|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#1031 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
ГОҲИДА
Ғамлар бердинг чидадим, Камлар бердинг чидадим, Аямадинг кўзларимга Намлар бердинг, чидадим.. Нима бор ЁЗУҒИМДА, Нелар раво кўргайсан Яна нелар атагансан — Не савдолар бергайсан? Гоҳ берган ситамингдан То тонггача бўзладим, Кечалари ором билмай Бахт нейлигин изладим.. Онамдан жудо бўлдим, Ғамлардан адо бўлдим, Қадрим топмадим аммо, Ким учун фидо бўлдим?! Хумо қуш қанотида Бахтларини аяди Гоҳида тўғри йўлдан Оёққинам тояди.. ..ЁЗУҒИМДА нелар бордир, Яна нейлар атадинг?! (С)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#1032 |
Olloh peshonaga nelarni yozganini hech kim bilolmaydi... Yo'qsa, Hazrati Inson baxtli kunlar umidida bu qadar o'tli tuyg'ular azobiga bardosh bergan bo'larmidi?!
Forumdagilarning barcha-barchasiga alangali salom yo'llab, yangicha uslubda yozilgan she'rimni hukmingizga havola etmoqdaman. Baho berishingiz umidida... |
|
|
Ответить |
![]() |
#1033 |
Sen kelmasang...
(Ikki dil faryodi.) Qiz: Xazonlarga ko'milgandek sen kelmagan ko'chalar, Nursiz osmon ostidagi Sensiz abgor bu shahar... Oy nuridan yorishmagan ko'ngil kabi kechalar, Yashillikdan yosharmagan Sensiz kelgan bu bahor... Menga yorug' ko'rinadi o'tmishdagi har bir kun, U kunlarda qolib ketdi hayotimning ranglari. Sen kelmasang, ko'zlarimda qolmagaydir bir uchqun, Sen kelmasang, otmagaydir tunlarimning tonglari... Yigit: Nozli gulim, yo'llarimga o't soladi ayriliq, Yolg'izlikda sukunatning cheriklari kezadir. Olislarga sensiz ketdim, u begona manzillar Firoqlarning qayg'usida sensizlikdan bezadir... Nozli gulim, bir chohdaman - Olislarda nur sochgan Sening kabi oydin oyga uzatsam ham qo'l yetmas... Sen kelmasang, ayozlarda zulmat ichra bergum jon, Sen kelmasang, horg'in quyosh hayotimni isitmas... Qiz: Sen ketding-u, yuragimni g'am buluti qopladi, Sig'may qoldim ko'nglimdek keng hijron bosgan bu yurtga. Sokin yellar o'lkasidan Sendek dardni topmadim, Lablarimni bosib ketding qor qoplagan umidga... Har lahzada hayot hadsiz sinovlarga bosh egar, Sensiz botar nursiz quyosh... Taqdirdan xun bo'laman.... Sen kelmasang - tonglar otmas, Sen kelmasang - tun ketmas, Sen kelmasang, hayot - zulmat, Sen kelmasang - o'laman... Yigit: Qani, Senga elta olsa oxiri yo'q bu yo'llar, Sovuq - qishki qahratonmi xazon quchgan sensiz bog'?! Tushlarimda oshiqaman nurafshon u makonga, Ayriliqdan jazo olgan ul yurakda ne gunoh?! Borligimning sezgilari zavol topar hijronda, Ibtidodan to intiho - Senga mushtoq bo'laman. Sen kelmasang, yurak dardim shifo topmas umrbod, Sen kelmasang, hayot - og'u, Sen kelmasang - o'laman... Последний раз редактировалось Aliya; 15.09.2011 в 17:41. |
|
|
Ответить |
![]() |
#1034 |
O'zbek she'riyatida sanoqli shoirlar bu uslubdan foydalanadilar. O'ziga xos nazokat va nafislik o'zbek she'riyatida o'z aksini topgan. Ushbu "Sen kelmasang" nomli she'rim turk uslubida yozilgan bo'lib, bu uslubda bog'lanishlar tushunarsizligi va ma'noda qorong'ilikni bo'rttirish, g'aliz ko'rinish yaqqol ko'zga tashlanadi.
Ijodimda yangilik qilishni istadim... |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#1035 |
Juda ham ajoyib she'r bitibsiz. Aynan qanday nomlanadi ushbu (dialog shaklda yozilgan)yo'nalish bilmadim-u, undagi fikrlar aniq, tiyran va kitobxonning yuragida ajib bir his tuyg'ularni jo'nbo'shga keltiradi. Albatta adabiyotimizda xususan she'riyatimizda bunday yo'nalishlarda she'rlar bitishingiz bu SIZNING va ADABIYOTIMIZNING ULKAN YUTUG'IDIR. Ijodiy yo'lingizga OMAD yor bo'lsin!!!
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#1036 |
Mening armonim
Intildim doimo seni ko`rishga, Mexr-u muhabbatdan baxra olishga. Gar imkon tug`ilsa jonim berardim, Abadiy sen bilan birga bo`lishga. (C)
__________________
JAVOBLAR.UZ |
|
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#1037 |
Mo'jiza orzusi.
Atirgul yonog'ida Shabnam bo'lib yashasam, Xazon gul yaprog'ida Ko'klam bo'lib yashasam, Tog' oshsam ohu kabi, Bog' kezsam kapalakdek, Sen orzu qilgan nurli Olam bo'lib yashasam... Hayolingni kuydirsam Hayolingga kirgan on, Lablaring yonsa nogoh Ismim aytganing zamon... Ko'zlarim orzusida O'tgan kunlaring ichra Sira afsus qilmasang Hatto berar chog'da jon... Saharlardan so'rasang Tushlarimning sehrini, Har kalomda ziyorat Etsang Ishqning shahrini. Orzuda tonging otsa, Sog'inch ila kun botsa, Yolg'iz menga atasang Xasta diling mehrini... Men ko'kdagi farishtang - Bulut oshib kelolsang, Dunyolarning baxtin bir So'zda hadya etolsang... Qalbing ichra eng go'zal Ishqni asrab Men uchun, Meni shunday sevolsang... Meni shunday sevolsang... |
|
|
Ответить |
![]() |
#1038 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Hurmatli Hero! Bir xil she'rni ikki marta yozishdan ne naf? Qolaversa, iltimos, sal yozayotganlaringizga e'tiborli bo'ling, ularda ko'plab grammatik xatolar bo'lishi bilan birga qofiyalar deyarli kuzatilmayapti... Gaplarni qatorga yozib qo'ysa, she'r bo'lib qolavermaydi... Vazni bir xil, qofiyadosh so'zlari ham bo'lishi kerak... Bilmagan narsalaringizni esa, ko'plab mutaxassislar bor, so'rang, aytib berishadi...
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#1039 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
Ўзбегимнинг аёллари
Ўзи каби бир иболи хаёллари, Лабзи ширин, тилларида бор боллари. Чеҳрасидек кулиб турар иқболлари, Бунча гўзал, ўзбегимнинг аёллари! ![]() Қош, кўзида ўсмаси-ю, сурмаси бор, Атлас кўйлак, чеккасида бурмаси бор. Ош пиширса лаззатдан тил ёрмаси бор, Бунча зебо ўзбегимнинг аёллари! Аждодида ўтган бағри куюклари, “Мен”деганни бағрин ёққан суюклари. Бор Тўмарис, Увайсийдек буюклари, Бир париваш ўзбегимнинг аёллари! Бири ишчи, бири раҳбар ишбилармон, Юзлари ой, покиза руҳ, катта карвон. Иши билан, сўзи билан элга дармон, Иймони пок ўзбегимнинг аёллари. (с)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео Последний раз редактировалось Gulchehra Ibragimova; 17.09.2011 в 18:49. |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
![]() |
#1040 |
![]() ![]() ![]() |
Ўзбекона кийинган ушбу соҳибжамол чиндан ҳам ўзбекми?
![]()
__________________
Тилга эътибор - элга эътибор! http://dolimov.zn.uz/ - ЧҚБТ фани ўқитувчисига |
|
Ответить |
"+" от:
|
|