|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
|
|
#1 |
![]() |
Ўғлим
Инсон қадр деб билган одамга ўхшаб ўғлим, Ўксик дилим қил баланд отамга ўхшаб ўғлим. Дўсту-душман олдида кўтариб қўйгин кўнглим, Отанг умиди сендан отамга ўхшаб ўғлим, Яхши-ёмон кунимга мен-ку чидадим, кўндим, Отамдек ет қадримга отамга ўхшаб ўғлим... Ким бўлсанг хам халол бўл сендадир манинг йўлим, Қон-занжиринг тоза бил отамга ўхшаб ўғлим, Инсон қадар деб билган одамга ўхшаб ўғлим, Ўксик дилим қил баланд отамга ўхшаб ўғлим... Отамдек тушунмаган мени қалбимни хеч ким, Хеч кимим йўқ биласан отамга ўхшаб ўғлим, Яхши ниятла сенга отам исмини қўйдим, Отамни қайтар менга отамга ўхшаб ўғлим... Дўстдан қарзга бериб узилиб кетди қўлим, Кул бўлдим куявериб отамга ўхшаб ўғлим, Номардан олмагин қасд, дегин Худога солдим Пастларга кетмагин паст отамга ўхшаб ўғлим, Отам ният қилгандек муносиб яша ўғлим Юртга тиргак бўлгандек отамга ўхша ўғлим. Инсон қадр деб билган одамга ўхшаб ўғлим, Ўксик дилим қил баланд отамга ўхшаб ўғлим... (муаллифи кимлигини билмайман, О. Назарбеков куйи) Последний раз редактировалось Kahramon Jalilov; 21.05.2011 в 18:49. |
|
|
Ответить |
|
|
#2 |
|
O'n olti daqiqa ichida xullas
Aytib ulguribman barcha sirlarim Gulim ham jimgina meni eshitib - Sojida sen haliyam go'daksan dedi To'g'risi men unga hazillashmovdim Aytgan gaplarimni bari rost edi. Eh yurak, yurakjon. Devona yurak. Aqlning oldida uyatga qolding Uyqum kelmayapdi uni kutayapman Qizlarni buncha ko'p kutmagan edim So'zlarni buncha ko'p kutmagan edim Nahotki dunyodan uyg'oq utayapaman MB
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|
|
|
Ответить |
|
|
#3 |
|
Bu olamni yaratgan,
Yolg'iz Ollohdir. Yeru-osmon, tog'u-tosh Bunga guvohdir. Xoxi dexqon ho olim, xoxi podishohdir. Tanimasa Ollohni Nodon gumrohdir. Holih yaratguvchimdan, Kimki ogohdir Tanimasa Ollohni, Nodon gumrohdir. MB
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|
|
|
Ответить |
|
|
#5 |
|
BARAKAGA TO’LSIN UYINGIZ
Onalar, opalar, singillar, Muborak bo‘lsin bu to‘yingiz. O’zbekcha aytganda, har doim Barakaga to‘lsin uyingiz. Onalar, opalar, singillar, Shodlikka jo‘r bo‘lsin kuyingiz. Faqat bolalarning baxtini o‘ylab, Kechar bo‘lsin ezgu o‘yingiz. Onalar, opalar, singillar, Hayotning shavqini tuyingiz. Vatanni jondan ham ortiqroq, Allohim qadarli suyingiz. Onalar, opalar, singillar, She’rimni faxrga yo‘yingiz. Bir do‘stim degandi so‘nggi dam, Onamning yoniga qo‘yingiz... MB
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|
|
|
Ответить |
|
|
#6 |
|
OTA DUOSI
O’g‘lim so‘ramasman sendan mol-dunyo, Uy ham qurib berma, mayli, alomat. Mayli, ko‘zlarimga bo‘lmagil ziyo, Yonimda yursang bas sog‘u salomat. Mayli, ko‘tarmagil meni yelkangda, Qalqon ham bo‘lmagil yog‘sa malomat. Bir kuni yostiqqa boshim tekkanda, Tepamda tursang bas sog‘u salomat. MB
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|
|
|
Ответить |
|
|
#7 |
|
ONAga talpinib...
Bir mehring olamni to'ldirib turar, Bag’ringdan hayotga talpinib keldim. Bir dunyo bolalik sho’xliklarimni, Onajon, qoshingga etaklab keldim… Kitobni ushlatib, maktabga eltding, Maktabdan har kuni uy tomon yeldim. Gohida bir maqtov, gohida tanbeh, Onajon, qarshingga yetaklab keldim… Faxr-la, g’urur-la oq yo’l tilading, Ilm deb eng katta shaharga keldim. Har safar “Dunyoda sendan ulug’ zot, Onajon, also yo’q!”, demak-la keldim... Fashishtalar kurashib, qo’ldan ayrildim, Afg’onda oyoqning qadrini bildim. Bir nidong doimo chorladi meni - Onajon, huzringga emaklab keldim… MB
__________________
JAVOBLAR.UZ Последний раз редактировалось Hero; 27.05.2011 в 08:40. Причина: Imloviy hato |
|
|
|
Ответить |
| Реклама и уведомления | |
|
|
#8 |
|
Ko'ringan guyohdan ifor izlama,
Shabnamga termulib g'ubor izlama, O'ziga yukunib yig'lasang goh-goh, Nasibang berguvchi Olloh bor ,Olloh Tiriksan ,tugamas sira armoning, Mehnating,tuzingdan topgan darmoning, Gullab ketmasa bas tilda yolg'oning, O'zingni o'zingdan etolsang ogoh Seni qo'llaguvchi Olloh bor ,Olloh Odamzod azaldan tomoshaga o'ch, Yo'bars yo'llaringda har kun kelmas duch, Himoyaga topsang vujudingda kuch, O'zing o'zgalarga qazimasang choh, Seni asraguvchi Olloh bor Olloh. Kunduz quyosh ,oqshomda oy arzanda, Yo'lga yarashasan yursang Vatanda, Nogoh chaqib olsa bitta gazanda, Dod solma, axir bor boshingda panoh, Shifoni berguvchi Olloh bor Olloh. Kelibsan ayo do'st ,ketishdan qo'rqma, Bobong o'tgan yo'ldan o'tishdan qo'rqma, Mangu makoningga etishdan qo'rqma, dildan chiqsa LA ILAHA ILLALLOH, Bandamsan deguvchi OLLOH bor OLLOH. Mahmud Toir qalamiga mansub.
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|
|
|
Ответить |
|
|
#9 |
|
Boshingda nima bor?
-Toji davlat. Ko´zingda nima bor? -Nuri Muhammad. Tilingda nima bor? -Kalomi shahodat. Qulog´ingda nima bor? -Azon-u qomat. Burningda nima bor? -Bo´yi Muhammad. Qo´lingda nima bor? -Hayr-u sahovat. Belingda nima bor? -Kamari xizmat. Tizzangda nima bor? -Hurmat-u izzat. Qalbingada nima bor? -Alloxga muhabbat.
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|