Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 16.10.2010 17:49   #1  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Yashashdan maqsad nima?

Assalomu alaykum hurmatli uForumdoshlar!
Menimcha, har bir inson o'ziga bu savolni qo'yadi, ammo bu savolga hamma har xil javob topadi. Keling, bu borada fikr va mulohazalarimizni jamlab olaylik.

P.S. Hammadan iltimos, bir birimizning qarashlarimizga, fikr va mulohazalarimizga hurmat bilan yondoshaylik, ularni kamsitmaylik. Suxbat davomida shunga e'tibor bersangiz! Rahmat!
Ответить 
3 "+" от:
Старый 16.10.2010 18:34   #2  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Abdulaziz Muhammad Посмотреть сообщение
Yashashdan maqsad nima?
Juda qiyin savol. "Haqiqat nima?" deganga o'xshash. Shunchaki hayot tarzi yoki dunyo tashvishlarini maqsad deb hisoblamagan bo'lardim.. lekin hammada har xil maqsad bo'ladi.

Kimdir yeyish uchun yashasa, kimdir yashash uchun oziqlanadi. Agar birinchisi maqsadga ko'tarilsa, bu tubanlik bo'lib qoladi. Dunyoning boshqa tashvishlari ham xuddi shunga o'xshaydi. (ovqatlanish - bir misol edi)
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
"+" от:
Старый 22.10.2010 02:26   #3  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Abdulaziz Muhammad Посмотреть сообщение
Yashashdan maqsad nima?
Juda qiyin savol."Haqiqat nima?" deganga o'xshash. Shunchaki hayot tarzi yoki dunyo tashvishlarini maqsad deb hisoblamagan bo'lardim.. lekin hammada har xil maqsad bo'ladi.

Kimdir yeyish uchun yashasa, kimdir yashash uchun oziqlanadi. Agar birinchisi maqsadga ko'tarilsa, bu tubanlik bo'lib qoladi. Dunyoning boshqa tashvishlari ham xuddi shunga o'xshaydi. (ovqatlanish - bir misol edi)
Salom Kavsar!
Menimcha, juda muxim bir fikrni keltirdingiz. Shunchaki qaralsa, murakkabligi bo'yicha o'xshash savol keltirdingiz deyish mumkin. Ammo, Siz keltirgan savol hayotdagi oliy maqsadimizni bermasmikan? ''Haqiqat nima?'', - aynan shu savol insoniyat uchun juda, qolaversa eng muxim savol emasmikan? Hayotdagi maqsadimiz haqiqatni izlash, uni topish emasmi? Hayot qing'ir qiyshiq, baland pastlikdan iborat deymiz. Ishimiz yurishmaganda xursinamiz, ranjimiz, erinsak uf tortamiz, biror yaqinimizni yo'qotsak o'ksinamiz, bag'rimiz tilka pora bo'ladi. Nega hayot shunday deb o'zimizga savol beramiz. Nega oyning o'n beshi yorug', o'n beshi esa qorong'u, nega 30 kuni yorug' bo'la olmaydi deb nolimiz.

Shu savollarga har birimiz o'zimizcha javob beramiz va bergan javoblarimizga o'zimizni o'zimiz ishontirib, ko'nglimizni go'yoki xotirjam qilamizda, hayotimizni davom ettiramiz. Ammo, nimadir baribir yetishmaydi, ya'ni aniqlik. Demak, bergan javoblarimiz bizga aniqlik xissini bermaydi. Ba'zida, -''haqiqat qo'qqisdan chiqib bizni kutib oladi, qidirganlar shu paytgacha topgan bo'lar edi, uni axtarishni keragi yo'q, u o'z oqimi bilan kelib chiqadi, bir kuni unga erishamiz, biz bo'lmasak, bizning farzandlarimiz, ular bo'lmasa, ularning farzandlari unga erishadilar, bizning vazifa shu hayotni bir ammalab kechirib o'tish, insoniyat deb nomlanuvchi uzun va katta zanjirni davom ettirish'', -degan fikrlar ham uchrab turadi. Menimcha, mana shunday yondoshish, insoniyatni na poklikka, na uning ma'naviyatining yuksalishiga va na kamolotga olib boradi. Aksincha, bu tarqoqlikka, qoloqlikka olib keladi. Nazarimda, kishining erinchog'ligidan bu.

Fikrimcha, haqiqatni bilish uchun, unga erishish uchun doimiy harakatda bo'lishimiz kerak. Buni yo'li - janjal, birovning ustidan baland kelish, yoki boylik orttirish emas, balki, avvalo va doimiy ravishda bilimga, bilishga, o'rganishga intilishimiz kerak. Hayotga bir tomonlama emas, har tomonidan qara olishimiz kerak. Shundagina biz tarozining ikki pallasini ko'ra olamiz va ishlata olamiz.

Bizning halq bilimga bo'lgan qiziqishni yo'qotgan, savodsizlik ko'paygan degan gaplar gapirilyapti. Agar shu gaplar rost bo'lsa, demak, biz haqiqatdan uzoqlashyapmiz. Moddiy boylik yig'ishga vaqt ajratamiz, unga jon jahtimiz bilan kurashamiz, ammo ma'naviy boyligimizni yanada boyitishga vaqt topa olmaymiz, erinchog'lik qilamiz, bor bilimimiz o'zimizga yetarli deb o'zimizni o'zimiz chegaralaymiz.

Allohga shukurlarkim, dini Islom yurtda, halqda, oilada tug'ilib katta bo'libman. Allohning sifatlarini o'rgangan, tushungan, bilgan inson bu sifatlar ezgulikning, va shu ezgulikka tayangan kuch qudratning va adolatning eng yuqori saviyasi, oliy nuqtasi ekanligini tushunadi. Demak, Alloh bizga O'zining keltirayotgan sifatlari orqali O'zining biz insonlardan ustunligini ko'z ko'z qilish uchun emas, balki yaxshilik va yomonlik, to'g'ri va noto'g'rini ajratib berayotganini, va shu yo'la bizlarga haqiqiy ibrat manbasini keltirayotganini ko'rishimiz mumkin. Biz hayot yo'limizda yuzimizni shu yuqori saviya, shu oliy nuqta, ya'ni shu sifatlarga qaratib olmasak, ulardan to'liq ibrat olib yashamasak, - izlayotgan haqiqatimizga erishish uyoqda tursin, yoniga yaqin yo'lamaymiz.

Bu borada fikrlarimizni o'rtaga qo'yishlik, jamlashlik va ularga ratsional va ob'yektiv tanqid bilan yondoshishlik biz izlagan savollarga mustahkam, mukammal va o'lchangan javob topishda juda katta yordam bo'ladi degan fikrdaman!

Yuqoridagi fikrlarga Siz (Forumdoshlar) qanday qaraysiz? Iltimos, fikrlaringizni bildirsangiz? Barchangizga tashakkurlar bo'lsin!
Ответить 
3 "+" от:
Старый 22.10.2010 13:23   #4  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Abdulaziz Muhammad Посмотреть сообщение
''Haqiqat nima?'', - aynan shu savol insoniyat uchun juda, qolaversa eng muxim savol emasmikan? Hayotdagi maqsadimiz haqiqatni izlash, uni topish emasmi?
Assalomu alaykum,
hurmatli Abdulaziz aka Muhammad!

Haq gapni aytdingiz, maqsad aslida shu bo'lishi kerak. Lekin har bir inson o'zi uchun turli haqiqatni topadi.Aslida haqiqat bitta narsa bo'lishi kerak. (ojiz fikrimcha)
"Haqiqat nima?" degan savolga esa mana bu ( http://www.uzislam.com/News/article/sid=17.html ) linkda ma'lumot bor. Kitobda bu savolga javob berishga harakat qilingan.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy

Последний раз редактировалось Kavsar; 22.10.2010 в 13:37.
Ответить 
"+" от:
Старый 26.10.2010 21:24   #5  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Abdulaziz Muhammad Посмотреть сообщение
''Haqiqat nima?'', - aynan shu savol insoniyat uchun juda, qolaversa eng muxim savol emasmikan? Hayotdagi maqsadimiz haqiqatni izlash, uni topish emasmi?
Assalomu alaykum,
hurmatli Abdulaziz aka Muhammad!

Haq gapni aytdingiz, maqsad aslida shu bo'lishi kerak. Lekin har bir inson o'zi uchun turli haqiqatni topadi.Aslida haqiqat bitta narsa bo'lishi kerak. (ojiz fikrimcha)
"Haqiqat nima?" degan savolga esa mana bu ( http://www.uzislam.com/News/article/sid=17.html ) linkda ma'lumot bor. Kitobda bu savolga javob berishga harakat qilingan.
Salom Kavsar!

Haqiqatni menimcha barchamiz izlaymiz, ammo o'zimizga bilinmagan, odatiy holda amalga oshiramiz. Biror bir amalni (nima bo'lishidan qat'iy nazar) bajarib bo'lib, bajarayotgan paytda, yoki bajarishdan avval uning to'gri yoki noto'g'ri ekanligi ustida o'ylanamiz, shu amalning mazmuni, moxiyati va yaqin-uzoq oqibatlari haqida fikr yuritamiz.

Har bir insonning bu usulda qurib olgan fikri, iqtirozi, taklifi boshqa insonnikidan farq qilishi mumkin, qolaversa, unga qarama qarshi bo'lishi mumkin.

Bugungi kunda ma'lum bir narsaning haqiqat standartini olishida, tarix davomida ko'pchilikning shu narsa borasida umumfikrlikka kelishi natijasida erishilgan.

Misol uchun: 2+2=4; Inson suvsiz yoki kislorodsiz yashay olmaydi; Bolani ayol tug'adi; ko'mirning rangi qora; paxtaning rangi oq va h.k.

Demak, haqiqat deb ko'zimiz ilg'agan, mantiqan to'g'ri (ya'ni, berilgan javobdan ko'ra boshqa javoblar mantiqan noto'g'riligi), umumfikrlik natijasida erishilgan holatni, tushunchani aytishimiz mumkin.

Ba'zida, haqiqat deb tushunib kelgan narsalarimiz, ilmiy tarafdan olib qaralsa tushunib olgan haqiqatimizga teskari bo'lib chiqishi mumkin. Bu albatta ilmiy-falsafiy qarashlar.

Misol uchun:

''Osmon - ko'm-ko'k''
''Osmon - moviy rang''
deb aytamiz. Va bu fikrga ko'pchiligimiz qo'shilamiz.

Aslida esa, ilmiy nuqtai nazardan qarasak, osmonimiz rangsiz gazlardan tarkib topganligini tushunamiz.

Demak, ko'zimiz ilg'agan haqiqatdan tashqari, shu haqiqatni rad etuvchi va asoslab beruvchi boshqa haqiqatlar ham bor ekan.
Ответить 
"+" от:
Старый 16.10.2010 19:17   #6  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Yashashdan maqsad...

Bu hayotda har kimni o'z o'rni bor, shunday emasmi?
Shuningdek har kimni har hil maqsadi bo'ladi.
Maqsadni men inson erishishi mumkin bo'lgan orzusi deb tushunaman.
Men maqsad qilganman (Allohdan so'rayman) Allohni qaytarganidan qaytuvchi buyurganini bajaruvchi, so'lih va soliha farzabdlar tarbiyalashni
Hasibamni halolidan, qilishlikni.
Berganiga shukronalik keltirishni.
Allohim o'zi shu kunlarga yetqazgay?
Aytaversam ko'p...
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Ответить 
"+" от:
Старый 17.10.2010 16:46   #7  
Аватар для starter
Оффлайн
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123  44/21
– 10  9/8

Uzbekistan
Yashashdan maqsadim dunyo xalqlarining eng mazali taomlaridan yeb ko'rish, bir amallab qimmatbaho metallarga ega bo'lish, vaqtni maroqli va qiziqarli o'tkazish va hokazo.
Ответить 
"–" от:
Реклама и уведомления
Старый 17.10.2010 21:28   #8  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Yashashdan maqsadim dunyo xalqlarining eng mazali taomlaridan yeb ko'rish, bir amallab qimmatbaho metallarga ega bo'lish, vaqtni maroqli va qiziqarli o'tkazish va hokazo.
Maqsadlaringizga albatta erishing.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 17.10.2010 16:58   #9  
Аватар для Husniddin
Оффлайн
редакция
корреспондент
Сообщений: 55
+ 5  15/11
– 0  2/1

Uzbekistan
Har bir insonda Yashashdan maqsad bu dunyoda nom qoldirish kerak. Inson shundagina abadiy hayotga erishadi
Ответить 
Старый 17.10.2010 17:53   #10  
Аватар для starter
Оффлайн
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123  44/21
– 10  9/8

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Husniddin Посмотреть сообщение
Har bir insonda Yashashdan maqsad bu dunyoda nom qoldirish kerak.
Bu noto'g'ri.
Цитата:
Сообщение от Husniddin Посмотреть сообщение
Inson shundagina abadiy hayotga erishadi
"Abadiy hayot" ning nima foydasi bor? Misolda tushuntiring. Ikkinchi signal sistemam yaxshi rivojlanmagan, umumiy, falsafiy gaplarni misolsiz tushunmayman.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх