|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#111 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Мени “бевафо” деб,
Айблама, гулим, “Меҳрингиз қаттиқ”,-деб Солма юзимга. Тошга қиёслама тирик вужудим, Тўр солма ҳар куни босган изимга. Ширин ўйларингни Қилма дастурхон, Бу таом туюлар Мисоли заққум. Кўзларингга қараб Эзилади жон, Сен-ла қололмайман. Йўқ бунга ҳаққим! Виждоним йўл қўймас, Қалбим қийналар. Дардим қанчалигин Билмайсан, гулим. Пичоқсиз сўйилар, Тиғсиз тирналар, Ипсиз осилади Нотавон дилим. Бўлди. Кетаяпман. Умидингни уз! Бир нарса тўсиқдир Пок ниятингга: Кўксимда илк севгим Яшайди ҳануз. Мен лойиқ эмасман Муҳаббатингга. Firdavs... 2008 yil, mart
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#112 |
TDIU
Talaba
Сообщений: 46
+ 25
23/14
– 0
3/1
![]() |
Agar odam bo`lsang gapimga tushin
Agar xudo bo`lsang menga yo`l ko`rsat Sevaman so`zini eshitmoq uchun Chorak umrim o`tdi hijronga ulfat Kimga aka, kimga birodar bo`lmoq Qismatim ruxsat ber etayin barchin Birovga do`st bo`lib, mehrga to`lmoq Eng go`zal, eng aziz xislatdir garchi Akalik jo`ralik tegdi jonimga Gohida tirilib goho berib jon Yakka-yu yolg`izing bo`lib yoningda Yashagim kelyapti besharaf, beshon Birovlarning g`amdan egik boshini Silashdan qo`llarim shol bo`ldi,toldi Bugun sen arta qol ko`zda yoshimni Bugun mening boshim egilib qoldi Yulduzlar porlagan shu osmon haqqi Ona zamin haqqi qasam ichaman Sen mening bag`rimda birgina balqi Istasang she`rimda kechaman Sevaman so`zini eshitmoq uchun Turibman yoningda kutib shu fursat g`aribman, ojizman gapimga tushun Xudo ekanimni olamga ko`rsat |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#113 |
![]() |
TUNDA
Tun. Olamni qoplagan butkul, G'animlarning qora niyati. Milt-milt etar o'chishdan qo'rqib Odamlarning pok oriyati. Sitamlarga boshimni qo'yib, Alam uzra yotarman behol, Xayolimni qoplaydi kulfat, Dardni quvish keladi malol. Kecha - armon, erta-chi - gumon, Bugun yolg'on, aqlim lol hayron. Men kulfatdan qochayin desam, Ayni zamon, oqibat yomon. Burchga qo'shib, unutdim o'zni, Bir zum darddan yiroqda bo'lib. So'ng anduhni sirtdan yashirdim, Kulganlarning ustidan kulib. Javlon Abdullo - Kechikkan bahor |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#114 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Birovning qaddini tiklash-chun
O’z qadring tuproqqa tenglama, Ko’nglingni asragin bus-butun, Sen uni osmonday keng dema. Yog’dular sochilar tinimsiz Ochilsa muhabbat daftari. Ko’kdagi bir dardday ko’rimsiz Tuyular dunyoning dardlari. Goh daryo ko’nglingga qil sig’may Bir qatim nur tushsa o’t ketar. Kichrayar hech kimga bildirmay- Quyunday yoprilsa xavf-xatar. Birovning qaddini tiklash-chun Yiqilgan kunlarim ertakmas. Ololsam-olaman bus-butun- Menga ham yarim dil kerakmas. Yo’lingda kamonday egilgan Dardlarni ichingga yutmagin. O’zini ardoqlay bilmagan Ko’ngildan ro’shnolik kutmagin! Zamira Egamberdiyeva |
|
Ответить |
![]() |
#116 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et. Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan muhabbat ixtiyor et. Uzor-u qaddu raftoringni ko’rsat, Chaman sarv-u gulini sharmsor et. Labi maxmurdurmen jomi may tut, Karam qil, soqiyo, daf’i xumor et. Analhaq mojarosin aylading fosh, Kel, ey Mansur, istiqboli dor et. Duri ashku aqiqu xuni dilni Kelur yoring ayoqiga nisor et. Kuyub, ey Nodira, olam eliga Muhabbat shevasini oshkor et. Nodirabegim |
|
Ответить |
![]() |
#117 |
![]() |
QILOLMASSAN
Tiriklik chog'ida qilgin vafo so'ngra qilolmassan Elingni qilgin o'zingdan rizo so'ngra qilolmassan G'animat har nafas hurmat bilan umringni hurram qil O'tib ketgay oto bilan ona so'ngra topolmassan. Belingda quvvating borda bir maqsadga intilgan Qilay desang olib qo'lga aso so'ngra topolmassan. Har ishni qilgil vaqtida fursat o'tkazib qo'ymay Umr so'ng qisqa olis muddao so'ngra qilolmassan. Jarohit katta bo'lmay chorasin izla avvaldin Tabibsiz dardingga davo so'ngra topolmassan qo'lingda ixtiyoring borida sho'xi shahovat qil Yoqangdan bir kun qazo so'ngra qilolmassan Kamoliddin Rahimov qo'shig'i |
|
Ответить |
![]() |
#118 |
159 maktab
o`quvchi
Сообщений: 79
+ 22
30/23
– 0
0/0
![]() |
Necha kunki yo`q oromim
kelolmayman hushimga Kechalari onajonim Kirib chiqar tushimga Qo`llarida oq yelpig`ich Oy nurida yaltirar Onajonim imlab meni Qoshlariga chaqirar. Последний раз редактировалось Sanjarbek Rizoqulov; 09.04.2008 в 18:06. |
|
Ответить |
![]() |
#119 |
![]() |
Ra'no dedim o'zingni - guldan baloga qoldim,
Shakkar dedim so'zingni - boldan baloga qoldim. Qaddingga havaslansa, sindirma sanobarni, "Chumoli" deb belingni, qildan baloga qoldim. Tun qo'ynida ko'rinmas qaldirg'och qarolari, So'rmay-so'rib labingni, tildan baloga qoldim. Bir so'z bilan yutildim - tutildi olov jonga, Tilim qilgan gunohga dildan baloga qoldim. Cho'lponlaring suydurgi, hijronlaring kuydurgi, Ashkimni erkalatsam, seldan baloga qoldim. Javob qilmas sanamlar, savob bilmas sanamlar, Ishq yo'llarin o'ng topib, so'ldan baloga qoldim. Yillar yildan yiroqlab, eslanarmu Mug'anniy, "Barcha bir - sen bir yon" deb, eldan baloga qoldim. |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
|