|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#1031 |
ФАРЗАНД
БИР КУНИ РАНЖИТДИ ОТАНИ ФАРЗАНД, ОТА ЎЗ УЙИДАН БОШ ОЛИБ КЕТДИ. ЛЕКИН АЛЛОХ МЕХРИ БЎЛИБ САРБАЛАНД, ОТА МАККАТУЛЛОХ ВАСЛИГА ЕТДИ. ОТА ФИГОН ЧЕКДИ КАЪБА КОШИДА, ГЎЁ УНУТ БЎЛГАЙ АЛАМЛАР БАРИ. НАЖОТ ЧАРХ УРСА ХАМ ГАРЧАНД БОШИДА, СИРА КЕТОЛМАДИ БИР ГАПДАН НАРИ. КАЪБАГА СИГИНАР ЭКАН КЕКСА ЧОЛ АРМОНИН ОШКОРА АЙТДИ ОЛАМГА. ДЕДИ: — ИБОДАТИМ БЎЛСА ХАМ УВОЛ, ФАКАТ САОДАТ БЕР ЎША БОЛАМГА. А.ОРИПОВ |
|
|
Ответить |
![]() |
#1032 |
SEVGI SADOSI
Gulim, mehr ko`zda degani yolg`on, Mening dilimda hech o`chmas yolqinsiz, Qancha ko`rishmasak shuncha qadrdon, Qancha olis bo`lsak, shuncha yaqinsiz. Devona oshiqman, men bir devona, Ayting sizdan bo`lak kimim bor yana?.. Siz yo`q chog`imdagi dunyom begona, Siz yo`q bog`imdagi gullar yoqimsiz. Siz achchiq qismatim, siz iztirobim, Siz shirin dardimsiz, shurin azobim, Siz mening ko`klardan topgan oftobim, Yerlarda yo`qotgan ko`zmunchog`imsiz. Yodimda kechagi sho`xliklaringiz, Ko`ksimni kuydirgan kipriklaringiz, Siz o`sha — Orzusi oydan oydin qiz, Siz o`sha — kulgusi qo`ng`irog`imsiz. Siz o`sha ko`zimning kiftida turgan, Siz o`sha ko`nglimga ko`ngli in qurgan. To`kilay deb tilim uchida turgan She'rimsiz, bir umr bitmas ohimsiz... M.Yusuf. |
|
|
Ответить |
![]() |
#1033 |
ONAMGA
Oh, mening ortimdan ovvora onam, Bir parcha yuragi ming pora onam. Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda, Toshkanni ko`rmagan bechora onam, Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi, Endi men ham senga o`g`il bo`ldimmi!.. Garchi bisotingda "bayram" so`zi yo`q, Bilaman, kutasan sandal to`la cho`g`, Menda yurak deganlarin o`zi yo`q: Men sovg`a bermagan qiz yo`q bu oqshom, Senga na gul berdim, na shirin kalom, Endi men ham senga o`g`ilmi, onam?.. Deysan: olislarda omon yursang bas, Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas, Bolam, senga hamma qiladi xavas... Axir, mening dardim She'r emas faqat, Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat, Endi men ham senga o`g`ilmanmi, ayt?... Sha`ningga she'r bitdim. U seni topsin, Poyingga tiz cho`kib, qo`lingni o`psin. Undan ham ulug`im borligin ko`rsin, Men uchun ham aziz holingni so`rsin, Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi, onam, Endi men ham senga o`g`ilmi, onam!.. M.Yusuf. |
|
|
Ответить |
![]() |
#1034 |
TAVALLO
Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni, Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni. Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib, Kunimizga yaragansan o`zing bizni. Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!.. Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga, Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga. Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib, Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga. Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston. Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi, Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi. Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar Bir kun bir kaft qumlog`ingga zor bo`ladi. Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!.. Gul ko`ringan dashtingdagi giyoh-xasdir, Soddadilu ulug`vorlik senga xosdir. Sevamizki, cho`llaring ham bizga jannat, Tuprog`ing ham Makka misol muqaddasdir. Onadek ko`rgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston! M.Yusuf. |
|
|
Ответить |
![]() |
#1035 |
Kaminaning ayrim she'riy ijod namunalari bilan http://www.ziyouz.com/index.php?opti...167&Itemid=217 orqali tanishishingiz mumkin.Baho bering, kamchiliklarini ayting.(Xursand bo'laman)
|
|
|
Ответить |
![]() |
#1036 |
ONAMDAN XAT
O`g`lim, jigargo`sham, anytgin-chi, nahot, Achinmaydi joning onang holiga. Meni to`shaklarga mixlab qo`ydi bod, Kelsang bir ko`rsamu… o`lsam mayliga. Chakka o`tgan eski tomga o`xshayman, Ko`zimdan yomg`irlar to`kilar tinmay. Bu yorug` dunyoda bormi, bilmayman, O`z o`g`li yo`liga intizor menday… Hayhotdek hovlida qoldim bir o`zim, Nima xayollarga bormasman ba’zan. Sog`misan ishqilib, qo`rqaman, qo`zim, Podsholar haqida she’rlar yozasan. O`ynashib bo`larmi shohlar bilan, ayt, Qishloqi joningga she’rdan ne huzur? Zeriksang — bepoyon yaylovingga qayt, Siqilsang — dashtlarda ot choptirib yur! Faqat xayolingdan chiqargin she’rni, (Kimgadir yoqmasmish chinmi-yolg`omni), Axir, sen yozmasang o`sha Boburni, Shoirning urug`i qurib qolganmi?.. O`g`lim, jigargo`sham, aytgin-chi nahot, Achinmaydi joning onang holiga? Meni to`shaklarga mixlab qo`ydi bod, Kelib bir ko`tarib chiqqin hovliga. Qo`lingda jon berib o`lsam mayliga… M.Yusuf. |
|
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#1037 |
IQROR
O, ota makonim. Onajon o‘lkam, O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga. Senday mehribon yo‘q, Seningdek ko‘rkam. Rimni alishmasman bedapoyangta. Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar, Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar. Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb, Tog‘laring ortimdan ergashib yurar. Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin. Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men – Parijning eng go‘zal restoranlarin, B itta tandiringga alishmasman men. Na gapga ko‘nayin, Na til bilayin, Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat - Uch kunda sog‘insam nima qilayin, Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat. Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing, Bildimki, yaqini shu tuproq menga. Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing, Arab ohusidan azizroq menga. Sen bilan o‘tgan har kun bayram - bazm, Sensiz bir on qolsam vahmim keladi. Seni bilganlarga qilaman ta’zim, Seni bilmaslarga rahmim keladi. M.Yusuf. |
|
|
Ответить |
![]() |
#1038 |
ТАВБА
СЕН ГУНОХ КИЛДИНГМИ, БЕЧОРА БАНДА, СЕН ШАЙТОН МАКРИГА УЧДИНГМИ НОГОХ. ТИНЧИНГ КОЛМАДИМИ РУХ ИЛА ТАНДА, ЭНДИ НАДОМАТЛАР БЎЛДИМИ ХАМРОХ. ЭНДИ ЧОРА ИЗЛАБ, АХТАРИБ НАЖОТ, КЕЗУРСАН, ДАСТИНГДА НА ИМКОН, НА ЭРК. ГУНОХКОР КИМСАНИНГ КОШИДА НАХОТ, ҚОПҚАЛАР ЁПИЛГАЙ, ОСТОНАЛАР БЕРК. ЙЎК, ХАЛИ ОЛАМДА МАВЖУДДИР ШАФКАТ, ЙЎК ХАЛИ ТЕБРАНУР МЕХР БЕШИГИ. ТАВБА КИЛ, ТАВБА КИЛ, ТАВБА КИЛ ФАКАТ, СЕНГА ОЧИК ФАКАТ ТАВБА ЭШИГИ. А.ОРИПОВ |
|
|
Ответить |
![]() |
#1039 |
КИЁМАТ
БИР КУН МУХАММАДГА БЕРДИЛАР САВОЛ: — АЁ, РАСУЛУЛЛОХ, АЙТИБ БЕР БУНИ КАЧОН ФОНИЙ ДУНЁ ТОПГАЙДИР ЗАВОЛ, КАЧОН СОДИР БЎЛГАЙ КИЁМАТ КУНИ? ГАРЧАНД БИРУ БОРГА СОМЕДИР ИНСОН, ИБЛИС КУТХУСИ ХАМ ХАР КАЙДА БОРДИР. КИМНИНГДИР ДИЛИДА СОБИТДИР ИЙМОН, КИМГАДИР ШАЙТОНИЙ ВАСВАСА ЁРДИР. РАСУЛУЛЛОХ ДЕДИ: — УМИД КИЛ, БАНДА, КЎЧМАСИН ДУНЁДАН ИНСОФ, ДИЁНАТ. НОПОК ОДАМЛАРГА КУНИНГ КОЛГАНДА, БИЛГИЛКИ, ЎША КУН КЕЛГАЙ КИЁМАТ! А.ОРИПОВ |
|
|
Ответить |
![]() |
#1040 |
YAXSHILIK
O’z umringda bitta yulduz yoq, Bir yulduzki, nurli va porloq. Hech bo‘lmasa bitta chiroq yoq, Qorong‘ilik siljisin yiroq! O’z umringda bitta ariq och, Shoyad topsa bir nihol rivoj! Hech bo‘lmasa, ey baxti suluv, Gullarga quy biron kosa suv! O’z umringda bitta ko‘chat ek, Yashnab tursin kulgan baxtingdek. O’z umringda och bitta qalam, «Tinchlik» so‘zin yozsin bu olam!.. ...Gar yaxshilik kelmas qo‘lingdan, Yaxshi niyat qilgil dilingdan! Shuhrat |
|
|
Ответить |
|