Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ЎЗБЕКОНА > Маърифат
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Маърифат Адабиёт, тарих, таълим, маданият, санъат ва ҳоказо


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 20.04.2012 10:07   #33  
Аватар для Qadriyat
Оффлайн
Qadriyat.Uz
Сообщений: 22
+ 0  9/7
– 0  0/0

UzbekistanFacebook
Talha ibn Ubaydulloh kechqurun uyiga qaytayotgan edi. Mahallalardan birida eshik ochilib, ichkaridan novcha odam chiqib keldi. Uy Hazrati Umarniki emasligi kundek ravshan edi. Unday bo‘lsa, xalifa tunda bu uyda nima qilib yuribdi? Talha ko‘rmaganga olib, tez-tez yurib ketdi.
Uning fikru zikri o‘sha uyda bo‘ldi. Hatto ertalab o‘rnidan turganda ham o‘sha manzara ko‘z o‘ngidan ketmasdi. «Buning tagiga yetmasam bo‘lmaydi».
Shunday qilinsa, noma’kul xayoldan qutulgan bo‘lardi. Keyin ko‘chaga chiqib, to‘g‘ri o‘sha uy tomon yo‘l oldi. Yetib kelib, eshik qoqdi. Lekin hech kimsa ochmadi. Talha yana eshikni taqillatdi. Ichkaridan ayol kishining: «Kiraver», degan ovozi eshitildi. Ovoz nihoyatda titroq bo‘lib, kampir ekani ma’lum edi. Talha ichkariga kirib, bir burchakda o‘tirgan ko‘zi ojiz kampirga ko‘zi tushdi va shu zahoti bo‘shashdi:
— Assalomu alaykum, xolajon!
— Vaalaykum assalom, o‘g‘lim!
— Hech kimingiz yo‘qmi?
— Allohdan boshqa hech kimim yo‘q.
Oyoqlari shol kampirning yurishga ham imkoni yo‘q edi. Talha ichidan zil ketdi. Bu zil ketish bema’ni xayollarga berilganidan edi.
— Kecha bir kishi shu yerdan chiqib ketayotgan ekan...
— U Umar ibn Hattob edi. Alloh rozi bo‘lsin, anchadan beri kechalari kelib, uyimni supurib-sidiradi, yotog‘imni tozalaydi, yana boshqa ishlarimni ham qilib ketadi.
Javobdan Talhaning qalbi larzaga kelib, yig‘lab yubordi. Ayol bilan xo‘shlashib uydan chiqdi. «Onang sendan ayrilib qolsin, Talha! Umarning ayblarini qidirib nimaga erishding? Sen uyingda maza qilib dam olayotganingda, Umar qo‘lidagi aso bilan ko‘cha kezadi. Muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zib, to‘shakka mixlangan kasallarning tagini tozalaydi. Sen bo‘lsang, Qur’on hukmlarini sariq chaqaga olmay, birovlar nima qilayotganini kuzatib yuraver. Boshqalar taqvo zinapoyasidan ko‘tarilaversin», derdi Talha o‘ziga o‘zi. Birovning aybini qidirish oson. Lekin birovda bir fazilatni ko‘rib, uni kasb qilish uchun ancha harakat qilish kerak.

Ahmad Lutfiy Qozonchining “Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.)”
(Toshkent, «Movarounnahr», 2005) kitobidan olindi.


http://www.qadriyat.uz/index.php?act=4&way=3&nid=88
__________________
Qadriyat.Uz
Ответить 
2 "+" от:
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх