Цитата:
Сообщение от Akbarova Mehribonu
Kompyuter hech qachon kitob o'rnini bosa olmaydi. Har kimning uyida kompyuter mavjud emas, ayniqsa "internet", har bir o'quvchi ham kompyuterda ishlash tugul kompyuterdan foydalanishni ham bilmaydi. Menimcha hozirgi kunda Akademik litsey va Kasb-hunar kollejlarida o'quvchilarning mustaqil ishi bo'lib, unga ko'ra har bir o'quvchi ijodiy ish bilan shug'ullanishi ya'ni mavzu bo'yicha internetdan yangiliklarni izlab topishi kerak. Buning uchun vaqt va mablag' talab etiladi. O'qituvchi bergan referatlarni "internet" xonalarga borib pulga qildiradi. har bir o'quvchining uyida kitob o'qib mustaqil ravishda uy vazifasini bajarishi ijodiy ish emasmi? Agar o'quvchi uy vazifasini har doim bajarsa, qo'shimcha adabiyotlardan foydalansa shuning o'zi menimcha mustaqil ishdir. kompyuter o'rniga o'quvchilarga qo'l bilan bajaradigan laboratoriya ishlarini ko'rsatish lozim.Buyuk Komfutsiya aytganidek:"Aytsang unutaman, ko'rsatsang eslab qolaman, o'zim bajarib anglab yetaman".
|
Kompyuter ham, kitob ham axborot manbaidir. Biri ikkinchisini o'rnini bosa olmaydi. Internet kitob o'rnini bosishi uchun o'zbek internetiga o'zbek tilida hali ko'p axborot joylashtirilishi kerak. Vaqt masalasiga kelsak agar topshiriq to'g'ri berilgan bo'lsa, internetdan ham, kitobdan ham ma'lumot qidirish kerak bo'lsa bir xil ketadi.
O'quvchi ijodiy ishni bajarishi jarayonida o'qituvchi uning moliyaviy imkoniyatlarini ham inobatga olishi kerak. Sababi internetdan foydalanish uchun hammaning ham moliyaviy jihatdan imkoni yo'q.