25.05.2011 17:28
|
#11
|
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360
10,318/4,529
– 37
58/50
|
Bilmadim, bu she'r mavzuga naqadar to'g'ri keladimi yoki yo'qmi keltirishni joiz deb bildim. Ma'qul kelmasa oldindan uzr so'rayman:
Цитата:
Rost gap
Tuqqaningga rost gap yoqmasa,
Xotinni-ku gapirmayoq qo'y.
Ro'stgo'y erning har kuni-aza,
Yolg'onchining butun umri to'y.
Sen yoringga to'qib tashla bayt,
Parivash de, ata sarvinoz.
Rost gapingni majlislarda ayt,
To'g'ri so'zni gazetaga yoz.
Pista ko'mir qovursa yoring,
Sen o'shani oh-oh deb yegin.
Tashakkur ayt sovursa boring,
Zahar sochsa "asalim" degin.
To'lib ketsang tog'larga baqir,
Sado bersin nolalaringga.
Xotiningni "jonim" deb chaqir,
U onadir bolalaringga.
U jonfido, umringga hamdam,
Faqatgina bir aybi bordir.
Aybi shuki, yolg'on bo'lsa ham
Bitta shirin so'zingga zordir.
Aslida-ku gunoh yolg'on gap,
lekin gunoh to'la dunyoda
Yolg'on gapir ayolni maqtab,
Rost gap yo'qdir bundan ziyoda.
Erkin Vohidov, 2009-yil
|
Оффтоп: Albatta, bu kabi yolg'onni o'z ayolingizga nisbatan ishlating.
|
|
|
Ответить
|