Цитата:
Сообщение от Akmal
Бунинг устига она тилидан бирорта ҳам қониқарли китобни ҳам учратганимча йўқ.
Тест синовларида бундан 10 йиллар олдинги чиққан дарсликлардан ҳам саволлар тушади. Бундан бошқа турли бадиий адабиётлардан ҳам қўшимча саволлар.
|
Testdagi savollar esa Davlat ta'lim standarti asosida tuziladi. DTS da o'quvchilar egallashi kerak bo'lgan bilim, konikma, malakalar ko'rsatib o'tilgan bo'ladi.
Цитата:
Сообщение от Firdavs
O'zbek tili grammatikasi yangilanadigan texnika uskunasi emas-ki, har 5-10 yilda o'zgarib tursa... 10 yil oldin chiqqan ona tili grammatikasi bilan hozirgisida tubdan farq bor, degan xulosa kelib chiqmayaptimi gapingizdan?
|
Firdavsbek! Akmalning gaplarida jon bor.
Haqiqatdan ham 10 yil avvalgi grammatika bilan bugungi kun o'zbek tili grammatikasi terminlari jihatdan farq qiladi. Bunga sabab ona tili darsligi shu o'n yil ichida ikki marta o'zgardi. Avvallari Hamidilla Ne'matovning darsligi Mazluma Asqarovaning darsligi o'rniga o'tilgan bo'lsa, yaqin 2-3 yillarda esa Nizomiddin Mahmudovning darsligi asosida dars o'tilmoqda. Test savollari esa maktab darsligi asosida tuziladi. O'quvchi xohlaydimi-yo'qmi o'zi 4-5 yil avval o'qigan darsligidan emas, yangi chiqqan darslikdan test savollariga tayyorlanadi.
Цитата:
Сообщение от Firdavs
Lekin masalaning boshqa tarafi ham bor-ki, aytgani inson uyaladi... Ba'zi muallimlar o'quvchilari undan qo'shimcha dars olishlari uchun, ataylab maktab dasturidagi fanni yahshi o'tmas ekan... bunga nima deysiz?... Kasbga xiyonat emasmi bu?
|
Kasbga xiyonat qiluvchi hamkasblarimizga esa insof bersin.