|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#1011 |
Менга улим тилама-улиб булган одамман,
Хазонимни кутмагил-сулиб булган одамман, Нафрат кузингни мендан-яширма ва уринма, Кузингни ва дилингни куриб булган одамман. Алам кузгин булгану-юрагимни еб куйган, Ёмонлар нурдан тоза-Тилагимни еб куйган, Такдир аччик хакикат-Эртагимни еб куйган, Юрагим урнига тош-куйиб булган одамман. Дармони йук танамда-виждоним хаста булди, Тикон устида ётдим-иймони алла булди, Согинганим болалик-бегубор палла булди, Кунгли кир инсонлардан туйиббулган одамман. Яна озрок чидасам-Жаннат эшик очади, Куёш осмондан эмас-кузимдан нур сочади, Бу оламга мен кадам куйиб булган одамман.
__________________
Beshikdan Qabrgacha ilm o'rgan! |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#1012 | |
Цитата:
|
||
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#1014 |
Tafakkurli kishilar baxtini Agent pochtadan izlamaydilar. Agar BAXT degan narsani internetda ekib qo'ygan bo'lsa, unda bu dunyoda hamma BAXTLI ekanda. Sizni aybdor demoqchimasman, lekin u qo'yilgan hikoya yaxshilikka xizmat qilishdan yiroq nazarimda. Asar bilan "asar"ning farqiga boringlar!
|
|
|
Ответить |
![]() |
#1015 |
G'alati zotlar bor yorug' olamda,
Deylik, salomingga alik olmaydi. Salomin aliksiz qoldirgan damda Bu holni malomat qilmay qolmaydi. Ular bu dunyoning go'yoki naqshi, Jim boqar savlati qo'rquvga solar. Ularning gapirmay yurgani yaxshi, Chunki nodonligi bilinib qolar. Ular tashlab yurar yelkaga to'nni, Kibr belgisidir bu ham begumon. Demishlar: hoy banda, kiyib ol uni, Yo'qsa, tuynugidan kirgaydir Shayton. Abdulla Oripov. |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#1016 |
Tafakkurli kishilar baxtini Agent pochtadan izlamaydilar. Agar BAXT degan narsani internetda ekib qo'ygan bo'lsa, unda bu dunyoda hamma BAXTLI ekanda. Sizni aybdor demoqchimasman, lekin u qo'yilgan hikoya yaxshilikka xizmat qilishdan yiroq nazarimda. Asar bilan "asar"ning farqiga boringlar![/QUOTE]
To'gri bu asarni farqi bor lekin uni mazmuni haqida o'ylab ko'ring |
|
|
Ответить |
![]() |
#1017 |
Asqad Muxtor
Hafta HAFTA ,,Hafta" degani — yettidir, Oilada yettimiz. Oyga, yilga nisbatan Biz, albatta, mittimiz. Ammo-lekin biz bo'lmasak, Na oy bor-u, na yil bor. Bizdagi mazmun bilan Odamning umri dilbar. Yettovlonmiz, yetti o'g'lon, Yetti og'ayni botir. Ana, birinchi bo'lib Yakshanba kelayotir. |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#1018 |
YAKSHANBA
,,Yak" degani—bir degani, To'ng'ichiman haftaning. Yak bo'lsam ham, yakka emas, Bir jangovar safdaman. Vazifam bor — dam beraman Mehnat qilgan kishiga. Har haftasin bezayman, Yakun yasab ishiga. Mehnatkashning vijdoni pok, Rohat qilib uxlagan. Bolalarni ergashtirib, Yor-u do'stin yo'qlagan. Dars ham yo'q, ish ham yo'q, O'yin-kulgi, tomosha. To'y ovozi — karnay-surnay, Devor osha, torn osha... Katta yo'lning gulshaniman, Orom oling gulshanda. Har haftada mehmonimsiz, Mening otim Yakshanba. Yettovlon, yetti o'g'lon, Yetti og'ayni botir. Ana, ikkinchi bo'lib Dushanba kelayotir. |
|
|
Ответить |
![]() |
#1019 |
DUSHANBA
,,Du" degani ikkidir, Mehnat bizning zotimiz. Yakshanbaning ukasiman, Qofiyadosh otimiz. Yoqtirmaydi meni yalqov, Og'ir, deb urushadi. Ammo bugun ish yurishsa, Bir hafta yurishadi. Hordiqdan so'ng lanjlikni G'ayrat bilan yenginglar, Yangi kuch-u havas bilan Bel bog'laydi ming-minglar. Mehnat mendan start olar, Men ochaman haftani. Mehnat esa yurgizadi Zavod, dizel, shaxtani. Men! tanir bolalar ham Tongim sabolaridan, Maktabdagi qo'ng'iroqning Kumush sadolaridan. Yettovlonmiz, yetti o'glon, Yetti og'ayni botir, Ana, uchinchi bo'lib Seshanba kelayotir. |
|
|
Ответить |
![]() |
#1020 |
SESHANBA
,,Se" degani — uch degani, Hafta uchga kiradi. Hammajoyda, hammajoyda Mehnat kuchga kiradi. Ajrab turgan joyim yo'q, Oddiygina bir kunman. Ammo shon-u shuhratdan Toj kiyishim mumkin man. Bilasizmi, Gagarin Seshanba kun uchgandi. Sirdaryoning Farhod GESi Shu kun ishga tushgandi. Tasodifmi? Bo'lsabordir. Shunisi qonuniyki, Bir haftada nima bo'lsa, Beshdan biri — meniki. Ha, oddiyman, ko'p qatori, Hech: ,,Men — buyukman" demasman. Ammo ko'rib turibsizki, Uncha oddiy emasman. Yettovlonmiz yetti o'g'lon, Yetti og'ayni botir. Ana, to'rtinchi bo'lib Chorshanba kelayotir. |
|
|
Ответить |
|