|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#1071 |
ONA DUOSI
Biring ikki bo‘lsin nima ushlasang, Yo‘llaring oq bo‘lsin tog‘lar qoricha. Sen yorug‘ dunyoda tinch yurar bo‘lsang, Men duo qilarman umrim boricha. Ko‘zingda ko‘rmasam alam ranjini, Boshingda ko‘rmasam tumonot savdo. Olib bermasang ham olam ganjini, Sendan onaginang rizodur, rizo! Hayoting bema’no tuyulsa, bolam, Qorong‘u ko‘rinsa bu ko‘hna dunyo. Ketsin deb qalbingdan yer yutkur alam, Yorishsin dunyo deb aylarman duo. Yuraging qisilsa takroru takror, Kenglikka chiqqin-da, aytgin sho‘x o‘lan, Bu ham hasratingta kelmasa bakor, Ko‘nglingni bo‘shatgin she’r yozmoq bilan. Qadim ertaklarni tinglash sozdir xo‘p, Oltin umrlarni unda ko‘rarsan. Sehrli hayotga mahliyo bo‘lib, Bevosh o‘ylaringni aldab yurarsan. Yetishsang, to‘y bersang yurtga mabodo, Jamshid havas qilsin sening bazmingta. Noming doston bo‘lib yursang el aro, Murod-maqsadingta yetsang, bas, menga. Yomonlar yo‘lini tutmagil minba’d, Fisqu fasodlardan yiroq bo‘l, to‘xlim. Olginu oldirma, unib-o‘s, faqat Yuzimni yerlarga qaratma, o‘g‘lim! Muhammad Ali
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#1072 |
MO’JIZA LAHZALARI
Umrim bo‘g‘otiga qor tushdi necha, Laylak qorlar yog‘di afsona aytib. Hayotimga yangi yil kirgan kecha Har gal bolaligim uchratdim qaytib. Kumush teraklarning qir uchlarida Tilla isirg‘aday qolgan varraklar, Bir hovuch nur o‘ynab kulgichlarida O’smirligim kelar har yil daraklab. Allohdan mo‘‘jiza kutgan go‘dakday Tutsam ona taqdir etaklaridan, Qor bosgan tog‘lardan sayrab kaklikday Yillarim chiqar qish ertaklaridan. Ko‘zim-la erkalab g‘uncha qizlarni, Dilbar singillarim manglayin o‘pdim. Shamolday aylanib dala-tuzlarni, Gullar yaprog‘iga shudringlar sepdim. Qorxat olib kelgan kemshik bolakay – Ostonamda turar shoshqaloq elchi. Anhor sukutida chalib oqar nay Vaqt degan g‘animat g‘aroyib yo‘lchi. Yog‘och darchalarning zulfinlarida Murg‘ak qo‘llarimning tafti tovlanar. Ko‘kka o‘rlagan tut ajinlarida O’n to‘rt kunlik oy o‘tovlanar. Qiziydi gap-gashtak, hangoma, gurung, Tanchada biqirlab qaynaydi qumg‘on. Kimdir «Kuntug‘mish»dan o‘qiy boshlar so‘ng, Yerning ildiziga tutashadi jon. Borliqni chulg‘aydi jannatiy ifor, Oppoq kamalakdan qamashadi ko‘z. Zamin sukutida guvlaydi bedor Yurak - kul ichida tirilgan Qaqnus. Oydin Hojiyeva
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
Ответить |
![]() |
#1074 |
MUHABBAT
Muhabbat oilaning Kenja qizi — shirin. Nega bunday ekanin Aytib beray sirini. Akasi~yu opasi Ketishgach o'qishlga, Yordamlashar yo'q demay Buvijonin ishiga. Chelakchada suv sepib, Hovlini supuradi. Tuproqning nondek isi Dimoqqa uftiradi... Dastro'molini yuvib Quritadi so'rida. Buvisi esa maqtar O'tirib uy to'rida. Zeriktirmasdan hatto Qo'shiq aytib beradi. Buvijoniga yoshlik Paytin qaytib beradi. Ulgurar qo'g'irchog'in Allalab uxlatishga. Hatto gazga choy qo'yar Oyijoni qaytishga! Hammani qarshi olar Bir-bir ,,salom", ,,salom" Erka qiz bo'lib qolar Dadasini achomlab..- Umida Abduazimova |
|
|
Ответить |
![]() |
#1077 | |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
Цитата:
Албатта-да, жаноб Ўринбоев. Энди Сиз буни эплайсиз, кечаги "101" та шоир-ёзувчилар билан бўлиб ўтган ҳангома-ю, учрашувлардан сўнг! ![]() ![]() Оффтоп: Нафақат бошқалар ёзганини "кўчириш", Маҳмуд Журъат яна бир марта "шунақа" юзма-юз учрашув ташкил этсалар, эртага ўзингиз ҳам ҳақиқий "Жўқи"лар қаторидан жой олсангиз ҳам ажабланмайман![]() |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#1078 |
Сообщений: 624
+ 19
399/213
– 4
82/36
![]() |
Шоир Абдулла Шер айтганидай "бизга "жўқилар" ҳам керак". Сизларни яна ва яна таклиф қиламиз ҳали, чунки бизнинг шоирларимиз ҳали ҳамон компютер ва интернет билан сизлаб гаплашиб, ҳатто чўчиб гаплашмай ҳам юришипти. Демак, уларни интернетга ва у орқали жаҳонга чиқаришга ёрдам берасизлар деган умиддамиз. Кечаги ўтказган суҳбатларингиз ва кўрсатган ёрдамларингиз учун барча суҳбат қатнашчилари номидан миннатдорчилик билдираман. Абдурашидга алоҳида, Гулчеҳранинг интернетча айтганда қўлларини ўпиб, Ж. Ўринбоевга таъзимлар билдириб ташаккур демоқчиман.
![]() Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 02.05.2011 в 11:12. |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#1079 | |
Сообщений: 624
+ 19
399/213
– 4
82/36
![]() |
Цитата:
ШОИРЛАР КЕРАКМИ ЎЗБЕКИСТОНГА? Бир тишлам нон бериб комингга, ўзбек, Чиқиб бақирарлар томингга, ўзбек, Илтижо қиламан номингга, ўзбек, Шоирлар керакми Ўзбекистонга? Бошларни тик тутиб сўраймиз қачон? Инсонлик қадрини ўйлаймиз қачон? Биз ҳам Эрк қўшиғин куйлаймиз қачон? Шоирлар керакми Ўзбекистонга? Коммунист, шўролар мақталар - керак! Қулхўжа депутат-ахталар - керак! Қум-шағал, қорамой, тахталар - керак! Шоирлар керакми Ўзбекистонга? Жавоб бер не учун Туркистон бобо, Халқинг тўқ, устинг бут ва лекин гадо? Шу халқ деб Абдулло бўлди-ку адо! Шоирлар керакми Ўзбекистонга? Последний раз редактировалось Mahmud Jurat; 30.04.2011 в 21:14. |
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#1080 |
GULIAGAN OLCHA
Olcha sevar gullashni, Yashnab erta bahorda —Ziynatini olamga Ko'z-ko'zladi nahorda! Shamol esa qasdlashib, Bilgani yo'q haddini — To'kdi uning gullarin, Egib zaif qaddini! Zabun edi ahvoli, Ko'rgan afsus etardi. Axir, asray olmasa, Olcha gullab netardi?! Rustam Nazar |
|
|
Ответить |
|