|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#1 | ||
|
Заблокирован(а)
Сообщений: 116
+ 121
118/71
– 1
2/2
![]() |
Assalomu alaykum ahli forum! Ushbu mavzu orqali o'zimizning mumtoz adabiyotimiz durdonalaridan biri bo'lmish Husrav Dehlaviy ijodi bilan tanishtirib borsam. Hammamizga ma'lumki Sharq adabiyotini bilish, o'rganish hamda uni o'rgatish biz uchun Ota meros narsadir. Shu sababli, vaqt topib, albatta, Sharq durdonalarini, gavharlarini muntazam ravishda o'qib turaman. Niyat qildim, ushbu forumda men yoqtirgan hamda sevib o'qiydigan ulug' alloma, buyuk shaxs- Husrav Dehlaviy ijodi bilan Sizlarni tanishtirib borishga yoki eslatib turishga. Mir Alisher Navoiy Husrav Dehlaviyni buyuk g'azal ustodlari Hofiz Sheroziy va Jomiylar qatoriga qo'ygan. Aslida Amir Husravning otalari Kesh (Shahrisabz) dan bo'lib Hindistonga ko'chib borib qolgan o'zbeklardan bo'lgan. Onalari esa hind qizi bo'lgan ekanlar. Amir Husrav hayotining ko'p qismi Dehlida o'tganligi bois Dehlaviy deb nisba- laqabini olgan ekanlar. Amir Husrav Dehlaviy o'z she'r, g'azallarida inson qalbining nozik hissiyotlarini, oshiq yuragining dard-alamlarini, chuqur ezgu niyatlarini, orzu-umidlarini zo'r mahorat bilan kuylaydi. Bundan tashqari, u kishi Nizomiy Ganjaviyga izdoshlik qilib, Xamsani yaratganlar. Unda "Matla'ul anvor" (Yoritg'ichlarning chiqishi), "Shirin va Husrav", "Majnun va Layli", "Oinai Iskandariy", "Hasht behisht" (Sakkiz jannat) dostonlari bor. Amir Husrav Dehlaviy ijodi xamsachilik, tarixiy dostonchilik va g'azalchilikda O'rta va Yaqin Sharq xalqlari adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shdi desak, mubolag'a bo'lmaydi....
Quyida qo'yib boriladigan ga'azallar, qasidalar, hikmatlar, ruboiylarning manbasi "Husrav Dehlaviy she'riyati"dan kitobi bo'lib, Toshkent-1979 yilda, O'zbekiston Markaziy komitetining nashriyotidan chiqqan. Последний раз редактировалось Maryam; 17.11.2011 в 12:39. |
||
|
|
Ответить |
|
|
#2 |
|
Заблокирован(а)
Сообщений: 116
+ 121
118/71
– 1
2/2
![]() |
Qit'alar
Aslida odamdan kam emas odam, Chunki barchamizning otamiz Odam. Kimningki javhari bo'lsa ilmu fan, Uning tagi ulug', o'zi muhtaram. Hunardan g'urur et, mansabdan emas, Ilmli odamga ulug'lik hamdam. O'tkir po'lat kamdir qiymatda zardan, Fazilati uchun zar unga mahram. *** Odamning sharafi ilmin ko'pligi, Kimiki donodir, men shuning quli. Kim mansab qidirdi, ilmi bo'lmadi, Badrabxona unday mansabing yo'li. Boshida dastoru egnida zar to'n- bo'lsa ham hamisha nopokdir qo'li. *** Oxir o'z jazosin tortmayin qolmas, Do'stlarga qasd qilsa agar past odam. Sham boshiga pilik moy torta-torta, So'xta bo'ladiku oxir o'zi ham... |
|
|
Ответить |
|
4 "+" от:
|
|
|
#5 | |
|
Заблокирован(а)
Сообщений: 116
+ 121
118/71
– 1
2/2
![]() |
Цитата:
Ozor topganida kishining dili, uni qayta xursand qilmoqlik mumkin. Kishi xafalikni unutar ammo, Ozorning zahridan dilda qolur kin. Ip uzilsa uni ulab bo'ladi, ammo o'rtasida qoladi tugun... bu kabi oddiy tilda yozilgan qit'alarni tushuntirib o'tirish ortiqcha vaqtni yeydi...qiyin joylarini, tabiiiy sharhlab o'tish maqsadga muvofiq, qolaversa, katta yoshadig insonlar o'qishadi, ularga oddiy narsalarni ham keng yoritib berish ba'zan menga " bu hammaga ayon narsa-ku" deb tuyuladi... |
|
|
|
Ответить |
|
3 "+" от:
|
|
|
#6 |
|
SQBNMF
Сообщений: 212
+ 3,689
244/106
– 89
1/1
![]() |
Халол ишлаб топсанг гар арпа донин
Яхшидир егандан биров оқ нонин. Иш вақти бўлмагин ғофил, паришон, Охири меваси бўлур пушаймон. Кимки билимсизлик зиндонида гум, Гадодир, тиллоси бўлса ҳам юз хум. Гарчи юз хийлага уриб кўрсин бош, Қуруқ олим ўзин дарров этар фош. Ғаму шодликда ёр бўлса баробар, Уни чин дўст ҳисоб этгил, биродар. Дўстларинг кўпаяр фаровонликда, Уларни синаб кўр нотовонликда...... |
|
|
Ответить |
|
4 "+" от:
|
|
|
#7 |
|
Заблокирован(а)
Сообщений: 116
+ 121
118/71
– 1
2/2
![]() |
Majnun hikoyati
Eshitdim dilso'xta Majnun bechora, Isitmalab yonib yotar, dil pora. Shunday o'tkazdi bu zug'umni falak, bir oy ichra bo'ldi uch kunlik oydek. Berilgan xilma-xil doriyu darmon, Orom berolmasdi, taskin topmas jon. Ma'junu sharbatdan topilmay chora, og'irlashar bemor holi tobora. Tabiblar boshiga yig'ilib bir kun, Dedilar: "lozimdir tumoru afsun". Biri dedi: " Haddan oshsa issiqlik, Afsun qaytaradi bilar mashoyiq". Biri der: "Afsundan tumor yaxshiroq, Sog'lik baxsh etadi tumor, yaxshi boq". Har kim har xil so'zdan toza dur sochdi, bemor ham ohista og'zini ochdi: "Har kim har narsani aylasa havas, Menga dilbarimdan kelgan nma bas". Bir xat keltirishdi yozgandi Layli, Ko'ksiga bosdiyu, topildi shifo. Maktub yo'llar ekan har kimning yori, Hayot afsuni u, umr tumori. Izoh: Dardning nomi ishq bo'lsa, darmoni ham ishq... Bir rivoyat esimga tushdi...Ibn Sinoni yoniga bir bemor yigitni keltiradilar. Dardi nima deb so'raganlarida, ishq deb javob berishgan, shunda Ibn Sino yigitning Ota-onasiga qarab: Unda bu mening bemorim emas, uni o'sha qizga uylantirib qo'yinglar degan maslahatni bergan ekanlar... |
|
|
Ответить |
| Реклама и уведомления | |
|
|
#8 |
|
Заблокирован(а)
Сообщений: 116
+ 121
118/71
– 1
2/2
![]() |
Pokroq bo'lg'il osmon qatrasidan ham,
Pokroq bo'lg'il oftob zarrasidan ham. Oqila, tadbirkor bo'lsa gar ayol, Qo'ldagi ignasi yoy o'qi misol. Gul bargida o'ssa nozanin oyoq, ahvoli ne kechar tikan bosgan choq. Darhaqiqat, inson mehnat bilan. Mashaqqatni, qiyinchilikni, mehnatni ko'rmagan inson qiyinchiliklarga duch kelaganida azob chekadi. Gyote ham Faustni shunday yakunlagan, Faust oxir oqibat inson faqat mehnat orqali baxtga erishadi degan fikrga keladi. Mehnat-insonni ulug'laydi! |
|
|
Ответить |
|
|
#9 |
|
Заблокирован(а)
Сообщений: 116
+ 121
118/71
– 1
2/2
![]() |
Gulfurushga xushdir bo'stonu gulzor,
O'tinfurush ko'nglin xushlar tikanzor. Ilyohim, hayotda yaxshi insonlar ko'paysin. Yaxshilikni biladiganlar, yaxsilikka yaxshilik bilan javob qaytardigan insonlar tofiasi ko'paysin,kengaysin. Yaxshining qalbi-bo'ston, insonlarga yaxshilik qilish qalblarni xushnud etadi. Yomonlarning qalbiga esa faqat gina, adovat, yomon xabarlarni yetqazish, chaqimchilik kabi yomon illatlar taskin beradi. |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#10 |
|
Заблокирован(а)
Сообщений: 116
+ 121
118/71
– 1
2/2
![]() |
Hech kim ko'tarilib, bo'lolmas rahbar,
Agar u bo'lmasa raiyatparvar. Hayotda shuni tez-tez uchratamiz. Inson hadeb beburd bo'laversa, hadeb o'zinikini ma'qullasa, hadeb o'zini to'g'ri deb hisoblasa, faqat o'zini fikrini ma'qullasa, bunaqa inson hech qachon uzoqqa bora olmaydi. Odamlar uning kimligini sezib qolgacha, asta-sekin yiroqlasha boshlaydilar. Toki inson jamiyatda yashar ekan, boshqalar ko'ngliga, qarashi, boshqalarning ham xohish-istagi, rayiga qarashi, boshqalar fikrini ham tinglay olishi, inobatga olishi kerak. Inson hech qachon butkul haq bo'lavermaydi. Har bir inson xatokor. Shuni ko'pchilik teran anglab yetganida, balki jamiyatda o'zaro nifoq kam bo'lar edi, balki lutf-karamli insonlar ko'payar edi... |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|