Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 20.05.2011 22:24   #1181  
Аватар для Alisher Asror
Оффлайн
sport maktabi
trener
AKA:da
Сообщений: 494
+ 483  466/264
– 3  9/9

UzbekistanLiveJournalМой КругМой мир
Bu voqe`aga ham 20 yildan oshib qoldi...


Alanga


Odamlar, qahrli ko'zlar ne uchun,
Odamlar, zahrli so'zlar ne uchun...
(M. Ergasheva)



-- Halima, xoy, Halima! O'choqning tagiga gugurt chaqib yubor, tutayverib jonga tegdi. Hidoyat xola bu gaplarni shoshilib ishga chiqib ketayotib aytdi-da, javobini eshitmadi ham.
--Aya, Sodiqqa ayting, men imtihondan kech qolyapman,-- deb, Halima imtihonga tayyor emasligini bir zum hayolidan o'tkazdi. Oynaga qaradi, ko'ringan u qizning turishi yoqmadi. O'zini u yoq-bu yog'ini tuzatgandek bo'ldi. Bugun bitirish imtihoni, biologiyadan. Shu bilan maktab ham tugaydi. Keyin-chi... Dadasi bir nimalar deyayotgandi. Yana shu dalaning ishlari-yu, uyning tashvishlaridan boshqa nima ham bo'lardi. Balki, balki... u haqida o'ylagani ham uyaldi.

Imtihonga borgisi kelmas, uyda ham qolmoqchi emasdi. Maktabga ketyapti-yu, xuddi oyog'iga tosh bog'langanday. Yo'lda uchragan o'rtoqlarining gaplari ham u qulog'idan kirib, bunisidan chiqib ketaverar, ular kulishsa nimaga kulishayotganining sababini tushunmasa-da, bir qarab miyig'ida kulib qo'yar, ko'ziga aniq bir narsa ko'rinmas, fikri esa tarqoq edi.
Imtihon boshlandi. Halima bo`lsa o'zi bilan o'zi ovvora. Komissiya a'zolari 5-6 kishini chaqirib ham oldilar. Kim mayda varoqchalarga nimalardir yozilgan qog'ozlar ko'targan, hayajon bilan uni qayerigadir berkitmoqchi bo'ladi. Kimdir qayta-qayta kitob varoqlaydi, xuddi hozir kirsa shu mavzu tushadiganday. Yana kimdir taqdirga tan berib, eshik yonida besabrlik bilan imtihonga chaqirishlarini kutadi. Halimaga esa bu tuyg`ular begonaday. Tezroq qutulsa-da... keyin bir gap bo'lar.

--Halim, kir seni chaqirishyapti,--deb, turtdi dugonasi. Shundagina u koridorda anchadan buyon derazaga termulib turganini sezdi.Biroz hushyor tortdi. Chuqur nafas oldi va biologiya kabineti tomon yo'l oldi.

26-bilet tushibdi... borib orqaroqqa o`tirdi.

1-savol -- bilmaydi
2-savol -- uni ham
3-siga ham javob yo'q.

Bir oz fursat o'tgandan so'ng uni ham javob berish uchun chaqirishdi. Aytarli javob bera olmagach, imtihondan "yiqitishdi".
--Bahoying "ikki"-- dedi, qorachadan kelgan, yoshi elliklardan oshib qolgan jikkakkina ayol -- biologiya o'qituvchisi. Unga o'qituvchining o'ziga yarashmagan katta ko'z oynagining ortidagi ko'zlari tashqariga chiqib ketganday ko'rindi. Mayli, nima qilsin, ayb o'zida. Aslida nima farqi bor... bo'lar, degan hayollar bilan endi eshikka yuzlanmoqchi bo'lib turgan bir paytda, orqasidan haligi o'qituvchining:
--Halima, qani bu yoqqa qara,-- degan tahdidli ovozini eshitdi. Qaytdi. Sinfda muallima, bir sinfdosh qiz va besh-olti nafar bolalar qolishgan edi. Avval atrofga, so'ngra esa muallimaga qaradi-da, darhol ko'zini polga qadadi.

-- Endi nima qilamiz, maktabda qolib ketaverasanmi!?...Hozir borib bizning uydagi mollar tagini tozalaysan, keyin ertaga kelsang "3" qo'yib beraman, tushinarlimi!!?
Halimaning ko'ngli aynib, qayt qilib yuboray dedi.Qanaqa isnodlarga qoldi u , ertaga o`rtoqlarining yuziga qanday qaraydi? Dadasiga, akalariga nima deydi…
Bir zumda uyga yetib kelganini bilmay qoldi. Uyida yig`lab berayin desa Onasi ham yo`q…
-- Dunyosidan to'yib ketdim-ku! Bu nima gap o'zi!??

Borgan sari yuragini vahima bosa boshladi. Shu payt ayvonda yotgan chilvir ko'ziga ko'rindi. Hashakxonaga qo'yilgan shotiga arqonning bir uchini bog'ladi...
… tashqaridan kelgan yengil shabboda tutab yotgan o'choqdagi o'tinni yoqib yubordi.

Halimaning dadasi, Duvona amaki(men haqiqiy ismlarini bilmayman)ni ertasi kuni maktabda qizining rasmini ko'tarib, yig'lab yurishganini ko'ribdilar:
--Qizimni topib beringlar, qizimni...

(C)

Последний раз редактировалось Alisher Asror; 20.05.2011 в 22:31.
Ответить 
Старый 21.05.2011 07:51   #1182  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
SEVILMAGANLAR.

Firoq daryosida yuvilmaganlar,
Taklif ham qilinmay quvilmaganlar,
Tunlarning qo'yniga g'arq bo'lib yashar,
OLLOX TAMONIDAN SEVILMAGANLAR.
Hayot saxnasida afsona go'yo,
Baxt bilan egzak durdona go'yo,
Armon degan so'zga begona go'yo,
OLLOX TAMONIDAN SEVILMAGANLAR.
Muxabbat so'zini yod so'zidek tinglar,
Hijron kalimasin o'zicha anglar,
Kulguvsi yig'iga aralash yangrar,
OLLOX TAMONIDAN SEVILMAGANLAR.
Shamol ham g'amzoda ko'ksini o'pmas,
Tunda ko'zlarini hotirjam yopmas,
Qasrlarda yashab halovat topmas,
OLLOX TAMONIDAN SEVILMAGANLAR.
Baxtlilar davrasin zab etar axtsiz,
Podishoxdir u ammo saroysiz taxtsiz,
Baxtsizlar ichida asli eng baxtsiz,
OLLOX TAMONIDAN SEVILMAGANLAR.
Bittagina dilga zorlanib yashar,
Har kimsa g'ar yo'lda torlanib yashar,
Ko'zguvga qarashga orlanib yashar,
OLLOX TAMONIDAN SEVILMAGANLAR.
Olgan nafaslari tuyilar mavhum,
Vujudi bor esa ruxi chin marxum,
Qaqiqiy va manguv yo'qlikka maxkum,
OLLOX TAMONIDAN SEVILMAGANLAR.
Ularning qalbiga muxabbat qozi,
Qishdan sovuq kechar bahori, yozi,
O'limga indamay bo'larlar rozi,
OLLOX TAMONIDAN SEVILMAGANLAR.

MB
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 21.05.2011 07:52   #1183  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
ESLAGIL DARHOL

Osmonda bir yulduz ko'ringan bo'lsa,
Sarxatsiz hilqatni eslagil darhol.
Bonagoh baxt qushi boshinga qo'nsa,
Tark etar bir vaqtni eslagil darhol.
Musibat aslida bir ne'mat derlar,
Buni bilmaslikni musibat derlar,
Uyingni band etsa betsiz qashqirlar,
Sabryo toqatni eslagil darhol.
Boshinga bir dardni yubordi RAXMON.
Endi faqat o'zi aylagay omon,
Shunda ISLOM uchun sarflanmagan on,
Befoyda sixatni eslagil darhol.
Onging kuzatishdan atrofni tolsa,
Arzimas matodan bir taskin olsa,
Hayot abadiydek tuyulib qolsa,
Sen ham bor ro'yxatni eslagil darhol.
Amal kursiysiga o'tir vassalar,
Turfa iqlimlarni senla kezsalar,
Oxiri qadringni xorlab essalar,
O'chmas xaqiqatni eslagil darhol.
Birov yurmasa gar chizgan yo'lingdan,
Do'stlar ergashmasa o'ngu so'lingdan,
Mo'min ozor cheksa sening qo'lingdan,
Suraiy TABBATni eslagil darhol.
Bolam chaqam deysan qadding bo'ldi dol,
Labingdan yolg'onlar uchar misli bol,
Uying uch qavatga yetganda dam ol,
Tengi yo'q JANNATni eslagil darhol.
Risqingda bo'lsin gar bir burda noning,
Topib kelguvsidir bir kuni yoning,
Dunyo dengiziga sho'ng'igan oning,
OLLOXga toatni eslagil darhol.
Tashqari noqulay ayollar yupin,
Er zoti bu holga sarimasdir nechun,
Bugunning holidan qutulmoq uchun,
Asri saodatni eslagil darhol.
So'ngi maslaxatim sal nari chopib,
Bir uyga kirib ol eshikni yopib,
IYMON saroyida halovat topib,
O'n ikki rakatni eslagil darhol.

MB
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 21.05.2011 07:53   #1184  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
SIZNI ESLAB

Bugun sizni eslab Onajon,
Yo`l oldim men qabriston tomon.
Ko`zlarimda yoshlarim marjon,
Telba bo`lib sarson-sargardon.
Sizdan keyin topolmadim o`zga sirdosh,
Do`stlarim ham bo`lolmadi menga yo`ldosh.
Yig`lasam gar ko`zlarimni yoshin artib,
Dardrlarimni olardingiz berib bardosh.
Qani endi Onajonim bag`ringizda
Erkalanib mehringizga to`ysam edi.
Hech bo`lmasa qabristonning yo`llarida,
Qabringizni Yaproq bo`lib quchsam edi!

MB
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 21.05.2011 12:46   #1185  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
O`ZBEK QIZLARI

Bu Momo Havodan ularga odat:
Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin
O`psa faqat shamol o`par yuzlarin.
Bu Momo Havodan ularga odat:
Nozik belda qirqta kokili qavat,
Silasa yomg`irlar silaydi faqat,
Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin —
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.
Jilmaysa nur yog`ar gul yanoqlardan,
Sir yashirar hatto qizg`aldoqlardan.
Oftob botgandan so`ng xilvat bog`lardan,
Behuda izlamang sira izlarin —
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.
Ko`ngli daryoday keng, mehri ulug`vor,
Dugonasi Hayo, dugonasi Or.
Ayting, farishtadan nima farqi bor,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin?..
Bardoshi oldida tog` — oddiy tuproq,
Ular etagidan jannat bir qadam.
Beayb Parvardigor, degandek biroq,
Yoq emas kichkina kamchiligi ham.
Sevadi,
Kuyadi,
Qiladi alam,
Dorga osing, ammo aytmas birovga.
Aytmay sevishini sevganiga ham,
Tegib ketaverar boshqa kuyovga!

MUHAMMAD YUSUF
Ответить 
Старый 21.05.2011 14:44   #1186  
Аватар для Bobir Samadov
Оффлайн
Guliston Davlat Universiteti
o'qituvchisi
AKA:_-_ MASTER _-_
Сообщений: 727
+ 348  207/161
– 3  23/18

UzbekistanОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью ICQОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью YahooОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью Skype™Аккаунт на TwitterМой мирFacebook
Бир куни узимни, узим каргайман,
Онамнинг дуоси мени асрайди!
__________________
Beshikdan Qabrgacha ilm o'rgan!
Ответить 
Старый 21.05.2011 18:46   #1187  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Kahramon Jalilov
Оффлайн
Аналитик
админ ДСИ
AKA:designer
Сообщений: 1,104
+ 781  680/330
– 24  11/7

UzbekistanОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью YahooОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мир
Ўғлим
Инсон қадр деб билган одамга ўхшаб ўғлим,
Ўксик дилим қил баланд отамга ўхшаб ўғлим.
Дўсту-душман олдида кўтариб қўйгин кўнглим,
Отанг умиди сендан отамга ўхшаб ўғлим,
Яхши-ёмон кунимга мен-ку чидадим, кўндим,
Отамдек ет қадримга отамга ўхшаб ўғлим...

Ким бўлсанг хам халол бўл сендадир манинг йўлим,
Қон-занжиринг тоза бил отамга ўхшаб ўғлим,
Инсон қадар деб билган одамга ўхшаб ўғлим,
Ўксик дилим қил баланд отамга ўхшаб ўғлим...

Отамдек тушунмаган мени қалбимни хеч ким,
Хеч кимим йўқ биласан отамга ўхшаб ўғлим,
Яхши ниятла сенга отам исмини қўйдим,
Отамни қайтар менга отамга ўхшаб ўғлим...

Дўстдан қарзга бериб узилиб кетди қўлим,
Кул бўлдим куявериб отамга ўхшаб ўғлим,
Номардан олмагин қасд, дегин Худога солдим
Пастларга кетмагин паст отамга ўхшаб ўғлим,
Отам ният қилгандек муносиб яша ўғлим
Юртга тиргак бўлгандек отамга ўхша ўғлим.
Инсон қадр деб билган одамга ўхшаб ўғлим,
Ўксик дилим қил баланд отамга ўхшаб ўғлим...

(муаллифи кимлигини билмайман, О. Назарбеков куйи)

Последний раз редактировалось Kahramon Jalilov; 21.05.2011 в 18:49.
Ответить 
Старый 22.05.2011 15:47   #1188  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Dilim ilmlardan mahrum bo'lmagan
Biror sir qolmadi mavhum bo'lmagan.
Tun-u kun o'ylasam yetmish ikki yil,
Bildimki hech narsa ma'lum bo'lmagan

U.Xayyom.
Ответить 
Старый 23.05.2011 07:24   #1189  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
O'n olti daqiqa ichida xullas
Aytib ulguribman barcha sirlarim
Gulim ham jimgina meni eshitib
- Sojida sen haliyam go'daksan dedi
To'g'risi men unga hazillashmovdim
Aytgan gaplarimni bari rost edi.
Eh yurak, yurakjon. Devona yurak.
Aqlning oldida uyatga qolding
Uyqum kelmayapdi uni kutayapman
Qizlarni buncha ko'p kutmagan edim
So'zlarni buncha ko'p kutmagan edim
Nahotki dunyodan uyg'oq utayapaman

MB
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 23.05.2011 07:25   #1190  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Bu olamni yaratgan,
Yolg'iz Ollohdir.
Yeru-osmon, tog'u-tosh
Bunga guvohdir.

Xoxi dexqon ho olim,
xoxi podishohdir.
Tanimasa Ollohni
Nodon gumrohdir.

Holih yaratguvchimdan,
Kimki ogohdir
Tanimasa Ollohni,
Nodon gumrohdir.

MB
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Реклама и уведомления
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх