|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#11 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Vatan
Ehtimol, o’ldirur bir kuni ko’rlar, Tomiringda olov qoning bo’laman. Jonbaxsh quchog’ingga jimgina singgan Bir halol qurboning bo’laman. Otamday rozi bo’l, onamday sevgin, Men ham senikiman, o’ksik qizingman. Bag’ringda ming yillik toshlar to’sig’in Yorib chiqayotgan bir ildizingman! Hayqirmadim pastu balandda turib Ammo tola nurddek o’tarkan yodim, Ko’kka olib uchar ozod Ruhimni Ko’ksimni qilichday kesgan faryodim!.. Yashayman eng so’ngsiz dardlaring bilan, Hech kim yuragimga bo’lolmas qozi! Hali mudrab yotgan dunyolaringni Uyg’otib uchadi ruhim ovozi! Men kimman? Gamingga g’amdosh bo’lmasam, Og’rimasam yorug’ qiynoqlaringdan? Boshiga osmonni ko’targan tog’dek O’sib chiqolmasam tuproqlaringdan? Uzoq-uzoqlarga qarab angladim: Qaydanman, qayonman va kimnikiman? Ko’nglimniki edim va bir kun bildim, Undan ham oldinroq Rabbimnikiman. Hukm et, shahiding bo’lmog’im uchun Jannat bog’larini tashlab kelurman. Chorlasang, ortimdan butun bir xalqni Hisor tog’laridek boshlab kelurman. Sevmasang ham qattiq sevaveraman, Chidayman xorlaring ta’na toshiga. Shunchaki o’lmayman, Shuncha ishq bilan Ko’tarib o’lurman seni boshimga! Bir oz ko’nglimniki bo’ldim- o’ksigan, Rabbimniki edim, shubhasiz, biroq Borim-yo’g’im bilan seniki edim, Seniki bo’lurman, ey Ona tuproq!.. Zebo Mirzo |
|
Ответить |
"+" от:
|
|
|