Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 19.11.2011 11:17   #1631  
Заблокирован(а)
Аватар для Maryam
Оффлайн
Сообщений: 116
+ 121  118/71
– 1  2/2

Uzbekistan
Demak, n harfiga...ekan...


...Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.

Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
“Nigoro!” deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar.

Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar.

Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq,
Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar.

Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar.

Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan,
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar.

Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig’a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 19.11.2011 12:22   #1632  
Аватар для Alisher Asror
Оффлайн
sport maktabi
trener
AKA:da
Сообщений: 494
+ 483  466/264
– 3  9/9

UzbekistanLiveJournalМой КругМой мир
Roviylar ne uchun? Haq va Haqiqat!
Asirlik zanjirin parchalab tashla.
Vujudingni yoqsin alamli fikrat,
Ayon haqiqatga , haq yo'lga boshla.

Fursat o'tmakdadir. Vaqt bu - beamon,
Omonat dunyoda omonat odam -
Vijdon shevasi bor, mehrobi iymon -
Asl insonlarni chorlaydi bu dam.

Falakka sanchilib qolgan ko'zim bor,
Olovlar, chamanlar ichra o'zim bor.

Rauf Parfi
Ответить 
2 "+" от:
Старый 19.11.2011 12:47   #1633  
Заблокирован(а)
Аватар для Maryam
Оффлайн
Сообщений: 116
+ 121  118/71
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Alisher Asror Посмотреть сообщение

Falakka sanchilib qolgan ko'zim bor,
Olovlar, chamanlar ichra o'zim bor.

Rauf Parfi

Usmon Azimdan R harifga she'r....


Rashk, g‘iybatning to‘lqinlarida
Kema misol chayqaldi xonam.
Endi bizlar hech uchrashmaymiz...
Xayr!

Tong otadi,
Sen yo‘q.
Kun botadi,
Sen yo‘q.

Stolimda sen yozgan xatlar,
Devordagi suratdan ham sen
Mehr bilan boqib turibsan.
Derazadan ko‘ringan osmon

Parchasiga shodmon boqardik,
Yulduzlari kulganida ham,
Oy shafaqqa to‘lganida ham...
Xonam, o‘zim, bu ulkan olam
Sendan qolgan g‘amgin xotira.

Tong otadi,
Sen yo‘q.
Kun botadi,
Sen yo‘q.

Uzoqlarda bepoyon yo‘lda
Yig‘lab ketib bormoqdasan sen,
Oyoqlaring tagidagi yer
To‘lqin otar monandi dengiz.
Oq chorlog‘im, uchib charchading –
Yiqilasan daqiqadan so‘ng,
Yiqilasan, to‘lqinlar yutar...

Tong otadi,
Sen yo‘q.
Kun botadi,
Sen yo‘q.

Chidab bo‘lmaydi.
Endi mendan ketdi ixtiyor!
Yuragimni qo‘yib kaftimga
Shivirlayman besabr, takror:
Qiblanamom, yo‘l ko‘rsat menga!

Последний раз редактировалось Maryam; 19.11.2011 в 12:55.
Ответить 
"+" от:
Старый 19.11.2011 15:32   #1634  
Аватар для Alisher Asror
Оффлайн
sport maktabi
trener
AKA:da
Сообщений: 494
+ 483  466/264
– 3  9/9

UzbekistanLiveJournalМой КругМой мир
Alminnatulillo, yana ko'rdim yuzingizni,
Eshitdi quloq duru adandek so'zingizni.
Oyning na qora qoshi boru, na qora ko'zi,
O'hshatmag'ayman ul falakiga o'zingizni,
Ortiq yaratibdur hammadan yulduzingizni.

Atoiydan bo'lsa kerak, bolaligimda Ayamdan eshitganman
Ответить 
"+" от:
Старый 19.11.2011 15:51   #1635  
Заблокирован(а)
Аватар для Maryam
Оффлайн
Сообщений: 116
+ 121  118/71
– 1  2/2

Uzbekistan
I ga...

Ishq o'tiga o'rtanib, devona bo'lgan o'zginam,
Kuya-kuya kul bo'lib, biryona bo'lgan o'zginam.

Oshiqi diydorman, ey yor, bilmassan magar,
Mansuri Xallojdek dorga osilgan o'zginam.

Kuya-kuya kul bo'lib, dunyodin o'tkan bormikin,
Ishq yo'lida ming o'lib, ming bor tirilgan o'zginam.

Chok siynamni qilib mahsharda aylarman fig'on,
Ul kuni diydor deb mahsharni buzgan o'zginam.

Ul sirot al- mustaqim oldida barcha yig'lashur,
Ishqni rahbar qilibon andin o'tkan o'zginam.

Mashrab
Ответить 
Старый 19.11.2011 16:56   #1636  
Аватар для Alisher Asror
Оффлайн
sport maktabi
trener
AKA:da
Сообщений: 494
+ 483  466/264
– 3  9/9

UzbekistanLiveJournalМой КругМой мир
Цитата:
Сообщение от Maryam Посмотреть сообщение
Ishqni rahbar qilibon andin o'tkan o'zginam.
Mayli deyman, toshmi o`sha oynaga boq,
Mayli, rashkim sindiraman hammaga yoq,
Yonib turgin ko`z – ko`zlarga tushgani chog`,
Shunda sevay, qayta –qayta, bir o`zingni!

Bir kun kelib cho`p tutqizsa qo`lga dayr,
Kunim bitib yakunlanib qolsa sayr,
Shunda senga termulsamu demay xayr,
Faqat sevsam, qayta –qayta, bir o`zingni!


(C)
Ответить 
Старый 19.11.2011 18:21   #1637  
Заблокирован(а)
Аватар для Maryam
Оффлайн
Сообщений: 116
+ 121  118/71
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Alisher Asror Посмотреть сообщение
Bir kun kelib cho`p tutqizsa qo`lga dayr,
Kunim bitib yakunlanib qolsa sayr,
Shunda senga termulsamu demay xayr,
Faqat sevsam, qayta –qayta, bir o`zingni!


(C)
I ga So'fi Olloyordan

...Ilkima bersang asoyi himmat, og'zima sano,
Ko'ngluma ishq otashin solsang, ko'zum yosh aylasang.

Bor umidim: gardi isyonimni yuvg'ay obi afv,
Harna yo'qdur chorasi qora tosh aylasang.

Chehrai jurmimni yopg'il pardai ismat bilan,
Onda mushkuldur gunohim xalq aro fosh aylasang.
Ответить 
"+" от:
Старый 19.11.2011 19:52   #1638  
Аватар для мафтун
Оффлайн
ТВ
редактор
Сообщений: 522
+ 551  680/326
– 38  11/10

UzbekistanМой мир
Гуллар оқшом чоғида, ўйга толар эмишлар,
Қуёш ботган тарафга, қараб қолар эмишлар.

Сўнг барчаси субҳидам, сал ийманиб, нозланиб,
Қуёшни кутар эмиш, шарқ томонга юзланиб.

Фақатгина атиргул, соғинч доғлаб кўксини,
Қуёши кетган йўлдан олмас эмиш кўзини.

Терс томондан кун чиққач, тўлиб шабнам – кўзёшга,
Ҳайрату араз билан қайрилармиш қуёшга.

...Мен бир – сафар одами, йўлда кечар ҳаётим.
Гулим, дилда ёнади бир илтижо, бир додим.

Бу дунёда йўл кўпдир, Гулим, умрим – хаёлдан:
Гоҳи жанубга ботиб, чиқадирман шимолдан.

Атиргулим – севгилим, мен қайларда елмайин,
Кетиб қайси кўчадан, қайси йўлдан келмайин.

Кўзларингни қадаб қол қуёш янглиғ дилимга,
Келгунимча қараб қол, жўнаб кетган йўлимга!..


Мирзо Кенжабек
Ответить 
2 "+" от:
Реклама и уведомления
Старый 19.11.2011 23:50   #1639  
Аватар для Mahmud Jurat
Оффлайн
Сообщений: 624
+ 19  399/213
– 4  82/36

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от мафтун Посмотреть сообщение
Келгунимча қараб қол, жўнаб кетган йўлимга!..
* * *
Аждодим шумерлар қуёш фарзанди,
Турнинг авлодиман боболар машҳур,
Шу тупроқ, шу ерда яшаб келдик ҳур,
Фақат биз қуёшга асил арзанда.

Еру кўк осмоним туркнинг маскани,
Унинг қудратига андилар ҳайрон,
Бизга ҳавас билан қарайди жаҳон,
Тикла машҳурлигинг туркнинг аскари.

Бугун кун жаҳонда сиёсат базми,
Ҳар кимга ўзининг қондоши нозли,
Мана шу дунёда энг азиз ҳилқат.

Кўкмисан, оқмисан, аждодингку бир,
Сен буюк вакилсан, дунёйи кабир,
Бирикган ютади шулдир ҳақиқат.
(С)
Ответить 
2 "+" от:
Старый 20.11.2011 12:03   #1640  
Заблокирован(а)
Аватар для Maryam
Оффлайн
Сообщений: 116
+ 121  118/71
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Mahmud Jurat Посмотреть сообщение
Кўкмисан, оқмисан, аждодингку бир,
Сен буюк вакилсан, дунёйи кабир,
Бирикган ютади шулдир ҳақиқат.
(С)
demak, T ga...

Telba Mashrab, qilmag'il sirringni zohidga ayyon,
Aytib-aytib yig'laysan, oshiqi zor oldida.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх