|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#11 |
|
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191
112/60
– 0
0/0
![]() |
Qadrimni toptashga urinmang,
Balandlab ketaman aks holda. Ozgina yon bersam, suyunmang, Daraxt ham bo’y cho’zar shamolda. Yo’l bermang birovni qarg’ashga, Gullarga o’qraymoq gunohdir. Haqliman xotirjam yashashga., Shu zamin menga ham pahohdir. Yoy kabi egsangiz qaddimni Ulug’lab oylarga mengzayman. Men yerdan topmasam baxtimni, Huv baland osmondan izlayman. Men nafas rostlay deb inchunun Ozgina yon bersam suyunmang. O’zimdan kechmayman siz uchun, Qadrimni toptashga urinmang! Birovning qaddini tiklash-chun O’z qadring tuproqqa tenglama, Ko’nglingni asragin bus-butun, Sen uni osmonday keng dema. Yog’dular sochilar tinimsiz Ochilsa muhabbat daftari. Ko’kdagi bir dardday ko’rimsiz Tuyular dunyoning dardlari. Goh daryo ko’nglingga qil sig’may Bir qatim nur tushsa o’t ketar. Kichrayar hech kimga bildirmay- Quyunday yoprilsa xavf-xatar. Birovning qaddini tiklash-chun Yiqilgan kunlarim ertakmas. Ololsam-olaman bus-butun- Menga ham yarim dil kerakmas. Yo’lingda kamonday egilgan Dardlarni ichingga yutmagin. O’zini ardoqlay bilmagan Ko’ngildan ro’shnolik kutmagin! Zamira Egamberdiyeva
__________________
Ayollik baxtiga balki arzimam. Onalik baxtimdan etma benasib... |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
|