|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#111 |
Осмон чўкиб қолди бу оқшом,
Юлдуз бўлиб ёғилди бир сас. Бир маҳалла нигоҳни кўрдим: Яшаш керак, севиш шарт эмас. Садоқатми? Кимга керак у?.. Беҳудадир кўз ёшнинг сели. Юлдуз бўлиб ёғилди бир сас: У бегона. У энди келин... Тўй — бу асли баджаҳл ота, Бахтли бўлсин қизим дегани. Уни сенга бермасман, бўтам, Тирик экан кўзим дегани. Осмон чўкиб қолди бу оқшом. Қонимда бир ғашлик ўрмалар. Мен оловга отарман энди, Юрагимни қийма-қиймалаб... Ёқа ушлаб қолсин кўрганлар, Оловларга отгум уни, бас. Ёниб кетсин чирсиллаб қалбим, Севиш керак... яшаш шарт эмас. Муҳаммад Юсуф
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 01.08.2011 в 15:25. |
|
|
Ответить |
![]() |
#113 |
Tanish terak. Ariq yoqasi.
Bo‘tana suv, shirin loyqa suv. Tol ko‘chada otlar taqasi... Kancha bo‘ldi ko‘rmaganimga. Yalpiz hidi tutgan dalalar, Gapga chechan bog‘chaxolalar, Belanchakda yotgan bolalar... Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga. Tog‘ ortidan mo‘ralagan kun, Shiyponlardan o‘rlagan tutun, Tut shoxiga osilgan tugun... Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga. O‘qariqdek yolg‘izoyoq yo‘l, Menga ilhaq, menga mushtoq yo‘l, O, qadrdon bir juft qadoqqo‘l, Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga. Yog‘och eshik ochilar sekin... Toshmehrman men juda, lekin Hozir yig‘lavorishim mumkin — Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga...
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#114 |
SAVOL
Hamma gaping to‘g‘ri, aflotun. Yerni chopish kerak, bo‘yash kerak romni. Tokni ko‘mish kerak kechikmay, lekin Nima qilsak ekan atomni?.. Kitob yozish kerak. To‘y qilish kerak. Suvash kerak kelin tushadigan tomni. Muolaja istab sanchib qo‘yar yurak, Nima qilsak ekan atomni. Dehqon bolalari o‘ynar xirmonda, Simga bog‘lab olib bir teshik jomni. Uchuvchi kuladi ko‘rib osmonda, Nima qilsak ekan atomni. Kulol ming asrlik gumbazni tiklar, Jarroh tiriltirar o‘lgan odamni. O‘rtoq matematiklar, O‘rtoq fiziklar, Nima qilsak ekan atomni? Hatto eng sevimli ayol quchog‘ida, Unutolmayman men gunoh-xatomni. Bir savol—xol bo‘lib yonar uning dudog‘ida: Nima qilsak ekan atomni?.. Beshiklarni quchib aylanadi Yer, Oqar yuzlaridan marjon-marjon ter. Nima qilsak ekan atomni, Nima kilsak ekan atomni?..
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#115 |
UCHRASHUV
Ana sevgim, Ko‘rib turib qaragim yo‘q. Uning menga, Mening unga keragim yo‘q... Bir yilda bir ko‘rishamiz, U gapirmas. Menda ham yo‘q zaboi, Bir so‘z so‘ragim yo‘q. Baxtliman deb U ham, mag‘rur, O‘tib ketar, Men ham xursand, Shodman — boshqa tilagim yo‘q. Bu yo‘l boshi paymon edi, Hijron endi. Armon endi, Armonga mo‘ltiragim yo‘q... Ketaversin, Bu dunyoda bir qizni deb, Har kuni bir Yig‘laydigan yuragim yo‘q.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) Последний раз редактировалось albatros; 14.10.2011 в 01:52. |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#116 |
Ko‘ngil shodligiga yo‘qdir nihoya,
Jonimni allalar tug‘ilgan yerim. Salom, ota makon va bedapoya — Olifta qizlarga yoqmagan she’rim!.. Sen o‘sha — o‘shasan, dilkashu mo‘min Dunyoni o‘ylaysan shudgorni kecha. Yuzingdan suv oqib tinmaydi bir kun, Ko‘zingdan arimas tashvish bir kecha. Men esa yashadim olisda bebosh, Tilla sirg‘alarning jarangi aro. O‘sdi, o‘saverdi yurak — xarsangtosh, Bolangga o‘xshamay turibman, qara. Kelaman bittalab terib loy yo‘ldan Oltin yoshligimning suratlarini... O‘rdaklar uchadi og‘rinib ko‘ldan, Oftobga tutgali ho‘l patlarini. Ko‘ngil shodligiga yo‘qdir nihoya, Endi qadring bildim tug‘ilgan yerim, Salom, yaydoq dala va g‘o‘zapoya — Olifta qizlarga yoqmagan she’rim!..
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#117 |
SODDA TILAK
Har kimning ham sochlariga oq tushsin, Ajin tushsin yuzlariga, dog‘ tushsin. Har kimning ham quvvat ketib belidan, Qo‘llariga aso — bir tayoq tushsin. Imoni sof yuzga kirib yorug‘ yuz, To‘ylar ko‘rib yelkasidan tog‘ tushsin. Va jismiga so‘nggi safar paytida O‘z bolasin qo‘lidan tuproq tushsin..
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
Ответить |
![]() |
#118 |
YUVOSH O‘G‘IL
Oxir borar joyim shu qora tuproq, Yotarman maysalar yopinib bir kun. Men seni o‘ylarman o‘zimdan ko‘proq, Mening yuvosh o‘g‘lim, salomat yurgin... Dunyoi dun nayranglarga to‘ladir, Tili boldan shirin do‘stlar bo‘ladir, Yurakdan chiqmagan so‘zlar bo‘ladir, Mening yuvosh o‘g‘lim salomat yurgin. Falakning qo‘ynida muzlari bordir, Uchqur yigitlari, qizlari bordir. Kaftingda ketmonning izlari bordir, Mening yuvosh o‘g‘lim, salomat yurgin. Tepangda charx urib qilib parvoz men, Bo‘lolmasman qalqon bahoru yoz men, Boshing toshdan bo‘lsin, deyman xolos men, Mening yuvosh o‘g‘lim, salomat yurgin. Suvlarning yuzida suzadi xaslar, Odamzod kimlarga qilmas havaslar... Og‘ir kunda yurtin sendaylar asrar — Mening yuvosh o‘g‘lim, salomat yurgin.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#119 |
Oy yuzidan nur yog‘di sim-sim,
Yur Muhammad, ketdik bu yerdan. Shirin tushlar ko‘rsin sevgilim, Yur Muhammad, ketdik bu yerdan. Biz ketsak yer kengayib qolar, Osmon ham sal enkayib qolar. Bir qora ko‘z jilmayib qolar... Yur Muhammad, ketdik bu yerdan. Na qildim ey, yuzlari zebo, Aybim ne, deb so‘rama aslo. Bu dunyo shundayin bevafo, Yur Muhammad, ketdik bu yerdan. Sevgi dilda yashnagan chechak, U biz bilan qayda yashasak. Ne qipti bir qizga yoqmasak?.. Yur Muhammad, ketdik bu yerdan.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#120 |
Hur o'lkam.
Sizga qanday, Bilmadim-u man Beshikdagi chaqaloqdayman. Do'stlar, Og'iz to'ldirib - Vatan Deya olmoq o'zi baxt ekan. Endi tilim chiqqanday go'yo, Endi yura boshlagandayman. Qo'lingni ber, Ey qadim dunyo - Ko'zga surgim kelar nonday, man. Vatan! Qanday sehrli kuysan, Poyingga jon tiksam arziydi. Sening uchun o'tlarda kuysam, Daryolarda cho'ksam arziydi! Yo'ling oqqa yo'yganimyo'ygan, Baxtiyorman qutlug' oningda. Qiyqirib man - Ko'krakka to'ygan Toychog'ingdek tursam yoningda... Sen engashib O'psang yuzimdan, Men ham senga tursam erkalab... Qora qoshim, qora ko'zimdan Sochimgacha o'zingga o'xshab! O'zbekoyim - mehribon onam, Beshiklaring farzandga to'lsin. Jannatlardan go'zal ey o'lkam, Istiqloling muborak bo'lsin. Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:46. Причина: offtop |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
|