|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
![]() |
#3 | |
Цитата:
Bezovtalik yillarin tashlab, Qo’y, chida, - der, aldashga mohir… Qo’y, chida, - der, ko’zimni yoshlab. Oyoqlarim, qadamim og’ir, Sher zanjiri kishanlaganday, Yuragimda begona sabr, G’alabasin nishonlaganday. Baland parvoz orzusi qoldi, Osmonlarga ko`zim tushar kam, Tiriklikning da’vosi soldi, Mijjalarga xalqa-xalqa nam. Dil uyini bosganday sukut… (Yo men uni tinglamay qo`ydim,) Deyishadi: shoshilmagin, kut, Ufff…, to`g`risi shu gapdan to`ydim. Toqat tashlab langar siljimas, Ko’z yoshimning daryolaridan. (C) |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#5 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
...Ичингиз хижиллик тортмасин,
Рашк юкин эгнига ортмасин. Ва узоқ тикилиб кўзимга, Инонмай айтажак сўзимга, Ранжиманг. Кўрмайин чашмингиз ёшини, Майдаланг хавотир тошини, Зулматга ботмасин дилингиз, Нигоҳлар сотмасин дилингиз, Ўртанманг, Ўксинманг, ёрижон, Талпинар бир дил Сиз сори жон, Истара, чиройга бойимсиз, Кўкда ўн беш кунлик ойимсиз Ранжиманг Сиз менга жудаям кераксиз, Кўксимни бутловчи юраксиз, Ўтиниб худодан сўраган Тилагим – Сиз ўша малаксиз, Ранжиманг, Илтимос, ранжиманг... (с)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#6 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Guldan ko'nlim qolg'onini men mohga aytdim,
Vazirlarning yolg'onini podshohga aytdim, Kungay yoqqa qiyshanglab o'sgan butoqni Yo'lni egri olg'onini men shoxga aytdim. Tongga aytdim, qorong'ulik, tun o'rlaganda, Toqqa aytdim bog' bir-birin sensiraganda, Zebunniso ilonlardan sut so'raganday, Ajdahodan shikoyatim timsohga aytdim... Halima Xudoyberdiyeva |
|
Ответить |
![]() |
#7 |
![]() |
Men ham yigit dedim, men ham mard dedim,
Yuragim, ko’zingni darrov art, dedim. Bizning qadrimizga yetmadi bu qiz, Shaharga ketamiz, endi hayt, dedim. Hali izlab borar ortimizdan u, Shaharda tentirab ovora bo’lsin. Kim ko’zga ilardi, qishloqi qizni, Undan-da go’zallar borligin bilsin. Qirq yonda qirq pari ikkovimizni, Qo’ltiqlab yurganin yig’lab kuzatsin. Jahldor otasi uni bizgamas, O’zidek to’pori erga uzatsin... |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#8 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Nogoh sizni ko'rgim keldi, engashdim,
Nomeringiz shoshib terdim, tezladim. Birdan... bag'rim tuproq, bilan tenglashdi, ... Sizning "o'lib ketganingiz" esladim. Telefonlar... biz o'tgach ham ko'ngli xit, Anchagacha yetim bo'lib yuradi. Bir kun mening nomerim ham shu taxlit Bitta do'stning fikrin adashtiradi. Halima Xudoyberdiyeva |
|
Ответить |
|