|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#11 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Eng go'zal qarg'ish
Bir sahroyi ayolning Og'ilchasi sho'x ekan. Undan zarar ko'rmagan, Biron kuni yo'q ekan. Qozondagi taomin, Tepib qochib ketarkan. Meshidagi suvini, Sepib qochib ketarkan. Qarg'ar ekan bolasin, Qilolmasdan epini, Qirqib qochganida kir Yoyadigan ipini. "Hoy, ipimni qirqmagin, Qalbingga ilm to'lgur. Hoy, meshimni teshmagin, Ka'baga imom bo'lgur! Sichqon dumin kesmagin, Beozor bo'l, to'g'ri yur. G'arib yo'lin to'smagin, Ka'baga imom bo'lgur". Demas ekan: "Juvonmarg", "Haromi", "Maraz", "O'lgur", Bitta ekan qarg'ishi: "Ka'baga imom bo'lgur!" Niyat ketdi, vaqt o'tdi, Misli yel yo shabada, Shu onaning, shu o'g'li Imom bo'ldi Ka'baga. Ne-ne shohu sultonlar, Orqasidan turib g'oz. Unga iqtido qilib, O'qir edilar namoz. Duo-la shum boladan, Chiqdi bir xush nafasli Olim, hofizi Qur'on- Abdurahmon Sudaysiy. Nazoratda insonning, Har so'z, har bir nafasi, Ibrat bo'lsin bizga bu Ollohning mo'jizasi. Komil inson ko'rdingmi, Marhabo, bilki ular- Ota-ona, elidan Duo olgan bolalar. Marhabo Karimova Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 14.12.2011 в 14:13. |
|
Ответить |
6 "+" от:
|
|
|