Yozuvchi Tohir Malikning yangi yozgan "Samum" romanining !-qismini o'qimoqdaman. Har bir sahifadan bir nechta hikmat topish mumkin. Juda-juda qiziqarli, ma'nili kitob chiqibdi.
Dahshat. Qonundagi o'g'ri Bo'ronning so'zlari: "Siz bilan men yashayotga olamning farqi shunda! Siz kechiraverasiz. Men yashayotgan olamda kechirish degan narsa yo'q. Sotqinlarni, tugmatchilarni bizda "hayvon" deb atashadi. Shu nom berildimi, tamom, o'ldiriladi. Boshqa yo'l yo'q. Shuning uchun men yashayotgan olamda xiyonat kam. Siz yashayotgan olmada esa har qadamda xiyonatchi..."
Ha, xiyonatchilar, tuhmatchilar aslo kechirilmasligi kerak. Ularni o'lgan odam deb hisoblab, inson o'z hayotidan chiqarib yuborsa shuning o'zi yetadi.