|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#1121 |
Бахор
Қахратон совуқдан чарчаган ерлар Орзиқиб кутяпти кўклам бахорни Қиш ўрнин сира хам бермайман дейди Бахорим қайдасан дарак бер энди Қўрқманг майсалар кўтаринг бош Бошигиз силайди кўкдаги қуёш Қушлар хам бошлашар бахор қўшиғини Сойларнинг сувлари уларга йўлдош МБ
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|
|
Ответить |
![]() |
#1122 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
***
Осмон ўша… Қадимий осмон… Юлдузлар ҳам ёнар тўкилмай… Одам бўлмас ҳеч ким ҳеч қачон Буюк Қуръон сўзин ўқимай!.. Гарчи каждир чарх – Бордир омон У айланар азал шу йўсин… Одам бўлмас ҳеч ким ҳеч қачон Навоийнинг ўқимай сўзин!.. Ер айланиб турар ҳар қалай Кўтарганча инсон зотини Одам бўлмас ҳеч ким ўқимай Мавлононинг Куллиётини!.. … Сўз ўлмайди! Ўлдириб бўлмас!.. Сўз жони ҳам Оллоҳ қўлида!.. Асқар Маҳкам |
|
Ответить |
![]() |
#1124 |
GO`ZALLIK MOHIYATI
Bir kun tangriga shundoq, savol qildi go`zallik: «Nega meni etmading mangulik va azallik?» U shunday javob berdi: «Olam bir suratxona, Tun bilan kun bo`lmasa — xayot o`zi afsona. Borliq, axir har lahza o`zgarishdan iborat, Odamzodni band etar — neki bo`lsa omonat». Oy bu so`zni tinglagach, g`amgin bo`ldi, bo`zladi, O`z dardini tongotar yulduziga so`zladi. Zuhro tongga so`yladi, tong so`yladi shabnamga, Bu nidodan g`amginlik, sukut cho`kdi olamga. Gul yoqasin chok etib, asta egdi boshini, G`uncha barri kon bo`ldi, shabnam to`kdi yoshini. Chamanlarni tark etdi armon bilan gul ko`klam, Ketdi gulshanga shodlik izlab kelgan yoshlik ham. Muhammad Iqbol(Hind shoiri) Erkin Vohidov tarjimasi
|
|
|
Ответить |
![]() |
#1125 | ||
BAHOR KELDI SENI SO’ROQLAB
Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor. Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor. Qancha sevar eding, bag’rim, bahorni, O’rik gullarining eding maftuni. Har uyg’ongan kurtak, hayot bergan kabi Ko’zlaringga surtib o’parding uni. Mana qimmatligim, yana bahor kelib, Seni izlab yurdi, kezdi sarsari. Qishning yoqasidan tutib so’radi seni, Ul ham yosh to’kdi-yu, chekildi nari. Seni izlar ekan, bo’lib shabboda, Sen yurgan bog’larni qidirib chiqdi. Yozib ko’rsatay deb husn-ko’rkini, Yashil qirg’oqlarni qidirib chiqdi. Topmay sabri tugab bo’ron bo’ldi-yu, Jarliklarga olib ketdi boshini. Farhod tog'laridan daraging izlab, Soylarga qulatdi tog'ning toshini. So’ngra jilo bo'lib kirdi yotog'imga, Hulkar va Omonning o'pdi yuzidan. Singib yosh kuydirgan zafar yonog’imga Sekin xabar berdi menga o'zidan. Lekin yotog'imda seni topolmay, Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib. Yana yel bo'ldi-yu, kezib sarsari, Mendan so'ray ketdi qalbimni tilib: «Qani men kelganda kulib qarshilab, Qo'shig'i mavjlanib bir daryo oqqan? «Baxtim bormi deya», yakkash so'roqlab Meni she'rga o'rab suqlanib boqqan? O'rik gullariga to'nmaydi nega Yelda hilpiratib jingala sochin? Nega men keltirgan sho'x na'shidaga Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin? Qani o'sha kuychi, xayolchan yigit? Nechun ko'zingda yosh, turib qolding lol. Nechun qora libos, sochlaringda oq, Nechun bu ko'klamda sen parishonhol?» Qanday javob aytay, loldir tillarim, Baridan tutdim-u, ketdim qoshingga. U ham gaming bilan kezdi aftoda, Boqib turolmayin qabring toshiga. Alamdan tutoqib daraxtga ko'chdi, Kurtakni uyg'otib so'yladi g'amnok. Sening yoding bilan yelib beqaror, Gullar g'unchasini etdi chok-chok. Gul-u rayhonlarning taraldi atri, Samoni qopladi mayin bir qo'shiq. Bu qo'shiq naqadar oshno, yaqin, Naqadar hayotbaxsh, otashga to'liq. Bahorgi burkangan sen sevgan elda, Ovozing yangradi jo'shqin zabardast. O'lmagan ekansan, jonim, sen hayot, Men ham hali sensiz olmadim nafas. Zulfiya |
|||
|
Ответить |
![]() |
#1126 |
Nechun kelmading...???
Nechun kelmading...??? Seni kutdim, kutdim ko’p uzoq Yo’llaringga ko’zlarim mushtoq Kelishingdan aylabon ogoh Bevafo yor nechun kelmading? Yuragimni qilding ming pora Nechun ko’ngling bo’ldi qop-qora Topildimi sevgiga chora Bevafo yor nechun kelmading? Va’dangga sen vafo qilmading Senga bo’lgan sevgim bilmading Yuragimni yondirib o’tda Bevafo yor nechun kelmading? Yuragingda bormi o’zga yor U bo’larmi senga vafodor? Qora tunlar o’tdiku bedor Bevafo yor nechun kelmading? Kutib, kutib toldi ko’zlarim Armon bo’lib qoldi soz’larim Pinhon yotar dilda bo’zlarim Bevafo yor nechun kelmading? MB
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|
|
Ответить |
![]() |
#1127 |
Ikki qalb
O’tsa umr yo’llarim ham Etmasa har yo’llarim ham Tutmasa gar qo’llarim ham Sevaman bari-bir sevaman Oshsahamki yuzdan yoshim Tinmasa bu ko’zda yoshim Ishqdan aylansa bu boshim Sevaman bari-bir sevaman Kunda tunim kulmasaham ham Tunda tinchim bo’masa ham Hatto bahtim kulmasaham Sevaman bari-bir sevaman MB
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#1128 |
Dunyo
Dunyoning ishlari ko'p qiziq ekan: Adog'siz yo'li ko'p, kutganing - sarob. Yo'qtirgan kishingning xayoli boshqa. Necha kishi bu yoqda seni deb sarson. Qadaming kutarlar, so'zingga ilxaq. Sen deb o'tga-cho'qqa urarlar o'zin... Qalbingda ularga BAXT tilasang-da, O'shal olis yulduz kuydirar ko'zing... Bugun asta bordim yoningga... Mahkam quchib oldi o'tmishlar. Istagancha so'roqqa tutdim, Qochdi qo'rqib bizdan mish-mishlar... Tobora keng bo'lardi o'yim, Nigohingdan o'sardi bo'yim. Baxtimizni tarannum etdi Sen-chun atay to'qigan kuyim. Tun bilan bir tarqadi bari - Tushim ekan, orzularga boy. Intilganim og'ushi tomon Qoldi menga baxtdan kuyuk joy MB
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|
|
Ответить |
![]() |
#1129 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
Онамнинг калишлари
Бунча ҳам қаттиқ экан Қисматнинг болишлари. Кўз олдимдан кетмас ҳеч Онамнинг калишлари. Улар остонасида Турар бир жуфт абгордай Кўзимга бутун дунё Кўринади айбдордай. Яшайдирман гарчи қўл, Юзларини соғиниб. Калишлари дахлизда Тураверар оғриниб. Дардимни яширгайман Онам ҳолим сўрганда. Калишлари ва лекин Барин билиб тургандай. Гарчи тилсиз забонсиз, Ҳомуш беозордайлар. Бор дарду ҳижронимдан Улар хабардордайлар. Онамнинг кўз ёшидан Бўлса болишлари нам. Назаримда кечалар Йиғлар калишлари ҳам. Улар ҳам гўё мени, Ўртаниб ўйлагайлар. Бахту бахтсизлигимдан Қиссалар сўйлагайлар. Соғинчнинг деворлари, Ёмғирларда емирилгай, Улар ҳам онам каби Йўлларимга термулгай. Мол йиғмадим мен аммо, Сув сўрганга сой бердим. Бир кўнглим бор эди лек, Мен уни ҳам бой бердим. Бу дунёда ниҳоят Бир ҳикматни илғадим. Калишларни юзимга Босиб келар йиғлагим. Онамнинг калишлари... Бир умрлик қарзимдай. Патакларин кўзимга, Суртиб ўлсам арзигай. Сирожиддин Саййид |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#1130 |
ОНАМГА
Она бугун билдим қадрингиз, Хар лахза ўтказган андухларингиз. Достонлар битмакка арзир сабрингиз, Хеч хам унутмасман ширин сўзингиз, Онажон, сиз томон талпинар қалбим, Хамон болаларча сизни қумсайдир. Қилган дуонгиздан ёришгай йулим, Кўнийди, мен сизни хар кун курсайдим. МБ
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|
|
Ответить |
|