Kechagi postda yozgan funksiyamni amalga oshirish haqida bosh qotirib qulay bir yechimni topdim.
Bir paytlar, hisobotlarni vaqtida tayyorlashni unutmaslik uchun Google Calendardan foydalanardim va undagi SMS xabarnomasi aynan men hohlagan ishni bajarib berishi mumkin ekanligi esimga tushib qoldi. Hozir o‘tirib, Chempionlar ligasi taqvimini yaratdim va uni sinab ko‘rdim. Hammasi men hohlagandek ishlayapti.
Quyida sizga ushbu taqvimni havola qilmoqchiman. Ushbu taqvimdan foydalanish uchun sizda Google hisobi va mobil telefon bo‘lishi kerak.
Ushbu taqvimning pastida, o‘ng tarafda +Google Calendar linkini bosib ushbu taqvimga obuna bo‘lasiz. So‘ng kalendar moslamalari sahifasini ochib, Mobile Moslamalar (Mobile Setup) bo‘limi orqali mobil nomeringizni tasdiqlatasiz. Undan so‘ng kalendar moslamalari sahifasidagi Kalendarlar (Calendars) bo‘limidan Chempionlar ligasi taqvimiga tegishli Xabarnomalar (Notifications) qismiga o‘tasiz va SMS orqali necha daqiqa avval xabardor qilinishingiz kerakligini belgilaysiz. Tamom. Mana endi chempionlar ligasi o‘yinlarining birorasini ham o‘tkazib yubormaysiz degan umiddaman
Ushbu yo‘l bilan bir nechta kalendarlarni yaratish yoki hammasini bir kalendarga kiritish mumkin. Qaysi biri qulay bo‘lsa, o‘sha yo‘ldan borganingiz ma’qul.
Mavzuga doir yozuvlar:
Дальше...