Цитата:
Сообщение от Valikhodjayeva Madinakhon
Mening fikrimcha, hozirda o'quvchilar repititorga muxtoj. Chunki hozirda litseylarda berilayotgan ta'lim o'quvchilarni qoniqtirmaydi. Bu qoniqishni esa o'quvchilar repititordan oladi. Men o'zim ham repititorga qatnayman. O'qishda , darslarda olgan bilimimdan ko'ra repititordan olgan bilimlarim ko'proq. O'ylab ko'rsam bir yil oldin repititorga qatnashishni boshlamaganimda ingliz tilini hozirgiday yaxshi bilmas edim. Xulosa qilib aytsam, repititorga borishga imkoniyati bor odam repititorga borgani ma'qul. Menimcha-bu zamon talabi.
|
assalamu alaykum
Xo'sh, imkoniyati yo'qlar nima qiladi??? Savodsiz qolib ketaveradimi?... Undan ko'ra maktabda, litseyda yo kollejda yahshiroq ta'lim olish kerak emasmidikin???... Kechirasiz, singlim, gaplarim qattiqroq chiqayotgani uchun... lekin, umuman olib qaradigan bo'lsak, Siz faqatgina 3 ta (yoki 4 ta) fandan borayotgandirsiz repetitorga, shundaymi?...Qolgan fanlarni o'zlashtirish masalasini qanday hal qilmoqdasiz, sir bo'lmasa?... Aytishingiz mumkin, "menga keraksiz fanlarni nima qilaman o'qib?" - deb... Lekin, inson mukammal bilimga ega bo'lishi uchun barcha fanlardan asos bilimga ega bo'lishlari lozim emasmi?...