|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Маърифат Адабиёт, тарих, таълим, маданият, санъат ва ҳоказо |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#11 |
Andijan JB
Tadbirkor
Сообщений: 31
+ 58
45/20
– 0
0/0
![]() |
Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan (boshlayman). Baqara surasi. Bu surada e`tiqod, ibodat, muomala, axloq, nikoh, taloq, idda va boshqa shariat hukmlari borasida so’z ketadi. Bu suraning avvalida mo’minlar, kofirlar (inkor etuvchilar), munofiqlar va iymonning haqiqati, kufr va nifoqning mohiyati bayon qilinadi. So’ngra bashariyat otasi Odam alayhis-salom qissasi zikr qilinib, u zot yaratilgan vaqtda bo’lib o’tgan ibratli voqea-hodisalar xabar beriladi. «Baqara» oyatlarining qariyib uchdan bir qismini "ahli kitoblar" (Tavrot va Injilga iymon keltirganlar), xususan yahudiylar haqidagi ma`lumotlar tashkil qiladi. Keyin sudxo’rlik jinoyati to’g’risida ma`lumot berilib, Olloh va payg’ambar bu jinoyatga qarshi urush e`lon qilganliklari uqtiriladi. Suraning xotimasida esa mo’minlarni Olloh taologa tavba-tazarru qilishga va Uning O’zidangina madad tilashga chaqiriladi. Bu sura nima uchun «Baqara» - "Sigir" surasi deb atalgan? Qadimda bani Isroil qavmidan bo’lgan kishi o’ldiriladi. Ammo uning qotilini topa olmaydilar. Shunda Olloh taolo Muso alayhis-salomga: "Qavmingga aytgin, bir sigir so’yib, uning bir bo’lagi bilan o’likni ursinlar", deb buyuradi. Ollohning buyrug’ini bajo qilganlarida haligi o’likka jon kirib, qotili kimligini aytadi. Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan (boshlayman). 1. Alif, lom, mim. Izox. Qurondagi bir necha sura mana shunday yolg’iz – yolg’iz xarflar bilan boshlanadi. Ko’pchilik Islom ulamolari nazdida mazkur xarflar «Xurufi muqattaot», ya`ni ma`nodan uzilgan xarflar sanalib, ularning ma`nosi yagona Ollohgagina ma`lum. Ulamolarning aytishlaricha, ilohiy mo’jiza bo’lgan bu Kitob odamlar oson o’qib-anglab amal qilishlari uchun yaxshi taniydigan xarflar bilan oson tushuniladigan qilib yuborilgan. Lekin olimlar orasida «Alif - Olloh, Lom - Jabroil (Olloh bilan payg’ambar o’rtasidagi vositachi farishta), Mim - Muhammad alayhis-salom», deb bu xarflarga ma`no beruvchilar ham bor. … Tarjima va izohlar muallifi ALOUDDIN MANSUR. Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 07.08.2012 в 14:10. |
|
Ответить |
|
|