Цитата:
Сообщение от OmoN
Оффтоп:
Цитата:
Сообщение от starter
Camaleonte – хамелеон и Camello – верблюд
|
Мана жавобга олиб борадиган калит. Италян тилини билиш шарт эмас. Инглиз тилини ҳам билиш шарт эмас. Буқаламуннинг хамелеонлиги-ю Camel деган сигарет пачкасини кўрган бўлсангиз кифоя.
|

Ana xolos. Ofarin!

Mantiq deganlari damini oladiku bunaqangi izohingizdan keyin.

Endi tasavvur qilib ko'ring. Men italyan va ingliz tilini bilmaydigan odamman. Faqat rus va o'zbek tilini bilaman. Xo'sh, xameleon va Camel... Ochig'i orada mantiqiy bog'liqlikni, hech bo'lmasa fonetik o'xshashlikni ko'rmayapman. Yoki hamma gap Camel pachkasidami? Umrimda tamaki chekmaganman. Yoshligimda Camel pachkasiga ko'zim tushib qolgani esimda. Tuyani g'ira-shira eslayman. Buni ustiga savolda siz Camel pachkasi haqida hech narsa demadingiz...
Xullas, xolisroq ishtirokchilar menga bu savolning javobiga qanday qilib mantiqiy yo'l orqali kelish mumkinligini tushuntirib bersalar boshim osmonga yetardi.
Yoki aqlim o'tmaslashayotganmikan...