|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#1521 |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
***
Umrimni o‘tkinchi saboga berdim, Eng so‘nggi chaqamni gadoga berdim, Bu telba ruhimni Xudoga berdim... Sabo olib bordi, gadoga berdi, Gado yig‘lab bordi, Xudoga berdi. Xudo meni senga xatoga berdi, Sen meni kimlarga berding, Azizim? Zebo Mirzo
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
Ответить |
![]() |
#1522 |
![]() ![]() |
Менинг севгим...
Умидимнинг олис-олис юлдузларида, Юрагимнинг сохили йўқ денгизларида, Ёлғиз сени-сени излаб яшаган эдим, Менинг севгим, менинг севгим. Бахор бўлиб боғларимга гул тўшар эдинг, Хаётимни ёритган бир нурга ўхшар эдинг, Афсус энди сени-сени йўқотиб қўйдим, Менинг севгим, менинг севгим... Қизғонардим сени хар тонг эсган шамолдан, Сени олиб кетай дердим ёлғон хаёлдан, Шошар эдим, лекин сендан олис манзилим, Менинг севгим, менинг севгим... Бахор бўлиб боғларимга қайтармикинсан, Ўзимга дил сўзларинг айтармикинсан, Афсус сени-сени энди йўқотиб қўйдим, Менин севгим, менинг севгим Излаганим-топмаганим, Соғинганим-йетолмаганим, Ўйлаб-ўйлаб толмаганим, Менинг севгим, менинг севгим... |
|
Ответить |
![]() |
#1524 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Qo'shiqning she'rida vazn nima qiladi. Erkin she'r bo'ladi. Ohangga tushsa bo'ldi-de. ![]() Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 15.12.2011 в 11:36. |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#1526 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
G'alati san'at
Bolangizni qarg'amang, Duo qiling bolani. "It", "eshak" deb so'kishga, Hayo qiling, bolani. Rasululloh derdilar, Yuzlaridan yog'ib nur: "Bolalalar bu-jannatning Gulu rayhonlaridir". To'g'ri ba'zida "Gulu Rayhon"lar ham kuydirar, Sho'xligi oshib ketsa, Joningizdan to'ydirar. Bobom derdi: "Bolani So'kmoq asli emas ep, Jahlingiz chiqsa ayting: "Nodon" yoki "Xumpar" deb. "Boy bo'lgur", "ko'paygur" deng Aslo demang "o'l", "La'nat", Shuni bilib qo'yingki, So'kinish ham bir san'at. Qaniydi, payg'ambarday So'ksangiz, qilsam huzur Ul zot derdilar, so'ksa: "Burning yerga ishqalgur". Tildan chiqqan har so'zda, Ma'rifat, ziyo bo'lsin, Hatto so'kishingiz ham, Yaxshi bir duo bo'lsin. Ixlos bilan qilingan, Har niyating ushalar. Har so'zga ko'kda "Omiyn!", Deb turar farishtalar. "It" desangiz, it bo'lib, O'zingizni qopadi. "Eshak"dan eshak, har kim O'z tilidan topadi. Farzandingiz bilan el Faxrlanib yashasin, Itu eshak fe'llardan, Parvardigor asrasin. Olim, shoir, hunarmand, Polvon bo'lsin bolalar Yurtga kerakli, halol Inson bo'lsin bolalar. Bolangizni so'ksangiz, "Poshsho bo'lgur" deb so'king, "Olim bo'lgur", "Xizrga oshno bo'lgur", deb so'king. Og'izdan chiqqan har so'z, Marhabo, bilki, kushod. Inson ma'rifatini O'lchaydigan darajot. Marhabo Karimova Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 14.12.2011 в 14:12. |
|
Ответить |
6 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#1527 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Eng go'zal qarg'ish
Bir sahroyi ayolning Og'ilchasi sho'x ekan. Undan zarar ko'rmagan, Biron kuni yo'q ekan. Qozondagi taomin, Tepib qochib ketarkan. Meshidagi suvini, Sepib qochib ketarkan. Qarg'ar ekan bolasin, Qilolmasdan epini, Qirqib qochganida kir Yoyadigan ipini. "Hoy, ipimni qirqmagin, Qalbingga ilm to'lgur. Hoy, meshimni teshmagin, Ka'baga imom bo'lgur! Sichqon dumin kesmagin, Beozor bo'l, to'g'ri yur. G'arib yo'lin to'smagin, Ka'baga imom bo'lgur". Demas ekan: "Juvonmarg", "Haromi", "Maraz", "O'lgur", Bitta ekan qarg'ishi: "Ka'baga imom bo'lgur!" Niyat ketdi, vaqt o'tdi, Misli yel yo shabada, Shu onaning, shu o'g'li Imom bo'ldi Ka'baga. Ne-ne shohu sultonlar, Orqasidan turib g'oz. Unga iqtido qilib, O'qir edilar namoz. Duo-la shum boladan, Chiqdi bir xush nafasli Olim, hofizi Qur'on- Abdurahmon Sudaysiy. Nazoratda insonning, Har so'z, har bir nafasi, Ibrat bo'lsin bizga bu Ollohning mo'jizasi. Komil inson ko'rdingmi, Marhabo, bilki ular- Ota-ona, elidan Duo olgan bolalar. Marhabo Karimova Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 14.12.2011 в 14:13. |
|
Ответить |
6 "+" от:
|
![]() |
#1528 |
Tong titraydi kech kuzakning quchog'ida,
Yulduzlarni o'chirmoqqa gulgun shafaq. Jonim, qalbim she'riyatning pichog'ida... Zamin tilsim, Osmon tilsim... she'r - beshafqat! Men qiynaldim. Xayolimning qanotida, Dengizlarni ko'targancha tolib, uchdim. Yuzduzlarni ko'p ko'rganman hayotimda, Dengizdagi yulduzlarni keldi quchgim. Ko'kka boqdim, o't tutashdi jonim aro ... Qat-qat bulut qatlarida ne sir asror! Hayrat ichra o'ldirgusi meni samo, Ona zamin, ucha qolay, qo'yib yubor! Men yor dedim...Laylimi yo, Shirinmi yo! Yoki endi tug'ilajak biror malak? Mana, men, deb ko'z oldimda bo'ldi paydo, Mana, men, deb she'rdan boqdi yakto yurak. Yulduzlarni o'chirmoqqa gulgun shafaq, Tong titraydi kech kuzakning quchog'ida. She'r yozilar... Qiynoq, senga bo'lsin sharaf, Jonim, qalbim she'riyatning pichog'ida... Hali butun ro'yi jahon she'r bo'lajak, FAqat bekor bilib orom quchog'ini - Bu dunyoni sirga ko'mib yashash kerak, Qalbga sanchib she'riyatning pichog'ini! Usmon Azim
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
Ответить |
![]() |
#1529 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Qaynoq harorating ketdi dilimdan,
Erib muzlarim ham cho'zilmas endi. Toshlarga aylandim, hissiyot nima? Nahot hur taftlari ta'sir qilmaydi? Voz kechdim ko'ngil bu o'yinlaringdan Sevsang ham farqi yo'q, sevolmasang ham. Harorating ta'sir qilmaydi endi Bilsang ham farqi yo'q, bilolmasang ham. Endi rohatlandim chilla quyoshi Bo'lsang ham farqi yo'q, bo'lolmasang ham. Yoshlik o'tib ketdi manzillaringdan Kelsang ham farqi yo'q, kelolmasang ham. Endi begonasan bu ko'ngilga do'st Qolsang ham farqi yo'q, qololmasang ham. O'zga olamdaman-tushlarimdaman Kirsang ham farqi yo'q, kirolmasang ham. Kelgil borlarimni butkul aytaman Garchi ushbu damda huvillagan dil. Minginchi bor senga yonib qaytaman istasang farqi yo'q, istamasang ham. Beshir Guney Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 15.12.2011 в 11:55. |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#1530 |
TUSHLIK TANAFFUS Sokingina yashar edi u – na shodligi ayon, na dardi.Tongda to’g’ri ishga borar u, oqshom to’g’ri uyga qaytardi. Ulfati yo’q, ko’cha kezmagan, maishat ne - bilmagan odam. Birov sezib, birov sezmagan – borligi-yu yo’qligini ham. Bir mo’minga doim bir qotil esh bo’lganday yorug’ dunyoda, Manglayiga bitgandi xotin – azozildan ming bor ziyoda. Cho’ntagiga erning to’rxalta, qulog’iga solib olam gap, Ro’yxat qog’oz bilan albatta, kuzatardi har kun ertalab. Sodda, oriq, noshud, kichkina, har kun uyda o’tirib oqshom, Gazetdan ko’z olmay, tinchgina, eshitardi xotindan dashnom. Tiriklikning tashvishi, g’ami hammani ham qilgandek ado, O’chdi bir kun umrning shami, bu olamdan ketdi benavo. Xotin ko’zni ochib g’aflatdan, bildi – tayanch to’gi yo’qoldi. Shaddod xotin shunda daf’atan – mushtiparga aylandi, qoldi. Ko’rgilikning bari daf’atan, qazo boqmas nolayu zorga, Mana, u ham bir kun odatan, sham ko’tarib keldi mozorga. Qudrat tilang uning sabriga, uni kutar bunda turfa hol: Qotib qoldi – eri qabriga sham yoqardi o’zga bir ayol. Qotib qoldi. To’plab, nihoyat, bor makri-yu irodasini, Yashiroldi ko’zdagi hayrat va hayajon ifodasini. Ayol sari yurdi beparvo. Salom berdi, so’rab kechirim. Dedi ko’ngil olgandek go’yo: “Kim bo’ladi bu odam?” -“Erim”... “Erim” – bu so’z xotin qalbiga – olovli o’q bo’lib sanchildi, Endi bildi, er uni nega – xush ko’rmasdi, ha, endi bildi. Nahot shunday beozor odam, nahot bo’lsa boshqa xotini, Qani endi shundan keyin ham, oqlab ko’ring erkak zotini. Qani endi go’rni ochsa-yu, bevafoni tutsa so’roqqa, So’ng eriga qo’shib mana bu – megajinni ko’msa tuproqqa. E voh, ayol g’azabidan ham, makridan ham asra xudoyim, Yondirsa-da ichini alam, savol so’rar yana muloyim: ”Bolalar-chi?” -”Qolmadi yodgor. Menga uning yodi kifoya. G’ayriodat ishq bu betakror, eshitsangiz qilay hikoya. Men u bilan tushlik chog’ida, oshxonada dastlab ko’rishdim. Men stolning nari yog’ida, u – bu yoqda o’tirgancha jim. Ovqatlandik ertasiga ham, indini ham shu bo’ldi takror. Yettinchi kun deganda ilk bor, ”Yaxshimisiz”,- dedi bu odam. Tanishuv kyn bo’ldi bu bizga, salomlashib yurdik necha kun. Kechirasiz, ne bo’ldi sizga? Titrayapsiz, singiljon, nechun?” ”Hechqisi yo’q, sovqotdim bir oz. Davom eting...” –”Xullasi kalom, Bir-birovga o’rgandik oz-oz, bir-birovga bog’landik tamom. Shunday ekan qismat xohishi. Men ham edim dunyoda tanho. U kamtarin, beozor kishi, dardlarimga bo’ldi oshino. Men-ku yolg’iz edim – na otam, na onam bor, na oilam bor. Yolg’iz ekan dunyoda u ham: farzandlar – g’o’r, xotin – dilozor. Sodda, noshud, ko’rimsiz, ammo – uning qalbi bir olam edi. Teran fikrat, hislar – musaffo, fidoyilik jamul-jam edi. E voh, qadrin bilmadi dunyo. Loyda yotgan dur edi bu zot. Mening zulmat hayotim aro “yarq” etgan bir nur edi bu zot. Dardlashardik bechora bilan, ikkimizda nadomat, afsus. G’am-anduhlar izhori bilan – o’tar edi tushlik tanaffus. U so’zlardi – men tinglar edim. Men so’zlardim – kuyardi u ham. Gohi uzoq o’tirardik jim, ko’zimizga cho’kib tubsiz g’am. Mening ko’zim derdi: Ey aziz, qayda eding o’ttiz yil avval? Uning ko’zi derdi: Foydasiz. Bu dunyoda baxt yo’q mukammal. Mening ko’zim derdi: Men muhtoj. Qidirgandim seni bir umr. Uning ko’zi derdi: Na iloj. Kech bo’lsa ham ko’rishdik, shukr. So’rsalarki, qay vaqt saodat bo’lgan sening umringga oshno? Derdim: besh yil, har kun bir soat, faqat tushlik tanaffus aro. O’zga makon, o’zga zamonda, paydo bo’lgan olis yulduzlar - El ko’zidan pinhon osmonda ko’rishgandek faqat kunduzlar. Bu ham turmush... mana, nihoyat, judo bo’ldik. Bor gap shu, singil. Tamom bo’ldi dardli hikoyat...” Oqshom cho’kar, tushar qorong’u, xazonlarni supurar shamol. Yarimta oy surgancha xayol, sokingina taratar yog’du. Qabristonda qolmagan odam. Huvillagan sukunat aro – Bir qabr uzra yonar ikki sham... Ikki ayol yig’lar besado… Erkin Vohidov
Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 15.12.2011 в 11:36. |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
|