Цитата:
Сообщение от labzak
Alixonto'ra Sog'uniyni Tarixi Muhammadiy asarida "surok" degan so'zga duch keldim! surok deyilib qavs ichida muddat deb to'g'irlab qo'yilgan! keyin surok so'zi ham turkcha so'z bo'lsa kerak degan hayolga bordim! Chunki Alixonto'ra Sog'uniydek olim inson o'zining shox asarida ruscha so'z ishlatishi mantiqqa zid! Shu haqida sizlarni fikrilaringni kutib qolaman !
|
Sal shu joyiga izoh berib o'tay.
Birinchidan "shoh asar" degan unvonni u kishi bermaganlar. Yani bu asarni yozishda hech qanday shohasarlik maqomi ko'zlanmagan. U kishi o'zlaridan keyin tarih yodda qolsin degan o'ylarda asar qoldirganlar. Undan keyin 60-70 yillarda qalam qoralangani ham eslab qo'yish kerak.
Ikkinchidan uygurlarda rusiy zabon so'zlar judayam keng tarqalgan. Bunga sabab vaqtida ruslarni zavod va fabrikalari ishlagan joylar edi Sharqiy Turkiston. Shuning uchun o'sha yerda yashagan insonlarda surok, ideya kabi so'zlarni muomilaga kirib qolishligi oddiy holat edi.
Uchunchi faktor esa, u kishi arabiy imloda ijod qilganlar. U kishini o'g'illari bu asarni kirilchaga o'girishgan. Balki bu "surok" degan kalima shu o'giruvchilardan qo'shilib qolgandur.
Hullas nima bo'lganda ham bir yoki bir qancha o'zga millat tilidan so'z ishlatishligi u kishini tarihchi, tabib, olim va sarkarda bo'lganligiga ta'sir qilmaydi.
Mavzu qoldirish ruxsati tegsa, birinchilar qatori Alihonto'ra Sog'uniyga bag'ishlangan mavzu ochishga niyat qilganman.