunimcha sizni bir tiyinga olmayotgandi-ku, birinchi mening aytganimni qiladi.
Shu vaqt otasi ko‘chadan kirib qattiq tomoq qirganda, hamma yoq jim bo‘lib qoldi. Shodmon otasiga salom berishni ham, vaziyatni tushuntirishni ham istamadi. Yuvinishga kirib ketdi.
Onasi esa sekingina salom berib, tag‘orachasini o‘zi olib chiqqani uyga kirib ketdi. Otasi salomga e’tibor bermay, hammomga kelib eshikni qattiq taqillatdi.
-Chiq mana bundoq, ho‘kiz.
-Men cho‘milishga kirdim, chiqqanimda gaplashamiz.
Otasi eshik oynasini sindirib, qulfni ochdi.
-Farosatingiz bormi. Odam yechinayotgan joyga shunaqa kirib keladimi.
-Kim senga yechin dedi. Endi shundoq chiqib opangdan uzr so‘raysan.
-Bitta ishtonda chiqamanmi?


-Yechib chiqmoqchimisan,- deb baqirib tortqiladi. Shodmon jahl bilan itarib yubordi. Otasi gur- sillab tushib, titrab ketdi, qaltiradi. Vahimali nigohi har tomonga o‘ynab, jim bo‘lib qoldi.
Bu orada chiqib kelgan onasi bir qaradi-yu, o‘zidan ketdi. Zinadan dumalab tushdi. Tag‘ora- chasi bir muddat taraqlab aylanib turdi. Shodmon na otasiga, na onasiga qarashni bildi. Gangib duch kelgan tomonga qadam bosdi. Qo‘yxona o‘rniga yetganda ko‘ziga arqon ko‘rindi.
Shu balo uning oxirgi ishiga yaradi.
Besh daqiqa o‘tmay ikki xola sarpolar bilan kirib keldi.

2009. avgust.

Komiljon Yunusov
__________________
http://futbol-klub.uz
Ответить 
Старый 10.12.2009 11:09   #125  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Yakshanbadagi dars…
Aslida bu dars shunchaki to’qima(xazil tarzida) yozilgan. Orangizda ishonuvchilar bo’lsa, mayli ular uchun haqiqat bo’la qolsin.
Qahramonimiz o’z ilm dargohlaridagi, o’tgan yakshanba darsi ta’assurotlarini biz bilan o’rtoqlashishni lozim topibdilar.



Sarlavhani o’qib, taajjublandingizmi? To’g’ri – da, axir, yakshanbaning dam olish kuni ekanligiga odatlanib qolganmiz. Yakshanbada ertalabdan, birov, “Tur, darsingga(yoki ishingga) bormaysanmi? desa, shunday yoqib ketadi-ki…
Ha mayli, olti kun darsga borgan yettinchi kuni ham bir amallab borarmiz. Tag’in, bizsiz sinf xonasi huvillab qolmasin-a?
Mana jonajon ilm dargohimizga ham yetib keldik. Birinchi soatni jadvaldan qarab, dars xonasiga yo’l oldik. Endigina xonaga kirgan ham edikki, ko’zlari-yu, yuzlaridan bizni intizorlik bilan kutib o’tirgani yaqqol namoyon bo’lib turgan muallimamizga ko’zimiz tushdi. Shu payt, ustozimiz bizni eshik tagiga qator turgazib qo’yib “salom – alik” qila boshladilar (Chunki, doimiy holat, kech qolib kelgandik-da.)
-Assa…(Salom bermoqchi edik, lekin…)
-Hoy, senlarni uylaring yo’qmi, yoki ota – onalaring shunchalik yomon ko’radimi? Dam olish kuni ham yuboradimi? “Bor, ustozlaringni boshini qotirib kel!” deb yuborgandir-da, uydagilaring.Hammang borib ota – onangga aytlaring, ”Sizlar meni yomon ko’rar ekansizlar, shuning uchun yakshanbada ham o’qishga yuboribsizlar” delaring!
-Ustoz, unda biz uyga ketaveraylik. Siz bizni ko’rmadingiz, biz sizni…
-Yo’q, men senlarni ko’rdim. Endi kech, kirlaring darsga! O’zi, senlar bilan “salom –alik” qilgunimcha darsni yarmidan ko’pi o’tib ketdi.
“Starista” , sen ham bundoq darsdan bolalarni olib qochishni bilmaysan! Bola bo’lib, shu… darsdan qochib ketganlaringni eslolmayman-da. “O’qituvchi ham temir emas, dam olishi kerak-ku”, deb o’ylamaysanlar ham.
-Ustoz, ketaqolaylik… Hech kimga aytmasdan, bildirmasdan, jimgina ketamiz.
-Bilasanlarni, dunyodagi eng sotqin xalq kim? O’quvchi xalqi!
-Nega-a ustoz…?
-Chunki, hozir mani oldimda, “Hech kimga aytmaymiz” deysanlar-da. Tashqariga chiqib nima qilasanlar? Falonchi akang, “Kim javob berib yubordi?” deb so’rasa, ko’zlaringni baqraytirib “USTOZ!” deysanlar, yo’ yolg’onmi gapim?!
-Lekin, ustoz… shu sotqin xalqni, o’qituvchi xalqi o’qitadi-ku!
-Hoy, o’qituvchi seni, “Sotqin bo’l!” deb o’qitmaydi. Odam bo’l, deb o’qitadi! Odam!
O’quvchini sotqinligiga yana misol keltiraymi? Men senlarga yil boshidan beri o’qi, o’qi!, deyman. Senlar ko’zingni mo’ltillatib “Ho’p bo’ladi, uztoz!” deb turib, tashqariga chiqishlaring bilanoq,” Tfu, o’zim bilaman!” deysanlar, to’g’rimi?
(Shu payt qo’ngiroq ovozi eshitildi…)
-Mana ko’rdilaringmi, dars boshlamasimdan, qo’ng’iroq ham chalindi.
-Ustoz! Qo’ng’iroq, manavini telefonidan eshitildi. Kecha boshqa guruhdagilarning telefonidagi “Bluetooth”dan o’tkazib olgan. Kechadan beri, hammani shunaqa qilib aldab, chalinmagan qo’ng’iroqni chalindiga chiqaryapti.
-Mana, yana bir misol, o’quvchi xalqining sotqin ekanligiga…!

Arjumanbonu
Ответить 
"+" от:
Старый 17.12.2009 04:47   #126  
Аватар для nobelmira63
Оффлайн
chastniy
sozdatel
Сообщений: 2
+ 1  2/1
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для nobelmira63 с помощью Skype™
So’nggi uchrashuv.
Yoki asling kabi ko’rin,
yoki ko’ringaning kabi qol. Yassaviy.

-Bugun havo juda issiq bulayapdi-ku, oshna – deb, Jasur kirib keldi va Asilbekning hayollarini uchirib yubordi. Asilbek bugun bir para darsini hayollari va bugungi rejasiga alishtirgan holda talabalar yotoqxonadagi uz xonasida yotardi. Osmonga qarab yotgan Asilbek, Jasurga bir qarab miyiig’ida kulib yotgan holda qul qisib kurishdi va kaftini yumgan holda peshonasiga tashlab quyib hayollarini davom ettirishga tushdi. “ Nargizani yurish-turishi, nozlanishi, hushmuomilaligi, husni-latofatiga kupchilik befarq emas, shuning uchun u hamma bilan samimiy munosabatda buladi-da. o’ta aqlli, uzoqni kuzlaaydiganlardan …’’
“Hayol surma, hayollar yomon..”-hirgoyi qila boshladi Jasur va –to’grisini ayt “u” haqida o’ylayapsan-a? tuylaring haqida o’ylayapsanmi? , “tuylar muborak, tuyxona bulsin-ay”-savoliga javob kutmay qo’shiq aytishga utib ketgan jasur bu paytda kiyimlarini almashtira boshladi. Xonada hech narsa yig’ishtirilmagan, stolning yarmida kitob daftar, yarmida tarelka, piiyola va choynak bor edi. Jasur bu hol uchun Asilbekni erinchoqlikda ayblab koyishi kerak edi-yu lekin unday qilmadi.
“Mana yaxshi niyatli dust. Undan maslaxat olsammikan?Ey- Bu ham menday soddagina,kungli bo’sh,beozor, hamma ayb uzimda, uzimda…”
-buncha hayoling parishon, tinchlikmi ishqilib?- yana savol tashladi Jasur.
-“bir ishni boshlab quysang, uni boshlanishini uzgartirolmaysan,lekin uni qay holatda yakun topishini uzgartirishing mumkin”.- juda to’g’ri fikr aytganda kim bo’lsa ham. nima deding Jasur?- ded nomiga surab qo’ydi Asilbek dustining savoliga javob berish urniga. Asilbek o’rnidan turib kiyina boshladi. Qo’lidagi Nargiza sovg’a qilgan soatiga bir qarab, vaqti serob bulsada yulga tushishga qaror qildi.
-yul bulsin, uchrashuvgami? Tug’risini ayt Nargizang boyligini pisanda qilmaydimi? seni ko’p narsalada qarz qilib qo’ymayapdimi?- dedi Jasur va noto’g’ri savol berdimov deb uylab qoldi.
- unaqa qilmaydi, hammasi joyida, u juda aqlli qiz, lekinchi sen aytgandan battarroq, hazil, rost, yug’ay hazillashdim-deb dovdirlanib, mavhum javob berdi Asilbek. “Soat ikkilarda Nargizanikiga etib borsam, , yarim soatcha gaplashsak olam guliston.U gapni nimadan boshlashni va uning ota-onasining ko’ziga qanday qarashni o’ylardi. “egilgan boshni qilich kesmas”- tog’rida, Nima bulganda xam ayb mendaligicha qolaversin. Aslida xam shunday-ku. Nega boshladim, yuq uni hissiyotini,aqlini hurmat qildimmi? Meni urnimda hamma xam hurmat qilgan bo’lardi, u haqiqiy go’zal, nazokatli va o’ta aqlliy. U istagan odam bo’lolaolishimga ko’zim etmaydi.” U Nargizaning uyi oldiga kelib qolganini xushbicham naqshli temir darvozaga qarab sezdi. Qo’ng’iroqni bosdi. Bir pastdan sung eshikni ochgan Nargiza kulimsirab:
-uyda mendan boshqa hech kim yuqligi haqida farishtalariz xabar berdimi? Farishtalariz “tezroq bor Nargizaga qarashib yubor deyishmadimi?” –piching qila boshladi.
- obbo uyizda hech kim yuqmi?- dedi bexosdan Asilbek. U bu uy egalariga begona emas, mana uch oy ichida uch-to’rt marta Nargizaning eng yaqin do’sti, kursdoshi bo’lib bu uyga kelib, uy egalari bilan yaxshi muomilada bo’lib, bir - ikki marta kechgi ovqatda aziz mehmon ham bo’lgan. U rejasi buyicha bu uy egalari oldida bo’yin egmoqchi edi, ularning oilasiga havasi kelishini , unga qilingan hurmat uchun minnatdorligini aytmoqchi edi, Nargizadan kechirim so’rab hayotiga yangi sahifa ochmoqchi edi. Shularni hayolidan o’tkaza turib “yoki hozir yoki hech qachon.” Deb yubordi ovoz chiqarib.
- Uydagilarim sizga nega kerak bulib qoldi? nega“yoki hozir, yoki hech qachon ” deyapsiz, qo’limni so’ramoqchimisiz? Qo’limni surashga hali vaqt bor- dedi nozlangan bo’lib va “kiring” ishorasida boshini qiya qilib oldi.
-bilasizmi, sizda juda muhim gapim bor.- deb o’rik daraxti tagidagi silkinchoq o’rindiqlar tomon yura boshladi.
-sizni eshitishdan biron marta bosh tortganmanmi?- dedi Nargiza o’rindiqqa asta utirib, o’rindiqni sekingina silkitib quydi.
-bilasizmi Nargiza men sizdan kechirim so’ramoqchiman, bundan bir necha oy ilgari men sizga yolg’ondan sevgi izhor qilgandim, sababi sizni ko’zlaringiz menga befarq emas edi, guyoki ko’zlaringiz sevgisini aytolmayotgandek edi, shunda men sizga, eslaysizmi nima deganman?- deb Nargizani ko’zlariga boqdi. “hozir baqirib beradi-yov, yuq- yuq bu o’zini bosib olgan, unday qilmaydi.” Deb o’yladi. Aytganiday bo’ldi. Nargiza esimda degandek uning ko’zlariga chuqur ma’no bilan qarab turardi.
- xa, o’shanda, “bunday ko’zlaringizni sevish uchun nechta yurak kerak bo’larkan?” deganimda,unga javoban siz “tosh va quruqqina go’sht bo’lmagan yurakdan bir donasi etadi” degandiz. “ko’zlarizga yuragim asir bo’ldi” deb yuborgandim, siz “asirimni baxtimiz uchun asrang” degandiz. Shu-shu fikrimiz bir joydan chiqsada, ichimda sizga nisbatan notenglik tuyg’usi, men siz kutayotgan odamday aqlli, ayyor, millioner bo’lolmayman, qisqasi men sizni sevmayman, men siz o’ylagan odam bo’lolmayman. Yana bir sabab kecha bir tush ko’rdim, tushimda “siz tuyada o’tiribsiz, men tuyaning bo’ynidagi iplarini qo’limga maxkam bog’lab olganman. Saxroda ketayapmiz” bu tushimning ta’birini o’zimcha juda g’alati taxlil qildim. Kechirasiz-u men ertaga bu notenglikdan xususiy qulingizga aylanib qolaman deb o’yladim. Qisqasi hamma ayb o’zimda, meni kechiring-dedi Asilbek va ketmoqchi bulgandik o’rnidan turmoqchi edi Nargiza gap boshlab qoldi. U Asilbekdan bu yoki bunga uxshash holatni kutgandek bemalol uni gaplarini eshitgandi, lekin ichidan qayg’urardi, hozir u ikki og’iz gap aytishdan dan boshqa hech narsa qilmasligi kerakligini o’zida boshqarib turardi. Ko’zlari namlangani o’zi sezmadi, sezganda Asilbekdan bekitgan bo’larmidi.
-to’gri siz sodda, samimiy, ochiq va beg’uborsiz. begonalar sizni ishontirishi, sizdan foydalanishi oson. Ayyor bo’ling demayman, ayyorlarga qarshi puxta bo’ling deymang, Faqat pulni sevuvchi boy buling demayman, boylarga qul bulmang deyman. Men ham kecha bitta tush kurgandim “siz mashinani boshqarib borayapsiz, orqa o’rindiqda men o’tiribman. Mendan “mashinaga benzin olamizmi?” deb so’radingiz. buni siz hal qilasiz-ku dedim” keyin uyg’onib ketdim. Shu payt Asilbek o’rnidan turdi. Nargiza uni ketmoqchi ekanligini sezdi.
- ana sizning ham tushingizda haydovchingiz bulib kiribman, bu menga yaratganning aytayotgan belgisidir-a? mendan xafa bo’lmaysiz-a? meni chin-dildan kechiring.- dedi Asilbek va qushib qo’ydi – men o’zim chiqib ketaman, siz o’rningizdan jilishingiz shart emas. Biz endi oddiy do’stmiz, yaxshi qoling do’stim- dedi. Nargizaning ham past ovozda yaxshi niyatli gaplarini eshitib-eshitmay darvoza tomon yul oldi. Darvozaga etib borguncha Nargizaning gaplarini hayolidan o’tqazdi. “to’gri siz sodda, samimiy, ochiq va beg’uborsiz. Begonalar sizni ishontirishi, sizdan foydalanishi oson. Ayyor bo’ling demayman, ayyorlarga qarshi puxta bo’ling deymang, Faqat pulni sevuvchi boy bo’ling demayman, boylarga qul bulmang deyman. Men ham kecha bitta tush kurgandim “siz mashinani boshqarib borayapsiz, orqa o’rindiqda men o’tiribman. Mendan “mashinaga benzin olamizmi?” deb so’radingiz. “ buni siz hal qilasiz-ku dedim ”” u birdan to’xtab qoldi Nargizaning gaplarini qayta-qayta hayolidan o’tqaza boshladi va birdan orqasiga qaytdi,Nargizaning oldiga kelib tizzaladi-da dedi.-
- tushingizni ta’birini aytingchi? Yuq o’zim aytaman.-deb o’rnidan turdida hovlida o’sayotgan yaqinda ochilgan qizg’ish atirguldan bir dona uzib uni Nargizaga uzata turib shunday dedi- “hayotimning so’nggi daqiqalarigacha sizni baxtli qilishga ruxsat bermasangiz, men qalbimdagi ovozlarga ishonmay quyaman. Va ayni daqiqalarda shuni tushunib etdimki “sizni sevib qolgan va yana sevib borayotgan ekanman” siz menga begona emas ekansiz, tushingiz va men ko’rgan tushning ta’biri biz oila qurushimiz, oilada erkak kishini yul boshlovchi bulishi,….
Shu payt mashinaning ovozi keldi. Nargizaning ota onasi kelishgandi. Nargizaning 9 yoshli ukasi Umrzoq mashinadan tushib mashina kirishi uchun darvozani ochayotganida opasi va Asilbekni qay holatda utirishganini ko’rdi, va “o’rraaa, uyimizda tuy bo’larkan” deb yubordi.

Taqdir qo’lda emas boshda. nobelmira63
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 02.01.2010 11:51   #127  
uParty Member
Аватар для Gulnora Voisova
Оффлайн
Сообщений: 589
+ 1,042  486/242
– 0  0/0

Uzbekistan
Қуйидаги эски мактуб қўлимга қандай тушиб қолганининг аҳамияти йўқ. Бироз ғижимлангани ва ўчириб ташланган жойлари борлиги учун бу мактуб эгасига юборилмаган деган хулосага келдим. Ёки бошқатдан ёзиб юборган. Хуллас менга қизиқ туюлгани учун, сизнинг ҳам эътиборингизга ҳавола қилишга қарор қилдим.
Цитата:
Мана сенга ваъда қилган мактубимни ёзишга ўтирдим. Бу рутубатли кунларда мен учун энг кўнгилли ишнинг ўзи ҳам шу бўлса керак. Биласанми сенга нималар ҳақида гапирмоқчиман. Умуман ҳис қилаётган нарсаларимни ҳаммасини ёзолмайман. Агар ёза олганимда аллақачон машҳур бўлиб кетган бўлардим. Доим шунинг учун азият чекишимни биласанку?
Эсингдами ўсмир пайтимизда ҳаёлнинг учқур отида парвоз этганларимиз... Қариликни шундай тасаввур этардик. Икков кампир соя салқин боғда суҳбатлашиб ўтирамиз. Сал нарида невараларимиз ўйнаб юришади. Негадир ўша пайтларда қариганда бева қоламан деган фикр миямга ўрнашиб қолганди. Яшириб нима қиламан бу фикр ўзимга ёқарди ҳам. Нега десанг бобом бувимни ҳеч қаерга юбормасди. Ёнидан жилдирмасди, қўшниларникига чиқса ҳам бақиргани бақирган эди. Бувимга раҳмим келиб кетарди. Бобом раҳматлик ўтиб кетганидан сўнг, бобомнинг кир чирини қизларига, келинларига ювдирмай ўзи ювадиган чаққонгина бувим олти ой яшади холос...
Ҳаётимда озгина ўзгаришлар бўлди. Кел бир бошдан сўзлаб бераман. Менинг захар келинойим эсингда бўлса керага? Бировни ёмонлагандан кўра, ўзингни мақтаган афзал деяпсанми? Ҳа, бу сенинг севимли мақолингку. Ота – онам ўтиб кетишганидан кейин акам билан келинойимнинг қарамоғида қолганимни биласан. Мен медалмидим бир умр акамга осилиб юрсам. Буни устига келинойим яхши инсон эмас деган хулосага келдим. Нега бундай ўйлаганимни майда чуйдасигача айтиб ўтиришни лозим кўрмадим. Бунга ўхшаган икир-чикирларни ҳар кун рўзномалардан ўқиса бўлади. Келинойим мени узатиш пайига тушиб қолганини кўпдан бери сезиб юрардим. Лекин ҳаммага мени таърифлаб, тиқиштириб юрганини эшитиб чидолмадим. Ўзимнинг ҳам қайсар эканлигимни инобатга олса муроса қилишимиз барибир қийин бўларди. Уйдан чиқиб кетдим. Мени сўкиб турганингни биламан. Хавотир олма, ҳовлимиз этагидаги пастаккина эски кулбага кўчиб ўтдим. Эшиклар ғичирлайди, деразалар яхши беркилмайди. Лекин кулбамнинг хароблиги, келинойимнинг зуғумидан қутулганим “буюк озодлик” олдида ҳеч гапмас. Супуриб сидириб уйимни бироз эпақага келтирдим. Кўзимга бирам иссиқ кўринди. Энди ўз уйим борлигини ўйлаб, ўзгача кайфиятда юраман. Ишдан ҳам эртароқ келаман. Дарров нўхат шўрвами бирон бир овқатга уннаб юбораманда, уйни йиғиштириб чиқаман. Овқатдан сўнг китоб ўқийман. Ҳалиям унинг шеърларини ўқияпман. Биласанми ундаги табиийлик мени ҳайрон қолдиради. Бошқаларникида бўлса олдин қофияни ўйлашгани шундоқ билиниб туради. Қофиядан ортсагина табиий оҳангга жой беришади. Ҳа, бу ҳақда сен билан жуда кўп баҳслашганмиз...
Хуллас Диогенга ўхшаб, зохидона ҳаёт кечиряпман. Тараққиёт ривожланган замонда яшаб, бундай қаноатли ҳаёт кечиришимни ўйласам, “мен”имни ўзим ҳоҳлаган томонга бошлай оладиган даражада бошқараётганимдан қувониб қўяман. Гоҳида эса томирларимдаги қон қотиб қолгандек, кўнглим қурум босиб қолгандек ҳувиллаб қолади. Якка ўзим меҳрга ташна яшашдан безиб кетаман. Кўпчилик йигит қизлар ҳаёт нима эканини, бахт нима эканини тушунмай туриб кўр кўрона севадилар, турмуш қурадилар деган фикримни ўзгартиргим келади. Бувимга раҳмим келгандагидек яна адашиш эҳтимолидан даҳшатга тушаман...
Бу ҳасратларим сени зериктириб қўймадими? Шунинг учун ҳам сенга хат ёзишга истиҳола қиламан. Олисда бўлсанг, буни устига 3 йилдан бери кўришмадик. Балки олдинги дугонамдан асар ҳам қолмагандир. Бунинг учун сени ҳеч айбламайман. Ҳаёт инсонни ўзгаришга мажбур этади. Илгари сени қаттиқ ҳаяжонга солган нарсалар аҳамиятсиз бўлиб қолиши, эътибор бермайдиган нарсаларинг диққат марказингда бўлиб қолиши мумкин...
Хатимни якунламоқчи бўламану, мактуб йўллаётган инсоним учун бирон бир хулоса чиқарадиган, таъсирли сўзлар тополмайман. Хуллас майли, ҳар доимгидек нўноқ ёзувчи эканлигимни тан олган ҳолда ёзганларимга якун ясайман. Яхши кунларда кўришгунча...

Сени ўпиб Атиргулинг.
Хат эгаси кимлигию, кимга юборилгани ҳалигача менга маълум эмас. Шундай бўлсада, ҳассос қалб эгаси бўлган бу қизнинг тақдир йўлларида адашмай, бахтини топганига ишончим комил.

Последний раз редактировалось Gulnora Voisova; 02.01.2010 в 11:55.
Ответить 
Старый 02.01.2010 19:00   #128  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Kumushoy Посмотреть сообщение
Қуйидаги эски мактуб қўлимга қандай тушиб қолганининг аҳамияти йўқ. Бироз ғижимлангани ва ўчириб ташланган жойлари борлиги учун бу мактуб эгасига юборилмаган деган хулосага келдим. Ёки бошқатдан ёзиб юборган. Хуллас менга қизиқ туюлгани учун, сизнинг ҳам эътиборингизга ҳавола қилишга қарор қилдим.......
Haqiqatan ham, juda ta'sirchan maktub... Alloh maktub egasining baxtini bersin...
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 09.02.2010 19:42   #129  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
А1 форматидаги қоғозга кўмирда ишланган.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 10.02.2010 19:19   #130  
Аватар для Ulugbeck
Оффлайн
Сообщений: 194
+ 300  167/93
– 13  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Ulugbeck с помощью YahooОтправить сообщение для Ulugbeck с помощью Skype™
Husen Tangriyev, янги ижод намуналарини қачон ўқиймиз?
__________________
***Yo asling kabi ko`rin, yo ko`ringaning kabi bo`l...***
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх