|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#11 |
Kapalaklar.
Tug’ilgandan men sho’rlikning bag’rim qon, Bir jismimda talashadi ikki jon. Jon talashsam, tepamda charx urgan ul, Kapalaklar odamlardan mehribon… Oqqushlarim, oq yomg’irda ucharlar, Saharlardan shudring-sharob icharlar. Tanlamayin qabrlarni qucharlar, Kapalaklar odamlardan mehribon… Gulga qo’nsa, qanotlari botmaydi, Ojizlarim birovga tosh otmaydi. Bir kun yashar, bir-birlarin sotmaydi, Kapalaklar odamlardan mehribon… Bir qarasang, na kulbasi, uyi yo’q, Na tovushi, na qo’shig’I, kuyi yo’q. Kapalakning kambag’ali, boyi yo’q, Kapalaklar odamlardan mehribon… Kapalakning Ka’basidir hur dala, Dalasida mehr to’la, nur to’la. Baxtsiz bo’lsa, bari baxtsiz bir yo’la, Kapalaklar odamlardan mehribon… Oydin oqshom yodga tushding, o malak, Seni o’ylab bo’ldi yana qon yurak. Sevaman deb aldamaydi kapalak!... Kapalaklar odamlardan mehribon!… Muhammadga ishonmagan ey, mo’minlar, O’lsam so’zim eslab, uyga cho’minglar: Kapalakning qanotiga ko’minglar, Kapalaklar odamlardan mehribon… Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
|
|