Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 21.07.2011 17:53   #71  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Assalomu alaykum Izzatilla aka,

hayotning qizig'i insonning chin dildan qilgan niyati amalga oshishida ekan. Gap shundaki men, 2000-2002 yillarda Germaniyada magistraturada o'qib yurgan paytlarimda "Xo'ja" guruhining ashulalari yozilgan kassetalarim bor edi...O'shanda ismingizni bilmas edim...Men, o'sha kassetalarni chet ellik dugonalarimga bergan edim... Ular Parij, Belgiya ko'chalarida mashinda aylanib yurganlarida o'sha kassetalarni baland qilib qo'yishar ekan...Sababini so'rasam, ularga "Xo'ja" guruhing ashulalar judayam yoqqanini aytishgan edi, shunda men ularga sovg'a qilib bergan edim kassetalarni hamda tarjima qilib bergan edim...Keyin ular urganib olishib, kimsan, kimsan deb o'zbek tilida ashula aytishadigan bo'lishgan edi...:-) Men o'shanda ko'nglimdan o'tkazgan edim, eh, Xo'ja guruhini taniganimda, aytib quyar edim, qanchalik chet ellik dugonalarimga bu ashulalar yoqqanini deb...Qarang, niyat xolis ekan o'shanda, mana oradan shuncha yil o'tgan bo'lsa ham nasib qilibdi ekan shu bo'lgan kichkina voqeani aytib berishga...hamda "Xo'ja" guruhining solisti Izzatilla Ibragimov ekanini rostini aytsam shu forumdan bilib oldim...:-)

Fursatdan foydalanib, Sizga, bitta savolim bor edi...Men aslida ijodkor inson emasman, ammo eng tushkun, eng stressli paytlarimda soatlab pianino chalib jahl ustidan kuy bastalashim mumkin, ammo bu uchun men judayam qattiq g'azabda bo'lishim kerak...:-)

Siz, ijodkor sifatida, mana shunday holatga tushganingizda, nima ish qilasiz, ijod qilasizmi yoki?


Javob uchun oldindan rahmat,

hurmat ila

Ra'no
Ответить 
Старый 22.07.2011 21:33   #72  
Аватар для pipicron
Оффлайн
"SDK Group And" FC LLC
Quality Manager
AKA:Ali Al Mehr
Сообщений: 455
+ 136  615/253
– 10  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для pipicron с помощью Skype™Мой мирFacebook
Izzatilla Ibragimov,
Ассалом алайкум.
Узр, яна бир савол келиб колди.... Аввалги саволимнинг давоми деб уйладим.
Одатда классик мусиканинг шайдосиман. Шунинг учун классик мусика эшитганида хаёлимда мусикага монанд образлар, вокеа ходисалар, кисматлар жонланади. Шунда мусикага мослаб бир неча сатр коралагим келади.
Хонандалар, бастакорлар хакида эшитганим, улар бирор бир шеърни укиганларида уларнинг калбида мусика ва кушик яралади.
Сиз одатда кандай йул тутасиз? Мусикага мос шеър топиб кушик яратасизми ёки шеърга мусика басталаб кушик яратасизми? Ижодингизда кайси холат купрок кузатилади?
Ижодингизга омад тилайман. Рахмат.
__________________
Масофага хамрох, манзилга тинчлик керак...
Ответить 
Старый 29.07.2011 13:48   #73  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
"Хўжа" гуруҳининг қўшиқлари жамланган мусиқий жавон. Жами 100 дан ортиқ қўшиқлар мавжуд.

Рустам Ғоиповнинг "Ҳақиқат"(Эркин Воҳидов шеъри) қўшиғи Иззатилла Ибрагимов талқинида худди устозларидек ниҳоятда гўзал куйланибди.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 29.07.2011 14:16   #74  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
"Хўжа" гуруҳининг қўшиқлари жамланган мусиқий жавон. Жами 100 дан ортиқ қўшиқлар мавжуд.
"Хўжа" гуруҳининг янги қўшиқлариниям маза қилиб эшитяпман. Аввал фақат 4-5 та қўшиғини эшитардим холос. Ресурс учун раҳмат.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.

Последний раз редактировалось OmoN; 29.07.2011 в 14:41.
Ответить 
"+" от:
Старый 31.07.2011 21:24   #75  
Аватар для Izzatilla Ibragimov
Оффлайн
"Ўзбекнаво"
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист
Сообщений: 46
+ 17  172/43
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
Assalomu alaykum Izzatilla aka,

hayotning qizig'i insonning chin dildan qilgan niyati amalga oshishida ekan. Gap shundaki men, 2000-2002 yillarda Germaniyada magistraturada o'qib yurgan paytlarimda "Xo'ja" guruhining ashulalari yozilgan kassetalarim bor edi...O'shanda ismingizni bilmas edim...Men, o'sha kassetalarni chet ellik dugonalarimga bergan edim... Ular Parij, Belgiya ko'chalarida mashinda aylanib yurganlarida o'sha kassetalarni baland qilib qo'yishar ekan...Sababini so'rasam, ularga "Xo'ja" guruhing ashulalar judayam yoqqanini aytishgan edi, shunda men ularga sovg'a qilib bergan edim kassetalarni hamda tarjima qilib bergan edim...Keyin ular urganib olishib, kimsan, kimsan deb o'zbek tilida ashula aytishadigan bo'lishgan edi...:-) Men o'shanda ko'nglimdan o'tkazgan edim, eh, Xo'ja guruhini taniganimda, aytib quyar edim, qanchalik chet ellik dugonalarimga bu ashulalar yoqqanini deb...Qarang, niyat xolis ekan o'shanda, mana oradan shuncha yil o'tgan bo'lsa ham nasib qilibdi ekan shu bo'lgan kichkina voqeani aytib berishga...hamda "Xo'ja" guruhining solisti Izzatilla Ibragimov ekanini rostini aytsam shu forumdan bilib oldim...:-)

Fursatdan foydalanib, Sizga, bitta savolim bor edi...Men aslida ijodkor inson emasman, ammo eng tushkun, eng stressli paytlarimda soatlab pianino chalib jahl ustidan kuy bastalashim mumkin, ammo bu uchun men judayam qattiq g'azabda bo'lishim kerak...:-)

Siz, ijodkor sifatida, mana shunday holatga tushganingizda, nima ish qilasiz, ijod qilasizmi yoki?


Javob uchun oldindan rahmat,

hurmat ila

Ra'no
Ra'nohon savolingiz uchun katta rahmat. Chet eldan muhlis orttirish,va o'z san'atini dunyoga olib chiqish har bir san'atkorni orzu niyati deb o'ylayman.Bizni ham qo'shiqlarimizni dunyoni har-hil mamlakatlarida yangrashi albatta bizga o'zgacha ilhom bagishlaydi. Savolingizga kelsak agarda shunday holatga tushgudak bo'lsam albatta sabr ila engib o'taman. Bejizga aytishmaydi 'Sabrni tagi-Rahmon "deb. Inson qanday holatda bo'lishidan qat'iy nazar keng fikrli bo'lmogi darkor.
Ответить 
Старый 31.07.2011 21:39   #76  
Аватар для Izzatilla Ibragimov
Оффлайн
"Ўзбекнаво"
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист
Сообщений: 46
+ 17  172/43
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от pipicron Посмотреть сообщение
Izzatilla Ibragimov,
Ассалом алайкум.
Узр, яна бир савол келиб колди.... Аввалги саволимнинг давоми деб уйладим.
Одатда классик мусиканинг шайдосиман. Шунинг учун классик мусика эшитганида хаёлимда мусикага монанд образлар, вокеа ходисалар, кисматлар жонланади. Шунда мусикага мослаб бир неча сатр коралагим келади.
Хонандалар, бастакорлар хакида эшитганим, улар бирор бир шеърни укиганларида уларнинг калбида мусика ва кушик яралади.
Сиз одатда кандай йул тутасиз? Мусикага мос шеър топиб кушик яратасизми ёки шеърга мусика басталаб кушик яратасизми? Ижодингизда кайси холат купрок кузатилади?
Ижодингизга омад тилайман. Рахмат.
Savolingiz uchun katta rahmat. Endi butun ijodim davomida kuzatib et'ibor b-n qaraganimda aksariyat muhlislar yurak tubidan joy olib ulgurgan qo'shiqlarimiz, bular hammasi avval yurakka yaqin bir sh'er tanlab unga musiqa bastalanganida yaratilgan ijod namunalaridir. Bundan o'z-o'zidan kelib chiqadiki yahshi sh'erga bastalangan kuy 99% omadli chiqadi deb o'ylayman. Buni o'z tajribamda sinab ulgurganman.
Ответить 
"+" от:
Старый 31.07.2011 22:09   #77  
Аватар для Izzatilla Ibragimov
Оффлайн
"Ўзбекнаво"
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист
Сообщений: 46
+ 17  172/43
– 0  0/0

Uzbekistan
Thumbs up

Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Славянь халқ оғзаки ижоди намунаси бўлмиш "Рaски рай" лирик қўшиғи. Украинанинг кенг далаларида эмас, юртимизнинг олтингранг буғдойзорида олинган. Моҳирона ишланган, қўшиқ славянь халқининг руҳиятини тингловчига етказиб бера олган.
Izzatilla aka, "Raski ray" qo'shig'i ko'pchilik muxlislaringizda hamda slyavyan millatiga mansub bo'lgan forumdoshlarda ham maroqli taassurot qoldirdi. Qo'shiq orqali o'zga millatning ruhiyatini yetkazib bera olgansiz, klip mohirona ishlangan. Klipning g'oyasini kim bergan? Ushbu qo'shiqni kuylashingizga turtki bo'lgan sabab? Qo'shiqning mazmun mohiyati nimada: u mehnat qo'shig'i-hosilni yig'ib olish jarayonidagi qo'shiqmi yoki lirik qo'shiqmi?
Bu qo'shiqni 2007yil Turkiyada bir restoranda eshitib qolib,darrov ijrochisi kim ekanini bilib olib ertasiga darrov disk sotadigan do'kondan ushbu diskni sotib oldim. Ma'nosini aynan so'zma-so'z tarjimasini bilmaymanu lekin qo'shiq sevgi haqidaligini bir necha so'zlardan va qo'shiq ijrochisi Sasha Matic'ni klipidan yaqqol namoyon bo'lgani uchun, klipni goyasini o'zim va rejissyor ukam Muzaffar Erkinov b-n o'ylashib o'zgacha ruhiyat berish maqsadida slavyan millatini to'y marosimini ko'rsatib berishga va muhlislarga bir no an'anaviy ijod namunasini taqdim etishga qaror qilganmiz. Qo'shiq o'zini ohangi, o'ynoqiligi va zavqi b-n muhlislar va eshituvchilar e'tiborini o'ziga tortgan deb o'ylayman.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 31.07.2011 22:48   #78  
Аватар для Izzatilla Ibragimov
Оффлайн
"Ўзбекнаво"
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист
Сообщений: 46
+ 17  172/43
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Dildora Tursunova Посмотреть сообщение
Izzatilla aka,"Келажак бугундан бошланади" деган гап бор. Сиз ўзбек санъатининг келажагини нималарда кўрасиз? Ҳозирги куйланаётган олди-қочди қўшиқлар туфайли қўшиқчилик санъати санъат даражасида қола оладими?
Dildorahon savolingiz uchun katta rahmat. Endi savolga kelsak gapingizda jon bor,lekin vaqt o'zi tabib. Saragini sarakka,puchagini puchakka ajratib qo'yadi.Shuning uchun ham elim,yurtim,vatanim qolaversa san'atim deb yonib yashab ijod qiladigan yurtdoshlarimizni ijodini doimo qo'llab quvvatlayman. Chunki oz halqumini emas, oz halqini,millatini va o'z san'atini rivojini o'ylab yaratilingan asar doimo eng yuqori darajalarda qoladi. Men ham o'z qo'shiqlarim b-n,muhlisarga chiroylik munosabat va sahna madaniyatim b-n doimo endigina san'atga qadam qo'yayotgan yoshlarga o'rnak bo'lishga harakat qilib kelaman. Chunki har birimiz o'zimizda yoki yon atrofda kuzatilingan hatoliklarni o'z vaqtida hushyorlik b-n tuzatishimiz darkor. Aks holda sohta san'at siz o'ylaganingizdek kelajakda o'z mevasini tugishi mumkin. Lekin men o'ta qat'iyat b-n aytamanki haqiqiy fidoiy ijodkor va san'atkorlar bor ekan bunday sohtalik va yengil-yelpilik o'z-o'zidan bartaraf etilaveradi.
Ответить 
Старый 31.07.2011 23:09   #79  
Аватар для Izzatilla Ibragimov
Оффлайн
"Ўзбекнаво"
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист
Сообщений: 46
+ 17  172/43
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Zumrad Shadjalilova Посмотреть сообщение
Қўшиқларингиз оҳанг жиҳатдан бир-биридан тубдан фарқ қилади: "Шу тупроқ", "Ўзбекистон ёшлари"да ўзгача ижро усули бўлса, "Муҳаббатимсан", "Излаганим", "Муҳаббатинг"данда ўзгача оҳанг, "Бас-бас", "Ишонгин", "Кел-кел"да эса яна бошқача ижро. Улар ижро усуллари, оҳанги билан бир-биридан ажралиб туради. Бу сизнинг бир хилликни ёқтирмаслигингизданми ёки кайфиятингиздан келиб чиққан? Бундай ранг-барангликка қандай эришгансиз?
Savolingiz uchun katta rahmat. Haqiqatdan ham juda ziyrak ekansiz.Har bir qo'shiqqa o'zgach mehr b-n yondoshishga harakat qilaman. Chunki tinglovchi yaratilingan qo'shiqdan ruhiy va ma'naviy ozuqa ololmas ekan,bu ijod namunasida biroz sohtalik sezilgandek bo'ladi nazarimda. Bir hillikdan qochishim esa, meni tinglaydigan muhlislarim millionlar bo'lgani uchun har bir muhlisni ko'ngliga yo'l qidirar ekansan. Haqiqiy ijodkorni niyati esa o'z muhlisi qalbiga yo'l topib orom bagishlash.
Ответить 
Старый 31.07.2011 23:40   #80  
Аватар для Izzatilla Ibragimov
Оффлайн
"Ўзбекнаво"
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист
Сообщений: 46
+ 17  172/43
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Menga klip qo'shiqlaringiz juda ham yoqdi. Omad va iqbol ijodingizni aslo tark etmasin!

Savol: Ko'pchilik estrada yo'nalishida ijro etuvchi xonandalar classic uslubni ham o'zlarida sinab ko'rishayotganining guvohimiz. Xo'ja guruhi maqom yo'nalishida ham karyera ochishi mumkinmi?

Javob uchun rahmat oldindan.
Savolingiz uchun katta rahmat. 1989-90 yillarda san'atga endi kirib kelganimda 'Ho'ja" guruhiga 2-chi honanda sifatida ishga taklif etilganman. O'sha paytlar guruhumizda estrada yonalishida Odilbek Ho'jabekov kuylasa, men esa aksinch milliy va klassik yo'nalish bo'yicha ijrochi edim. Masalan Otmagay tong, Munojot, Asl yoring, Ko'cha bogi-2, Qaro zulfing, Fifon kim, Ey sarviravon, Shitob aylab kabi klassik qo'shiqlarimizni ijro etardim. 1996-yil guruhumiz o'z faoliyatini to'htatdi va 1997-yil 'Hoja" guruhini yangi yo'nalish b-n olib chiqdik va estrada olamida qolib ketdik. Qzimda ham shunday fikr ko'nglimga tinchlik bermay yurgan edi. Mana bugungi sizni savolingizdan kelib chiqqan holda ilgarigi repertuarimga qo'l ursam muhlislarim oldilarida san'atdagi yana bir qirram ochilardi deb o'ylayman. Albatta men maqom yo'nalishi bo'yicha professional emasman, lekin inson har bir ishga mehr b-n yondoshsa u albatta oz' maqsadiga yetadi deb o'ylayman.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх