|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#18 |
![]() Ey, gulim, Ko‘zlarga yoshlar to‘lganda Soyamiz qo‘shilgan damlarni eslang! Shavkat RAHMON ... U yuzini ters o‘girdi. — Nimaga keldingiz?Nafasi siqilib, butun vujudi bo‘g‘riqqan, yuz tomirlarigacha taranglashib, tobora qorayib borayotgan daryo toshlaridek zaxali, o‘ydim-chuqur yuzi endi burungidek qoyatoshni eslatmas... davomi... Norqobil Jalil. «Men yer bilan salom-alik qilaman» (2004) ![]() Biz uchun g‘ayritabiiy tuyuluvchi bu “salom-alik” Tog‘ay Murodning shiori edi va u bir umr shunga amal qilib yashadi. Chunki u shunday fe’l-a’moli bilan, qolaversa, o‘ziga xos hayot tarzi bilan boshqalardan ajralib turardi. “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” deya erta bashorat qilgan yozuvchining vafot etganiga bir yildan oshdi. davomi... Nabijon Boqiy. Go‘ro‘g‘li sulton huzurida ![]() To‘ra Sulaymon bahorda bir ko‘rinish berib, qo‘ynimizni puch yong‘oqqa to‘ldirib ketgancha dom-daraksiz ketdi. Nima balo, bedarak yo‘qoldimikan, deb o‘yladik. Unday desak, goh Iqboldan, goh Asqar Mahkamdan, “uyoq-buyoqqa ketib qolmang, To‘ra buva tashrif buyurmoqchilar”, degan xushxabar eshitilib qolardi. Labimizni yalab, yuzimizga tabassum yugurib, uch-to‘rt kun mayin kekirib yuramiz: davomi... Umarali Normatov. Qodiriy haqida qaydlar ![]() «O‘TKAN KUNLAR» VA QO‘RQUV SALTANATI XX asr o‘zbek nasrining shoh asari «O‘tkan kunlar» romani ilk bor 1922 yili «Inqilob» jurnali sahifalari orqali dunyo yuzini ko‘ra boshlagan edi. O‘sha daqiqalardan e’tiboran bu asar millatning har bir ziyolisi, kitobxoni ruhiyatiga, ma’naviyatiga, qolaversa, shaxsiy hayoti va taqdiriga qaysidir darajada daxldor. davomi... Shukur Qurbon. Bo‘z bolasi o‘zbaki so‘zning ![]() 1. “SIZ — MAHAMMAT YUSUPSIZ-A...” Aslida bu xotirani men emas, mening to‘g‘rimda Muhammad Yusuf yozganida to‘g‘riroq bo‘lardi. Harholda undan besh-olti ko‘ylakni ortiqroq kiygandim. Shoirning o‘zi ham buni his qilib, menga andijoncha, ya’ni ismimni qo‘shmay, o‘z jigarlarimdek samimiyat bilan “aka”, deb murojaat etardi. davomi... Hamid Ziyoyev. Birinchi jahon urushi va o‘zbeklar (birinchi maqola) ![]() O‘zbek xalqi ko‘p ming yillik tarixning muayyan bir davrlarida chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashlarida yuz minglab odamlari va boyliklaridan ayrildi. Ko‘p shahar va qishloqlar vayronaga aylantirildi. Ammo xalqimiz o‘tmish zamonlarda chorizm va sho‘ro davlatining 130 yillik hukmronligi davridagidek qirg‘in-barot, talon-taroj va azob-uqubatlarni boshidan kechirmagan edi. davomi... Hamid Ziyoyev. Ikkinchi jahon urushi va o‘zbeklar (ikkinchi maqola) ![]() Garchand chor hukumati ag‘darilgan bo‘lsa-da, lekin uning mustamlakachilik siyosati va milliy zulmi sho‘ro davlati tomonidan izchillik bilan davom ettirildi. Chorizm davridagi haq-huquqsizlik, adolatsizlik, qirg‘in-barot va milliy boyliklarning talanishi eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Tarixda ko‘rilmagan bunday fojialarning barchasi saltanatparastlik va kommunistik g‘oyaning mahsuli edi, xolos. davomi... |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
|
|