Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)

Ответить

Опции темы Опции просмотра
Старый 23.06.2011 11:24   #1211  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Furqatingdin za'faron uzra to'karmen lolalar,
Lolalar ermaski, bag'rimdin erur pargolalar.

Dur tishingdin donayi sabrim qolur bebar, desam,
Kulub ayturkim, ekinning ofatidur jolalar.

Bargi gul uzra yopishibdur shakar har saridin,
Yo magar la'ling uza qaynabdurur tabxolalar.

Tola-tola nay o'qung ko'ksumda go'yo sindikim,
Tevruluptur notavon ko'nglumda bir-bir tolalar.

Fitnalik to'qquz falak girdingda, jono, turfadur,
Kim, ko'ruptur bir quyosh davrinda mundoq holalar.

Bordilar ahbobu men yig'larmen o'z ahvolima,
Korvondin qolg'an it yanglig'ki, qilg'ay nolalar.

Ko'hi g'am bo'ldi Navoiy, lolalar-gulgun sirishk,
Tog' agar budur, bale, ashk o'lg'usidur lolalar.

Hazrat Nizomiddin mir Alisher Navoiy

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 23.06.2011 в 11:36.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 23.06.2011 11:35   #1212  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Furqatingdin za'faron uzra to'karmen lolalar,
Lolalar ermaski, bag'rimdin erur pargolalar...

Hazrat Nizomiddin mir Alisher Navoiy
Ta'sirli g'azal. Uni o'qib ko'rib hazratning fikrlari naqadar teran va purma'no ekanligidan hayratlanadi kishi. Go'zal tashbehlar, ma'naviy va lafziy she'riy san'atlardan mohirona foydalanilgan. Birgina tamsil san'atini olaylik:

Цитата:
...Bordilar ahbobu men yig'larmen o'z ahvolima,
Korvondin qolg'an it yanglig'ki, qilg'ay nolalar...
"It hurar - karvon o'tar" degan maqol bor. Biroq bizning kunga kelib maqol o'z ma'nosini, mazmunini o'zgartirgan. Ushbu maqol ko'chma ma'noda qo'llaniladi. Maqol avvallari o'z ma'nosida qo'llanilgan, ya'ni hurayotgan it karvonning iti bo'lib u karvonnning o'tib ketayotganligini bildirib turgan. It hurayotganida odamlar, ha karvon o'tib ketayotgan ekan-da, deb o'ylashgan. "yanglig'" so'zining qo'llanilishi orqali tamsil san'atidan tashqari tashbeh san'ati ham qo'llanilishiga sabab bo'lgan.
Kecha uch soat mobaynida ushbu g'azalni tahlil qilibmiz-a
Ответить 
"+" от:
Старый 23.06.2011 11:49   #1213  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Kecha uch soat mobaynida ushbu g'azalni tahlil qilibmiz-a
Bir guruh shogirdlar ustoz olim Omonilla Madaevning suhbatlaridan bahramand bo'ldik. Ustozning yangi "Ozbek xalq og'zaki ijodi" kitoblari nashrdan chiqibdi.(4 oy bo'lib qoldi ).
Shunda Lutfiyning g'azalini maqol mavzusida berganlar. Bahs-munozaraning boshlanishiga ham kichkinagina "maqol" sabab bo'ldi.
Ответить 
"+" от:
Старый 23.06.2011 12:02   #1214  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Shunda Lutfiyning g'azalini maqol mavzusida berganlar. Bahs-munozaraning boshlanishiga ham kichkinagina "maqol" sabab bo'ldi.
G'azal tahlilini ushbu mavzuda keltirib o'tamiz.
Ответить 
"+" от:
Старый 27.06.2011 10:35   #1215  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
"It hurar - karvon o'tar" degan maqol bor. Biroq bizning kunga kelib maqol o'z ma'nosini, mazmunini o'zgartirgan. Ushbu maqol ko'chma ma'noda qo'llaniladi. Maqol avvallari o'z ma'nosida qo'llanilgan, ya'ni hurayotgan it karvonning iti bo'lib u karvonnning o'tib ketayotganligini bildirib turgan. It hurayotganida odamlar, ha karvon o'tib ketayotgan ekan-da, deb o'ylashgan. "yanglig'" so'zining qo'llanilishi orqali tamsil san'atidan tashqari tashbeh san'ati ham qo'llanilishiga sabab bo'lgan.
Yodimga tushdi, himoya paytida Zulxumor Xolmanova domlamiz siz keltirgan kitobdan o'qib aytgan ekanlar-da... Hayron bo'ldim o'shanda qayerdan tilshunos domlamiz bunday ajoyib misolni kashf etdilar deb Madayev ustoz tahlil qilib qo'ygan ekanlar-ku...

Juda go'zal tahlil bo'libdi, rahmat opajonim bundan bizni bahramand etganingiz uchun...
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
"+" от:
Старый 27.06.2011 10:41   #1216  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение

Zulxumor Xolmonovaning fikrlarini eshitib manba qidira boshladim. "Furqatingdin za'faron uzra to'karmen lolalar..." matla'li hazrat Navoiyning g'azallarida ushbu maqolga duch keldim va o'zimcha sharhlab ko'rdim. Madayev domlaning darsliklarida esa Lutfiyning "oyog'ingga tushar har lahza gisu..." g'azalining sharhi berilgan.

Mutashakkirman. G'azal tahlili sizga manzur bo'lganidan xursandman
Ответить 
"+" от:
Старый 27.06.2011 10:46   #1217  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Mutashakkirman. G'azal tahlili sizga manzur bo'lganidan xursandman
Albatta manzur bo'ldi. Menimcha bunday g'azallar sharhi va tahlilini yanada ko'paytirish kerak. O'quvchilargayam juda foydali bo'lardi.

Agar yangilaridan bo'lsa yana kutib qolamiz, shunday paytlarda meniyam bironta g'azalni ishlagim kelib ketadi Baribir o'zimizni mumtoz adabiyot boshqacha-da, nima dediz.... Estetikani hammasi shu mumtozda deb o'ylayman... boshqalarini bilmadim.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 27.06.2011 11:00   #1218  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Agar yangilaridan bo'lsa yana kutib qolamiz, shunday paytlarda meniyam bironta g'azalni ishlagim kelib ketadi Baribir o'zimizni mumtoz adabiyot boshqacha-da, nima dediz.... Estetikani hammasi shu mumtozda deb o'ylayman... boshqalarini bilmadim.
Kavsaroy!
"Furqatingdin za'faron uzra to'karmen lolalar..." g'azalini sharhlashni "O'zbek mumtoz adabiyoti" mavzusida sharhlashni boshlaylik unda.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 27.06.2011 11:19   #1219  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
Шоир Шавкат Раҳмоннинг "Сайланма" китобига киритилган шеърларидан

МУҲАББАТ

Муҳаббат — чиройли капалак,
қўрқаман шўрликни тутгани.
Капалак қувганим ёнимда,
ёдимда йўқ аммо етганим.

Юрагим ранжиган боладай
на эрмак, таскинга кўнади.
Муҳаббат — чиройли капалак,
ҳали ҳам гулларга қўнади.

Ортидан ҳаллослаб чопаман,
хижолат бўламан ғўрликдан —
қанчалик югурмай, барибир
орқада қолардим шўрликдан.

ФАРИШТАЛИ...

Чолу кампир
шошилмай салкам
бир асрни ҳам яшаб қўйишди.
Кунжарага, зоғора, патир,
томошага роса тўйишди.
Кампирини эшитмайди чол,
эшитмайди чолни кампири.
Бир-бирига суяниб қолган,
бири кетса,
йиқилар бири.
Лек кўзлари ҳамон кулади,
юзларида айланар зиё.
Бузилади дунё тасвири
чолу кампир бўлмаса гўё.
Ҳар нарсага қодир табиат
асрамагин бундай қаришдан!
Иккисининг кифтидан кетмас,
саксон йилдир
икки фаришта.

* * *

Кўп йиғлама,
оғрийди бошинг,
ахир бахтли бўлмоғимиз шарт.
Ёмон бўлар агар кўзёшинг
тугаб қолса, келгунича Бахт.

Кўзёшингни сочма тунларга.
асраб қўйгин яхши кунларга.
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
Старый 28.06.2011 19:46   #1220  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Лойимни узинг корган эсанг, мен на килай?
Шаклимни узинг чизган эсанг, мен на килай?
Х,ар яхши-ёмонки мен этарман, ё Раб,
Манглайга узинг ёзган эсанг, мен на килай

* * *
Шох тожими, хон зийнати — биз отгаймиз,
Дастору либосни най учун сотгаймиз.
Tасбехки, макр лашкарининг элчисидир,
Ногох уни хам май учун сотгаймиз

* * *
Бор эрди кулол дукони, кирдим бир гал,
Дастгох бошида кузагар ишларди жадал,
Курдимки, гадо илкию шох калласидан
Ул кузага бежирим буйин, даста ясар

У.Хайем.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Ответить

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»

Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх