Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 27.04.2011 14:07   #1  
Аватар для Samarqand-uz
Оффлайн
Школа №65
Завуч
AKA:Samarkand
Сообщений: 28
+ 57  41/19
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Samarqand-uz с помощью MSN
Kamtarin bo'l,ammo kamtarlik orqasida g'ururing yaqqol sezilib tursin!
Andishali bo'l, ammo andishasiz oldida hech qachon tilingni qisqa qilma! Ikki bukulib ta'zim qilganga uch bukulib ta'zim bajo ayla. Ammo qarshingda tog'dek keriladiganlar oldida o'zingni osmon qadar tut! Bir yuzingga ursalar, ikki yuziga urib javob qil! Shunda sen bilan hisoblashadigan bo'ladilar!

****
Hech qachon osmonga tupurma! Osmon qahrli. Tupuging yuzingga qaytib tushadi!
Hech qachon yerga tupurma! Yer mehrli, tupuging yuzingga sachramaydi. Ammo shu Yer seni ko'ksida ko'tarib yuradi.

O'tkir Hoshimov.
Ответить 
Старый 28.04.2011 08:25   #2  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
IKKI DIL DOSTONI
Samo kitobida ming yillar buran
Taqdir deganlari yozilsa agar
Sening ham taqdiring demak men uchun
Azaldan jonajon ekan muqarrar.
Kimlar shaharlarni zabt etdi — qismat,
Kimlar qurib bitdi, mangulik qasr.
Mening peshonamga yozilgan ziynat,
Sening yuragingga bo'lmoqlik asir.
Yer uchun Quyoshni yaratdi Xoliq,
Yulduzlar ham tunni yoritmish masrur.
Men uchun sen holding nurafshon borliq,
Umrimni yoritdi ko'zingdagi nur.
Yillar to'zonida men kimman — xasman,
U kun xas tanimdan qolmasa nishon.
Qayta yashamoqni orzu qilmasman,
Seni asramoqni qilarman armon.
Derlar, u dunyoda tole chopsa gar,
Chin do'st-u yor yana bo'lgay jamuljam.
Zero, shuning uchun jannat munawar,
Qo'lingdan tutgancha yugurib yursam.
Baxtliman, shu yelar, emasman hayron,
Kecha kelgan edim, erta ketarman.
Inson o'lmas, faqat tark etadi jon,
Shu boqiy jon bilan seni sevarman.

M.Ismoil
Ответить 
Старый 28.04.2011 12:01   #3  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Nega hayot degan dilbarni sevdim,
Bo'ldim bolalikdan husniga shaydo.
Nuqraday ekaning bilmagan edim,
Zamin o'n sakkiz ming sayyora aro.
Zamin bir zarradir keng koinotda.
Lekin inson ekan mangu o'lmas ot.
Yasharkan foniy va boqiy hayotda
U Tangriga qul va banda umrbod.
Har kimning har kuni, bar bir soati,
Har oni awaldan o'lchangan ekan.
Tangrim, senga bo'lsin bor ibodatim,
Tangrim, bandang bo'lay doim sen sevgan.
Iymon nuri yonib tursin bag'ringda,
Adashtirma aslo to'g'ri yo'llardan.
Baxt ber, halo vat ber tushkun qalbimga,
Ber, yaxshi hayot va umr o'nglangan.
Solih farzandlar ber, diyonati bor,
Uyimdan ketmasin fayz-u farog'at.
Bergin iffatli yor, sadoqati bor,
Va ota-onamni qilgin salomat.
Tangrim, sen buyuksan, tengsiz akbarsan,
Poyingda qo'l cho'zib, duodadirman.
Arzim ko'p, men faqat sendan so'rarman,
Sensiz yashay olmas dunyodadirman.
Yashash zavqi bir on tashlab ketmaydi,
Har on xayolimni yashaydi charxlab.


Qancha sevsang, unga shuncha yetmaydi,
Tangrim, menga bergin dunyoni sharhlab.
Omad ber, omon et tahlikalardan,
Balolardan asra titroq jonimni.
Yorqin iste'dod ber, alangalangan —
Elga aytadigan dil tug'yonimni.
Muhabbat ber qalbda yonguvchi abad,
Do'stlik ber, do'st bo'lsin ko'z qarog'ida.
Zafar ber, ber menga g'oliblik faqat,
Qadr ber, qo'llasin el ardog'ida.
Ber, bemor chog'imda shifoi komil,
Ber, ikki dunyoning saodatini.
G'animlar oldida o'zing bo'l odil,
Ber, to'ymas nafsning qanoatini.
Imkon ber, qondiray ehtiyojimni,
Yana bir on bilmam, yasharmanmi, yo'q?!
Sen bir on bergan bu ixtiyorimni
Bir ondan so'ng yana toparmanmi, yo'q?!
Yana milyon-milyon istaklarim bor,
Yana milyon-milyon umidvor inson.
Yana milyon-milyon sayyoralar zor,
Sendan najot kutar, ey buyuk Xoqon.
Poyingda samovot, Yer ila osmon,
Xalqlar-u maxluqlar, ruh-u malaklar.
Senga sajda aylar to oxir zamon
Muhabbating bilan yorug' yuraklar.
O'zhig najot bo'lgin, o'zing bo'l panoh,
Ishonganimiz sen yakka-yagona.
Zotan sen istasang biz bormiz, Olloh,
Yuz bursang yer-ko'kdan qolmas nishona.
Ответить 
Старый 28.04.2011 19:02   #4  
Аватар для Bobir Samadov
Оффлайн
Guliston Davlat Universiteti
o'qituvchisi
AKA:_-_ MASTER _-_
Сообщений: 727
+ 348  207/161
– 3  23/18

UzbekistanОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью ICQОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью YahooОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью Skype™Аккаунт на TwitterМой мирFacebook
Менга улим тилама-улиб булган одамман,
Хазонимни кутмагил-сулиб булган одамман,
Нафрат кузингни мендан-яширма ва уринма,
Кузингни ва дилингни куриб булган одамман.
Алам кузгин булгану-юрагимни еб куйган,
Ёмонлар нурдан тоза-Тилагимни еб куйган,
Такдир аччик хакикат-Эртагимни еб куйган,
Юрагим урнига тош-куйиб булган одамман.
Дармони йук танамда-виждоним хаста булди,
Тикон устида ётдим-иймони алла булди,
Согинганим болалик-бегубор палла булди,
Кунгли кир инсонлардан туйиббулган одамман.
Яна озрок чидасам-Жаннат эшик очади,
Куёш осмондан эмас-кузимдан нур сочади,
Бу оламга мен кадам куйиб булган одамман.
__________________
Beshikdan Qabrgacha ilm o'rgan!
Ответить 
"+" от:
Старый 29.04.2011 13:25   #5  
Аватар для Samarqand-uz
Оффлайн
Школа №65
Завуч
AKA:Samarkand
Сообщений: 28
+ 57  41/19
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Samarqand-uz с помощью MSN
G'alati zotlar bor yorug' olamda,
Deylik, salomingga alik olmaydi.
Salomin aliksiz qoldirgan damda
Bu holni malomat qilmay qolmaydi.

Ular bu dunyoning go'yoki naqshi,
Jim boqar savlati qo'rquvga solar.
Ularning gapirmay yurgani yaxshi,
Chunki nodonligi bilinib qolar.

Ular tashlab yurar yelkaga to'nni,
Kibr belgisidir bu ham begumon.
Demishlar: hoy banda, kiyib ol uni,
Yo'qsa, tuynugidan kirgaydir Shayton.

Abdulla Oripov.
Ответить 
"+" от:
Старый 30.04.2011 08:49   #6  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Asqad Muxtor
Hafta
HAFTA
,,Hafta" degani — yettidir,
Oilada yettimiz.
Oyga, yilga nisbatan
Biz, albatta, mittimiz.
Ammo-lekin biz bo'lmasak,
Na oy bor-u, na yil bor.
Bizdagi mazmun bilan
Odamning umri dilbar.
Yettovlonmiz, yetti o'g'lon,
Yetti og'ayni botir.
Ana, birinchi bo'lib
Yakshanba kelayotir.
Ответить 
"+" от:
Старый 30.04.2011 08:49   #7  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
YAKSHANBA
,,Yak" degani—bir degani,
To'ng'ichiman haftaning.
Yak bo'lsam ham, yakka emas,
Bir jangovar safdaman.
Vazifam bor — dam beraman
Mehnat qilgan kishiga.
Har haftasin bezayman,
Yakun yasab ishiga.
Mehnatkashning vijdoni pok,
Rohat qilib uxlagan.
Bolalarni ergashtirib,
Yor-u do'stin yo'qlagan.
Dars ham yo'q, ish ham yo'q,
O'yin-kulgi, tomosha.
To'y ovozi — karnay-surnay,
Devor osha, torn osha...
Katta yo'lning gulshaniman,
Orom oling gulshanda.
Har haftada mehmonimsiz,
Mening otim Yakshanba.
Yettovlon, yetti o'g'lon,
Yetti og'ayni botir.
Ana, ikkinchi bo'lib
Dushanba kelayotir.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 30.04.2011 08:50   #8  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
DUSHANBA
,,Du" degani ikkidir,
Mehnat bizning zotimiz.
Yakshanbaning ukasiman,
Qofiyadosh otimiz.
Yoqtirmaydi meni yalqov,
Og'ir, deb urushadi.
Ammo bugun ish yurishsa,
Bir hafta yurishadi.
Hordiqdan so'ng lanjlikni
G'ayrat bilan yenginglar,
Yangi kuch-u havas bilan
Bel bog'laydi ming-minglar.
Mehnat mendan start olar,
Men ochaman haftani.
Mehnat esa yurgizadi Zavod,
dizel, shaxtani. Men!
tanir bolalar ham
Tongim sabolaridan,
Maktabdagi qo'ng'iroqning
Kumush sadolaridan.
Yettovlonmiz, yetti o'glon,
Yetti og'ayni botir,
Ana, uchinchi bo'lib
Seshanba kelayotir.
Ответить 
Старый 30.04.2011 08:50   #9  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
SESHANBA
,,Se" degani — uch degani,
Hafta uchga kiradi.
Hammajoyda, hammajoyda
Mehnat kuchga kiradi.
Ajrab turgan joyim yo'q,
Oddiygina bir kunman.
Ammo shon-u shuhratdan
Toj kiyishim mumkin man.
Bilasizmi, Gagarin
Seshanba kun uchgandi.
Sirdaryoning Farhod GESi
Shu kun ishga tushgandi.
Tasodifmi? Bo'lsabordir.
Shunisi qonuniyki,
Bir haftada nima bo'lsa,
Beshdan biri — meniki.
Ha, oddiyman, ko'p qatori,
Hech: ,,Men — buyukman" demasman.
Ammo ko'rib turibsizki,
Uncha oddiy emasman.
Yettovlonmiz yetti o'g'lon,
Yetti og'ayni botir.
Ana, to'rtinchi bo'lib
Chorshanba kelayotir.
Ответить 
Старый 30.04.2011 08:51   #10  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
CHORSHANBA
,,Chor" degani — to'rt degani,
To'rtinchiman safda men.
Yarim yo'lga yetdingiz,
Qoq beliman haftaning.
Bir-birining davomi-da,
Bel bo'lmasa bosh qani?!
Men kattaman demagin hech,
Kamsitmagin boshqani.
Biz shunaqa — bir butun,
Bamisoli zanjirmiz.
Birimizda ish unmasa,
Hammamiz ham ranjiymiz.
Xuddi shunday shaharlar ham,
Xuddi shunday — odamlar,
Sinfdagi do'stlaringiz,
Zavoddagi dadanglar.
Hammasi ham bir-birisiz
Bosolmaydi ilgari.
Bog'liq ekan bir-biriga
Hayot-mamot singari.
Yettovlonmiz, yetti o'g'lon,
Yetti og'ayni botir.
Ana, beshinchi bo'ltb
Payshanba kelayotir.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх