Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ЎЗБЕКОНА > Маърифат
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Маърифат Адабиёт, тарих, таълим, маданият, санъат ва ҳоказо


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 20.04.2012 10:05   #20  
Аватар для Qadriyat
Оффлайн
Qadriyat.Uz
Сообщений: 22
+ 0  9/7
– 0  0/0

UzbekistanFacebook
Imom al-Buxoriy: ustozlari va shogirdlari
Imom al-Buxoriy o‘z vatanida va xorijiy yurtlarda mingdan ortiq ustoz (shayx, mashoyih)lardan hadis rivoyat qilgani haqida manbalarda aniq ko‘rsatilgan.

Al-Buxoriyga ta‘lim bergan dastlabki ustozlari haqida aniq gapiradigan bo‘lsak, birinchi navbatda o‘sha davrda Buxoroda ko‘zga ko‘ringan muhaddislardan Muhammad ibn Salom al-Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf al-Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy, Ibrohim ibn al-Ash‘as va boshqalarni ko‘rsatish lozim. Hadislar bo‘yicha dastlabki saboqni al-Buxoriy mana shu ustozlardan olib, o‘n olti yoshga yetmasdan burun ko‘pdan-ko‘p hadislarni o‘zlashtirib, Abdulloh ibn al-Muborakning kitoblarini yod oldi. Tez fursatda al-Buxoriyning noyob qobiliyati va zukkoligi ko‘pchilik ulamolar tomonidan, shuningdek, al-Buxoriyga ustozlik qilgan yetuk muhaddislar tomonidan ham yuksak baholana boshlandi. Bu hol shu darajaga yetdiki, hatto taniqli olimlar ham al-Buxoriyning o‘z darslariga hozir bo‘lishidan tashvishlanib, uning huzurida biror xato yoki kamchilikka yo‘l qo‘yishlaridan xavotirlanadigan bo‘lib qoldilar. Ular hatto o‘z kitoblaridagi xatolarni tuzatish uchun al-Buxoriyga murojaat qilardilar. Manbalarda keltirilishicha, hadislar talabida al-Buxoriy xorijiy yurtlarga safarga chiqishdan oldin bir voqea sodir bo‘lgan ekan. Shu haqda buxorolik olim Salim ibn Mujohid shunday hikoya qiladi: "Bir kun do‘stim Muhammad ibn Salom al-Poykandiyning uyiga borgan edim, u menga: "biroz oldinroq kelganingda yetmish ming hadisni yod olgan bir yosh bolani ko‘rar eding-da,-dedi. Men shu zahoti orqamga qaytib ko‘chaga chiqdim va o‘sha bolani uchratib: "Yetmish ming hadisni yod bilaman, deydigan bola senmisan,-deb so‘rasam, u ha, undan ham ortiqrog‘ini bilaman",-dedi.

Davomi > http://www.qadriyat.uz/index.php?act=4&way=2&nid=93
__________________
Qadriyat.Uz

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 30.04.2012 в 17:37.
Ответить 
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх