Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 02.11.2011 13:28   #121  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
O'zbek.

O'zbekka o'xshatish topmoq muammo,
O'xshasa o'ziga o'xshaydi o'zbek.
Qiyosi yo'q uning, mehri bir daryo,
Dunyoda bolam deb yashaydi o'zbek.

Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on,
Bir yelkada ketmon, birida iymon.
Barchaga barobar bir oftopsimon,
Yashnasin olam deb yashaydi o'zbek.

O'nta bo'lsa o'rni boshqa uning-chun -
O'glim otashimdan yaralgan uchqun.
Qizim parilardan chehrasi gulgun,
Yuzlari lolam deb yashaydi o'zbek.

Momolari tetik yuzga kirsa ham,
Bobolari qaysi yigitlardan kam.
Zuryodlari bo'lsa bir hovliga jam,
To'shak yetmay to'nin to'shaydi o'zbek.

Ehtirom etganga ehromlari bor,
Kekkayganga bo'yin egmagay zinhor.
Beshigida jajji Islomlari bor -
Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi o'zbek.

Kindik qoni tomgan tuproq unga shon,
Kerak bo'lsa, beso'z baxsh etar u jon -
Ko'krakka urmaydi: Vatan deb, Vatan!
Alpomish o'glonga o'xshaydi o'zbek.

Muhammad, kim bo'lding qiyosin topib,
O'xshasa - o'ziga o'xshaydi o'zbek.
Yomon she'r yozsang ham betingdan o'pib,
Kam bo'lma, bolam deb yashaydi o'zbek.

Muhammad Yusuf.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:46.
Ответить 
"+" от:
Старый 02.11.2011 13:51   #122  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Akademiya madhiyasi.

Alp o'g'lonlar o'lkasi bu ko'hna Turon,
Qalqonlari, qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang

Taxtdan tushganda ham otdan tushmay yurgan,
Ajdodingiz uy qurmagan - Davlat qurgan.
Yurti uchun yelkasida tog'lar surgan -
Rustamlari, Farhodlari, ilm istang.

Ko'z ochgandan kezib yetti bahri ummon,
Yetti tilda so'zlashgan biz tili biyron.
Vatanida Tojmahallar tiklar sulton -
Boburlari, Behzodlari, ilm istang.

Haq yo'lida siz ilmning ummatlari,
Xalq yo'lida hidoyati, himmatlari.
Madad bo'lsin, YAssaviylar hikmatlari,
Bobo MAshrab bayotlari, ilm istang.

Ilm istang, izingizdan ibrat yog'sin,
Ixlosingiz, shaxdingizdan shiddat yog'sin.
Ortingizdan mag'rur-mag'rur millat yog'sin,
Mulki Turon najotlari, ilm istang!...

Alp o'g'lonlar o'lkasidir O'zbekiston,
Erkli elning qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang.

Muhammad Yusuf.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:47.
Ответить 
"+" от:
Старый 02.11.2011 13:55   #123  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Yoshlar madhiyasi.

Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,
Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
Kunimizga yaragansan o`zing bizni.
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..


Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,
Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga.
Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.


Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,
Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi.
Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar
Bir kun bir kaft qumlog`ingga zor bo`ladi.
Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..


Gul ko`ringan dashtingdagi giyoh-xasdir,
Soddadilu ulug`vorlik senga xosdir.
Sevamizki, cho`llaring ham bizga jannat,
Tuprog`ing ham Makka misol muqaddasdir.
Onadek ko`rgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!


Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:47. Причина: offtop
Ответить 
2 "+" от:
Старый 02.11.2011 14:06   #124  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Men dardimni kimga aytaman.

Samarqandga borsam men agar,
Ulug'bekni ko'rib qaytaman.
Ul qon yig'lab turar har safar: -
Men dardimni kimga aytaman?...

Bag'rimga bo'y yetgan o'z bolam,
Mergan bolam, lochin ko'z bolam.
Bog'zimga tig' urgan o'z bolam,
Men dardimni kimga aytaman?

Sezmay qoldim...O'shanda chog'im,
Yulduzlarda ekan nigohim.
Bilmadim ne edi gunohim,
Men dardimni kimga aytaman?

Qancha g'amga botmagan edim,
Qancha og'u yutmagan edim.
O'z bolamdan kutmagan edim!
Men dardimni kimga aytaman?

Tanim muzlab, goh tosh qotaman,
Men shoh emas, axir, otaman.
Go'rimda ham o'ylab yotaman,
Men dardimni kimga aytaman?...

Samarqandga borsam men agar,
Ulug'bekni ko'rmay qaytmayman.
Ul qon yig'lab turar har safar,
Men kimga aytishimni bilmayman.

Muhammad Yusuf.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:47. Причина: offtop
Ответить 
Старый 04.11.2011 13:20   #125  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Cho'lpon

O'lsa o'zi o'lar
So'zi o'lmaydi,
Hamisha barhayot nasl shoirlar.
Haqiqiy shoirning qabri bo'lmaydi,
Yurakka ko'milar asl shoirlar.
Yo'qsa yo'qlamoqni o'rgating menga,
Cho'lponni go'rini ko'rsating menga.

Xazon bilmas bog'dir, shoirning zo'ri,
Sarxil mevalari muntazir bag'ir.
Ko'kka tutash tog'dir shoirning zo'ri,
Tog'ni yerga ko'mib bo'lmaydi axir?...
Ertak so'ylamakni to'xtating menga,
Cho'lponni go'rini ko'rsating menga.

Boshga bolish qilib qayin po'stini,
Balki u horganu, uxlab yotgandir.
Dushmani tan berib, qo'riqlab uni,
Ehtimol, eng yaqin do'sti yotgandir...
Rost so'zini aytar, uyg'oting menga,
Cho'lponni go'rini ko'rsating menga.

Qani she'rni yengan mahmadonalar,
Yeng shimarib engan mahmadonalar.
O'zin charbog'idan o'zi yulqilab,
Gulxanga gul ko'mgan mahmadonalar?
Turtib turg'azing bir, so'zlating menga
Cho'lponni go'rini ko'rsating menga.

O'zi qalandar-u shoir bayti - shoh,
Tuproqda giyoh-u osmonda qushdir.
Shoirni o'ldirmoq - suvni yondirmoq,
Yerni sindirmoqdek mushkil yumishdir.
Ey, siz, o'ylab so'zni o'ynating menga,
Cho'lponni go'rini ko'rsating menga.

Muhammad Yusuf.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:47. Причина: offtop
Ответить 
Старый 08.11.2011 13:36   #126  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Andijon

Andijon, ko’nglimda ko’kargan dalam,
Yo’limga termulib tolgan chorbog’lar.
Meni so’g’inadi sog’inmasam ham,
Bog’i Boburdagi momaqaymoqlar.

O’zing ulg’aytirgan niholingga boq –
Na bo’ying yetar, na qo’ling yetadi.
Bolangdan shoh chiqsa- o’zga yurtda shoh,
Shoir chiqsa bari daydib ketadi.

Gohi koyimaysan gapga kirmasa,
Gohi boshin silab yo’lga solmaysan.
Taqdirsan noliysan xudo bermasa,
Xudo berganini asray olmaysan.

Bevafo dunyoning ishlarin ko’rsang –
Sen qurgan saroyga hind mehmon tanlar.
Balki ahil bo’lsang, sal kengroq bo’lsang,
Bag’ringga bo’lardi Tojimahallar.

Uzr, gar og’rinsang yelkamga bosh qo’y,
Shod kuning ko’nglingni men bilan chog’la.
Boburga ilinsang, menga qovun so’y,
Cho’lponni sog’insang, meni quchoqla.

Muhammad Yusuf.

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:48. Причина: offtop
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 09.11.2011 14:38   #127  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Цитата:
Xalq bo'l, elim

Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,
Qumlar bosib qurimasin daryolarim.
Alpomishga alla aytgan momolarim,
Ruhini shod etay desang, xalq bo'l, elim.

Ko'z yoshlaring aylansa ham dengizlarga,
Qo'rg'oningni bermay desang Chingizlarga.
Ulug'bek nom qo'yib ketgan yulduzlarga
Yuzim bosib o'tay desang, xalq bo'l elim.

Go'ro'g'lilar qonga botsa g'irotlarda,
Ko'r o'g'illar yutin sotsa xilvatlarda,
Boburing bexabar yotsa Hirotlarda
Borib men uyg'otay desang, xalq bo'l elim.

Kuyib ketdi kitoblaring karvon-karvon,
Sinolaring malhamiga mushtoq-zorman.
Ko'ksingga ham besh asirlik kuyuk armon -
Navoiyga yetay desang, xalq bo'l elim.

Osmon diling orzulari turnaqator,
Ota meros yerning o'zi bir iftixor.
Ostonangdan oftob chiqib, oftob botar
Kunlaringga qaytay desang, xalq bo'l elim.

Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,
Qumlar bosib qurimasin daryolarim.
Alpomishga alla aytgan momolarim,
Ruhini shod etay desang, xalq bo'l, elim.

Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
"+" от:
Старый 10.11.2011 13:47   #128  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
- Azroilning yelkasida jim,
Ko'z yosh to'kib borayotgan kim?

- Qo'yni to'la hayajon, tuyg'u,
Uvol ketgan yosh bir yigit u.

- Sekin yursa bo'lmasmi da'yus,
Nima gunoh qildi, u mayus?

- Iblis chopsa bu haq tilagi,
Aybi - uning qaynoq yuragi.

- Azroilning avzoyi yomon,
U o'ljasin eltar qay tomon?

- Olloh loyiq ko'rib hurmatga,
Buyurganmish uni jannatga.

- Undaybo'lsa nega yig'layur?
- Yig'laydi-da. Axir u shoir!...

Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:49. Причина: offtop
Ответить 
2 "+" от:
Старый 10.11.2011 13:53   #129  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Mehr qolur.

O'tar qancha yillar to'zoni,
Yulduzlar - ko'z yoshi somoni.
O'tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Qoracho'gda porlagan o'sha,
Iqboliga chorlagan o'sha.
Dunyoni tor ayagan o'sha -
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Anor sening yuzlaring, suluv,
Xumor sening ko'zlaring, suluv.
Yodda qolmas so'zlaring, suluv,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Oqib ketdi suvlarda Tohir,
Zuhro yig'lab qoldi qon bag'ir.
Kelganda ham qiyomat oxir,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Nima deysan, ey, g'ayir inson,
G'iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o'tursan, inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Muhammad Yusuf
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:49. Причина: offtop
Ответить 
Старый 10.11.2011 14:14   #130  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Osmonimga olib ketaman.

Mening shodligimsan, bolaligimsan
Mening g'ussam o'zing, mening armonim.
Seni osmonimga olib ketaman,
Yerda bizga kun yo'q, kun yo'qdir jonim!..

Xato qildimmikan men erta kelib,
Yo sen adashgansan kelib keyinmi?
Goho kimliging ham bo'lmaydi bilib,
Inim deymi seni, sevgilim deymi?

O'ylayman deymanu o'ylamay bo'lmas,
O'tsang sen tomon bir bo'ylamay bo'lmas.
Sen meni hammadan yashirgan sirim,
Mening ertagimsan, so'ylamay bo'lmas.

Muhammad Yusuf.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.11.2011 в 14:50. Причина: offtop
Ответить 
2 "+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх