Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 06.04.2011 14:28   #951  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
Ғирром дунё

Эл оғзида ажиб ишқим қиссаси бор,
Бу қиссада ағёрларим ҳиссаси бор.
Дам урмаса шамол олов гурлармиди,
Менинг дардим билан кимнинг ғуссаси бор?

Отасизлик қандай бўлар экан дердим,
Одам бунга қандай кўнар экан дердим,
Дод деган сўз қайдан келар экан дердим,
Қўлларимда кулфатнинг тол ҳассаси бор.

Ғирром дунё алдовига учган манам,
Бу дунё деб, у дунёдан кечган манам,
Шайтонларнинг қўлидан май ичган манам,
Шоирлар бош чаноғидан косаси бор.

Севги ёмғир эмас, кўкдан сочилмайди,
Ишқсизларга самодан гап очилмайди...
...........................................
...............................................
Иқбол Мирзо
Ответить 
2 "+" от:
Старый 06.04.2011 14:32   #952  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
Энг аччиқ баҳона

Қорин тинч қўймайди нон топиш керак,
Ташвишлар судрайди мени ҳар томон.
Ўзини эсидан чиқарди ЮРАК,
Яшашга вақт қайда, Онажон?!.

Беҳзод Фазлиддин
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 06.04.2011 23:19   #953  
Known ID Group
Аватар для Bekmirzo
Оффлайн
Сообщений: 1,253
+ 1,042  1,526/636
– 63  80/43

Uzbekistan
Мутрабо

Мустабид занжирларин узган билаклар, ишга туш,
Субҳидамда ухламай айтган тилаклар, ишга туш.
Гоҳи санчиб оғриган қон юраклар, ишга туш,
Неча йил кўнглимдаги бузрук ифоринг яйрасин.

Мутрабо, созингни чал, танбурда торинг яйрасин,
.....................................
Жамики яхши-ёмон - бағрингда боринг яйрасин,
Эрк-у бахтнинг тонгида озод диёринг яйрасин.



Оффтоп:
Аббос Убайдуллаев ижро этган шу қўшиқнинг тўлиқ матнини қайдан топсак бўлади? Матн муаллифини биладиганлар борми?
Жуда чиройли айтилган.
Ответить 
Старый 07.04.2011 10:19   #954  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Nogahon boshiga ish tushgan paytda,
Aqli komil inson bir hikmat bildi.
N'yuton dunyoni kashf etdi qayta,
N'yutonni esa olma kashf qildi.

Biz-chi?!
Tashvish tushsa, zahrimiz to'kib,
Xayolga ham kelmas izlamoq ma'ni.
O'tgan bo'lar edik bir umr so'kib,
Peshonamiz g'urra qilgan olmani.

Zohidjon Olov
Ответить 
Старый 07.04.2011 10:29   #955  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Yetmish yil...

Yetmish yil...
Qo'lingdan tushmadi kishan,
Yetmish yil...
Qarg'ading qattol temirni.
U - senga qo'riqchi,
Sen-unga dushman!
Seni u, uni zang yemirdi...

Yetmish yil...
Oyoqlar tepkilab o'tdi,
Yetmish yil...
Tupuklar sachradi yuzga...
Seni har kun, har tunda o'limlar kutdi,
Umring bahorida yo'lqding kuzga...

Yetmish yil...
Diydorin qizg'andi osmon,
Yetmish yil...
Istading bir qatim ziyo.
Seni qul etdilar, qolgani yolg'on,
Ozodlik tush edi,
Ozodlik ro'yo!

Yetmish yil...
Tik turib uxlading bedor,
Teskari uchburchak edi yotog'ing.
Yetmish yil...
Betonga tiralib nochor,
Ildiz otib ketdi yerga oyog'ing!

Yetmish yil tugadi!
Kishan yechildi!
Hur sabolar esdi to'rt tomoningdan...
...Ayrilgandek qaqshab yig'laging keldi
Yetmish yillik eski qadrdoningdan.

Hadiksirab qolding hurlik otidan,
O'h, bu ne o'rgulik?
Qanday haqorat?
Qo'llaring... cho'zilib ketdi ortidan,
Sen... kishanga mehr qo'yganding!
Dahshat!!!

Zohidjon Olov
Ответить 
Старый 08.04.2011 16:00   #956  
Аватар для Samarqand-uz
Оффлайн
Школа №65
Завуч
AKA:Samarkand
Сообщений: 28
+ 57  41/19
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Samarqand-uz с помощью MSN
Dunyoda eng qaltis, nozik nima bor,
Dunyoda eng nafis, latif va go'zal?
Nimaga doimo inson zoti zor,
Nimaga intilar azaldan-azal?

Nimani farzandga tilaydi ona,
Nimani allaga qo'shib aytadi?
Nima u har kimni qilgan mardona,
Nimani qo'shiqda jo'shib aytadi?

U baxtdir!
So'roqsiz kirib keladi,
Gul kabi muloyim, sirli kuladi!
So'roqsiz ketganin sezmay qolasan,
Ortidan ko'zingni uzmay qolasan!

Shunchalar nozikki, o'ksigan chog'da
Tavallo qilsang ham qayrilib boqmas!
Shunchalar qaysarki, qor yoqqan tog'dan
Bahorda bir tomchi suv bo'lib oqmas!

Baxt topsang, ey do'stim, hushyor bo'lib boq,
Beparvo kishini yomon ko'radi.
Yo'liga qalbingni chiroq qilib yoq,
Kutmagan yeringda pinhon turadi!

Shuhrat.
Ответить 
Старый 08.04.2011 17:13   #957  
Аватар для Alisher Asror
Оффлайн
sport maktabi
trener
AKA:da
Сообщений: 494
+ 483  466/264
– 3  9/9

UzbekistanLiveJournalМой КругМой мир
Цитата:
Сообщение от Bekmirzo Посмотреть сообщение
Матн муаллифини биладиганлар борми?

Qo`qonlik muhlislarning aytishicha matn muallifi Buhorolik Rajab Avazov ekan.
Ответить 
Старый 09.04.2011 08:03   #958  
Аватар для bekww
Оффлайн
Сообщений: 568
+ 1,307  476/245
– 9  11/6

UzbekistanLiveJournalМой мир
Sayding qo’yaber sayod.

Sayding qo’yaber sayod, sayyora ekan mendek,
Ol domini bo’ynidin, bechora ekan mendek,
O'z yorini topmasdin ovora ekan mendek,
Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek,
Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek,
Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mendek.

Kes rishtanikim qilsin chappaklar otib jasta,
Hajrida alam tortib, bo’ldi jigari xasta,
Tog’larga chiqib bo’lsin yori bilan payvasta,
Kel, qo’yma balo domi birla oni pobasta,
Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek,
Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mendek.

Besh kun seni davringda bechora hirom etsun,
Ohular ila o’ynab, ayshini mudom etsun,
Yomg’ur suvi to’lganda, tog’ lolani jom etsun,
Haqqinga duo aylab umrini tamom etsun,
Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek,
Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mendek.

Sargashta bu vodiyda bir boshig’a rahm etkil,
Yoq toqati bandingga, bardoshig’a rahm etkil,
Yig’lab senga termulur, ko’z yoshiga rahm etkil,
Raxm etmasang o’ziga, yo’ldoshig’a rahm etgil,
Hijron o’qidin jismi ko’p ekan mendek,
Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mendek.

Tog’da ochilib lola, yer sabza bahor o’lsa,
Ohir bu nechuk bedod, olam anga tor o’lsa?
Chiqmay desa joyidin, uzlatda figor o’lsa,
Gar chiqsa banogohi domeg’a duchor o’lsa,
Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek,
Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mendek.

Bechorani zulm aylab, qo’l, bo’ynini bog’labsan,
Har sori chekib-sudrab, o’ldirgali chog’labsan,
Ko’ksini jafo birla lola kabi dog’labsan,
Sot menga, agar qasding olg’uvchi so’rog’labsan,
Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek,
Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mendek.

Yo’q hushi, pari tekkan devonag’a o’hshaydur,
Ko’z yoshi yana to’lgan paymonag’a o’xshaydur,
G’am seli bilan ko’ngli vayronag’a o’hshaydur ,
Furqatda bu Sa’dullo hayronag’a o’xshaydur,
Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek,
Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mendek.

Furqat.

Последний раз редактировалось bekww; 09.04.2011 в 08:12.
Ответить 
Старый 09.04.2011 08:37   #959  
Аватар для Alisher Asror
Оффлайн
sport maktabi
trener
AKA:da
Сообщений: 494
+ 483  466/264
– 3  9/9

UzbekistanLiveJournalМой КругМой мир
Bugun tongda turib bir fikr keldi:nimaga endi bahor tog`larga, bog`larga kelar ekan? Bizgachi?


Tog`ni qo`ying, bog`ni qo`ying,
Ko`zlarimga keldi bahor.
Kuzlarida sarg`aygan ul ,
Yuzlarimga keldi bahor.

Ochiq havo , ko`kalamzor,
Dam o`tmasdan yomg`ir, shamol…
Sovuq bezor, qishdan bezor
O`zlarimga keldi bahor.

She`rlar bitgan , g`azal bitgan,
Ming bahorni kuylab o`tgan,
Goho zahru-zaqqum yutgan,
So`zlarimga keldi bahor.

Bolarilar qo`ngan oq gul,
Sen menga ham jindek boqqil,
Men ham bahor, sen so`roq qil.
Ro`zlarimga keldi bahor.
O`zlarimga keldi bahor…


Alisher Asror
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 09.04.2011 09:44   #960  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Ayriliq

Sizni kutyapman ko'nglimda armon
Sizni tezroq ko'rish orzusidaman
Hech narsa bo'lolmas dardimga darmon
Qayg'u alamlarning yog'dusidaman


Sizni kutyapman har lahza xar on
hozir kelar deya sizni o'ylayman
Mayli kelmasez ham yuring sog' omon
Qalbim sirlarin sizga so'ylayman

Orziqib kutyapman kutyapman xamon
umrim oxirigacha kutaveraman
Toki jismim uzra bor ekan bu jon
Yolg'iz sizni kutib yashayveraman!!!
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх